Biologik ta’limning roli. Darsning maqsadi va vazifalari



Download 54 Kb.
bet1/3
Sana16.01.2017
Hajmi54 Kb.
#471
  1   2   3

Aim.uz

Biologik ta’limning roli.

Darsning maqsadi va vazifalari:

a) ta’limiy: biologiya o’qitish metodikasining maqsad va vazifalari,uning fan sifatida o’rni, boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasidan iborat.

b) tarbiyaviy. To’g’ri yo’lga qo’yilgan biologik ta’lim, ilmiy dunyoqarashni tarbiyalashga imkon beradi, O’quvchilar, biologik ta’lim ola turib, tabiat faktlari va hodisalarini o’zaro bog’lanishda, harakat, o’zgarish va rivojlanish holatida tushunishga o’rganadilar

v) rivojlantiruvchi: Biologik ta’lim butun yosh avlodni tabiatga to’g’ri munosabatda bo’lishga olib keladi: unga nisbatan ta’sirchan muhabbatni tarbiyalaydi, tabiatning chiroyini idrok yetishdan tashqari uni muhofaza qilish, asrash, tabiat boyliklarini o’z qo’llari bilan yaratish va ko’paytirishga o’rgatadi.

Darsning turi: ma’ruza.

Dars uchun ajratilgan vaqt: 80 min. Dars o’tish joyi: № 536 xona.

Darsning jixozlanishi: адабиётлар

Fanlar bilan bog’lab o’tish: psixologiya, pedagogika, kimyo.

Xayot bilan bog’lab o’tish: Har qanday fan insonning tadqiqot faoliyati bilan aloqador bo’lib, u narsa va xodisalar to’g’risida bilimlar to’plashga yo’nalgan, hamda tadqiqot qilinayotgan narsa xodisalar to’g’risida to’liq va chuqur bilim olishga qaratilgan.

Darsning texnologik xaritasi.

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism: salomlashuv, davomat, yangiliklar. (2 min)

II. O’tilgan mavzuni so’rash va mustaxkamlash: (30 min)

III. Asosiy tayanch iboralar: ( 5 min) Fan, Pedagogika, Metodika, O’quv fani, Abstrakt tafakkur, Innovasion ya’ni innovasiya, Bionika.

IV. Asosiy qism. (30min)

Yangi mavzu bayoni:

Reja:

1. Biologiya o’qitish metodikasining maqsadi va vazifalari.

2. Biologiya o’qitish metodikasi fan sifatida,

3. Biologiya o’qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi

4. Biologik ta’lim yutuklari.

5. Biologik ta’limning tarbiyaviy roli

Biologiya o’qitish metodikasi biologiya o’quv fanlarining mazmuni, uning o’qitish shakllari, metodlari, vositalarini o’zaro bog’liq holda joriy etishni maqsad qilib qo’yadi.

Biologiya o’qitish metodikasining asosiy vazifasi o’quvchilarga biologik o’quv fanlar bo’yicha chuqur atroflicha bilim berish, ularning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida kamol topishga ko’mak beruvchi o’quv fanlar mazmunini, o’qitish shakllari, vositalari va metodlarini ishlab chiqishdan iborat.

Biologiya o’qitish metodikasi fan sifatida. Har qanday fan insonning tadqiqot faoliyati bilan aloqador bo’lib, u narsa va xodisalar to’g’risida bilimlar to’plashga yo’nalgan, hamda tadqiqot qilinayotgan narsa xodisalar to’g’risida to’liq va chuqur bilim olishga qaratilgan. Fanning asosiy funksiyasi tadqiqot hisoblanadi.

Biologiya o’qitish metodikasi fan sifatida mazkur fan bilan bog’liq o’quvchilarning bilim olish, tarbiyalanish va rivojlanishini nazariy va amaliy jihatidan tadqiq qilishni maksad qilib qo’yadi. Fanning asosiy belgisi bo’lib, maqsadning aniqligi, o’rganish predmeti, bilimlarni bilish usullari va shakllari hisoblanadi. Shu bilan birga fanning rivojlanish tarixi, uning boyishiga sababchi bo’lgan kashfiyotlarni bilish ham muhim sanaladi.

Biologiya o’qitish metodikasi pedagogik fanlar tarkibiga kiradi. Shu sababli uning oldida turgan maqsad va vazifalar ham umumpedagogik maqsad va vazifalardan kelib chiqadi.

Biologiya o’qitish metodikasi barcha o’quv fanlarga taaluqli bo’lgan pedagogik qoidalarni, biologik o’quv materialini tadbiq yetishga yo’nalgan. Shu bilan bir qatorda biologiya o’qitish metodikasi tabiiy, ilmiy, biologik, psixologik, pedagogik bilimlarni o’zida mujassamlashtiradi. Biologiya o’qitish metodikasi biologiya o’quv fanining o’qitish maqsadini, mazmunini, biologik bilimlarning tanlash prinsipini belgilab beradi.

Biologiya o’qitishning hozirgi davrda samarali bo’lishi o’quvchilarga o’quv, mehnat va jamoat faoliyatlarida qatnashishi uchun zarur bo’lgan biologik bilimlar, ko’nikmalar, malakalarni egallaganliklari bilan belgilanadi. Ular yesa o’z navbatida o’quvchilarning tarbiyalanganlik natijasida, dunyoqarashi, e’tiqodi, tabiat, jamiyat va shaxsga bo’lgan munosabatida namoyon bo’ladi. O’quvchilarning rivojlanish darajasi, qobiliyati, jismoniy va aqliy jihatdan takomillashtirishga bo’lgan yextiyoji bilan ifodalanadi.


Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish