DH – aholining soliqlar to’langandan keyingi daromadi;
PH – aholining to’lovga layoqatliligi.
Soliq yuki darajasini soliqlarning YaIMdagi salmog’i bo’yicha ham aniqlash mumkin : Ksoliq yuki= ∑ H/ ∑ YaIM
Bu yerda : H – soliqlar miqdori;
YaIM – yalpi ichki mahsulot hajmi7.
Soliq yuki – sanoat ishlab chiqarishqulashi va jamiyat uchun sof foyda doirasida bir zarar, binobarin, mavjud soliq yangi yokiortdi stavkalari joriy etish bo’yicha optimal ortiq tovarlar iste’moli kamroq bo’lishidir. Har qanday davlat soliq yukining optimal miqdorlarini belgilshni asosiy makroiqtisodiy masalalar toifasiga kiritiladi. “Soliq yuki” atamasi nisbiy ko’rsatkich hisoblanadi, chunki u soliq summalarini ma’lum moliyaviy ko’rsatkichlar orqali ifodalaydi. Olimlarning tadqiqotlarida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar zimmasidagi soliq yukini hisoblashning turli uslubiyatlarini keltirib o’tilgan. Soliq xarajatlari moddiy xarajatlar bilan deyarli bir xil ko’rinish hosil qiladi. Shuning uchun ham soliq yukining o’lchamlari va tarkibi masalasi soliq to’lovchilarning diqqat markazidagi masalalardan hisoblanadi.
2019-yildagi soliq imtiyozlari8
Ushbu ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, 2019-yilda soliq imtiyozlari ancha kengaydi va aholi esa bundan mamnundir. Respublikamizda avvalgi yillarda soliq stavkalari ancha yuqori edi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan daromad solig’ini 12 % ga tushirilishi va tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari yanada kengayishi aholini xursand qildi9.
O‘zbekiston Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi (DSQ) 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekiston Soliq kodeksi (yangi tahrirda) amalga kiritilishi haqida xabar berdi. Ushbu yangi tahrirdagi qonunga 120 dan ziyod o’zgartirishlar kiritilgan.
Soliq qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
Yagona ijtimoiy to‘lov o‘rniga ijtimoiy soliq, yagona soliq to‘lovi o‘rniga — aylanmadan soliq, qat’iy belgilangan soliq o‘rniga — jismoniy shaxslarning daromadlariga, ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ilgari berilgan imtiyoz va soliqni hisoblash xususiyatlarini saqlab qolgan holda, qat’iy belgilangan miqdorda soliq joriy etiladi.
Soliq to‘lovchilar 2020 yil 1 aprelgacha 2020 yil uchun soliq solish maqsadlari uchun hisob siyosatini ishlab chiqishlari shart. Soliq maqsadlari uchun hisob-kitob siyosati soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda ixtiyoriy shaklda belgilanadi va rahbarning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Soliq organlarining ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha undirilgan soliqlarni o‘z vaqtida qaytarish uchun javobgarligi kuchaytirildi. Ortiqcha undirilgan soliq va moliyaviy sanksiyalar summalarini, ushbu summalarni undirish (to‘lash) davrida amalda bo‘lgan Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblangan foizlarni hisobga olgan holda qaytariladi. Aynan shu tartibda, ortiqcha to‘langan soliq summasini o‘z vaqtida qaytarish va ortiqcha undirilgan soliq summasini hisobga olish (qaytarish) mexanizmi joriy etilmoqda. Shu bilan birga, soliq summasini qaytarishda har bir kechiktirilgan kun uchun soliq organi tomonidan soliq to‘lovchiga foiz to‘lash nazarda tutiladi.
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida 2020 yil 1 yanvardan boshlab imtiyozlar faqat Soliq kodeksi bilan taqdim etilishi belgilanmoqda. Bunda, ayrim soliqlar bo‘yicha soliq imtiyozlari, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i solinadigan mahsulotlar ishlab chiqarilganda va (yoki) realizatsiya qilinganda aksiz solig‘i va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqdan tashqari, O‘zbekiston Prezidentining qarorlari bilan faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin ko‘pi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida va ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar, shu jumladan tovarlar O‘zbekiston Respublikasining hududiga olib kirilishida (importida) soliq solishdan bo‘shagan mablag‘larni aniq maqsadlarga yo‘naltirish sharti bilan berilishi mumkin emas.
Transfert narxlarni belgilash, nazorat qilinadigan chet el kompaniyalar, soliq to‘lovchilarning qonsolidatsiya guruhlarining foydasini soliqqa tortish 2022 yilning 1 yanvaridan boshlab kuchga kiradi hamda ular bo‘yicha doimiy ravishda ma’lumotlar chop etilib boriladi10.
Davlat budjeti mamlakat moliya tizimining markaziy unsuri bo’lib makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim ro’l o’ynaydi. Davlat budjeti moliyaviy balans sifatida ikki qismdan iborat bo’lib, bu qismlarni soda qilib daromadlar va xarajatlar deb atash mumkin. Davlat budjeti daromadlari soliq va soliq bo’lmagan tushumlar hisobiga shakllansada, makroiqtisodiy tahlilda u soliqlar hisobigagina shakllanadi deb qaraladi. Davlat budjeti xarajatlari tarkibida iqtisodiyotga xarajatlar, markazlashgan investisiyalarni moliyalashtirish, ijtimoiy himoya, ijtimoiy soha, davlat boshqaruv va sud idoralarini moliyalashtirish moddalari mavjud. Davlat budjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transfert to’lovlari) ko’paytirish yoki qisqartirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga aralashadi. Davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari yoki budjet siyosati tovar va xizmatlarning davlat xaridi, YaIMni taqsimlash va qayta taqsimlash, ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, davlat budjetining daromadlar va xarajatlar qismidagi mutanosiblikni ta’minlash, ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy yordam shakllarini ko’rsatish, baholar ustidan nazorat o’rnatish, eksport va import qilinadigan tovarlarga kvotalar o’rnatish va shuningdek, mamlakat aholisini himoya qilish maqsadida olib borilayotgan chora tadbirlar majmuasidan iborat. Davlat budjeti mablag’lari hukumatning daromadlarni va resurslarni qayta taqsimlash funksiyasini bajarishi uchun imkoniyat yaratadi. Soliqlar majburiy to’lovni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildirib, bu munosabatlar soliq to’lovchilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o’z mulkiga aylantiruvchi davlat o’rtasida yuzaga keladi. Soliqlar fiskal, qayta taqsimlash, rag’batlantirish va nazorat funksiyalarini bajaradi. Markazlashgan pul fondini va davlatning boshqa fondlarini majburiy tashkil etadigan soliq va yig’imlar turlarining yig’indisiga soliqlar tizimi deb ataladi. O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga binoan
soliqlar tizimi umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va yig’imlarni o’z ichiga oladi.
Soliqlarning turlari11 1-jadval
Umumdavlat soliqlari
|
Mahalliy soliqlar va yig’imlar
|
1.Yuridik shaxslar daromadiga (foydasiga) soliq.
2.Jismoniy shaxslar daromadiga soliq. 3.Qo’shilgan qiymat solig’i.
4.Aksiz solig’i.
5.Yer osti boyliklaridan foydalanish solig’i.
6.Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
7.Savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlaridan yalpi daromad solig’i. 8.Bojxona boji.
9.Davlat boji.
10.Kimmatli qog’ozlarni ro’yxatdan o’tkazish yig’imi.
11.Boshqa daromadlar.
|
Mol- mulk solig’i
Yer solig’i.
Yagona soliq.
Infratuzilmani rivojlantirish solig’i.
5. Jismoniy shaxslarning transport yoqilg’isi uchun iste’mol solig’i. 6.Jismoniy shaxslar chetdan tovarlar olib kelganligi uchun yagona bojxona to’lovi.
7. Savdo huquq yig’imi, shu jumladan, alohida tovarlarni turlarini sotish lisenziya yig’imi.
8.Ishbilarmonlik bilan shug’ullanuvchi huquqiy hamda jismoniy shaxslarni ro’yxatdan o’tkazish yig’imi.
9.Boshqa to’lovlar.
|
Ushbu jadvalda umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda yig’imlarning shakllanishi keltirilgan.
Budjetning daromadlar qismini to’ldirishning manbalaridan biri byudjet tizimida boshqa darajada turgan dotatsiyalar, subventsiyalar va subsidiyalar yoki mablag’larni qaytarilmaslik va tiklamaslik shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |