«ishlab chiqarishda boshqaruv» fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi



Download 0,67 Mb.
bet3/12
Sana17.07.2022
Hajmi0,67 Mb.
#813930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2 5248957666486652701 (2)

Kurs ishining maqsadi. Kurs ishining maqsadi bo’lib, budjet-soliq tizimining mohiyati, budjet xarajatlari va daromadlari tahlilini o’rganish, soliq tizimi va soliq yukining mohiyati, davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda soliqlarni o’rnining muhimligi, O’zbekistonning budjet-soliq tizimi hisoblanadi. Ushbu maqsadga quyida berilgan vazifalarni amalga oshirish orqali erishiladi:
- budjet-soliq siyosatining mohiyati va o`ziga xos xususiyatlari;
-soliqlarning turlari va funksiyalari;
-budjet daromadlarini shakllantirishda soliq siyosatining ahamiyati;
-iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlatning budjet-soliq siyosatini takomillashtirish masalalari.
Kurs ishining tarkibi. Kurs ishi kirish, 4 ta reja, 2 ta chizma, 2 ta jadval, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, jami 36 betni tashkil qiladi.

Budjet-soliq siyosatining mohiyati va o`ziga xos xususiyatlari
Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga monetar siyosat bilan birga byudjet-soliq siyosati orqali ham erishiladi. Budjet-soliq siyosati deganda noinflyatsion YaIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to`liq bandlilikni, to`lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o`sishni ta`minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o`zgartirishni o`z ichiga olgan chora-tadbirlar tushuniladi. Iqtisodiyot turg`unlik yoki pasayish davrida bo`lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag`batlantuvchi byudjet-soliq siyosat - fiskal ekspansiya olib boriladi. Ya`ni, davlat qisqa muddatda iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliqlarni kamaytirish, yohud ikkalasini bir vaqtning o`zida olib borish evaziga hal etadi. Uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bo`lishi va soliqlarni kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o`sishiga va natijada, iqtisodiy salohiyatning ko`tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat xarajatlari tarkibini maqbul holatga olib kelish orqaligina erishish mumkin. Iqtisodiyotda to`liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bo`lgan vaziyatlarda cheklovchi budjet-soliq siyosat- fiskal restriktsiya olib boriladi. Cheklovchi budjet-soliq siyosat davlat xarajatlarini (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bo`lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o`sishini chegaralashdan iborat. Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab inflyatsiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning iqtisodiy salohiyatini izdan chiqaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz foydalanish qo`shimcha turtki bo`lishi mumkin. Agar davlat xarajatlari va avtonom soliqlar bir xil miqdorga ko`paysa muvozanatli ishlab chiqarish hajmi shu miqdorga teng yoki undan kamroq summaga ko`payadi. Buni balanslashgan bujet multiplikatori deb yuritiladi. Balanslashgan budjet multiplikatori birga teng yoki undan kichikroq bo`ladi. Davlat xarajatlari o`zgarishidan yuzaga keladigan samara soliqlar pasayishidan olinadigan samaradan kattaroq bo`ladi. Bu holat davlat xarajatlarining daromadlar va is`temol hajmiga ta`siri soliqlar o`zgarishi ta`siriga nisbatan kuchliroq ekanligi oqibatidir. Ushbu farq budjet-soliq siyosat vositalarini tanlashda muhim ro`l o`ynaydi. Agar hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo`lsa, davriy pasayishni tugatish uchun o`z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq bo`ladi. Aksincha, budjet-soliq siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo`lsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko`tarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish maqbul yo`l hisoblanadi. Demokratik davlatda budjet qonun tarzida tasdiqlanadigan hujjat hisoblanadi. Unda davlatning o`z funktsiyalarini bajarish maqsadida davlat qo`lida to`plangan pul mablag`larining harakati o`z ifodasini topadi. Davlat siyosatini aniqlab beradigan maqsadlarga erishish uchun pul resurslarini yo`naltirish budjet siyosatining ustuvorligini tashkil etadi. Agar maqsadga erishish milliy iqtisodiyot ta`minlaydigan mablag`lardan ko`p mablag` talab etsa, davlat qo`shimcha daromadlarni shakllantirishning quyidagi favquloddagi usullarini qo`llashga majbur bo`ladi: ichki va tashqi kreditlar, milliy boylikni sotish, boylik va molmulkni ijaraga berish va kontsessiyalar. Budjetning daromadlar qismini to`ldirishning favquloddagi choralari iqtisodiy mustaqillikning yo`qolishiga olib kelishi mumkin. Buni hisobga olgan holda hokimiyatning qonunchilik organlari qarz olishning chegarasini oldindan belgilaydi. Hukumat mamlakatning sharoitlaridan kelib chiqqan holda, byudjet siyosatini olib boradi. Bunday siyosat mamlakatni pul potentsiali doirasida hukumatni moliyaviy ishlarini aniq dasturiga ega bo`lishi, budjet taqchilligi ustidan nazorat o`rnatilishi va uni qoplash manbalarini qidirishni, juda katta samara beradigan iqtisodiy dasturlarga budjetdan mablag` ajratishni talab etadi.
Budjet siyosati iqtisodiy siyosatning «yadrosi» hisoblanadi hamda o`zida jamiyat institutlari va aholi o`rtasidagi moliyaviy munosabatlarni yaqqol ifodalaydi. Budjet siyosati, aytish mumkinki, makroiqtisodiy barqarorlikni bosh omilidir. Davlat budjeti kuchli demokratik davlatning ishonchli moliyaviy tayanchi bo`lib xizmat qilishi kerak. Davlat budjeti siyosatini yuritishda ikki dastakka egadir. Bular davlat daromad to`lovlar bilan xarajatlardir. Bularni bevosita va bilvosita usullar deb atash mumkin. Budjet siyosatining bilvosita usullari bo`lib soliqlar va soliqsiz to`lovlar orqali iqtisodiyotga ta`sir ko`rsatish kabi tadbirlar hisoblanadi. Soliq stavkalarini o`zgarishi, soliqlar bo`yicha imtiyozlar yaratish yohud ularni bekor qilish, turli xil to`lovlarni joriy qilish kabi bilvosita usullar orqali mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy vaziyatga ta`sir ko`rsatish mumkin, bunda soliq to`lovlarining moddiy qiziqishlari byudjet siyosatidagi hal qiluvchi rolni o`ynaydi. Budjet siyosatining bevosita usullariga esa budjetning xarajatlar qismi orqali ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta`sir ko`rsatish kiradi. Tarmoqlarni moliyalashtirish xarajatlari miqdorini o`zgartirish, nochor korxonalarga dotatsiyalar ajratish, subvensiyalar berish, budjet ssudalarini ajratish, ular bo`yicha imtiyozlar joriy qilish, chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun kafolatlar berish kabi tadbirlar byudjet siyosatining to’g’ridan-to’g’ri usullari hisoblanadi. Budjet siyosati qonunlar, boshqa huquqiy hujjatlar qabul qilish, daromadlar va xarajatlarni belgilab chiqish, ular ustidan nazorat o`rnatish, budjet ijrosini ta`minlash, budjetning kassa ijrosi bajarilishi ustidan nazoratni yo`lga qo`yish, tahlil qilish kabi chora-tadbirlarni qo`llash bilan amalga oshiriladi.
2019-yilgi budjet-soliq siyosatida aholi daromadlari va ish o’rinlarini ko’paytirishga alohida e’tibor qaratildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-oktabr kuni 2019-yilga mo’ljallangan budjet-soliq siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilab berdi. 2018-yil yakuni bo’yicha davlat budjeti daromadlari 74.5 trln. so’m, xarajatlari esa 78.5 trln. so’mni tashkil etgan. Budjet xarajatlari 2017-yilga nisbatan 60 % yoki 29 trln. so’mga oshgan. Ushbu mablag’larning 5.6 trln. so’mi “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Yoshlar-kelajagimiz” dasturlari va arzon uy-joylar qurilishini moliyalashtirishga yo’naltirildi. Yosh tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar berish, aholini ish bilan ta’minlash uchun “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankiga 700 milliard so’m va Xalq bankiga 1 trln. so’mdan ziyod mablag’lar’ mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini oshirishga 4.5 trln. so’m ajratildi2. Valyuta va narx siyosatining erkinlashuvi, qishloq xo’jaligida hisob-kitoblarning tartibga solinishi va kapital qo’yilmalar oshishini budjet daromadlari ko’payishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.

Asosiy tushum qo’shilgan qiymat solig’i va aksiz solig’idan olingan. Bu ma’lumotlar davlat daromadlarining asosini soliqlar tashkil qilishini yana bir bor isbotlab turibdi3.

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish