Ishlab chiqarishda boshqaruv


-rasm. Xodimning ish vaqti tarkibi



Download 0,89 Mb.
bet2/9
Sana03.03.2020
Hajmi0,89 Mb.
#41454
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
korxonada xodimlar ish vaqtidan fojdalanishni yaxshilash masalalari


1.1.1-rasm. Xodimning ish vaqti tarkibi
7

Xodimning ish vaqti quyidagi ikki guruhga: ish vaqtiga va tanaffus vaqtiga bo’linadi. Ish vaqti o’z navbatida ishlab chiqarish topshirig’ini bajarish uchun sarflanadigan vaqtga va ishlab chiqarish topshirig’ini ko’zda tutilmagan ishlarni bajarish uchun sarflanadigan ish vaqtiga bo’linadi.
Ishlab chiqarish topshirig’ini bajarish vaqti mazkur buyumni tayyorlash uchun texnologik jarayonda ko’zda tutilgan operatsiyalarni va ishlarni bajarish vaqti bilan bog’liqdir. Bu xildagi vaqt norma belgilanishi lozim bo’lgan vaqt bo’lib, u vaqt normasi tarkibiga kiritiladi. Ishlab chiqarish topshirig’ini bajarish uchun kerakli vaqt unumli ish vaqtiga kiradi.
Ishlab chiqarish topshirig’ida ko’zda tutilmagan ish vaqti tasodifiy ish vaqtiga va unumsiz ish vaqtiga bo’linadi.
Tasodifiy ish vaqtiga mazkur ijrochi uchun ishlab chiqarish topshirig’ida ko’zda tutilmagan, ammo ishlab jarayonida shuni qilish zarur bo’lib qolgan ishlar kiradi.
Unumsiz ishga texnologik jarayonda ko’zda tutilmagan, ammo uning bajarilishi mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishga yoki uning sifatini yaxshilashga xech qanday yordam bermaydigan operatsiyalar kiradi. Masalan, turli zagatovkalarda ishlov berishda ortiqcha pripusklarni olib tashlash, bundan oldingi operatsiyalarda yo’l qo’yilgan yoki mazkur ishchining aybi bilan sodir bo’lgan braklarni tuzatish noto’g’ri yig’ilgan uzelni ajratish va qaytadan yig’ish, ishchining zagatovkani, asbobli, moslamalarni olishga ketishi, masterni qidirib yurishi va x.k. ana shunday unumsiz ishlar jumlasiga kiradi. Ishlab chiqarish topshirig’i bilan nazarda tutilmagan ishlarga sarflanmaydgan vaqt normallashtirilmaydigan ish bo’lib, unga norma belgilanmaydi va normaga kiritilmaydi.
Tanaffus vaqti – bu jihozlarning turli sabablar bilan ishlamasdan bo’sh turib qolishidir. Uni normallashtirilgan tanaffuslarga va normmallashtirilmagan tanaffuslarga bo’linadi.
8

Normallashtirilgan tanaffus vaqti – bu jihozni ishga tushirish bilan bog’liq bo’lgan tanaffus, asbob-uskunani tayyorlashi, amaldagi texnologiya va ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish, bilan, ishchining dam olishi va shaxsiy ehtiyojlari tufayli jihozlarni to’xtab qolishi bilan bog’liq bo’lgan tanaffuslardir.


Normallashtirilgan tanaffus vaqti bu tashkiliy-texnikaviy sabablar tufayli yoki xodimning ishlab chiqarish intizomini buzishi tufayli jihozlarning ishlamay bo’sh turib qolgan vaqtini o’z ichiga oladi. Tashkiliy-texnikaviy sabablarga jihozlarni amalda texnologiya yoki ishlab chiqarishni tashkil qilish qoidalarida shartlab qo’yilmagan butun bo’sh turib qolgan vaqti kiradi.
Xodimning ishlab chiqarish intizomini buzganligi tufayli jihozlar ichida tanaffuslar sodir bo’lib qolishiga ishga kechikib kelish, smena orxirida ishdan barvaqt ketish, tushlik vaqtiga oldinroq ketib, kechikib kelish, smenada ish ketayotgan paytda ustaning yoki brigadirning ruxsatisiz ish joyidan uzoqlashish, normada ko’rsatilgandan ortiq dam olib o’tirish va h.k. kiradi.
Xodimning yoki jihozning ish vaqti sarfini bir ko’rib chiqqan klasifikatsiya doirasida normallashtiriladigan va normallashtirimaydigan sarflarga bo’lish mumkin.
Normallashtiriladigan ish vaqti sarfiga norma bilan belgilangan doirada topshirilgan ishni bajarish uchun zarur bo’lgan vaqt kiradi. Bunga: tayyorgarlik-yakunlovchi vaqt, operativ vaqt ish joyiga xizmat ko’rsatish vaqti, dam olish va shaxsiy ehtiyojlarga sarflanadigan vaqt, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil qilish ishlari bilan bog’liq bo’lgan tanaffus vaqtlari kiradi.
Normallashtirilmaydigan vaqt sarfiga ijrochining jihozning unumsiz, bo’sh turib zoye ketgan vaqtlari kiradi, demak, bunday sarflar vaqt normasi tarkibiga kiritilmasligi turgan gap.
Xodimning ish vaqti bilan jihozlardan foydalanish vaqtini normallashtiriladi va normallashtirimaydigan ish vaqtiga bo’lishdan maqsad ularni qanchalik unumli ishlagan vaqti bilan bekor ketishga qarshi kurashmoq uchun buni vujudga keltiradigan
9

sabablarni bilish kerak. Bunday sabablar juda ko’p bo’lganligi uchun ularni bir-biriga yaxshiroq, o’xshashroq guruhlarga – kategoriyalarga birlashtirish hamda har bir kategoriyaning mazmuni tarkibini aniq Tariflab berish kerak bo’ladi. Foydali sarf qilingan vaqt mazmuni va iqtisodiy ahamiyati jihatidan xilma-xildir. Ulardan ba’zilari normallashtirilgan vaqtning umumiy safida o’zining tutgan o’rnidan, ya’ni salmog’idan qat’iy nazar foydali bo’ladi. Shuning uchun ham ularning salmog’i qancha ko’p bo’lsa, ishchining mehnat unumdorligi shuncha yuqori bo’ladi, jihozlardan foydalanish samaradorligi shuncha ortib boradi.


Ba’zi sarflar normallashtirilgan sarflarga kirsa ham, ularning ko’payib ketishi mehnat samaradorligi va jihozlarning samarali ishlashini pasaytirib yuborishi mumkin.
Ba’zan bu xildagi vaqt sarfiga yo’l qo’yishga to’g’ri keladi, bunga sabab jihozlarning texnik xolati, asbob-uskunalar, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil qilish ishlari yetarli darajada takomillashmagan bo’ladi yoki bo’lmasa bunga kishi organizmining fiziologik va ruhiy hususiyatlari ham sabab bo’ladi.
Demak, bunday sarflarni cheklab qo’yish ishchining mehnat samaradorligini oshirishga va jihozlardan samarali foydalanishga yordam beradi. Shuning uchun ish vaqti sarfini klassifikatsiyalash uning asosiy guruhlarini shunday kategoriyalarga, ya’ni tayyorgarlik-yakunlovchi, operativ, ish joyiga xizmat ko’rsatish, texnikaviy jarayonlar bilan bog’liq bo’lib, reglamentga solingan dam olish va tanaffus vaqtlariga bo’lishni taqazo qiladi.

1.2 Xodimning ish vaqti sarfi turlarining mazmuni va ularning o’ziga xos xususiyatlari

Tayyorgarlik - yakunlovchi (TYA) vaqt deb ishchi unga berilgan topshiriqni


bajarish uchun o’zini va ishlab chiqarish vositalarini tayyorlashga, shuningdek, uni
10

yakunlash bilan bog’liq bo’lgan hamma mehnat harakatlariga ketgan vaqtga aytiladi.


Bu harakatlar quyidagi ish vaqti sarflarini o’z ichiga oladi:


  1. material, xom-ashyo, asbob-uskuna, moslama, ish vazifasi (naryadi) va texnikaviy xujjatlar olish;




  1. ish bilan, texnologik xujjatlar bilan tanishish, chizmalarni ko’zdan

kechirish, instruktaj olish;


v) asbob va moslamalarni to’g’ri joylab qo’yish, jihozlarni talab qilingan ish tartibiga moslab rostlash;


  1. asbob-uskuna va moslamalarning dastgohdan olib qo’yish;




  1. tayyor mahsulotni sifatini tekshiruvchi bo’limga topshirish;




  1. asbob-uskunalarni, moslamalarni, ish vazifalalarni, texnlogik hujjatlarni va ortib qolgan materiallarni, xom-ashyolarni qaytarib topshirish;




  1. rejalashtirilgan ishni yoki xizmat ko’rsatishni qay tartibda va uslubda bajarish to’g’risida ko’rsatma olish.

Tayyorgarlik-yakunlovchi vaqtning boshqa kategoriyalardan farq qiladigan joyi shuki, ishlab chiqariladigan buyumlarning hamma partiyasi (tayyorlash uchun mo’ljallangan barcha mahsulot) uchun vaqt bir varakayiga tanaffussiz sarf qilinadi. Shunday ekan, mazkur partiyada buyumlar qancha ko’p bo’lsa, jihozlardan to’xtash shuncha kam bo’ladi, chunki bunda boshqa turdagi buyum chiqarish uchun jihozni boshqa mahsulot tayyorlashga qaytadan sozlab o’tirishga hojat qolmaydi va natijada bir ish vaqti ichida buyumlar ishlab chiqarish miqdori ancha ortadi.


Tayyorgarlik-yakunlovchi vaqt ko’proq va mayda seriyali ishlab chiqarishga tegishlidir, bu erda ish joyi uzoq muddat ichida bir xil ish yoki xizmat bilan ta’minlash imkoniyatiga ega emas, shuning uchun ham jihozlar tez-tez yangidan
(rostlab) naladka qilib turiladi. Bunday vaqtning normalanadigan vaqtdagi solishtirma ulushi bittalik (yakka) ishlab chiqarishda 12-15% ni tashkil etadi. Tayyorlov-yakunlovchi vaqtini harakterli joyi shundaki, u bir partiya buyumga faqat
11

bir marta-topshiriqni bajarish boshlanishidan oldin va bajarib bo’lgandan keyin sarflanadi. Ko’plab ommaviy ishlab chiqarishda jihozlar uzoq vaqtga bir xildagi ishni bajarish uchun birkitib qo’yilganligi hamda jihozlarni rostlash (naladka qilish) smenalar orasidagi tanaffus vaqtiga va uchinchi smenaga kechirilganligi sababli bu erda tayyorgarlik-yakunlovchi vaqt bor-yo’g’i 1,0-1,5% ni tashkil qiladi. Undan qolgan juda oz qismi ish joyiga xizmat ko’rsatishga sarflanadigan vaqt hisobidan qoplanadi.


Odatda, tayyorlov-yakunlov ish vaqti sarfi har bir ishlab chiqilgan mahsulotda yoki ko’rsatilgan xizmatda qaytarilmaydi. Uning qaytarilishi va miqdori ish kuni davomida tayyorlangan mahsulotlar yoki bajarilgan xizmatlar turlariga bog’liq. Shunday ekan, ish kuni davomida bajariladigan ishlarning turlari qancha ko’p, ya’ni xilma-xil bo’lsa, shuncha marta ham shuncha ko’p bo’ladi, bir ish kuni davomida bir xil mahsulot tayyorlangan yoki bir xil xizmat turi ko’rsatilganga nisbatan.
Yuqorida ko’rsatilganlaridan shunday xulosa kelib chiqadiki, ya’ni har bir jamoa rahbari - ish beruvchi xodimning ish kuni davomida tayyorlovchi-yakunlovchi ish vaqti sarfi salmog’ini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni o’z ichiga olgan, o’z korxonasiga mos rejalarni tuzib chiqishi va hayotga tadbiq etishi kerak. Buning uchun birinchi navbatda har bir xodimni ish kuni davomida iloji boricha bir xil ish, yoki xizmat bilan shug’ullantirishga imkon beradigan tadbirlarni ishlab chiqish ko’zda tutilgan bo’lishi kerak. Ikkinchidan, ishni bajarish vazifasini (naryadini) oldinroq, ommabop va tushunarli qilib tuzish bilan, iloji bo’lsa uni (naryadni) xodimga hech bo’lmaganda bir kun oldin topshirib qo’yib, uni keyinchalik bajarilishi lozim bo’lgan ish yoki xizmat bilan oldinroq tanishtirish yo’li bilan erishish imkonini beradi tadbirlar ham rejalashtirilgan bo’lishi kerak.
Operativ (OP) vaqt deb berilgan bitta operatsiyaning texnologiya jarayon bilan bevosita bog’liq bo’lgan hamma elementlarini bevosita mahsulot uchun sarflanadigan vaqtga aytiladi. Ishlab chiqariladigan mahsulot buyumi yangilangan sari operativ vaqt
12

ham yangilanadi va har sarf takrorlanadi ham asosiy (texnologik) va yordamchi vaqtga bo’linadi.


Asosiy (OP), ya’ni texnologik ish vaqti deb mehnat predmetini tubdan o’zgartirishga, unga boshqa sifat berishga bevosita sarf qilingan vaqtga aytiladi, texnologik ish jarayoniga sarflangan vaqt ichida mehnat predmetiga ishlov berilishi natijasida uning tashqi ko’rinishi, shakli, hajmi, holati, xususiyati va h.k.o’zgarib ketadi.
Masalan, metall qirquvchi va yog’ochsozlik jihozlarida detallarga bevosita ishlov berish vaqti asosiy vaqtga kiradi. Bu vaqt ichida detallarga bevosita ishlov berish vaqti asosiy vaqtga kiradi. Bu vaqt ichida detallarga bevsita ishlov beriladi, ya’ni yo’niladi, parsalanadi, frezerovka qilinadi va h.k.
Asosiy (texnlogik) vaqt ichidagi ish qo’l bilan, mashina aralash-qo’l bilan, mashina va apparatlar bilan bajarilishi mumkin.
Yordamchi (OP yor) ish vaqti - bu ishchi asosiy ish bajarish uchun qiladigan harakatlarga va har bir dona yoki ma’lum bir miqdordagi mahsulotni tayyorlash uchun har safar takrorlanadigan harakatlarga ketadigan vaqtdir.
Masalan, detalni jihozga o’rnatishga, mustahkamlashga va bo’shatib olishga, jihozni boshqarish usullarini qo’llanishga, detallarning sifatini nazorat qilishga (operatsiyalararo kontrolga) va h.k. sarflanadigan vaqt yordamchi ish vaqti hisoblanadi.
Yordamchi ish vaqtidagi ishlar ko’pincha qo’l bilan bajariladi. Ayrim hollarda mashina aralash - qo’l bilan bajariladi (masalan, ko’tarish mexanizmlari yordamida buyumni o’rnatish va ko’tarib-chiqarib olish). Ammo texnikaning rivojlanishi, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil qilishning takomillashtirilishi qo’l bilan bajariladigan ishlarni mexanizatsiyalashtirishga olib kelmoqda. Ana shunda og’ir qo’l mehnatiga ketadigan vaqt, operativ vaqt tarkibidagi yordamchi vaqt sarfi ancha kamayadi. Masalan, yarim avtomat jihozlaroda asbobni yaqinlashtirish va
13

uzoqlashtirish bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalar avtomatlashtiriladi, avtomat jihozlarda ilgarilari ishchi tomonidan bajarib kelingan buyumni o’rnatish, olish, jihozning ayrim qismlarini joyidan jildirish, yana joyiga qo’yish kabi ishlar avtomatlashtiriladi, bu esa bir ishchining bir necha stanokda ishlashiga imkon yaratadi.


Yuqorida ko’rsatilgandek, operativ vaqt sarfining o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, uning elementlari har bir operatsiya bajarilayotganda takrorlanib turadi yoki har bir operatsiyaga qandaydir ishlab chiqarilgan mahsulotni yoki ko’rsatilgan xizmatning miqdoriga bog’liq. Ish kun davomida ko’p mahsulot tayyorlagan xodimlar, oz mahsulot etishtirgan bo’ladi. Bu yuqorida ko’rsatilgan xususiyatlar operativ ish vaqtining faqatgina asosiy (texnologik) vaqt qismigagina xosdir xolos. Ma’lumki, operativ ish vaqti sarfining ikkinchi qismi - yordamchi ish vaqtdir. O’z navbatida, yordamchi ish vaqtining ham asosiy ish vaqtidan tubdan farq qiladigan o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Ular, birinchidan, yordamchi ish vaqti sarfi har bir dona tayyorlangan mahsulotda, ko’rsatilgan xizmat turida har safar qaytirilishi mumkin. Masalan, bir dona oyoq kiyimini operativ o’tkazish bilan bog’liq operatsiyada ham asosiy, ham yordamchi ish vaqtlari takrorlanadilar. Shunday ekan, asosiy va yordamchi ish vaqtlari sarflarining miqdori ip o’tkazilgan oyoq kiyimining soniga bog’liqdir. Ikkinchidan, yordamchi ish vaqti har bir joyda ishlab chiqilgan mahsulotda, ko’rsatilgan xizmat turida har safar qaytarilmasligi ham mumkin. Masalan, metroga kirish uchun zarur bo’lgan jetonlarni bir tashlab bir qanchasini kastyum cho’ntagidan chiqarib, 10-15 kishiga tarqatish mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki, har bir jeton har safar kostyum cho’ntagidan chiqarilmaydi. Bu erda, yordamchi ish vaqti sarfining miqdori bajarilgan ishning, ya’ni kostyumning cho’ntagidan chiqarilgan soniga bog’liq emas.
Ish joyiga xizmat ko’rsatish vaqti (IX) - bu xodimning o’z ish joyiga qarashi va u erda tartib saqlashi uchun sarf qiladigan vaqtdir. Ish vaqti sarfining bu turiga
14

saqlashi uchun sarf qiladigan vaqtdir. Ish vaqti sarfining bu turiga masalan, smena boshida va oxirida asboblarni hozirlash va yig’ishtirib qo’yish, jihozlarni ko’zdan kechirish va yurgizib ko’rish, ularni moylash va tozalash, smena topshirish, ish joyidagi chiqindilarni olib tashlash, ish jarayonida asboblarni tartibga solib turish va jihozning ishlashini kuzatib borish kabi ishlar kiradi.


Ish joyiga xizmat ko’rsatish vaqtining o’ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, u ko’pchilik korxonalarda ish joyiga texnologik (Ixtet) va xizmat ko’rsatish vaqtiga bo’linadi. Masalan, smenadagi ish davomida yoyilib, etmas bo’lib qolgan kesuvchi asbobni boshqasiga almashtirish, stanokdagi qirindilarni tozalab olish, stanokni yo’lga qo’yish (regulirovka qilish) kabi ishlarga sarflangan vaqt - texnikaviy xizmat ko’rsatish vaqti hisoblanadi: jihozlarni ko’zdan kechirish va yurgizib sinab ko’rish, stanokni moylash va tozalash smena boshida asboblarni va moslamalarni hozirlab qo’yish, smena oxirida ish joyini yig’ishtirib-tozalab qo’yish kabi ishlarga sarflanadigan vaqt ish joyiga tashkiliy xizmat ko’rsatish vaqti hisoblanadi.
Ish vaqti sarfini tahlil qilish va har tomonlama asoslangan vaqt (mahsulot berish) normasini loyihalash uchun jihoz avtomatik ishlayotgan vaqtda qo’l bilan bajarsa ham bo’ladigan yoki bajarilayotgan qo’l mehnati sarfini alohida ko’rsatish kerak. Chunki ish joyiga tashkiliy xizmat ko’rsatish uchun qilingan sarflarning hammasi ham zururiy emas va vaqt normasi tarkibiga kiritmasligi kerak. Bunday vaqt sarfi qoplanadigan deb ataladi.
Biroq ba’zi texnologiya ish joyiga xizmat ko’rsatish ishlari ketayotgan vaqtda jihozning to’liq to’xtalishini zarur qilib qo’yadi. Bunday vaqt sarfi qoplanmaydigan hisoblanadi va vaqt normasi tarkibiga kiritilishi kerak.
Ish joyiga xizmat ko’rsatish vaqtining o’ziga xos xususiyati shundaki, uning elementlari ma’lum vaqt oralig’ida takrorlanib, bu oraliqlarning davom etish vaqti jihozda bajarilayotgan operatsiyaga bog’liq bo’lmasdan, qo’llanilayotgan asbob-uskunalar sifatiga, ishlov berilayotgan xom-ashyolarning fizikaviy-ximiyaviy
15

xususiyatlariga, sifatlariga, qattiq va yumshoqligiga, jihozlarni yangi va eskiligiga bog’liq. Masalan, xom - ashyo sifatsiz bo’lsa, ko’p chiqindi chiqadi, uni tez-tez supirib turish kerak.


Dam olish va shaxsiy ehtiyojlar uchun sarflanadigan tanaffus vaqtlari (TD shax.ex.) vaqt normasini belgilashda muhim rol o’ynaydi. “Yaxshi dam mehnatga hamdam” deb bekorga aytilmagan. Shuning uchun xodim smena davomida charchashning oldini olish va normal ish qobiliyatini saqlash uchun dam olish tanaffuslaridan foydalaniladi. Ishlab chiqarish gimnastikasi ham dam olish tanaffusiga kiradi. Dam olish vaqtining qanchalik davom etishi mehnat sharoitiga bog’liq.
Shaxsiy ehtiyojlar uchun qilinadigan tanaffuslar vaqtiga ishchining shaxsiy gigiena va o’zining xojatlari chiqarish uchun sarflaydigan vaqti kiradi.
Shaxsiy ehtiyojlar uchun tanaffus vaqti ishning harakteriga bog’liq bo’lmaydi. Bu vaqt mehnat normasi loyihalashtirilayotganda va hisob-kitob (raschyot) qilinayotganda reglamentga solinadi.
Amaldagi texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan bog’liq bo’lgan (TT-tashkiliy - texnologik) tanaffuslar vaqti jihozni instruksiya talabiga binoan (masalan, qizib ketganligi uchun) to’xtatish, jihozning ishchi organlarini dastlabki holiga kelishini kutish, detalning kran bilan olib qo’yilishini (roslanishini) kutish vaqtini o’z ichiga oladi.
Mehnat intizomi buzilganligi tufayli ishdan tanaffus (T) bo’lib qolishi mumkin. Mehnat intizomi buzilganligi tufayli ishdan tanaffus bo’lib qolish vaqtini ajratib ko’rsatishdan maqsad shuki, korxonalarda ishni o’z vaqtida boshlamaslik, gap sotib o’tirish, ish joyini tashlab qo’yib, bekor yurish, tushlik ovqatdan keyin ish joyiga kechikib kelish, ishni barvaqt tugatish va h.k. orqasida juda ko’p vaqt zoe ketishiga e’tiborni jalb qilishdir. Bu xildagi tanafuslarga belgilanmaydi, bularni tahlil qilish esa mehnat intizomini mustahkamlashga yordam beradi.

16

1.3. Ish vaqtini kuzatish turlari va uslublari



Ish vaqtidan foydalanish bevosita ish joyida kuzatish usuli mehnatni normallashda keng qo’llaniladi. Bunday kuzatishdan maqsad ishlab chiqarish imkoniyatlarini va ilg’or tajribani o’rganish vaqtni normal bajarilmasligining sabablarini aniqlash, mehnat jarayonini rayionallashtirish va ish vaqtining zoe ketgan sabablarini izlashdan iboratdir.
Kuzatilgan maqsadga qarab kuzatishning xronometraj ish vaqti fotografiyasi, fotoxronometraj va kino ossilografiyasi hamda momentli linzali kuzatish turlari mavjuddir.
Xronometraj - bu ish usullari yoki operatsiyasini elementlari qancha davom etishini o’lchash maqsadida bevosita ish joyida kuzatish o’tkazishdir.
Ish vaqti fotografiyasi - bu ish smenasida yoki smenaning bir qismi mobaynidagi vaqt sarfining hammasini o’lchash maqsadida bevosita ish joyida kuzatish o’tkazishdir.
Ayrim hollarda ish smenasining bir qismida xronometraj o’tkazib, keyin esa ish vaqtini fotografiya qilishgani yaxshi chiqadi. Bunday aralash kuzatish fotoxronometraj deb ataladi.
Kuzatishlar mahsus xujjat bilan - xronometraj xronokarta, ish vaqti fotografiyasi esa fotokarta ko’rinishda rasmiylashtiriladi. Kuzatish natijalari mahsus varaqalarga-kuzatish varaqlariga yoziladi.
Har qanday turdagi kuzatishning uchta: tayyorgarlik, qayd qilish va natijalarni ishlash bosqichlariga bo’lish mumkin.
Tayyorgarlik bosqichida, odatda kuzatish ob’yekti tanlanadi, kuzatuvchi o’zining ish joyi bilan tanishtiriladi, ijrochi va uning ish joyi tayyorlanadi va nihoyat, kuzatish ob’yekti to’g’risidagi qisqacha ma’lumotlar kuzatish varaqasiga yoziladi.

17

Mehnat normalarini hisoblashda foydalaniladigan normal vaqt sarfi normalarining progressiv bo’lishini mehnat va uskunalar ish unumi o’sishini rag’batlantirish kerak. Shu sababli normativlar ishlab chiqish uchun professional bilimi va ko’nikmalari mukammal, oqilona mehnat usullari va mehnat uslublarini biladigan va normalarni muntazam oshirib bajarayotgan ijrochilarning kuzatish kerakdir.


Ravshanki, bunday ijrochilarning ko’rsatkichlar o’rtacha ko’rsatkichlardan yuqori bo’lishi kerak. Muayyan sanoat tarmog’i korxonalarida keng foydalanish uchun vaqt normativlarning ishlab chiqayotgan ish usullarining davom etishiga ta’sir qiladigan omillar chegarasini va ishlatish sharoitlarini aniq belgilab berish maqsadida bunday omillarni analiz qilish muhim muammodir. Masalan, stanoklardagi stanok tipi, priborlar soni, ularning rangi - ish usullari davom etish vaqtining omillari bo’lib xizmat qiladi. Davom etish vaqtining alohida omillarini aniqlash uchun ish usulining mazmunini bu usulning texnologik jarayoni xususiyatlaridan kelib chiqqan hamma omil va harakatlarini analiz qilish kerak bo’ladi.
Eng oqilona ish usullarini va ish uslublarini tanlab olish uchun ishlab chiqarish ilg’orlari va novatorlarini kuzatish kerak, qoloqlar va normani bajarayotganlar ishini o’rganish esa ish vaqti isrof bo’layotgani sababini aniqlashga yordam beradi.
Kuzatish ob’yekti kutilgan maqsadlarga muvofiq ana shunday tanlanadi. Kuzatishdan ko’zda tutilgan maqsad, kuzatishning mazmuni, kuzatish
uslubikasi hakida kuzatuvchiga oldindan instruktsiya berilishi, u kuzatish ob’yekti bilan tanishtirib qo’yilishi kerak, normal vaqt sarfi haqida ma’lumot olish uchun ish joyidagi tashkiliy-texnikaviy sharoitlar xududi shu ishning yoki operatsiyaning bajarilish loyihasiga batamom mos holda keltirilishi kerak.
Kuzatishdan maqsad ilg’orlar tajribasini yoki qoloqlik sabablarini o’rganishdan iborat bo’lsa, ish joyi o’zgarishsiz qoldiriladi, undagi ijobiy va salbiy xususiyatlarining hammasi kuzatish jarayonida qayd qilib boriladi.
18

Tayyorgarlik bosqichi kuzatish o’tkaziladigan tashkiliy-texnikaviy sharoitlar, shu jumladan ish usulini davom etish vaqti omillarini ham tafsilotini yozish bilan tugallanadi. Tafsilot pirovord natijalarni harakteri, bu natijalar qanday sharoitda olinishi haqida aniq tasavvur hosil qiladigan bo’lishi kerak. Sharoit tafsiloti quyidagilardan iborat bo’ladi:




  1. ijrochining ishlab chiqarish harakteristikasiga (ixtisosi, staji, yoshi, normalarni bajarish darajasi);




  1. bajariladigan ishning yoki operatsiyaning harakteristikasi (bajariladigan

ishning nimaga mo’ljallangan ekani, artikuli);




  1. uskunalarning harakteristikasi (mashinaning tipi, ish organlarining soni);




  1. texnologik jarayonning harakteristikasi (tezliklar);




  1. ish joyini tashkil etish harakteristikasi (qanday rejalanganligi, asbob va

moslamalar bilan jihozlanganligi);




  1. mehnat qilish tevarak-atrof muhitining harakteristikasi (temperaturasi, namlik, yoritilganligi);

j) yana boshqa tashkiliy shartlarning harakteristikasi (xizmat ko’rsatish zonasi, o’zaro yordam va boshqalar).


Kuzatish ob’yektining tafsiloti odatda ma’lum formada bo’ladigan kartaning o’ng tomoniga yoziladi.
Qayd qilish bosqichi - bu kuzatish vazifalariga muvofiq ish joyida sodir bo’layotgan hodisalarni ro’yxatga olishdan iborat. Kuzatuvchi tafsilot yozishga minimum vaqt sarflab protsess elementlarni mazmuniga va vaqtni aniq o’lchab borishga maksimum e’tibor berilishini nazarda tutish kerak. Buning uchun kuzatuvchi kuzatish varaqasi hamda vaqt o’lchash pribori mahkamlab qo’yilgan mahsus planshet bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Yana shu maqsadda hodisalarning to’la nomlari o’rniga, ayniqsa ular kuzatish mobaynida ko’p marta takrorlanadigan bo’lsa, shartli indekslar yozib borilishi ma’qul. Kuzatishdan maqsad nimaligiga qarab qayd qilish
19

uzluksiz va tanama bo’lishi mumkin.


Uzluksiz qayd qilishda mehnat jarayonining hamma elementlariga ketgan vaqt hisobga olinadi va o’lchanadi.
Tanlama qayd qilishda mehnat jarayonining alohida elementlariga ketgan vaqt hisobga olinadi va o’lchanadi. Masalan, ijrochining foydali ish bilan bandlik darajasini aniqlash uchun vaqt sarflarini hammasini ularning nimaga mo’ljallanganligiga muvofiq o’lchash, ya’ni uzluksiz qayd qilish kerak bo’ladi. Biror bir ish usulining davom etish vaqtini aniqlash uchun esa faqat shu usullardan bir nechtasini o’lchash, ya’ni tanlama qayd qilish kerak bo’ladi.
Mehnat jarayonidagi alohida eelementlarning bajarilishi vaqtini o’lchash uchun kuzatuvchi, ulardan har birining aniq mazmunini va ular orasidagi chegaralarni aniq bilish kerak. Jarayondagi har bir elementning boshlanish va tugash paytlarini bildiruvchi tashqari alomatlar qayd nuqtalari deb ataladi. Qayd nuqtalari har qanday o’lchash usulida ham ish vaqtining hammasi hisobiga olinadigan qilib tanlanishi kerak.
Joriy vaqt bo’yicha uzluksiz qayd qilish bu talabga eng yaxshi javob bera oladi. Bu usul jarayondagi oldingi elementning tugashi, qayd nuqtasi undan keyingi elementning boshlanishi, qayd nuqtasi sifatida qabul qilinadi. Bunda qayd qilish mobaynida ish vaqti uzluksiz hisobga olib boriladi. Tanlab qayd qilishda har qaysi elementga ikkitadan boshlanish va tugatish qayd nuqtalarini belgilab olish kerak.
Bunda vaqt alohida sanash usulida o’lchanadi. Ish usullarining qayd nuqtalari sifatida usul boshidagi birinchi hakarakatning boshlanish payti va usulni aniqlovchi oxirgi harakatning tugallanish payti olinadi.
Agar ishchi bitta mashinaga xizmat ko’rsatsa, unda mashinaning har qanday talabi bilan to’xtash paytini qayd nuqtasi mashina yoniga kelib to’xtagan payt, mashinaning to’xtash oxirgi qayd nuqtasi hamma hollarda ham mashina ishga tushirib yuborilgan payt bo’ladi.
20

Alohida sanash usulida tanlab qayd qilish, odatda, alohida ish usullari orasida albatta bo’ladigan pauzalarni hisobga olmaydi. Qayd qilishning umumiy davom etishi va qayd qilish vaqti kuzatishdan kuzlagan maqsadga qat’iyan muvofiq tanlanishi kerak. Bunda ish kuni mobaynidagi ish qobilyati dinamikasi, kunduzgi va kechki ishlash xususiyatlari hisobga olinishi kerak. Mehnat jarayonini harakterlaydigan yakuniy o’rtacha ma’lumotlar qanchalik aniq bo’lishi talab qilinishiga qarab vaqt necha marta o’lchanishi topib olinadi.


Natijalarni qayta ishlash bosqichi kuzatuvchi maqsadlariga mos hisoblashlar yo’li bilan qayd qilish natijalarini aniqlashdan va ularni analiz qilishdan iborat bo’ladi.
Yakunlashda kuzatuvchidan olingan ma’lumotlardan foydalanish yuzasidan takliflar belgilab chiqiladi. Natijalarni qayta ishlash usullari nixoyatda xilma-xil bo’lib kuzatish maqsadlariga batamom bog’liq bo’ladi.
Ish vaqti sarfini o’lchash uchun strelkali va Raqamli priborlar, yozuvchi yoki avtomatik registratorlar ishlatiladi. Sekundomer, xromoskop, xrograflar strelkali priborlar jumlasiga kiradi. Sekundomerning sekund strelkasi knopkani bosish bilan yurgizib yuboriladi, ikkinchi bosishda strelka to’xtaydi, uchinchi bosishda esa strelka noll xolatiga keltiriladi. Strelkaning to’xtashi vaqtni o’lchashni uzib qo’yib o’lchangan vaqt bo’lsa, qancha davom etganini qayd etib qo’yish imkonini beradi.
Xronoskop - qisqa vaqt bo’laklarini o’lchashda ishlatiladi. Uning aosiy strelkasi 3,6 sekund yoki 10 sekundda, qo’shimcha strelka esa 3 minutda bir aylanib chiqadi. Xronoskop ham sekundomer singari ishlaydi. Uni qisqa ish usullarini o’lchashda ishlatgan ma’quldir. Xronograf - bu bir strelkali sekundomer prinsipida ishlaydigan strelkali qo’l soatidir.
Strelkali priborlarda vaqtni ikki usulda o’lchash mumkin: alohida sanash usuli (takrorlama usul) va joriy vaqt usuli (uzluksiz usul) vaqtni alohida sanash usulida o’lchash quyidagilardan iborat.
21

Mehnat jarayonidagi o’lchanadigan elementning boshlanish paytida sekund strelkasi yurgizib yuboriladi. Tugash paytida esa to’xtatiladi, strelka ko’rsatkichi yozib olinadi va u yana nol xolatiga qaytarib qo’yiladi. Navbatdagi o’lchashlarning har qaysisi yana shu tartibda bo’ladi. Joriy vaqt bo’yicha o’lchash usuli shundan iboratki, bunda sekund strelkasini sur’atga olish boshlanishida yurgizib yuboriladi, kuzatish payti kuzatilganda esa to’xtatiladi, alohida protsess elementlari chegaralari esa ular tugashi paytida bir strelkali sekundomerning yurib to’rgan sekund strelkasi ko’rsatishga qarab qayd etiladi. Strelkali priborlar yordamida vaqt o’lchash sermehnat ish. Kuzatuvchi juda ko’p yozib borishi bilan birga ish qanday kechayotganini kuzatib turishi kerak, bu esa xatolarga sabab bo’ladi. Yozish natijalarini avtomatik qayd etadigan priborlar kuzatuvchi ishini yengillashtiradi.


Ko’pssiferbilatli strelkali priborlar qayd qilish protsessida yozib borishni talab qilmaydigan, eng oddiy priborlardan hisoblanadi. Ularda ikki xil schetchik bo’lib, ulardan bittasi protsessning alohida elementlari bajarilishi vaqtini jamlab boradi, ikkinchi esa ularning takrorlanishi hisoblab boradi. Bunday priborlar bir yo’la 10-13 kg turli elementlar vaqtini qayd etish imkonini beradi. Vaqt schetchigi ko’rsatishi protsess elementlarining har qaysisi bo’yicha takrorlanish schetchigi ko’rsatishga bo’lish yo’li bilan elementlarning davom etish vaqti aniqlanadi. Vaqtni alohida sanashlar qayd etilmasligi, shuningdek xatoga yo’l qo’ymaslikning iloji yukligi bunday priborlarning kamchiligi hisoblanadi.
Xronograflar protsessning har bir o’lchanadigan elementi qancha davom etishini avtomatik qayd etib boradi. Ular yozish qurilmasidan va qog’oz lentaning o’zgarmas tezlikda harakterlanib turadigan mexnanizmdan iborat. Boshqaruv knopkasi bosilganda yozish qurilmasining perosi (qalami) lentaga belgi qo’yadi. Lentani ikkita belgi oralig’idagi uzunligiga qarab alohida o’lchanadigan vaqtlar qancha davom etgani aniqlanadi. Bunda kuzatuvchi vaqtni yozib borishdan ozod bo’ladi.
22

Raqam yozish (bosish) priborlarda protsessning uzatiladigan har elementi uchun mo’ljallangan soat mexanizmi raqamli barabanchalar bo’ladi. Raqamli barabanchaning tegishli joylari bosilganda qayd qilish haqidagi ma’lumotlar mahsus lentaga bosilib qoladida, natijada tayyor kuzatish kartasi xosil bo’lib chiqadi. Ommaviy ishlab chiqarishdagi mehnat jarayonlari normativlarini tadqiq etish hamda ishlab chiqarish uchun hisoblash mashinalar va elektron hisoblash mashinalari ishlatilgani ma’quldir. Bunda vaqt sarfi magnit lentasiga perfolenta yoki perfokartaga yozilib boriladi, natijalar esa mahsus programmaga binoan EXM da ishlanib olinadi. Bevosita ish joyida kuzatishning yuqorida bayon etilgan usullarining hammasida ham ijrochining ham ishdan chalg’itadi va psixologik ta’sir ko’rsatadi, bu esa kuzatish natijasiga ta’sir ko’rsatadi.


Sanoat televizion qurilmalaridan foydalanish bu kamchiliklarni bartaraf etish imkonini beradi. Ularni ishlash vaqti fotografiyasi gruppali bo’lganda ishlatish eng samarali chiqadi. Biroq ijrochining ish joyida yo’qligi sababini, ayrim xollarda esa bajarilayotgan ish harakterini bilib bo’lmasligi bu usulning muhim kamchiligi hisoblanadi. Kinoga olish va ossilografiyalash yordamida mehnat jarayonini to’liq tadqiq etish mumkin. Bo’lar mehnat jarayonidagi hamma elementlar bajarilishining mazmuni va ketma-ketligini, shuningdek barcha vaqt sarfini batafsil va nihoyatda aniq qayd etish imkonini beradi. Kinogrammaning keyin o’rganish va amal qilish uchun qayta-qayta qo’yib ko’rib, ortiqcha va noratsional bajarilgan harakatlarni, amallar va usullarni topish shuning natijasida bekor ketgan vaqtni aniqlash mumkin. Bunday tadqiqotga asoslanib, mukammalroq mehnat uslublarini ishlab chiqish va uning hamma elementlariga vaqt normativlari belgilab chiqish mumkin. Kinoga olish shuningdek ilg’or tajribani o’rganish, ko’rsatishi va tarqatishda ham samarali usul xizmati o’tashi mumkin.
Ossillografiyalash usuli operatsiyalarning mashina elementlarini va mashinani qo’l elementlarini tadqiq etishda ishlatiladi. U mashinalarning turli organlaridan
23

ularga ulab qo’yiladigan elektr datchiklar tizimi orqali signallar olib, protsess qanday o’tayotganini kuzatuvchining ishtirokisiz, avtomatik ravishda qayd etish imkonini beradi.


Ish vaqtini ishlatish turlari va uslublarini bilgan xolda har bir kuzatish turini alohida-alohida ko’rib chiqamiz.
To’la ish kuni uning qismi davomida istesnosiz barcha ish vaqti (bevosita ishlab chiqarish va boshqa xil ishlar) sarfini kuzatish va o’lchash yo’li bilan ish vaqtidan foydalanishni aniqlash ish vaqti fotografiyasi deb ataladi.
Ish kunini fotografiya qilishdan ish vaqtida ishchilarning ish vaqtida va jihozlardan foydalanish darajasini, zoe ketayotgan ish vaqtlarini aniqlashda, ularni bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqarishda, ish o’rniga xizmat ko’rsatish, dam olish va hokazo normativ vaqtlarni belgilashda, ilg’orlar tajribasini qidirib topishda foydalaniladi.
Ishlab chiqarish mehnatni tashkil qilish formasi va kuzatiladigan ishchilar sonidan kelib chiqib ish vaqti fotografiyasining turlari quyidagi ramda tasvirlangan.

Fotografiya turlari


Individual fotografiya


o’tkazish

Gruppa usulida


fotografiya o’tkazish















Brigada usulida

Ommaviy fotografiya




O’z-o’zini fotografiya










qilish




fotografiya o’tkazish

















Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish