UMUMIY XULOSALAR
Bugungi kunda yosh avlodga har tomonlama yuqori saviyada ta`lim-tarbiya berish uzluksiz ta`lim oldidagi eng dolzarb ijtimoiy buyurmadir. Bu vazifaning a`lo darajada amalga oshirilishiga erishish ta`lim beruvchiga ham, ta`lim oluvchiga ham, ta`lim vositasiga ham yangi-yangi talablarni qo`ymoqda. Fan va texnika keskin rivojlanayotgan, axborot – kommunikatsiya vositalari o`ta shiddat bilan taraqqiy etayotgan, hayot sur`atlari beqiyos tezlashgan ayni paytda ta`lim oluvchi nafaqat soat sayin yangilanib borayotgan bilimlarni tezlik bilan o`zlashtirishi? Balki ular ichidan eng mukammalini ajratib ola bilishlari zarur. Bu esa ta`lim beruvchidan ota izlanuvchan, yangilikni tez o`zlashtirib oladigan aniq xulosalarga ishonadigan o`quvchining talablariga to`la javob bera olishi, ta`lim vositasining o`zi esa o`quvchini o`ziga jalb qila oladigan, hatto tajribasiz o`qituvchining kamchiliklarini bartaraf qia oladigan darajada mukammal bo`lishini taqoza etmoqda.
Uzluksiz ta`lim tizimining ta`lim turlari o`rtasidagi uzviylik va uzluksizlikni ta`minlash, fanlarda mavzu izchilligiga, oddiydan murakkabga, xususiydan umumiylikka o`tib borishga hamda mavzularning takrorlanmasligiga alohida e`tibor berish lozim .
Ma`lumki, milliy tilimiznig davlat tili maqomiga ega bo`lishi davlat suverenitetining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Ta`lim oluvchi ana shu tildan ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayotning turli jabhalarida, muloqat va munosobatning barcha shakllarida erkin, to`g`ri va samarali foydalana olish uchun uning fonetikasi, orfografiyasi, leksikasi va grammatikasiga doir bilimlarni puxta o`zlashtirgan bo`lishi lozim.
O`quvchilarning har tomonlama yetuk bo`lishlarini nazarda tutgan holda ularnig qobiliyatini shakllantirishda nafaqat ona tili va adabiyot, balki boshqa fanlardan ham ijodiy ishga asoslangan yozma ishlar o`tkazish maqsadga muvofiqdir.
Ona tili ta’limida har bir darsdan kutiladigan natija o`quvchilarda nazariy bilimlarni amaliy qo`llash ko`nikmalarini hosil qilish hamda ularning og`zaki va yozma nutq malakalarini shakllantirib borishga qaratilishi kerak. Bu vazifani amalga oshirishda nafaqt an`anaviy, balki noan`anaviy metodlarning xizmati beqiyosdir. Chunki, hozirgi axborot texnologiyalari asrida mazkur metodlardan foydalanib ish yuritish yaxshi samara berishi shubhasizdir.
So`z turkumlarini, jumladan tilning yadrosi hisoblangan fe`l so`z turkumini o`qitishda “muammoli dars”, “fikriy hujum”, “aqliy hujum”, “kichik guruhlar bilan ishlash”,“davra suhbati”, “klaster usuli”, “B.B.B.”,”6x6x6”, (“3x3”, “4x4”, ...),
“bumering”,“rollio`yin”,“bahs-munozara”, “qarama-qarshi munosabat”, “zakovatli zukko”,“zig-zag”,“charhpalak”, ‘ nuqtai nazar”, “BBB’, “zinama-zina”, “tezkor savol-javob”, “test’ singari metodlardan foydalanish yaxshi samara berishi shubhasizdir.
Noan`aviy metodlardan dars jarayonida foydalanish o`quvchilarning aqliy zakovatini charxlash barobarida ularning mavzu yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash va malaka va ko`nikmalari darajasini aniqlashda ham juda qo`l keladi. Shuningdek o`quvchi va o`qituvchining vaqtini tejaydi hamda o`qituvchiga sinfdagi barcha o`quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash imkoniyatini beradi.
Shuningdek mazkur mavzularni o`quvchilarning yaxshi va sifatli o`zlashtirishlarini ta`minlashda dars davomida zamonaviy texnik: audio, vizual hamda video singari vositalardan foydalanishni bilish nafaqat ona tili va adabiyot fani o`qituvchilari, balki barcha fan o`qituvchilarining mihim vazifasi hisoblanadi.
Bu esa o`quvchilarning savodxonligining oshishiga hamda ijodiy tafakkurini rivojlantirishda muhim omilardan biri bo`lib bo`lishi tabiiydir. Shuningdek non`anaviy metodlardan foydalanish o`quvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlash ko`nikmalarini rivojlantirib borishda ham yaxshi samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |