Ishning umumiy tavsifi


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda interfaol metodlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari



Download 261,52 Kb.
bet6/13
Sana26.02.2022
Hajmi261,52 Kb.
#473181
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Himoya ishi NN 2 Н l.docxoxirgi

1.2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda interfaol metodlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari.
Ilmiy kuzatish va tadqiqotlar natijasida inson o‘z hayoti davomida oladigan barcha ma’lumotning etmish foizini besh yoshgacha bo‘lgan davrda olib ulgurishi aniqlangan. Darhaqiqat, bu davrda inson bolasi dunyoni anglaydi, o‘z ona tilini o‘zlashtiradi, ota-ona, oila, mahalla, Vatanga mehri uyg‘onadi, umr davomida oladigan bilimlarga zamin hozirlaydi. Bunda, eng avvalo, oila asosiy rol o‘ynasa, maktabgacha ta’lim tashkilotsining hissasi ham bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. SHu bois mamlakatimizda aynan maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining ajralmas bo‘lagiga, ta’bir joiz bo‘lsa, uning debochasiga aylangan. SHu ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yaqinda matbuotda e’lon qilingan “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ushbu tizim faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish, sohani bugungi kun talablari darajasida modernizatsiya qilishga xizmat qilishi shubhasiz.
Albatta, mazkur masalaga e’tibor kecha yoki bugun paydo bo‘lib qolgani yo‘q. Ortga nazar tashlaydigan bo‘lsak, o‘tgan 25 yillik mustaqillik davrida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda ta’limni tubdan isloh qilishning muhim bosqichlari amalga oshirilib, mohiyatan hech qaysi bir davlatda mavjud bo‘lmagan uzluksiz ta’lim tizimi shakllantirildi. YA’ni yosh avlodning maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan to oliy ta’limgacha bo‘lgan uzluksiz bilim olishlari, kasb o‘rganishi uchun shart-sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.
Bu borada, ayniqsa, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tizimini rivojlantirish, bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb etish, maktabga tayyorlash masalalari ta’lim sohasidagi davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri deb qaraldi. Mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash uchun, eng avvalo, qulay tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratildi.
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tomonidan mazkur sohadagi islohotlar izchil davom ettirilib, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini hozirgi zamon talablari va standartlari asosida rivojlantirish, ularni rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga qaratilayotgan e’tibor zamirida ham kelajagimiz egalarining hech kimdan kam bo‘lmay ulg‘ayishlari hamda buyuk ajdodlarga munosib voris bo‘lib voyaga etishlarini ta’minlashdek ezgu maqsad mujassam.
Jumladan, davlatimiz rahbarining qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan dasturda keng ko‘lamli strategik maqsadlar, muhim vazifalar belgilangani bilan ahamiyatlidir.
Xususan, hujjatda bugungi kundagi hayotiy talab va ehtiyojlar, sohada echimini kutayotgan masalalar hamda hali ishga solinmagan imkoniyatlar hisobga olinganligi barchamizni quvontiradi.
Ayniqsa, kelgusi besh yillikda 2200 ta maktabgacha ta’lim tashkilotsining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan, qishloq aholi punktlarida yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, uskunalar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlash hamda ushbu maqsadlar uchun jami 2,2 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilayotgani ushbu qaror o‘z ichiga nechog‘lik keng ko‘lamli vazifalarni qamrab olganligini ko‘rsatadi.
Haqiqatan ham, bugungi kunda qishloq joylarida maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonini keskin oshirish zarurati ko‘rinmoqda. Ayrim qishloq sharoitida yashaydigan yosh onalar uchun bolalar bog‘chasi masalasi hayotiy ehtiyojga aylangan. Albatta, bu ehtiyoj bejiz emas. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, birinchidan, maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarning umumiy savodini chiqarish, bolalarda Vatanni sevish, u bilan g‘ururlanish hissini uyg‘otish, Konstitutsiyani o‘rgatish, dunyoqarashini kengaytirish imkonini berayotgan bo‘lsa, ikkinchidan, yosh bolali onalarning mehnat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarishga ham xizmat qiladi.
Qolaversa, hududlarda namunaviy loyihalar asosida barpo etilayotgan yangi uy-joy massivlarida yosh oilalar farzandlari uchun bolalar bog‘chalari sonini ko‘paytirish zarurati paydo bo‘lmoqda. Qarorga muvofiq, ayni shu maqsadda joylarda xorijiy tajribadan va mamlakatimizning iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda, namunaviy loyiha asosida 70 va 120 o‘rinli 50 ta zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini bunyod etish hamda mavjud tashkilotlarning 1167 tasini rekonstruksiya qilish, 983 tasini mukammal ta’mirlash orqali kengaytirish nazarda tutilmoqda. Bu orqali bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovini 1,5 barobar oshirishga erishiladi.
SHu bilan birga, qarorga ko‘ra qishloq joylardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar badal to‘lovini 30 foizgacha kamaytirish nazarda tutilayotgani kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar uchun engillik yaratadi.
Albatta, bu boradagi islohotlar samarasini soha talablariga to‘liq javob bera oladigan kadrlarsiz tasavvur etish qiyin. SHu sababli tizimdagi pedagog xodimlar mahoratini ilg‘or usullar orqali muntazam oshirib borish mexanizmini yaratish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga keng tatbiq etgan holda, uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini takomillashtirish masalasi ham dolzarb sanaladi.
Ayni shu omillarni inobatga olgan holda qarorda maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish vazifasi belgilangani ayni muddaodir. CHunki, biz o‘z oldimizga farzandlarimizning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadini qo‘ygan ekanmiz, shubhasiz, pedagog-tarbiyachilarning malakasini oshirish borasidagi mavjud tajribalarni zamonaviy talablar darajasida takomillashtirishimiz zarur. SHu bilan birga, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini psixolog, defektolog kabi mutaxassislar bilan ta’minlash ham bugungi kun talabidir. SHuning barobarida maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinmagan bolalarni maktabga tayyorlashda qisqa muddatli tayyorlov guruhlarining roli muhim sanaladi. Ayni shu sababli kelgusida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli bo‘lgan 6100 ta qisqa muddatli guruhni tashkil etish ko‘zda tutilmoqda. Qolaversa, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb qilinmagan bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ota-onalarning pedagogik-psixologik bilimlarini oshirish ham maqsadga muvofiq sanaladi. Davlatimiz rahbarining mazkur qarorida 3-6 yoshdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinmagan bolalarni ularning ota-onalarini metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash orqali maktab ta’limiga tayyorlashni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilgani bolalarni ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlash darajasini yuksaltiradi.SHu o‘rinda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni intellektual, jismoniy, axloqiy jihatdan tarbiyalash, umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolalarni maktabga sifatli tayyorlash maqsadida turli to‘garaklar, ma’naviyat va ekologiya xonalari, kichik muzey, kutubxonalar tashkil etish borasidagi an’analarni izchil davom ettirish maqsadga muvofiq. CHunki kitobga, san’atga, ilmga, umuman, kelajakda muayyan kasbni egallashga bo‘lgan qiziqish bolalarda ayni shu davrda shakllanadi.Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi ham maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini yanada kengaytirish, bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ularga berilayotgan ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash va sohaga doir qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilishga alohida ahamiyat qaratib kelmoqda. Partiyamiz Saylovoldi dasturiga muvofiq, partiyadoshlarimiz bolalarni tarbiyalash va o‘qitish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, chunonchi, bolalar bog‘chalari, maktablarda sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etishga intilib kelishmoqda.Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, ushbu yo‘nalishda oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri bu — mutasaddi tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda OAV bilan hamkorlikda Prezidentimizning yangi qarori mazmun-mohiyatini, bolalarni erta yoshdan rivojlantirish, ularni ijtimoiy moslashtirishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining roli va ahamiyatini aholi orasida yanada kengroq targ‘ib qilish, chuqur tushuntirishdan iboratdir.Muxtasar aytganda, maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang‘ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog‘lom va rivojlangan shaxs bo‘lib shakllanishini ta’minlab, o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini uyg‘otadi, tizimli o‘qitishga tayyorlab boradi. SHunday ekan, bu tizim faoliyatini yanada kuchaytirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratish, ularga maktabgacha yoshdagi bolalarni keng jalb etish farzandlarimizning barkamol va etuk shaxs bo‘lib shakllanishida muhim o‘rin tutadi.
Ta’limning interfaol metodlari-bu shaxs psixologiyasi, o‘kuv psixologiya, kattalar pedagogikasining eng yangi tamoyillariga asoslangan mashq va treninglar orqali o‘tadigan ta’lim metodidir. Interfaol metodlarda ishtirokchi shaxsi asosiy markazda bo‘ladi. Trening jarayonida uning layoqat va sifatlari rivojlantiriladi. Interfaol metodlar yordamida ta’lim oluvchi ongli ravishda muammoni hal qilish, qaror qabul qilish va mustaqillikni anglaydi. Interfaol ishning asosiy tamoyili, guruh ishtirokchilarining o‘zlarini real, hayotiy vaziyatga tushirish va javoblarni o‘zlari topishlariga imkon yaratish. Interfaol yondashuvning afzalligi, inson o‘zi o‘ylagan, topgan va tajriba orqali erishgan ma’lumotlarini osonroq o‘zlashtiradi. Ishtirokchilar tajribasiga murojaat qiling: ta’limning qaysi interfaol metodlarini bilasiz? Biz darsimizda qaysi interfaol metodlardan foydalandik? Ishtirokchilarning barcha javoblarini yozib boring. Ishtirokchilar metodlar bilan birga mashqlarni ham aytishlari mumkin. YOzilgan fikrlarga asoslanib, ularning qay biri mashq, kay biri metod ekanligini tushuntiring. Maqsaddan kelib chiqqan holda, mashqlarning ichida metodlar ishlab chiqilishi mumkinligi haqida tushuncha bering. Ta’limning asosiy interfaol metodlari:
 Guruhlar ishi
 Aqliy hujum
 Rolli o‘yin
 Ishchanlik o‘yinlari
 Individual ish
 Juftliklar ishi
 mini-ma’ruza
 suhbat
 munozara
Guruhlar ishi 1. Ishtirokchilarga «Ta’limning interfaol metodlari» tarqatma materialini bering. Ularni 4 guruhga ajrating. Xar bir guruh alohida metod ustida ishlashini tushuntiring: 1-gurux «Aqliy hujum», 2-guruh «ishchanlik o‘yini», 3-guruh «juftliklar ishi», 4-guruh «rolli o‘yin». Vazifa: Metodni taqdimot qilishni o‘ylab ko‘ring va taqdimotga tayyorlaning hamda ushbu savollarni ko‘rib chiqing:
2  Qanday maqsadda qo‘llanadi?
 Bu metodni qo‘llashda nimalarga e’tibor berish kerak?
 Bu metodning afzalligi nimada?
2. Guruhlar taqdimoti. Har bir guruh taqdimotidan keyin, trener kommentariya beradi, fikrlarni to‘ldiradi va savollarga javob beradi. Aqliy hujum Aqliy hujum-pedagog qo‘ygan savol yoki muammo yuzasidan har bir pedagog o‘z fikrini bayon etishga imkon beruvchi o‘quv uslubidir. Uslub mohiyati: «Bir kalla yaxshi, ikkita kalla undan yaxshi» prinitsipi bo‘yicha pedagog tomonidan belgilangan vazifa va savollar yuzasidan ehtimol tutiladigan hamma fikrlar variantlarini bir erga jamlay olishda, istisno tariqasida ta’lim oluvchining barcha fikrlari, jumladan aytarli to‘g‘ri bo‘lmaganliklari ham inobatga olinadi». Bayon etilgan fikrlar keyingi tahlilda tinglovchilarning qo‘yilgan savol yoki muammoni to‘g‘ri tushunishlariga imkon beradi. (Tinglovchilarga savol beriladi, barcha g‘oya va takliflar yozib boriladi.). Kichik guruhlarda ishlash–tinglovchilarning o‘zaro muloqot va fikr almashinuviga asoslangan. Bunda guruhda tahlil qilish, baholash, tekshirish asosida muayyan mavzu yoki savollar ishlab chiqiladi. Kichik guruhlarda ishlash uchun 5-7 qatnashchidan iborat guruh tuziladi. Suhbat metodi-ko‘p qo‘llaniladigan va samarali metodlardan biridir. Bu ko‘pincha savol-javob metodi deb ham yuritiladi. Chunki mazkur metod dars jarayonida savol-javob vositasi asosida olib boriladi. Pedagog tinglovchilarga savol berib yoki ilgari o‘zlashtirgan bilimlarini eslariga tushirish yohud mavjud buyumlar asosida yangi mavzulardan tegishli xulosa va natijalar chiqarish, umumlashtirish, shuningdek, Tinglovchilarning o‘zlashtirgan bilimlariga tayanib yangi xulosalar chiqarishni taklif etish yo‘li bilan bilim, ko‘nikma va malakalarni berishi nazarda tutiladi. Suhbat metodi Tinglovchi faoliyatining yangi-yangi qirralarini ochib beradi va bir maqsadga qaratilgan mustahkam holat birligini tug‘diradi. Kichik ma’ruza-o‘tiladigan mavzuning haqida kichik ma’lumot beriladi. So‘ng mavzu bo‘yicha guruhlarda ishlanadi. Rolli o‘yinlar-tinglovchilarga biror muammoli vaziyat beriladi. Tinglovchilar bu vazifani echimini rollar orqali ifodalab berishadi. Pedagoglar bu metod yordamida «real hayot» holatlarini qayta jonlantiradilar. Ularga amaliy ish faoliyatida qo‘llash mumkin bo‘lgan yangi turdagi faoliyatlarini sinab ko‘rish va tekshirish imkoniyatlarini beradi. 3 Bahs - munozara metodida ishtirokchilarga bir kun oldin mavzu beriladi. Ishtirokchilar mavzuni o‘qib, savollarga javob topib guruhlarda o‘sha guruhlarda o‘sha savollarga javoblar bahs munozara asosida olib boriladi. Juftlikda ishlash - bu ustivorlikka ega metodlardan biridir. Qatnashuvchilarga savol beriladi. Beriladigan muammoni chiqaradigan bo‘lib, qatnashuvchilar orasida vazifalarni bartaraf etish to‘g‘risida muloqot uyushtirilishiga chorlaydi. Agar qatnashchi juftligi javob yuzasidan ko‘rgazmali material, jadval yoki diagrammalar tayyorlaganda o‘sha juftlikning har bir a’zosi o‘z fikrining mahsuli bilan g‘ururlana olishlari mumkin. “Pantomima” Hamma doira shakilida o‘tiradi. O‘qituvchi tinglovchilarga Musiqa cholg‘u asboblarining rasmlarini tarqatadi. Tinglovchilaning vazifasi ushbu cholg‘u asboblarida qanday holatda kuy ijro etilishini xarakatlar bilan ko‘rsatishdan iborat. Qolganlar esa nazorat qilib, qaysi cholg‘u asbobi ko‘rsatilayotganini topishlari kerak. Masalan: Rasmda doyra asbobi berilgan bo‘lsa, stulda o‘tirgan holatda qo‘l xarakati bilan ko‘rsatib beradi. Doyra rasmi bo‘lsa, tik turgan holatda doyrani tasvirlash kerak. Karnay, sunray, g‘ijjak, rubob, dutor, fortepiano, cholg‘u asboblari va hokazolar - mos qo‘l xarakatlari bilan tasvirlanadi. SHunday qilib, 5-ta tinglovchining chiqishidan so‘ng fikr- mulohazalar o‘rganiladi. “Marhamat davom etiring” (Takrorlash darslari uchun) Gruppa ikki guruhga bo‘linadi. O‘tilgan qo‘shiqlardan birini 1- guruh boshlab beradi, 1 kupletdan kuylanadi, 2- guruh davom etadi. Bo‘lib guruh 2- qo‘shiqni ham tanlab ijro etadi. 3 ta qo‘shiqdan so‘ng bo‘lib guruh aniqlanadi. Kichik guruhlarda ishlash. Texnologiya 3X4. Trening- bu.. Har bir guruh “Trening” so‘ziga 3 tadan ta’rif beradi. Plakatga 5 daqiqa ichida har bir guruh o‘z fikrini yozadi. SHundan so‘ng birinchi guruh o‘zining plakatini ikkinchi guruhga, ikkinchi guruh uchinchi guruhga, uchinchi guruh to‘rtinchi guruhga, to‘rtinchi guruh birinchi guruhga plakatni beradi.Har bir guruh qabul qilingan plakatga o‘z fikrlarini yozib, keyingi guruhga uzataveradi. Fikrlar qaytarilishi kerak emas. Har bir guruh o‘zining birlamchi plakatini qayta qo‘liga olmaguncha qadar o‘z fikrlarini yozib borishlari kerak. So‘ngra har bir guruh 3 daqiqa ichida taqdimot o‘tkazadi. 4 Guruhlarga bo‘linish. “Molekula” o‘yini. “Molekula” o‘yini davomida tinglovchilar 4ta kichik guruhlarga bo‘linadilar, o‘yin tinglovchilar diqqatini jamlashga yordam beradi. Tinglovchilar musiqa ohangi ostida xonada sayr qiladilar. Trenerning “1 ta atomli molekula hosil qiling, 2 ta atomli molekula hosil qiling” degan buyrug‘idan so‘ng tinglovchilar o‘zlariga juftlik topib olib birlashishlari lozim. O‘yin tinglovchilar 4 kishidan iborat guruh tashkil etganlarida yakunlanadi. SHu tariqa 4 kishidan iborat guruhlar tashkil etiladi va har bir guruh aniq bir stol atrofiga o‘tiradi. “Keling tanishamiz” o‘yini Trener tinglovchilarga to‘ldirish uchun so‘rovnomalarni tarqatadi. So‘rovnoma to‘ldirilganidan so‘ng tinglovchilar xohishiga ko‘ra bir nechtasi o‘qib eshittirilishi mumkin. Keling tanishamiz Mening ismimMening hayotdagi eng muhim rolim- buIshda menBo‘sh vaqtimni o‘tkazishning eng sevimli shakli- bu Men haqimda insonlar bilishi kerak bo‘lgan narsaIsh faoliyatimda yordam beruvchi mening kuchli tarafimMentor ishi bo‘yicha meni havotirga solayotgan narsa- buMentor sifatida erishmoqchi bo‘lgan narsamMen yordam beradigan insonlarning eng asosiy yutug‘i- buMentor–murakkab vazifa. Ko‘pgina xislat va malakalarga ega bo‘lishi kerak. Ulardan asosiylari.: - atrofdagilarga ta’sir ko‘rsata olish; - ishonchlilikni- javobgarlikni xis etish; - yaxshi rivojlangan shaxslararo muloqot malakalariga ega bo‘lish: - yaxshi tinglovchi; - savol berish malakalari: - rostgo‘ylik: - qo‘llab-quvvatlash malakalari; - sog‘lom fikrlovchi; - e’tiborlilik; - ma’lumotga ega bo‘lishi; - yo‘naltiruvchi; - o‘rgatuvchi; - qo‘llab-quvvatlovchi shaxsdir.

Download 261,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish