Ishning umumiy tavsifi Mavzuning dolzarbligi


Bayramlar yurtga shodlikolib keladi



Download 0,94 Mb.
bet23/27
Sana27.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#710289
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Ishning umumiy tavsifi

Bayramlar yurtga shodlikolib keladi.
2. Hozirgi-kelasi zamon fe`li doimiy bo`lib turadigan ish-harakat yoki holatni anglatish uchun ham qo`llanadi:
Yer quyosh atrofida aylanadi.
Hozirgi-kelasi zamon fe`lini yasashda undosh tovush bilan tugagan fe`l asosiga –a, unli bilan tugagan fe`l asosiga esa –y qo`shimchasi qo`shiladi:yoz+a+man-yozaman, o`qi+y+man-o`qiyman; bo`lishsiz shakli –mas yozmasman. –y tovushi bilan yasalgan fe`l o`zak-negizga –a qo`shimchasi qo`shilganda –ya yoziladi: kiy+a+man -kiyaman.
Keyin quyidagi mashqlar bajariladi.
1-mashq
Quyida berilgan fe`llarning boshqa fe`llardan farqini izohlang va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Ko`raman, chiqyapti, aytdi, kelibdi, ko`rmoqda, chiqaman, o`qiysiz.
Mashni tez va to`g`ri bajargan guruh g`oliblikni qo`lga kiritadi va rag`bat kartochkalariga ega bo`ladi.
2-mashq
Nuqtalar o`rniga hozirgi-kelasi zamon fe`lini qo`yib ko`chiring va gaplarni izohlang.
1.Boshimizni egmasdan, qolni ko`ksimizga qo`yib …..
2. Aqllliga aytsang ……, ahmoqqa aytsang ……(Maqol).
3.”Sog`lom avlod yili”da yurtimiz yanada …….(salomlashamiz, ko`rkamlashamiz, kulishamiz, sog`lomlashamiz).
Mashqni har bir guruhdan bir o`quvchi doskada bajaradi. Bu topshiriqni bajarishda g`olib bo`lgan guruh rag`bat kartochkasini qo`lga kiritadi.
3-mashq
Matnni rollarga bo`lib o`qing, ajratib ko`rsatilgan fe`l zamonlarini tahlil qiling.
Sariq qarg`a
Bog`dagi bir qancha vaqtdan beri so`ppayib turgan eski to`nkani ko`chirishga jazm etgan bob ouch kundan beri shu ish bilan mashg`ul edi. Nonushtadan so`ng chol boltasini ko`tarib kampiriga dedi: “Men yana to`nka bilan olishgani ketyapman”. Biroz o`tmay bog`dan halloslab chiqib kelayotgan chol:
-Mo`jiza, kampir, mo`jiza! Ha, mo`jiza ro`y berdi. To`nka tomiriga zarb bilan urganimni bilaman, yopiray, qaranki, to`nka ostidan bir sariq qarg`a qag`illab uchib ketayotganini ko`rdim. Kapalagim uchib ketdi. Buni qara sap-sariq qarg`a-ya! Qarg`aning sarig`ini ko`rganmisan, kampir?
- Voy tavba! Hoy chol, bo`ldi endi, u yerga bormang. Sizga ko`ringan sariq qarg`a jin-pin bo`lmasin tag`in!
-Bo`ldi-ye!
Chol boltani uloqtirib, so`ri tomon, kampir esa qo`shnisi tomon yo`loldi. Bo`lgan voqeani kampir hayratlanib qo`shno xotinga hikoya qilib bewribdi. Qiziroq bo`lsin deb ikkita sariq qarg`a uchib chiqqanini aytibdi.
Bu hodisa haqidagi gap shu kuni kechga yaqin yurt vaziriga: “Nima deysizki? Falonchi mahalladagi falonchi mulla bor-ku, o`sha kishi kovlayotgan to`nka ostidagi o`ttiz to`qqizta “sariq qarg`a” patur-pitir chiqqan emish”, degan mazmunda yetib keladi. Bu gapdan taajjubga tushgan vazir: “Tavba” debdi-yu, shoh oldiga kirganda/ uniham taajjublantiray deb, sariq qarg`a haqidagi gapni oqizmay-tomizmay so`zlab beradi.Lekin u o`ttiz to`qqizta emas, bitta qo`shib qirqta sariq qarg`a to`nka ostidan chiqqanini hayrotomuz ohangda bayon etadi. Shoh nihoyatda taajjublanadi va buni aniqlashtirishni istaydi. Yasovullar hech qancha vaqt o`tmay, mullani zingillatib saroyga olib keladi. Shoh undan qirqta sariq qarg`a haqida so`raydi.
-Sariq qarg`a ko`rganim rost? Lekin u bitta edi,-deydi mulla saqolini tumtalab. Shoh vazirdan so`raganda, vazir devonbegidan eshitgani va bitta qo`shganini aytadi. Shu tarzda voqea zanjirining halqasi cholning kampiriga etganda? U ham cholning bitta sariq qarg`a deganini? Bittta qo`shib yuborganini duduqlana –duduqlana bayon etadi.
Shunda chol boshini sarak-sarak qilib kuladi-da, shohga yuzlanadi:
Shohim, ishonchli ikki kishingizni menga qo`shib bersangiz, o`sha to`nkayoniga borib kelsak, keyin sariq qarg`a haqidagi bor gapni aytib beraman,-deydi.
Chol ishonchli odamlar bilan to`nka yoniga kelgach, to`nka tomiriga omonot qo`yilgan katta kesakni oladi. Kavakda sap-sariq oltin bilan liq to`lgan bir xumcha turganini hamma ko`rib, hayratdan yoqalarini ushlashadi.
Oltin to`la xumchani olib, shoh huzuriga kelishadi. Oltin xumchani ko`rib shoh taajjublanadi. Shunda chol; “Shohim, sariq qarg`a shu bir xum oltin edi. Uning faqat bittagina ekanligini ishonchli odamlaringiz o`z ko`zlari bilan ko`rdi. Agar men to`g`risini aytganimda bormi qirq xum oltin topibdi degan ovoza tarqalar, siz esa qolgan o`ttiz to`qqiz xum tilla uchun noo`rin darg`azab bo`lardingiz. Shu bois ham haqiqat ochilguncha belim sinmasin deb, bir yo`l qilgan edim. Mana, oldingizda o`sha bitta “ sariq qarg`a”, shohim.
Shoh tadbirkor va zukko cholga ofarin aytib, uni munosib taqdirladi. Ha, mish-mish insonning xavfli dushmani ekanligiga yana bir bora min bo`ldik.
Shundan so`ng yuqoridagi matn bo`yicha “Tafakkur cho`qqisi” o`yini o`tkaziladi. Bunda guruhlarga quyidagi savollar berilib, javob topishi uchun 3 daqiqa vaqt belgilanadi:
1. Faraz qiling, siz bir xum tilla topdingiz, nima qilgan bo`lardingiz?
2.Siz haqingizda mish-mish boshlanishini istaysizmi?
Bu mashqni aniq bajargan guruh rag`bat kartochkasiga ega bo`ladi.
So`ng guruh sardorlari o`rtasida “Bilim-ring” o`yini o`tkaziladi. Bunda o`tilgan va yangi mavzu bo`yicha qoidalar navbat bilan aytiladi va o`quvchi bir qadam olg`a yuradi. Qoida takrorlansa yoki belgilangan vaqtda aytilmasa, o`quvchi bir qadam orqaga chekinadi. Marraga yetgan o`quvchi g`olib sanaladi va rag`bat kartochkasini qo`lga kiritadi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish