Budjet daromadlarini shakllantirishda soliq siyosatining ahamiyati
Budjet siyosatining asosiy maqsadi davlat xarajatlarini samarali rejalashtirgan holda bu xarajatlarni moliyalashtirish manbalarini izlab topish hisoblansa, soliq siyosati budjet siyosatidan kelib chiqqan holda, ya`ni byudjet daromadlarining asosini tashkil qiluvchi soliqlarni budjetga yetarli miqdorda va o`z vaqtida kelib tushishini ta`minlash, budjet daromadlari ijrosini ta`minlash maqsadida olib boriladi. Soliq siyosatining asosiy maqsadi soliq yukini soliqlar o`rtasida oqilona, iqtisodiy rivojlanishga zarar yetkazmagan holda taqsimlashdir. Soliq siyosatini ishlab chiqishda soliqlarning fiskal funktsiyasi bilan bir qatorda, rag`batlantirish funktsiyasini ahamiyatini oshirish samarali hisoblanadi. Soliqlar orqali rag`batlantirish ishlab chiqarishni rivojlanishiga, moddiy xom ashyo, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to`plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga faol yordam beradi, ya`ni soliq yukini yengillashtirish, ishlab chikarishni rag`batlantirishga, moliyaviy holatni yaxshilashga va investitsion faoliyatni jonlantirishga olib keladi. Soliq stavkalarining soliq to`lovchilarga qiyinchilik tug`dirmasligi albatta ularning soliqdan qochish holatlarini kamaytiradi. Respublikamizda soliq tizimini takomillashtirish jarayonida xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga nisbatan soliq yukini izchil kamaytirishga alohida e`tibor qaratilib kelinmoqda.Soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari iqtisodiyotga tushadigan soliq yukini YaIMga nisbatan kamaytirish, soliq ma’murchiligining shaffofligini ta’minlash orqali uni yaxshilashni, shuningdek, kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sub’ektlarini har tomonlama qo’llab-quvvatlashni nazarda tutadi. Soliq tizimining barqarorligini ta’minlash maqsadida asosiy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning(foyda solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, yagona soliq to’lovi, qo’shimcha qiymat solig’i, yagona ijtimoiy to’lov) stavkalarini saqlab qolish belgilangan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi va davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo’ljallari to’g’risida”gi qarorni imzoladi. Unda 2019-yilda to’lanadigan soliq va majburiy to’lovlarning miqdori belgilab berildi. Yagona soliq to’lovidan tushgan mablag’lar quyidagicha taqsimlanadi:
O’zbekiston Respublikasi davlat budjetiga – 46 %
Pensiya fondiga – 46 %
O’zbekiston Yoshlar Ittifoqini rivojlantirish jamg’armasiga – 4 %
O’zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga – 4 %11
Do'stlaringiz bilan baham: |