11 BOB. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy ta’lim metodlaridan foydalanish metodikasi
2.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda rivojlantiruvchi muhit ta’siri.
Svetofor metodi Ta’rifi. Ma’lum mavzuni o‘rganish vaqtida o‘qituvchi u bo‘yicha tezislarni tayyorlaydi (5-7ta, mavzuning murakkabligiga qarab). Tezislar navbatma-navbat doskaga yoziladi (tasviri tushiriladi yoki oldindan tayyorlangan plakatlar shaklida ilib qo‘yiladi). Tinglovchilarga o‘ylab chiqish uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. So‘ng tezis bilan rozi bo‘lgan har bir tinglovchi yashil kartochkani ko‘taradi; rozi bo‘lmagan – qizil kartochkani; ikkilanayotgan yoki qaror qabul qilishda betaraf bo‘lishni xohlayotgan – sariq kartochkani yuqoriga ko‘taradi. Agar ishtirokchilar fikri asosan birbiriga mos keladigan bo‘lsa, o‘qituvchi navbatdagi tezisga o‘tadi. Agar tezis muhokama qilinishni talab qilsa, ishtirokchilardan o‘z qarorlarini asoslab berish iltimos qilinadi. Afzalliklari. Ushbu mashq barcha tinglovchilarning fikrini bilib olishga imkon beradi: hech kim oddiygina tomoshabin bo‘lib qolmaydi. Ishtirokchilarning ko‘pchiligida mashq boshlanganidan keyin birozdan so‘ng nuqtai nazardagi tafovutlar sabablarini bilish va o‘z fikrini asoslash bo‘yicha kuchli qiziqish paydo bo‘ladi. Tinglovchilarning nutqini, o‘z nuqtai nazarini himoya qilish, asoslash qobiliyatini rivojlantiradi. Qiyinchiliklari. Agar vaqt cheklovlari sababli munozara o‘tkazishga imkon bo‘lmasa, ushbu uslubdan foydalanish kerak emas. Agar tezislarning ko‘pchiligi bo‘yicha ishtirokchilar fikri bir-biriga mos kelsa, mashqqa bo‘lgan qiziqish tezda yo‘qoladi. Mashq o‘tkazish uchun resursla
Afzalliklari. Ushbu mashq barcha tinglovchilarning fikrini bilib olishga imkon beradi: hech kim oddiygina tomoshabin bo‘lib qolmaydi. Ishtirokchilarning ko‘pchiligida mashq boshlanganidan keyin birozdan so‘ng nuqtai nazardagi tafovutlar sabablarini bilish va o‘z fikrini asoslash bo‘yicha kuchli qiziqish paydo bo‘ladi. Tinglovchilarning nutqini, o‘z nuqtai nazarini himoya qilish, asoslash qobiliyatini rivojlantiradi. Qiyinchiliklari. Agar vaqt cheklovlari sababli munozara o‘tkazishga imkon bo‘lmasa, ushbu uslubdan foydalanish kerak emas. Agar tezislarning ko‘pchiligi bo‘yicha ishtirokchilar fikri bir-biriga mos kelsa, mashqqa bo‘lgan qiziqish tezda yo‘qoladi. Mashq o‘tkazish uchun resurslarni puxtalik bilan tayyorlashni talab qiladi. Panelli munozara metodi Ta’rifi Katta guruhda o‘tkaziladi (25 kishi va undan ortiqroq): 1. Munozara muammosi o‘qituvchi tomonidan ifodal
Panelli munozara metodi Ta’rifi Katta guruhda o‘tkaziladi (25 kishi va undan ortiqroq): 1. Munozara muammosi o‘qituvchi tomonidan ifodalanadi; 15 2. Tinglovchilar 5-6 kishidan iborat kichik guruhlarga bo‘linib, auditoriyada doira shaklida joylashadilar; 3. Har bir guruh a’zolari munozara davomida ularning nuqtai nazarini himoya qiladigan vakilni yoki raisni tanlaboladilar; 4. Muammo kichik guruhda 15-20 daqiqa davomida muhokama etilib, umumiy nuqtai nazar ishlab chiqiladi; 5. Guruhlar vakillari doira o‘rtasiga to‘planib, guruhning nuqtai nazarini himoya qilish uchun guruh fikrini bayon etish imkoniga ega bo‘ladilar. Qolgan ishtirokchilar muhokama jarayoni va kichik guruhlar vakillari umumiy nuqtai nazarni qanchalik aniq ifodalayotganlari kuzatadilar. Ular o‘z fikrlarini bayon etishlari mumkin emas,
Afzalliklari Ishtirokchilarga berilgan muammo bo‘yicha fikr almashish va uni hal qilish uchun o‘z nuqtai nazarini bayon etish imkonini beradi. Tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Qiyinchiliklari“Panelli munozaraning” barcha ishtirokchilari muhokama qilinayotgan muammoni echishdan manfaatdor bo‘lishlari muhim ahamiyatga ega, chunki faqat shundagina auditoriya e’tibori begona narsalarga chalg‘ibAfzalliklari Ishtirokchilarga berilgan muammo bo‘yicha fikr almashish va uni hal qilish uchun o‘z nuqtai nazarini bayon etish imkonini beradi. Tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Qiyinchiliklari“Panelli munozaraning” barcha ishtirokchilari muhokama qilinayotgan muammoni echishdan manfaatdor bo‘lishlari muhim ahamiyatga ega, chunki faqat shundagina auditoriya e’tibori begona narsalarga chalg‘ib
Loyihalar metodi Ta’rifi Loyihalar – bu tinglovchilar tomonidan uzoq vaqt davomida turli mavzularni mustaqil ravishda o‘rganish bo‘lib, bu jarayon oxirida ular o‘z ishlarini taqdim etadilar. Loyihalar ma’lum bosqichlarga ega. Barcha bosqichlarda eng muhimi – tinglovchiga o‘zining ta’lim olishi uchun javob berishga ruxsat etishdan iborat. Mavzu yoki muammo. O‘qituvchi tomonidan belgilanib, guruxga tanlab olish asosida taqdim etilishi mumkin, masalan, “aqliy hujum” yo‘li bilan. Masala yoki muammo tinglovchilarda bevosita qiziqish uyg‘otadigan bo‘lsa, soz bo‘ladi. Tinglovchilar mavzuni o‘rganish jarayonida “adashib” qolmasliklari uchun, masala aniq qo‘yilishi lozim. O‘z navbatida, siz loyiha ustida ishlash bo‘yicha biron alohida uslubni yoki tinglovchilar o‘z ishlarida qo‘llashlari mumkin bo‘lgan texnik moslamalarni taklif qilishingiz mumkin. Masalan, magnitofon. Rejalashtirish. O‘qituvchilar va tinglovchilar loyiha ustidagi ishlar qachon boshlanishi, qancha vaqt egallashi, qanday resurslar qo‘llanilishi, ular qaerdan olinishi, tinglovchilar bitta-bitta bo‘libmi yoki guruhlarda ishlaydilarmi, bir xil yoki har xil mavzular bo‘yichami – hal qilishlari lozim.
«Zigzag» metodi Gurux tinglovchilari 7ta guruhga bo‘linadilar va guruhlar nomlanadi. Guruhlarda yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn qismlarga ajratiladi va ajratilgan qismlar mazmuni bilan tanishib chiqish vazifasi guruhlarga topshiriladi. Tinglovchilar matnlarni diqqat bilan o‘rganadilar va gapirib beradilar. Vaqtni tejash maqsadida guruh a’zolari orasidan liderlar belgilanadi va qayd etilgan vazifa ular tomonidan bajariladi. Liderlarning fikrlari guruh a’zolari tomonidan to‘ldirilishi mumkin. Barcha guruhlarning tinglovchilari o‘zlariga topshirilgan matn mazmuni 18 xususida so‘zlab berganlaridan so‘ng, matnlar guruhlararo almashtirilib, avvalgi faoliyat takrorlanadi. Guruhlarga bir necha matnlar taqdim etiladi
SHu tarzda barcha matnlar mazmuni guruhlar tomonidan o‘rganib chiqilgach tinglovchilar o‘tilgan mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarni ajratadilar, ularning o‘zaro mantiqiy bog‘liqligini aniqlaydilar, yuzaga kelgan g‘oyalar asosida mavzuga oid sxema ishlab chiqiladi. So‘ngra o‘zlashtirilgan bilimlar asosida tinglovchilarning o‘zlarigariga shunday sxemalarni ishlab chiqishriga shunday sxemalarni ishlab chiqishriga shunday sxemalarni ishlab chiqish vazifalari yuklanadi.
Zamonaviy ta’limda ilg‘or xorijiy tajribalar STEAM (S-fan, T-texnologiya, E - muhandislik, A - can’at, M - matematika) - ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematikani birlashtiruvchi zamonaviy yondashuv. STEAM bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi Muammolarni keng qamrovli tushunish Ijodiy fikrlash Muhandislik yondashuv Tanqidiy fikrlash Ilmiy metodlarni tushunish va qo‘llash Dizayn asoslarini tushunish Bu yondashuv kelajakda bolalarda hayotiy muammolarni halarni hal etishda yordam beradi. Ko‘pgina rivojlangan davlatlarda, jumladan AQSH, YAponiya, Izrail, Singapur, Rossiyada maktabgacha ta’lim muassalarida bolalarni 33 ijodiy va ixtirochilik qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida mazkur yondashuv metodlaridan samarali foydalanib kelinmoqda. Bugungi dunyo kechagi kabi emas, ertangi kun ham bugungi kabi bo‘lmaydi! Inson faoliyati barcha sohalarida dinamik rivojlanayotgan texnologiyalar joriy etilmoqda.
Zamonaviy bolalarning 65 foizi bugungi kunda mavjud bo‘lmagan kasblarni egallaydi. Kelajakdagi mutaxassislar texnologiya, ilm-fan va muhandislikning turli xil sohalaridan kompleks ta’lim va bilimlarga muhtoj bo‘ladi. STEAM farzandlarimizga - ixtirochilar, kashfiyotchilarning kelajak avlodi, olim sifatida tadqiqotlar olib borish, texnologiyani shakllantirish, muhandis sifatida loyihalash, rassom sifatida yaratuvchi, matematik sifatida analitik fikr yuritishni o‘yin orqali yuzaga keltiradi. Bugungi kunda STEAM-ta’lim dunyodagi asosiy tendensiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda va amaliyot yondashuvni qo‘llashda beshta sohani yagona o‘quv sxemasiga integratsiyalashga asoslangan. Bunday ta’limning shartlari uning uzluksizligi va bolalarning guruhlarda o‘zaro muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish bo‘lib, bunad ular fikrlarni to‘plashi va fikrlar almashadi. SHuning uchun, asosiy ta’lim dasturiga quyidagilar Lego-texnologiyalar, bolalar tadqiqotlari kabi mantiqiy fikrlashni rivojlantirish modullari kiradi. STEAM yondashuvi tufayli bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam o‘rganishadi va shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va liderlik, o‘z-o‘zini namoyon qilish asoslarini o‘rganishadi, o‘z navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta’minlaydi. 34 O‘z-o‘ziga ishonchni shakllantirish. Bu yondashuvda bolalar o‘z qo‘llari bilan yaratgan ko‘prik va yo‘llar, samolyotlar va avtomobillarni "ishga tushirib", suv osti va havo tuzilmalarini "rivojlantirib", sinovdan o‘tkazib, har safar ular maqsadga yaqinlashib borishadi. YAxshi natija bermagan “mahsulot”ni qayta-qayt sinovdan o‘tkazib, takomillashtirib borishadi. Natijada barcha muammolarni o‘zi hal qilish, maqsadga erishish bolalar uchun ilhom, g‘alaba, adrenalin va quvonch olib keladi. Har bir g‘alaba, o‘zlarining qobiliyatlariga ko‘proq ishonch uyg‘otadi. Faol muloqot va jamoaviy ish. STEAM dasturlari ham faol muloqot va guruh ishi bilan ajralib turadi. Muhokama bosqichida ular fikr bildirishga qo‘rqmaslikka o‘rganadilar. Ko‘pincha, stol atrofida o‘tirmaydi, o‘zlarining dizaynlari asosidagi “mahsulot”larni sinovdan
Texnik fanlar bo‘yicha qiziqishlarni rivojlantirish. Maktabgacha va boshlang‘ich maktab yoshidagi STEAM ta’limi vazifasi qiziqishning rivojlanishi uchun dastlabki shart-sharoitlarni yaratishdir. Bolalar uchun tabiat fanlari va texnik fanlar bo‘yicha, qilgan ishni yaxshi ko‘rish, qiziqishni rivojlantirish uchun asosdir. STEAM –bolalar uchun juda qiziqarli va dinamik bo‘lib, bolalarning zerikishlariga to‘sqinlik qiladi. Ular vaqt o‘tayotganini sezmaydilar, lekin ham charchamadilar. Raketalar, avtoulovlar, ko‘priklar, osmono‘par binolarni qurish, elektron o‘yinlar, fabrikalar, logistika tarmoqlarini yaratish, dengiz osti kemalari, ilm-fan va texnologiyaga qiziqishi ortib borada. Loyihalar uchun ijodiy va innovainnovatsion yondashuvlar. STEAM ta’limi oltita bosqichdan iborat: savol (vazifa), muhokamalar, dizayn, qurilish, test vatakomillashtirish. Ushbu bosqichlar muntazam ravishda loyiha yondashuvining asosidir. O‘z navbatida hamkorlik yokiturli imkoniyatlardan birgalikda foydalanish ijodkorlik asosi hisoblanadi. SHunday qilib, bir vaqtda bolalarda fan va texnologiyalarni qo‘llash, yangiinnovatsiyalarni yaratishi mumkin.
Blended learning (aralash o‘qitish). Axborot texnologiyalari ta’limning turli yangi ko‘rinishlarini taklif etmoqda, xususan keyingi vaqtlarda modulli ta’lim tizimida majmuaviy yondashuv tamoyili kuchayib bormoqda. Unda turli shakl, usullar moslashtirilgan holda joylashtirilishi aralash ta’limning innovatsiya sifatida kirib kelishiga sabab bo‘ldi.Deklan Bern "blended learning" (aralash ta’lim) haqida shunday deydi –“ushbu ta’lim boy pedagogik tajribadan samarali foydalanishga qaratilgan”. Bunday yondashuv axborotni taqdim etishda turli uslubiyotlardan foydalanishni, ta’limni tashkil etishda va ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari, yakka tarzda va guruhlarda an’anaviy faoliyatni tashkil etishga asoslanishi mumkin. Bunday turlicha yondashuv talabani charchatmaydi va o‘qishga bo‘lgan motivlarini kuchaytiradi. Asosiy masala - tanlangan uslubiyotlarning o‘zaro mutanosibligini ta’minlash va kam harajat asosida yuqori samaradorlikka erishish hisoblanadi. Bugungi kunda blended learning kunduzgi an’anaviy ta’lim vamasofaviy ta’limning unsurlari kombinatsiyasi hisoblanib, bunda an’anaviy metodika va yangi texnologiyalarni uyg‘unlashtirishga imkon yaratiladi. Bu tizimda o‘qituvchi ta’lim markazida qoladi va internet imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanadi. Blendedlearning masofaviy ta’lim (Distancelearning), sinf xonada ta’lim (Fake-to-Fakelearning) va internet orqali ta’lim (Onlinlearning)dan iborat. Vebinar metodi. Bugunmasofaviyta’limningyanabirturi «webinar (1998 yildabutermin muloqatga kiritildi) texnologiya vujudga keldi. Vebinar texnologiya o‘qitishni web –texnologiya asosida interaktiv holda 36 tashkil etishni nazarda tutadi. Bu texnologiya nafaqat tinglovchilarga axborotni etkazadi, balki ular bilan muloqotga kirishish (og‘zaki, yozma) imkonini yaratadi, ya’ni seminar ko‘rinishida fikrlarni almashish, o‘z fikrini bayon etish mumkin. Boshqacha qilib aytganda internet tarmog‘i asosida tashkil etiluvchi ta’lim ham sub’ekt-sub’ekt paradigmasiga o‘tmoqda. Vebinar usulida dars seminar yoki konferensiya Internet orqali bir vaqtda hozir bo‘lgan tinglovchilar bilan audio video (va avvalgi postlarda sanab o‘tilgan ko‘plab interaktiv imkoniyatlar) bilan jonli olib borilib ushbu dars keyingi foydalanishlar uchun yozib olinishi mumkin bo‘lsa-da, butun o‘quv yoki kurs jarayonidagi darslar yagona platforma doirasida o‘zaro uzviy bog‘lanmaydi, ya’ni alohida-alohida bir martalik darslar bo‘ladi deyish mumkin. Evristik o‘qitish metodi. Evristik o‘qitish metodini qo‘llashda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan hamkorlikda hal etilishi zarur bo‘lgan masalani aniqlab oladi.O‘quvchilar esa mustaqil ravishda taklif etilgan masalani tadqiq etish jarayonida zaruriy bilimlarni o‘zlashtirib oladilar va uning echimi bo‘yicha boshqa vaziyatlar bilan taqqoslaydi. O‘rnatilgan masalani echish davomida o‘quvchilar ilmiy bilish metodlarini o‘zlashtirib tadqiqotchilik faoliyatini olib borish ko‘nikmasi tajribasini egallaydilar.Ta’lim jarayonida tadqiqotchilik o‘qitish metodini qo‘llashda o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: O‘qituvchi faoliyatining tuzilmasi. O‘quvchi faoliyatining tuzilmasi quyidagicha bo‘ladi: - o‘quvchilarga o‘quv muammosini taklif etish; - o‘quvchilar bilan hamkorlikda tadqiqot masalasini o‘rnatish; - o‘quvchilarning ilmiy faoliyatini tashkil etish - o‘quv muammolari mohiyatini anglab olish; - tadqiqot muammosini o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan birgalikda o‘rnatishda faollik ko‘rsatish; - ularni echish usullarini topish; - tadqiqiy masalalarni echish usullarini o‘zlashtirish. Evristik metod o‘qituvchilardan ijodiy xususiyat kasb etuvchi yuqori darajadagi bilish faoliyatini tashkil eta olish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishni taqozo etadi. Buning natijasida o‘quvchilar mustaqil ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtira oladilar. Ular odatda yuqori sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirish darajalarini hisobga olgan holda ma’lum holatlarda qo‘llaniladi. Ushbu metodlardan boshlang‘ich sinflarda foydalanish amaliyotchi-o‘qituvchilarning fikrlariga ko‘ra birmuncha murakkab hisoblanadi. Biroq uzluksiz ta’lim tizimiga shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni faol joriy etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy harakat amalga oshirilayotgan mavjud sharoitda ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni tayyorlash o‘ziga xos dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. SHunga qaramasdan bu tasnif maktab amaliyotida birmuncha keng tarqalgan va pedagogik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan. SHuningdek, buyuk didakt I.YA.Lerner asarlari asosida ilmiy tadqiqot ham amalga oshirilgan. Xorijiy ta’limda so‘nggi yillarda bir qator atamalar keng ishlatilmoqda. Bularga tyutor, edvayzer, fasilitator va moderator tushunchalari kiradi.TYUTOR - (Tutorem-lotincha) ustoz, murabbiy vazifasini bajaradi. Ba’zi hollarda ma’ruza o‘qituvchisi bilan tinglovchi orasidagi bog‘lovchi rolini ham bajaradi. Bunda ma’ruzachi tomonidan berilgan bilimlarni keng egallashda maslahatchi va ustoz rolini bajaradi.
EDVAYZER (advisor)-fransuzcha “avisen”“o‘ylamoq”) tinglovchilarning individual holda bitiruv malakaviy ishi, kurs loyihalarini bajarishda maslahatchi rolini bajaradi. FASILITATOR - (ingliz tilida facilitator, lotincha facilis–engiqulay)- guruhlardagi faoliyat natijasini samarali baholash, muammoning ilmiy echimini topishga yo‘naltirish, guruhdagi komunikatsiyanirivojlantirish kabi vazifalarni bajaradi. MODERATOR -qabul qilingan qoidalarga amal qilishni tekshiradi, tinglovchilarning mustaqil fikrlash va ishlash qobiliyatlarni 38 rivojlantirish, bilish faoliyatini faollashtirishga yordam beradi. Ma’lumotni, seminarni, treninglar va davra suhbatlarini boshqaradi, fikrlarni umumlashtiradi.Bizning ta’limda ushbu faoliyatlarning hammasini o‘qituvchi bajaradi va pedagog yoki o‘qituvchi deb yuritiladi.
Predmetlar bilan birlamchi tanishtirishga doir mashg‘ulotlar Mazkur mashg‘ulotlarda tarbiyachi predmetlar va ularning tasvirini, ular bilan bajariladigan xarakatlarni namoyish qiladi, «Sayrga chiqish uchun qo‘g‘irchoqni kiyintiramiz», «Ayiqchaga choy ichiramiz» toifasidagi o‘yin mashg‘ulotlarini o‘tkazadi va x.k.
Ushbu mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi – bolalar nutqiga narsalar va ular bilan bajariladigan ayrim xarakatlar nomlarini kiritishdan iborat. Ushbu vazifani faqat qabul qilishni to‘g‘ri tashkil etish orqaligina xal etish mumkin. Tarbiyachi bolalar diqqat-e’tiborini narsalar bilan bajariladigan xarakatlarga jalb qilar ekan, bolalarni ularning nomlarini aytishlariga zo‘r berib xarakat qiladi: takrorlashni, savollarga javob berishni taklif qiladi, so‘zlovchilarni rag‘batlantiradi, bolalarni birgalikda va aloxidaaloxida xolatda so‘zlashga undaydi. Bu turdagi mashg‘ulotlarda o‘yin usullaridan keng foydalaniladi: narsalarning kutilmagan xolatda paydo bo‘lishi, ular bilan o‘yin xarakatlari, shuningdek, o‘yin aksessuarlari: «ajoyib xaltacha», «sexrli qalpoqcha», jo‘natma, o‘yinchoqlar yashaydigan uycha, xarakatlar bajariladigan televizor va x.k. Bolalarning narsalar va ular bilan bajariladigan xarakatlar nomlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlari uchun ularning xar birining faolligi talab etiladi, shuning uchun bolaning yoshi qanchalik kichik bo‘lsa, bunday mashg‘ulotlarni shunchalik ko‘p tashkil qilish va ularni bolalarning kichik guruxlari bilan o‘tkazish zarur. 108 Bolalarning predmetlarning xususiyatlari xaqidagi bilimlarini chuqurlashtirishga oid mashg‘ulotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |