Ekologik inqiroz - «inson va biosfera» tizimidagi inqiroz holatida inson tomonidan bo’ladigan reaktsiyadir. U xo’jalikning barcha tomonlarini qamrab oladi va kishilarni tabiatga hamda undan foydalanishga bo’lgan qarashlari o’zgarishiga olib keladi.
Inson tarixida ekologik inqiroz va inqiloblar quyidagilarga ajratiladi:
1. Tirik mavjudotlar yashash muhitining o’zgarishi, ya’ni to’g’ri rivojlanish, yuruvchi antrapogenlar odamning qadimgi ajdodlari vujudga kelishi.
2. Ov va terib olinadigan resurslar eng qadimgi odamning nisbatan birlashuvidagi inqiroz.
3. Birinchi antrapogen ekologik inqiroz yirik hayvonlarning («konsumentlar inqirozi») yoppasiga qirilishi (ovlanishi) va u bilan bog’liq qishloq xo’jalik ekologik inqilobi.
4. Tuproqlarning sho’rlanishi va ibtidoiy sug’orma yerlarning degradatsiyasi.
5. O’simlik resurslarining yoppasiga yo’qotilishi va yetishmasligi ekologik inqiroz yoki «produtsentlar inqirozi».
6. Hozirgi zamon yo’l qo’yib bo’lmaydigan tahlikali global ifloslanish inqirozi. Bu inqiroz «redutsentlar inqirozi» bo’lib, ITIning yuqori bosqichiga mos keladi.
«Redutsentlar inqirozi» bilan deyarli bir vaqtning o’zida ikkita boshqa ekologik bosim paydo bo’ladi: a) termodinamika (issiqlik) va b) ekotizimlarning mustahkamligi pasayadi. Ular troposferaning quyi qismida energiya ishlab chiqarishning ekologik chegaralanganligi va tabiiy-ekologik mutanosiblikning buzilishi bilan bog’liq. Ushbu ekologik inqirozlar yaqin kelajakda energetika va ekologik inqilobning ekologik rejalashtirish asosida yechilishi mumkin.
Global ekologik inqirozni ijtimoiy, iqtisodiy oqibatlari.
Har bir inson tabiatga o’z dunyoqarashidan kelib chiqib munosabatda bo’ladi. Aslida tabiat nima-yu, inson kim? Tabiat — olamning, moddiy dunyoning bir qismi, yer yuzidagi mavjudotning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish manbai. Tabiat bilan jamiyat chambarchas bog’langan. Inson o’ziga kerakli hamma narsani tabiatdan oladi va o’zi ham shu tabiatda mavjud.
Yer yuzida aholi ko’payib, taraqqiyot jadallashgani sari insonning tabiatga ta’siri ham kuchayib bormoqda. Oqibatda, tabiiy boyliklar kamayib, atrof-muhit ifloslanayapti, ming yillar mobaynida saqlanib kelingan ekologik muvozanat buzilayapti. Tabiiy ofatlar, kutilmaganda yuzaga kelayotgan ekologik tangliklar jahon ahlini tobora tashvishga solayotir. Bu esa insoniyatni tabiat bilan munosabatlarni to’g’ri va oqilona izga qo’yish, uni muhofaza qilishda kechiktirib bo’lmas choralarni ko’rish haqida ogohlantirmoqda.
Yurtimiz aholisi qadimdan tabiatdan, uning boyliklaridan o’z o’rnida foydalanishda ibratli ishlarni amalga oshirib kelgan. Cho’llarda, og’ir iqlimga ega joylarda obod vohalar bunyod etgan, tabiatdan birni olsa, o’nni berishdek fazilatga amal qilib yashagan. Manbalarda mo’tadil va subtropik iqlim mintaqalarida, cho’l va chala cho’l zonalarida yashagan aholi miloddan avvalgi ikki minginchi yillardayoq sug’orma dehqonchilik bilan shug’ullanib kelgani haqida ma’lumotlar bor. Shu bois, mahalliy o’troq aholi suvdan tejab-tergab foydalanish, tuproqni suv va shamol eroziyasidan, sho’r bosishidan saqlash, sel oqimlarining, qum ko’chishlarining yo’lini to’sish tajribasini bundan ming yillar avval puxta o’zlashtirgan.
Xo’sh, bugungi kunda insonning tabiatga munosabati qay ahvolda? Ona sayyoramizdagi ekologik vaziyat tobora jiddiy tus olayotgan asrimizda odamzodni qanday xavf-xatarlar kutmoqda?
Fan va texnika hali rivojlanmagan davrlarda insonning tabiatga ta’siri mahalliy xususiyatga ega bo’lib, o’sha hududdagina sezilgan bo’lsa, hozirda bir mintaqadagi ekologik inqiroz butun sayyoramizdagi o’zgarishlarga sabab bo’lmoqda. Shundan kelib chiqib, insonning tabiatga ta’sirini uch guruhga: mahalliy, regional, sayyoraviy turlarga bo’lish mumkin. Tabiatga mahalliy ta’sir kichik hududda ro’y beradi. Masalan, bir daryo havzasida suvning ifloslanishi, korxonaning atrof-muhitga chiqarayotgan zararli gazlari ta’sirida havoning buzilishi shu atrofdagi tabiatga xavf soladi. Tekislik yerlarda suv ombori qurilsa, issiq o’lkalarda yer osti sho’r suvlari sathi ko’tarilib, tuproq sho’rlanadi. Iqlimi mo’tadil, iliq o’lkalarda esa botqoqlik ko’payib, o’simlik va hayvonot olamida salbiy o’zgarishlar ro’y beradi.
Odatda, biror tamaddunning inqirozga yuz tutishi shiddat bilan kechadi va buyuklik hamda qudrat uni muqarrar o’limdan saqlab qola olmaydi. Misol uchun, Rim Imperiyasi hududi milodiy 390 yilda 4.4 million kvadrat kilometr edi. Atigi besh yil ichida bu raqam 2 million kvadrat kilometr, ya’ni naq teng yarmiga qadar qisqaradi. 476 yilda esa imperiyadan asar ham qolmaydi.
Ma’lumki, tarix davrdan davrga o’tib, o’z o’zini takrorlab boradi. Xo’sh, qadimiy tamaddunlar taqdirini sinchkovlik bilan o’rganish hozirda biz yashayotgan dunyoning kelajagini oldindan bashorat qilish imkonini beradimi? Ko’hna dunyolar inqirozini yuzaga keltirgan omillar hali ham o’sha-o’shami?
Qadimiy tamaddunlar taqdirini tahlil qilish avvalida, birinchi navbatda, ularning qancha vaqt davomida yashaganini solishtirib chiqmoq lozim. Biroq bu oson ish emas. Sababi aynan «tamaddun» (sivilizatsiya) tushunchasining aniq ta’rifi mavjud emas. Bundan tashqari ayrim taraqqiy etgan davrlar juda uzoq cho’zilgan va ularning ibtido hamda intihosi to’g’risida ishonchli manbalar juda kam.
Sayyoraviy ta’sirga insonning xo’jalik faoliyati — sanoat korxonalari va transport vositalaridan ko’p miqdordagi uglerod (is gazi), azot, oltingugurt oksidi chiqarilishi oqibatida havo haroratining ko’tarilib borayotgani, shimoliy va janubiy Qutbdagi asriy muzliklar erib, u bilan bog’liq noxush holatlarning kelib chiqayotganini misol qilib ko’rsatish mumkin. BMT ma’lumotiga ko’ra, hozirgi vaqtda Yer yuzida quruqlikning 1/4 qismi cho’llashish xavfi ostida qolyapti. Cho’llashish sababli dunyoda 250 milliondan ortiq kishi oziq-ovqat yetishmasligidan jabr chekmoqda.
Hozirda insoniyat va tabiat munosabatlarida amal qilinishi zarur bo’lgan to’rtta umumiy geografik qonuniyat mavjud. Birinchisi, tabiatning bir butunligi qonuniyati. Tabiatning barcha tarkibiy qismlari bir-biri bilan o’zaro bog’lanib, bir butunlikni hosil qiladi. Ya’ni, Yer yuzining tuzilishi (relef), tog’ jinslari, iqlim, suvlar, tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi doimo yaxlitlik kasb etgan. Har bir joyning tabiati ana shu tarkibiy qismlarning miqdor va sifat ko’rsatkichlariga bog’liq. Har bir tarkibiy qism (komponent) yana elementlardan tashkil topadi. Masalan, iqlim havo massalari, shamollar, havo harorati, namlik, quyosh radiatsiyasi, nur sochib turish vaqti, yog’in-sochinlar, o’simlik va hayvonot turi, ularning miqdori hamda hayot tarzidan tarkib topadi.
Keyingi yillarda Yer yuzida iqlimning isib borayotgani olimlarda katta tashvish tug’dirmoqda. Meteorologlarning ma’lumotlariga ko’ra, keyingi 15 yil sayyoramizda harorat eng yuqori yillar bo’lgan. Oqibatda, o’tgan asrning 60-yillari oxiridan boshlab Yerdagi qor va muz qoplami 10 foizdan ortiq kamaygan. CHunonchi, Yer iqlimi keyingi 30-40 yil ichida o’zgarib, o’rtacha harorat turli joylarda 0,60 dan 0,90 gacha ko’tarilgani qayd qilingan. Olimlarning hisobiga ko’ra, iqlim o’zgarishi oqibatida o’simlik va hayvon turlarining 15 foizdan 40 foizgacha qismi yo’qolishi mumkin. Masalan, keyingi yillarda Toshkent shahri va uning atrofida olaqanot (afg’on maynasi)ning ko’payib ketishi tufayli qaldirg’och, chumchuq, musichalar sezilarli kamaygan, bulbul, so’fito’rg’ay, sassiqpopishak umuman ko’rinmay qolgan.
Ikkinchisi, tabiat tarkibiy qismlarining o’zaro modda va energiya almashinishi orqali bir-biri bilan bog’langanligidir. Har bir tirik organizm nafas olish chog’ida atmosferadan kislorod yutadi va karbonat angidrid (uglerod) chiqaradi, yashil o’simliklar esa uni yutib, yana atmosferaga toza kislorod chiqaradi. Ana shu harakat buzilsa, tabiatda modda almashinuvi izdan chiqadi. Inson o’zining xo’jalik faoliyati bilan tabiatda modda va energiyaning millionlab yillar davomida tarkib topgan muvozanatining o’zgarishiga sabab bo’lmoqda. Bu jarayonning mahalliy ko’rinishiga texnika ekinlari, chunonchi, paxta yetishtirishda zararli hasharotlarni yo’qotish uchun yerga pestitsid va gerbitsidlar, defoliantlarning solinishi oqibatida tuproq hosil qiluvchi mayda organizmlar (masalan, chuvalchanglar) qirilib ketib, tuproqning o’lik tuproqqa aylanishini misol qilib ko’rsatish mumkin.
Inson amal qilishi zarur bo’lgan geografik qonuniyatlardan yana biri — zonallik va regionallikdir. Tabiatda ro’y beradigan biror hodisa o’z-o’zidan sodir bo’lmaydi, balki energiya ta’sirida ro’y beradi. Bu energiya manbai asosan ikkita: Quyosh va Yerning ichki energiyasidir. Sayyoramiz sharsimon bo’lgani sababli Quyoshdan keladigan nur Yer sathida notekis taqsimlanadi. Oqibatda issiqlik mintaqalari (issiq, o’rtacha issiq, mo’’tadil, o’rta sovuq va sovuq kabi) hosil bo’ladi. Bu tabiatda zonallik qonuni deyiladi. Inson tabiatdan foydalanganda, qaysi sohada ish olib bormasin, bu qonuniyatni e’tiborda tutishi zarur.
Jahonda sanoatning juda tez rivojlanishi oqibatida atmosferaga chiqarilayotgan chiqindilar umumiy hajmi bir necha barobar ortdi. Har yili atmosferaga 90 million tonnadan ortiq "is gazi" — karbonat angidrid, azot oksidi, uglevodorod, benzatiren, qo’rg’oshin chiqariladi. Hozirgi vaqtda faqat havo emas, suv, tuproq ham ifloslanib bormoqda. Tashlangan chiqindilarning ayrimlari tez parchalanib ketsa, ayrimlari uzoq vaqt tabiatni ifloslab yotadi. Masalan, shisha 1 million yilda parchalanib zararsizlanadi, polietilen xaltalar parchalanishi uchun 400 yil kerak, rezina 50-80 yilda, neylon mahsulot 30-40 yilda, DDT 50 yilda parchalanadi.
Er yuzida aholi 6 milliard 700 millionga yaqinlashib qoldi. SHuncha odamning ehtiyojini qondirish barobarida, ona sayyoramizni kelajak avlod uchun ham bus-butunligicha saqlab qolish kerak. Mamlakatimizda tabiatdan oqilona foydalanish, uning boyliklarini muhofaza qilish, tabiat bilan inson o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish borasida tegishli qonunlarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etishga katta e’tibor berilmoqda. O’zbekiston Konstitutsiyasida "Fuqarolar tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar" (50-modda), "Er, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir" (55-modda) deb mustahkamlab qo’yilgan. "Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida"gi Qonun qabul qilindi. Tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, uning boyliklariga egalik, ekologik vaziyatni tartibga solish, aholining ekologik madaniyatini oshirish yuzasidan muhim sa’y-harakatlar olib borilmoqda.
Atrof-muhit muhofazasida eng muhim voqea — 1992 yili Rio-de-Janeyro shahrida BMTning "Atrof-muhit va rivojlanish"ga bag’ishlangan konferentsiyasi bo’ldi. Respublikamizda bu xalqaro konferentsiyadan keyin "Alohida muhofaza qilinadigan hududlar to’g’risida" (1993), "Er osti qazilma boyliklari to’g’risida" (1994), "Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida" (1996), "O’simlik dunyosini qo’riqlash va undan foydalanish to’g’risida", "Hayvonot dunyosini qo’riqlash va undan foydalanish to’g’risida", "Energiyadan oqilona foydalanish to’g’risida" (1997), "O’rmonlar to’g’risida"gi (1999) qonunlar qabul qilindi.
oladi va kishilarni tabiatga hamda undan foydalanishga bo’lgan qarashlari o’zgarishiga olib keladi.
Inson tarixida ekologik inqiroz va inqiloblar quyidagilarga ajratiladi:
1. Tirik mavjudotlar yashash muhitining o’zgarishi, ya’ni to’g’ri rivojlanish, yuruvchi antrapogenlar odamning qadimgi ajdodlari vujudga kelishi.
2. Ov va terib olinadigan resurslar eng qadimgi odamning nisbatan birlashuvidagi inqiroz.
3. Birinchi antrapogen ekologik inqiroz yirik hayvonlarning («konsumentlar inqirozi») yoppasiga qirilishi (ovlanishi) va u bilan bog’liq qishloq xo’jalik ekologik inqilobi.
4. Tuproqlarning sho’rlanishi va ibtidoiy sug’orma yerlarning degradatsiyasi.
5. O’simlik resurslarining yoppasiga yo’qotilishi va yetishmasligi ekologik inqiroz yoki «produtsentlar inqirozi».
6. Hozirgi zamon yo’l qo’yib bo’lmaydigan tahlikali global ifloslanish inqirozi. Bu inqiroz «redutsentlar inqirozi» bo’lib, ITIning yuqori bosqichiga mos keladi.
«Redutsentlar inqirozi» bilan deyarli bir vaqtning o’zida ikkita boshqa ekologik bosim paydo bo’ladi: a) termodinamika (issiqlik) va b) ekotizimlarning mustahkamligi pasayadi. Ular troposferaning quyi qismida energiya ishlab chiqarishning ekologik chegaralanganligi va tabiiy-ekologik mutanosiblikning buzilishi bilan bog’liq. Ushbu ekologik inqirozlar yaqin kelajakda energetika va ekologik inqilobning ekologik rejalashtirish asosida yechilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |