«ishlab chiqarishda boshqaruv» fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi


Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Download 0,67 Mb.
bet2/12
Sana17.07.2022
Hajmi0,67 Mb.
#813930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2 5248957666486652701 (2)

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

MUNDARIJA:
Kirish………………………………………………………………..……………..2
Asosiy qism:

  1. Budjet-soliq siyosatining mohiyati va o`ziga xos xususiyatlari………………………………………………………….…..5

  2. Soliqlarning turlari va funksiyalari………………………………….....11

  3. Budjet daromadlarini shakllantirishda soliq siyosatining ahamiyati……………………………………………………..................17

  4. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlatning budjet-soliq siyosatini takomillashtirish masalalari……………................................26

Xulosa………………..…………………………………………………...………30
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati……………………………………….……32

KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi : Moliyaviy munosabatlarni boshqarishning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va sotsial rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta`minlashga qaratilgan. Iqtisodiyotning erkinlashuvi, bozor mexanizmini real holatda harakatlanishi ko`p jihatdan shu davlatda budjet-soliq siyosatining qay daraja ekanligiga bog`liq. Bu esa o`z navbatida budjet-soliq mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan davlat siyosatini dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.Budjet-soliq siyosati aholining turmush farovonligini oshirishga qaratilgandir siyosat hisoblanadi. Shuning uchun uni rejalashtirishda hech qaysi sohani chetda qoldirib bo’lmaydi. Davlatning budjet siyosatini asosiy belgisi budjet mablag`laridan samarali foydalanish orqali mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish bo`lsa, soliq siyosatining asosiy belgisi bo`lib soliq yukining iste`molchilar bilan ishlab chiqaruvchilar o`rtasida optimal nisbatini belgilashdir. Budjetning barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning ijtimoiy sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko’rsatkichlardan biridir. Darhaqiqat, mamlakat milliy xo’jaligini moliyaviy jihatdan tartibga solish, davlat budjeti daromadlarini rejalashtirish va budjetdan moliyalashtirish jarayonlari davomida amalga oshiriladi. Rejalashtirish jarayonining o’zidayoq davlat budjeti xarajatlarining umumiy hajmi gorizontaliga, ya`ni tarmoq, vazirlik va maqsadli kesimlarda va vertikaliga, ya`ni boshqaruvning turli darajalariga muvofiq ravishda taqsimlanib, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarning sodir bo’lishi uchun tegishli sharoit yaratiladi. Budjetdan moliyalashtirish jarayonida esa davlat o’zining ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablag’larini rejalashtirilgan tadbirlar doirasida va undan tashqarida keng manyovr qilish imkoniga ega bo’ladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni ta`minlash, iqtisodiyot sektorlarining investitsiyaviy jozibadorligi va faolligini oshirish bo`yicha chora-tadbirlarni izchillik bilan amalga oshirilishi makroiqtisodiy ko`rsatkichlar yuqori sur`atlarda o`sishiga va aholi farovonligi oshishiga erishishda qo`shimcha turtki bo`ldi. Buning natijasida qator yillar mobaynida davlat budjeti profitsit bilan ijro etib kelinmoqda, shu jumladan iqtisodiyotga soliq yuki izchil kamayib borayotgan bir sharoitda uning daromad qismi bajarilishi ta`minlanmoqda, shuningdek, uning xarajat qismini ijtimoiy yo`naltirilganligi saqlab qolinmoqda.
Hozirda, mamlakatimiz soliq tizimi oldida bozor munosabatlarini to'laqonli shakllantirish uchun shart-sharoit yaratish bilan bir qatorda, davlat budjetini mablag'lar bilan ta'minlash hamda ustivor yo'nalishdagi iqtisodiy faoliyatni soliqlar vositasida qo'llab-quvvatlashni talab etiladi. Mazkur yutuqlar bilan birgalikda soliqlar biz tomonimizdan yuqorida ta'kidlangan ikki vazifani to'liq bajarishga ojizlik qilmoqda. Bu narsa budjet daromadlarini shakllantirish va ishlab chiqarish sur'atlarini o'stirish nuqtainazaridan qaralganda ham yaqqol ko'rinadi. Bundan tashqari boshqa bir tomondan soliqqa tortiluvchi ob'yektlarning mustahkam moliyaviy ahvoli bilan juda ko'p narsa, birinchi navbatda, butun iqtisodiyotimizning barqarorligi va ana shu korxonalarda ishlayotgan odamlar va ularning oilalari daromadi va farovonligi uzluksiz bog'liqligi bizning nazarimizdan chetda qolmasligi kerak. Bunday holatlarning mavjud ekanligi shu sohada ilmiy izlanishlarni yanada izchil davom ettirish zarurligini taqozo etmoqda.
Qayd etilishicha, 2019-yilda davlat budjeti xarajatlari 107.1 trln. so’mni tashkil etdi. Bu esa o’tgan yilga nisbatan 1.4 barobar ko’p bo’lib, bunda davlat budjeti xarajatlari asosan ijyimoiy sohaga yo’naltirilganMoliya Vazirligi 2020-yilgi “Fuqarolar uchun budjet” loyihasini e’lon qildi. Daromadlar – 128. trln. so’m, xarajatlar – 131.1 trln. so’m.
2020-2022-yillarda sof YaIMning o’sish sur’atlari 5.5-6.2 % darajasida prognoz qilinmoqda. 2020-yil va keyingi ikki yilda inflatsiya darajasi 2019-yildagi 15.5% dan 2022-yilda 9.5 % ga tushishi kutilmoqda1. Mamlakatimizda olib borilayotgan izchil o’zgarishlar, budjet-soliq tizimidagi ijobiy o’zgarishlarning barchasi aholi farovonligi va yashash muhitini o’zgartirishdan iboratdir. Bugungi kunda ro’y berayotgan budjet-soliq tizimidagi islohotlar, albatta, o’z samarasini beribgina qolmasdan, mamlakatning jahon hamjamiyatidagi o’rnini ham mustahkamlashga olib keladi. Ushbu jihatlardan kurs ishi dolzarb bo’lib hisoblanadi.

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish