Ishlab chiqarishda boshqaruv



Download 0,89 Mb.
bet1/9
Sana03.03.2020
Hajmi0,89 Mb.
#41454
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
korxonada xodimlar ish vaqtidan fojdalanishni yaxshilash masalalari

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI
FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV” FAKULTETI
IQTISODIYOT” KAFEDRASI
5340100 “IQTISODIYOT” YO`NALISHI BO`YICHA
BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Mavzu: Korxonada xodimlar ish vaqtidan foydalanishni yaxshilash masalalari. (Furqat tumani “Ro`zmatjon ota” mas`uliyati cheklangan jamiyati misolida)


Talaba:


46-10 guruh
Xursanov Qodirali Botirali o`g`li


Bitiruv malakaviy ish rahbari :
assistent

M.To`xtasinova



Farg`ona – 2014

1





MUNDARIJA







KIRISH

3

1KORXONADA XODIMLAR ISH VAQTIDAN FOYDALANISHNI







YAXSHILASH MASALALARI




1.1.

Ish vaqti to’g’risida tushuncha va ish vaqti sarfi uning turkumlanishi

6

1.2.

Xodimning ish vaqti sarfi turlarining mazmuni va ularning o’ziga xos

10




xususiyatlari




1.3.

Ish vaqtini kuzatish turlari va uslublari

17




  1. “RO’ZIMATJON OTA” MCHJDA ISH VAQTIDAN FOYDALANISH DARAJASI TAXLILI




2.1.

Ish vaqtidan samarali foydalanish darajasi taxlili

31

2.2.

Ish vaqtini kuzatish asosida ish vaqtidan yo’qotishlarni baholash

38

2.3.

Mehnat unumdorligi tahlil

44




  1. KORXONADA XODIMLAR ISH VAQTIDAN FOYDALANISHNI

YAXSHILASH YO’LLARI




3.1.

Korxonalarda xodimlar ish vaqtidan yoqotishlar sabablarini aniqlash va

49




ularni bartaraf etish yo’llari




3.2.

Korxonada xodimlar ish vaqtidan foydalanishni yaxshilashni mehnat

54




motivatsiyasi orqali ta’minlash yo’llari







XULOSA

59




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

61




ILOVALAR



2

KIRISH



O’zbekiston Respublikasi o’zining mustaqil taraqqiyot yo’liga asoslangan holda bozor iqtisodiyotiga to’la ishonch bilan o’tib bormoqda.
Mustaqillikning o’tgan davri mobaynida milliy xo’jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, inqiroz holatidan chiqarildi va uning ko’pgina sohalarida barqaror o’sishga erishildi. Jamiyat taraqqiyotining barcha jabhalarida, jumladan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy sohalarda islohotlar amalga oshirilishi natijasida mamlakatimizda bir qator ijobiy o’zgarishlar ro’y berdi.
Iqtisodiy sohada olib borilayotgan islohotlarning pirovard maqsadi – iqtisodiyotni erkinlashtirish orqali aholiga erkin va farovon hayotni ta’minlashdan iboratdir. Amalga oshirilayotgan islohotlar ichida engil sanoat ham o’z o’rniga ega. Chunki, respublikamiz sanoat ishlab chiqarishda engil sanoat tarmog’i etakchi o’rinlardan birini egallaydi. Iqtisodiyotimizda amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar va ulardan ko’zlangan maqsadlarning bajarilishi sanoatning jadal sur’atda rivojlanishida ham o’z ifodasini topmoqda.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov o’z ma’ruzalarida quyidagilarni takidlab o’tdi: "Biz bugun 2013-yilning yakunlari haqida gapirganda, avvalo, o’tgan yilda mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda mutanosiblikka erishgani, modernizatsiya va diversifikatsiya hisobidan yuqori sur’atlar bilan rivojlanganini qayd etamiz. Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o’sdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga, qishloq xo’jaligi – 6,8 foizga, chakana savdo aylanmasi – 14,8 foizga oshdi. Inflyatsiya darajasi prognoz ko’rsatkichidan past bo’ldi va 6,8 foizni tashkil etdi."1



  1. Islom Karimovning Mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlar i va 2014-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi

3

Respublikamizda yalpi ichki mahsulot xajminish o’sishi bevosita mamlakatimizda samarali faoliyat yuritayotgan korxonalarga bog’liq. Shunday ekan korxona faoliyati samaradorligini ta’minlash, ya’ni ishlab chiqarish xajmini oshirish zarur. Shu nuqtai nazardan iqtisodiyotni modernizatsiyalash hamda isloxotlarni chuqurlashtirish sharoitida iqatisodiy o’sishga ta’sir etuvchi omillardan biri hisoblangan ish vaqtidan samarali foydalanish bo’yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.


Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti - O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining engil sanoat tarmoqlari va “Ro’zimatjon ota” MCHJ hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Yuqoridagi muammolarning alohida muhimligini e’tiborga olib, bitiruv malakaviy ishida “Ro’zimatjon ota” MCHJ misolida xodimlarning ish vaqtidan samarali foydalanishning ilmiy nazariy asoslarini o’rganish, korxonada sh vaqtidan samarali foydalanish borasidagi muammolarni va unga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish, bu boradagi mavjud kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish va kelajakda uni yanada yaxshilash borasida tegishli amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chikishdan iborat.
Maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni xal etish belgilab olindi:
Korxonalarda mehnatni tashkil qilishning ilmiy-uslubiy asoslarini o’rganish;
Ish vaqti to’g’risidagi tushunchalarni nazariy o’rganish;

Ish vaqti va unga ta’siri qiluvchi omillarni baholash uslublarini o’rganish;


“Ro’zimatjon ota” MCHJda ish vaqtidan samarali foydalanish xolatini tahlil qilish;
taxlil natijalari asosida korxonani iqtisodiy faoliyati borasidagi mavjud muammolarni o’rganish;
“Ro’zimatjon ota” MCHJda ish vaqtidan samarali foydalanish yo’llarini ko’rsatib berishdan iborat.
4

Muommoning o’rganilganlik darajasi. Iqtisodiy ta’limotlar asoschilari tomonidan ushbu masala yuzasidan asos hisoblangan g’oyatlar yaratilgan. Bu xususdagi V.Peggi, A.Smit, D.Rikardo, J.M.Keynslarning g’oyatlari, L.Valras, K.Makkonell, S.Bryu, A.Filippe, M.Fridmen, J.Marshall, Bansal Vipul K., kabi jaxon tan olgan iqtisodchi olimlar qarashlari, garchi ular turli iqtisodiy tizim g’oyatlarini tarannum etishgan bo’lishsada, ularni bir maqsad - iqtisodiy rivojlanish va barqarorlikka erishish muammolari birlashtirib turgan.


Respublikamizning shu soha olimlaridan Q.Abduraxmonov, A.Ortikov., E.X.
Maxmudov, B.J.Safarov kabi kuplab olimlarning fikr va muloxazalari o’rganildi.
Tadqiqot amaliy ahamiyati. Malakaviy amaliyot ob’ekti hisoblangan, “Ro’zimatjon ota” MCHJning rasmiy statistika ma’lumotlaridan keng foydalanildi. Tadqiqot natijasida olingan xulosalarni “Ro’zimatjon ota” MCHJda xodimlarning ish vaqtidan foydalanishni yaxshilash bo’yyicha qo’llash mumkin.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Mavzuni yoritish va mavjud muammolarni hal etish davomida quyidagi yangiliklarga erishildi:
xodimlarning ish vaqtidan foydalanishni yaxshilash talablari va uning o’ziga xos xususiyatlari yoritib berildi;


BMIning tuzilishi va hajmi. Bitiruv nalakaviy ishi mantiqan bir-biri bilan bog'liq holda ketma-ket joylashtirilgan kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan tarkib topgan.

5


  1. KORXONADA XODIMLAR ISH VAQTIDAN FOYDALANISHNI YAXSHILASH MASALALARI


1.1. Ish vaqti to’g’risida tushuncha va ish vaqti sarfi uning turkumlanishi

O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 114- moddasida, “Xodim ish tartibi yoki grafigiga yohud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o’z mehnat vazifalarini bajarish lozim bo’lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi” deb yozilgan. Undan tashqari shu yuqorida ko’rsatilgan. Mehnat kodeksining 115-moddasida “Xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo’lishi mumkin emas” deb ham ko’rsatilgan. Shu moddada “Olti kunlik ish haftasida har kunlik ishning muddati etti soatdan ortib ketmasligi lozim” deb ham ko’rsatilgan. Shunday ekan, ish vaqti deganimizda O’zbekiston Respublikasi davlat tomonidan qonun bilan belgilangan ma’lum vaqt birligi tushuniladi. Bu vaqtda korxona va tashkilotlarda xodimlar o’zlari uchun belgilangan ish va vazifalarni bajaradilar. Korxonalarda muayyan bir buyumni ishlab chiqarish uchun normasini belgilash kerak, buning uchun uni bajarishga qancha ish vaqti talab qilishini o’rganish va aniqlash muhim ahamiyatga ega.


Ish joylarida ish vaqti ko’p yo’nalishlarda sarf qilinadi. Bu sarflarning ba’zilari foydali, ba’zilari esa befoyda bo’ladi. Foydali sarflar juda murakkab strukturaga ega bo’lib, bular ishlab chiqarishda mehnatning samaradorligiga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Ish vaqtining bekor ketishiga ham turli sabablar bo’ladi, ularni bartaraf qilishga alohida yondoshish kerak bo’ladi. Korxonalarda jami ish vaqti fondi to’g’ri foydalanishni tashkil qilish muxandis-texnik xodimlar va xizmatchilarning eng muhim vazifalaridan biridir.
Korxonadagi jami ish vaqti fondi deganda, bitta ishchining soat hisobida muayyan vaqt (smena, dekada, oy, yil) ichida foydali ish vaqti fondini ayni mana shu

6

ishlab chiqarishda ishlayotgan hamma xodimlarning soniga ko’paytirish yo’li bilan aniqlash tushunaladi.


Jami ish vaqti fondini aniqlash uchun barcha ish vaqti, ya’ni ish kuni (ovqatlanishga ketadigan tanaffus vaqtini chegirib tashlab) ishlab chiqarish topshirig’ida nazarda tutilgan ish bajarilayotgan vaqtga hamda ishchi u yoki bu sabablarga ko’ra ishlab chiqarish topshirig’ini bajarish bilan band bo’lmagan tanaffus vaqtlariga bo’linadi.
Ishlab chiqarishda buni kuzatayotgan xodimning ish vaqtini hamda jihozlarni ishlab turishini o’rganish kerak. Bir muddat ichidagi ish vaqti sarfi ijrochining ish bilan band bo’lgan vaqti bilan jihozning bekor turib qolgan vaqtini yoki buning aksini o’z ichiga olganligi uchun vaqt sarfini ham ishchiga nisbatan, ham jihozga nisbatan klassifikatsiyalarga bo’lib, alohida qarab chiqishi kerak. Buni quyidagi sxemalarda ham ko’rib chiqish mumkin.

Xodimning ish vaqti



Ish vaqti

Ishlab chiqarish


topshirig’ini bajarish
uchun sarflanadigan
vaqt

Tanaffus vaqti

Ishlab chiqarish
topshirig’ini ko’zda
tutilmagan ishlarni
bajarish uchun
sarflanadigan



Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish