BICHISH SEXIDAGI JARAYONLARNI BAYON QILISH.
Bichiq detallarini tikishga tayyorlashda ular tekshirib chiqiladi.
Buning uchun avval kiyim tikish me’yoriy hujjatlari bilan tanishib
chiqish kerak. Tekshirish avra va astar gazlama bichiq detallarining bor-yo‘qligini
aniqlashdan boshlanadi. Modelga binoan konstruksiya
chiziqlari, gazlamaning guli aniqlab olinadi; tukning yo‘nalishi, detallar o‘rish va
arqoq iplari yo‘nalishi bo‘ylab qanchalik to‘g‘ri bichilaganligi va bichiq detallarida to‘qimachilik nuqsoni bor yo‘qligi tekshiriladi.Detallar o‘lchamining aniqligi bichiq bog‘lamidagi ustki
va ostki detallarga andaza qo‘yib tekshiriladi. Agar avra, astar yoki
bort qotirmasining detallari torroq yoki ruxsat etilgan chetlatishdan ortiqroq bo‘lib qolgan bo‘lsa, unda bichiq ishlab chiqarishga yuborilmaydi. Ommaviy tikuv deganda ishlab chiqarish korxonalarida bitta
to‘shamadan ko‘p miqdorda kiyim bichish tushuniladi. Òikish va yig‘ish jarayonida detallarniadashtirib yubormaslik uchun avra detallarining o‘ng tomoniga raqam yozilgan talonni 6—1 klass maxsus mashinasida tikib qo‘yiladi. Astar bichig‘i detallarida teskari
tomoniga «Meto» mashinasida, bo‘yoqyordamida raqam qo‘yiladi. Bichiq detallaridagi raqamlar yaxshi ko‘rinib turadigan va kiyimni tikishga xalaqit bermaydigan joyiga qo‘yiladi.Bitta kiyimning hamma detallarida bir xil raqam yozilishi kerak.
Yordamchi qatlamning detallari raqamlanmaydi. Astar va yordamchi qatlam detallari modeli, o‘lchami, ko‘rinishi va rangi jihatidan avra detallariga mos bo‘lishi lozim.
Bichilgan detallarning sifatini nazorat qilsh bir kishi zimmasiga yuklatilgan, bundan tashqaribichuv sexi masteri ham detallarni nazorat qilib turadi, bichilgan detallardagi nuqsonlar, noto’g’ri kesilganligi, razmerlarida adashmaslik uchun sex masteri javobgar hisoblanadi. Bichilgan detallar razmerlarining o’shish tartibidan joylashtirilib keying operatsiya uchun maxsus palkalarga joylanadi.
Bichilgan detallar sonidan qatiy nazar bitta bitta ko’chirib chiqiladi.
Bichish sexida quyidagi operasiyalar bajariladi:
1.Tayyorlov syexidan gazlamalarni qabul qilish;
2.Avra, astar, qotirmalik va bezak materiallarni to‘shash;
3.To‘shama sifatini tekshirish;
4.Detallarning noaniq chiziqlarini bo‘rlash;
5.To‘shamaning ustki qavatyga nomerlangan talonlarni tikib ulash yoki yelim yordamida yopishtirish;
6.Buyum detallarini bichish;
7.Nuqsonli gazlamalarga bo‘rlama tayyorlab bichish;
8.Bichim pachkalarini yig‘ish va komplektlash;
9.Bichim detallarini nomerlash;
10.Kalkulyasion va preyskurant yorliqlarni tayyorlash;
11.Marshrut varaqlarini to‘ldirish.
.TIKUV SEXI JARAYONLARINI YORITISH.
“ATM TEXTILE FERGANA” korxonasi 2 ta tikuv sexidan iborat bo’lib, bularda
bolalar fudbolkasi,ayollar halati,erkaklar fudbolkasi va shunga
o'hshash narsalar tikiladi. Tikuv sexlaridagi uskunalar tikuv mashinalarida naqsh, yozuv, tikuv mashinalari hammasi zamonaviy kompyuterlashgan, unumdorligi yuqori bo’lgan uskunalar bilan jihozlangan. Tikuv sexidagi JUKI kabi tikuv mashinalari aylanish tezligi, elektr to’ki sarfini kamligi kabi ko’rssatkichlari yuqori
hisoblanadi. Tikuv sexining vazifasi bichilgan detallarni buyurtma bo’yicha hatolarsiz sifatli qilibtikib borishidir. Mazkur sexga bitta
master mas’ul hisoblanadi. Sexdagi barcha operatsiyalar konveyr usulida tikiladi. Konveyr usuli modelning tez fursatda tikilishini taminlaydi.
Tikuvchilik ustaxonalari keng, yorug‘, quniq va ozoda bolishi kerak.
Devor va mebellaming rangi katta gigenik va pedagogik ahamiyatga
ega. Shuning uchun devorlar och, sokin ranglarga bo'yalishi lozim.
Ustaxona tabiiy va sun“iy jihatdan yaxshi yoritilgan boTishi kerak.
Ustaxonalar ikki kishilik o‘quv stollari, yozuv taxtasi, magnitli taxta, kerakli miqdorda tikuv mashinalari va qo‘l ishlarini bajarish uchun ish stollari, bichish stoli va manekenlar bilan jihozlanadi. 0 ‘tirish uchun imkon boricha baland -pastligi rostlanadigan vintlio'rindiqlar qo‘yiladi. Tikuv ustaxonasida ko‘zgu va kiyim ilgichlar bilan jihozlangan, kiyib ko'rish kabinasi bo‘lishi kerak. Tikuv buyumlarini
namlab isitib ishlash uchun dazmol, dazmol taxtasi, dazmol tagliklari bilan jihozlangan alohida joy ajratiladi. Asbob uskunalar, jihozlar, ko‘rgazniali qo’lanmalar, ish namunalari maxsus shkaflarda saqlanadi. Ustaxonada albatta birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo'lgan doridarmonlar bilan ta’minlangan aptechka
boMishi zarur. Tikuv ustaxonalarida quyidagi ko'rsatmalar
ko‘rinadigan joylarga osib qo‘yiladi:
1 . Tikuv ustaxonasining ichki tartib-qoidalari.
2. Havfsizlik texnikasi qoidalari.
3.Mehnat, hunar haqida hikmatli so‘z!ar.
4. Maxsus adabiyotlar, albomlar joylashtirilgan vitrina. Tikuvchilik ustaxonasini jihozlash, ish o‘rinlarini to‘g‘ri tashkil etish havfsizlik texnikasi, sanitariya-
gigieniya qoidalariga va estetik talablarga mos ravishda
bajarilganda mehnat ko'nikmalarini shakllantirishga, mehnatga
to‘g‘ri munosabatni va mehnat madaniyatini tarbiyalashga imkon
yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |