TAJRIBA BO’LIMIDAGI TEXNOLOGIK JARAYONLARNI YORITISH.
Kiyimlarni ishlab-chiqarish uchun tayyorlov ishlari eksperimental sexidan
boshlanadi.Bu ishlar quyidagilardan iborat:
1.Konstruksiyalash, har bir model uchun hujjatlarni tayyorlash.
2.Andozalar tayyorlash.
3.Materiallarning sarflash normasini aniqlash.
4.Trafaretlar tayyorlash.
5.Yangi modellar
namunalarini tayyorlash, ustalar va ishchilarga o‘rgatish.
6.Yangi ishlov berish usullarini ishlab chiqish.
7.Yangi
jihozlarni sinash, tekshirish va qo‘llash.
8.Gazlamalarning fizik-mexanik xususiyatlarini sinash.
Yangi modellarni yaratish bilan yuqori malakali rassom-modelerlar
shug‘ullanadi.
Konstruktorlar ikki guruhga
bo‘linadi:
1-guruh modellar baza asoslarini ko‘rib, rasmga asoslanib, modelning
birlamchi andazalarini tayyorlaydilar.
2-guruh modelning baza asosiga asoslanib o‘rtacha razmer rost uchun ishchi
andazalar, yordamchi andazalar, model uchun hujjatlar tayyorlaydilar.
Modalar uylari tikuvchilik korxonalariga andazalar va texnikaviy xujjatlar bilan
birga xar kaysi detal andazasining satxi va mazkur kiyim barcha detallari
andazalarining umumiy satxi xakida ma’lumot xam berishlari lozim.
Tikuvchilik korxonasi eksperimental sexida topilgan fasondagi kiyim andazalari
shu sexning uzida tayyorlanadi. Bu andazalar satxini xisoblashni esa
modelxonalarga buyurish xam, eksperimental sexining uzida xisoblash xam
mumkin. Kiyim detallaring shakli kupincha murakkab va egri chizikli
konturlardan iborat bulgani uchun, andazalar satxini tugri va anik xisoblash
anchagina qiyin ishlardan xisoblanadi.
Har bir ommaviy tayyorlash uchun qabul qilingan model uchun buyumning
o‘rtacha razmer, rost va to‘lalikdagi namunasi tikiladi, shu model uchun etalon andazalar tayyorlanadi, tashqi ko‘rinishining yozuvi beriladi va o‘lchov tabeli,
ya’ni andazalar va tayyor buyumning hamma razmer va rostlarining o‘lchov
jadvali tuziladi.
Modelning texnik yozuviga quyidagilar kiradi:
—modelning tashqi ko‘rinishining yozuvi va rasmi, taklif etiladigan razmer,
rost, to‘laligi, detallar spesifikasiyasi, taklif etiladigan avra, astar, qotirmalik
gazlamalar va furnituralar, buyum tikish texnologiyasi haqida yo‘l yo‘riqlar.
O‘lchov tabelida andazalar va tayyor buyumning asosiy o‘lchov joylari va
o‘lchov qiymatlari, ishlov berish uchun haqlar va og‘ishlar beriladi.Bu hujjatlar
ishchi andazalarini nazorat qilish va tayyor buyumlarni qabul qilish uchun
ishlatiladi.
Andazalar 3 xil bo‘ladi:1. etalon andazalar,
2. ishchi andazalar
3. yordamchi andazalar.
Etalon andazalar model namunasini tayyorlash uchun ishlatiladi.
Ish andazalar 5 ta to‘la komplektda tayyorlanadi.2 tasi eksperimental sexiga
gazlama sarfini aniqlash uchun, 1 tasi tayyorlov syexiga bo‘rlama
tayyorlash uchun, 2 tasi bichish syexiga berilib, ulardan biri nuqsonli gazlamalarni
bo‘rlash, yana biri to‘shama ustiga qo‘yilib, bo‘rlamaning o‘chib ketgan
joylarini bo‘rlash uchun ishlatiladi, lentali bichuv mashinasiga detallarni qirqish
uchun beriladi.
Yordamchi andazalar tikuvchilik sexida kiyim detallaridagi bort burchaklari,
cho‘ntak o‘rinlari, vitachkalar va izmalar o‘rnini belgilash uchun ishlatiladi.
Andazalar qalinligi 0,9-1,2 mm. Qattiq pressshpat kartondan tayyorlanib,
atrofiga tunuka qoplanishi mumkin.
Andazalar chetiga tunuka qoplanmagan bo‘lsa ish andazalar sinchiklab
tekshirilgandan keyin, ularning cheti aylantirilib, tamg‘alab chiqiladi.Hamma
andazalarga modelning‘ nomeri, razmeri, rosti yoziladi;Ish va yordamchi
andazalar oyda bir yoki ikki marta etalon andaza bilan solishtirib, tekshirib
turiladi.Etalon andazalarning o‘zi ham yilning har choragida bir marta tabelda
ko‘rsatilgan o‘lchamlarga solishtirib tekshiriladi, chunki, karton qurishi
natijasida kirishishi mumkin. Ular temperaturasi 18-20°S, namligi 60-70%
bo‘lgan joyda kronshteynlarda osig‘lik tarzda saqlanishi lozim.
Tikuvchilik mahsuloti tannarxining 80-90 foizini ularni tikishga sarf bo‘lgan
materiallar qiymati tashkil qiladi.Shuning uchun mahsulot tannarxini kamaytirishning, ishlab-chiqarish rentabelligini oshirishning eng samarali yo‘li mahsulot sifatini yomonlashtirmay turib chiqindilarni kamaytirish, rezervlarni topish va materiallarni tejashdir.
Ushbu sexda GEMINI PATTERN programmasi ish yurutib kelmoqda . Bu
programmaning asosiy yutuqlaridan biri barcha andaza kompyuter yordamida
chiziladi va avtomatik tarzda andazalar joylashtiriladi. Undan so’ng plotter
orqali qogozga chop etiladi va oldindan to’shalgan material usdiga qotirilib
andazalar kesib olinishi mumkin. Bu esa ish unumdorligini bir necha marta
oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |