Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi “ Global Iqtisodiy Rivojlanish” fanidan


Ekologik inqirozli xavfli hududlar va ularni ko’lami



Download 175,61 Kb.
bet4/7
Sana14.07.2022
Hajmi175,61 Kb.
#793697
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
GLOBAL IQTISODIY RIVOJLANISH. KURSAVOY

2. Ekologik inqirozli xavfli hududlar va ularni ko’lami

Dunyo miqiyosida qayd etilgan keskin muammolardan biri sayyoraviy geoekologik muammolardir. Geoekologik muammolarning aynan, ushbu turining o’ziga xos xususiyati Yer yuzidagi barcha insonlarga taalluqli ekanligidir. Inson tomonidan chiqarilgan chiqindilarning bir qismi okeanlarda to’planadi, ya’ni chiqindilar izsiz yo’qolmaydi. Endi ular umumbashariyat xayotiga xavf tug’dirmoqda. Shu tufayli ham sayyoraviy geoekologik muammolarning mohiyatini bilish, ularni bartaraf etish yo’llarini izlash va zudlik bilan amalga oshirish barcha mamlakatlar oldidagi yechimini kutayotgan bosh masala bo’lmog’i darkor.


Sayyoraviy geoekologik muammolar keyingi yillarda ekologik inqirozli xududlarni yuzaga keltirmoqda va bu hududlarga alohida-alohida to’htalib o’tamiz.
Jahonning turli mintaqalarida ekologik inqirozli hududlar.
1. Iqlim ilishi hisobiga dunyo okeani sathi 1-1,5 metrga ko’tarilishi va buning oqibatida qirg’oq bo’yidagi davlatlarning salmoqli qismini suv boshiga olib keladi. Hususan, janubiy va janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari (Maldiv orollari, Okeaniya, Fillipin, Bangladesh, Indoneziya), g’arbiy Yevropaning deyarli barcha sohillari.
2. Suv toshqinidan aziyat chekishi kuzatilayotgan shaharlar: Sankt-Piterburg, Qohira, SHanxay.
3. ―Ishqorli‖ yomg’irlar yog’adigan hududlar hozirda AQsh, Kanada, Yevropaning Skandinaviya mamlakatlariga xos bo’lib 200 mingdan ortiq ko’l va 214 ta baliq turi taxlika ostida qolgan. Xususan, ishqorli yomg’irlar o’rmonlarni batamom qurishiga, tirik oragnizmlarni qirilishiga, ichimlik
suvlarini ifloslanishiga, ayniqsa, tarixiy obida va qadamjoylardagi ko’p,ming yillik tarixga ega bo’lgan inshooatlarni yemirilishaga katta ta’sir ko’rsatmoqda.
4. Orol dengizining qurishi oqibatida 50 mlndan ortiq aholini ijtimoiy – iqtisodiy ahvolini og’irlashishi.
5. Chad ko’lining qurishi va uning atrofida 19 mln atrofida axolini suvsizlikdan aziyat chekishi.
6. Afrikaning markaziy, sharqiy xududidagi mamlakatlarda kasallik o’choqlarini paydo bo’lishi,
7. Antarktida materigi, shimoliy muz okeani va baland tog’ muzliklarini shiddatli erishi,
8. Angliyaning Birmengem va Xitoyning SHanxay va Pekin, Yaponiyaning Tokio shaharlarida atmosferani o’ta kuchli ifloslanishi
9. Bangladesh, Pokiston, Nigeriya, Meksika va AQSHning janubiy g’arbiy qismi hududlarida jami 1,3 mlrd axoliga suv ta’minoti yetishmaydi.
10. Qurg’oqchilik Markaziy Afrika respublikasi, Kongo, Nigeriya, Janubiy Sudan, Suriya, Liviya
Yer atmosferasi tarkibidagi barcha gazlar o’ziga yarasha vazifalarini bajaradi. Xususan is gazi (SO2) Yerdagi xaroratni bir xilda ushlab turishi tufayli sayyoramizning »ko’rpasi» hisoblanadi. Is gazining atmosfera havosi tarkibidagi ulushi foiz bo’yicha 0,03 ni tashkil etsa-da, mavsumlar davomida tabiiy holda o’zgarib turadi. Ma’lumotlarga qaraganda, hozir inson tomonidan yiliga o’rtacha 22 mlrd.. tonnadan ortiq is gazi atmosferaga chiqarilmoqda.
Masalan, Ozon qatlamining buzilishi ilk bor Antarktika osmonida kuzatilgan, 1987 yili «tuynuk» kattaligi AQSH maydoniga tenglashdi. Bunday «tuynuklar» 1995-1996 yillarda aholi zich yashaydigan SHimoliy Amerika, Osiyo va Yevropa ustida ham kuzatildi. Uning oqibatida 1982 yilda Yangi Zelandiya aholisining 11 mingdan ziyodi teri rakiga chalindi, 1987 yilda kasallikning kuchayishidan 160 kishi hayotdan kыz yumdi.
Quruqlik yuzasining 40 mln.. km2 maydoni qurg’ochil-adir hududlardan iborat. Dunyo aholisining 15% dan ortig’i (800 mln. kishi) aynan shu mintaqada istiqomat qiladi. Sug’oriladigan yerlardagi sho’rlanish, deflyatsiya, eroziya natijasida tuproqlarning unumdorligi yo’qolmoqda. Yaylovlarda tartibsiz mol boqilishi, dov-daraxtlarning o’tin va boshqa maqsadlarda ayovsiz kesib yuborilishi yaroqsiz yerlar maydonining uzluksiz kengayib borishiga imkon yaratmoqda.
Cho’llashish jarayonini keltirib chiqaruvchi sabablarning salkam 90% i inson zimmasiga to’g’ri kelmoqda. Endilikda inson qo’li bilan bunyod etilgan cho’llar maydoni 9 mln. km2 ga yetdi. Quruqlik yuzasida yiliga 21 mln. ga. yer yaroqsiz holga keltirilmoqda, 6 mln.. ga sug’oriladigan yer cho’l tusini olmoqda, sug’oriladigan yerlarning 90 mln. ga si sho’rlanishga uchragan.
Cho’llashish talafotlari Osiyo va Afrika mamlakatlarining anchasida, Avstraliyada borgan sari katta-katta maydonlarni o’z domiga tortmoqda. Ayniqsa, 1968-1973 yillarda sodir bo’lgan Sahroi Kabir fojiasi yiliga 20 ming. km2 mahsuldor yerni cho’l qa’riga tortdi. Sudan mamlakati janubidagi cho’l chegarasi 17 yil mobaynida (1958-1974) yiliga o’rtacha 5 km dan, jami 80-100 km janubga surildi (Rapp, 1976). Umuman Sahroi Kabir maydoni yiliga 1,5 mln. ga atrofida kengaymoqda. Ushbu noxush jarayon Markaziy Osiyo cho’llarini ham tark etmasdan o’tolmayapti. Cho’llashish yerlarni yaroqsiz holga keltirish bilan birga qurg’oqchil va yarim qurg’oqchil ekotizimlar mahsuldorligi pasayishiga sabab bo’lmoqda. Natijada aholining turmush darajasi yomonlashmoqda, turli kasalliklarning paydo bo’lish imkoniyatlari ortmoqda, uy-joy, oziq-ovqat muammosi kabi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar ko’paymoqda.
Nam tropik o’rmonlar maydonining qisqarishi. Ushbu o’rmonlar «sayyoramizning o’pkasi» hisoblanganligi uchun ham juda muhofazaga muhtojdir. Yer atmosfera havosi tarkibidagi kislorod muvozanati aynan mana shu o’rmonlar yordamida saqlanib turadi. Biroq, XX asrning o’rtalaridan to 70-yillargacha dunyodagi o’rmonlar maydoni teng ikki barobarga (50 mln.. km. dan 25 mln.. km2 gacha) qisqardi. Nam tropik o’rmonlarning 42% dan ortig’i 70-yillargacha kesib tugatildi. Hozirda quruqlik yuzasining 6% ida nam tropik o’rmonlar saqlangan bo’lsada, ular maydonining qisqarishi juda jadallik va tezkorlik bilan davom etmoqda. Hozirda bunday o’rmonlar hududi yiliga 16-20 mln..ga.dan ziyod yoki har daqiqada 25-50 ga maydonga qisqarmoqda. Afrikadagi nam tropik o’rmonlar maydoni XX asr mobaynida 65% ga qisqardi. O’rmonlarni kesish shu alfozda davom etaversa qit’adagi qator mamlakatlar (Burkina Faso, Kotd-Ivuar va boshqalarda) yaqin 10-20 yil ichida o’rmonlar butunlay yo’q bo’lib ketishi mumkin.
O’rmonlar maydonining qisqarishi o’rmon yong’inlari, qishloq xo’jalik uchun yangi yerlarning ochilishi, atmosfera havosining ifloslanishi va o’tin sifatida yoqilishi bilan bog’liqdir. XXI asr bo’sag’asida ham Lotin Amerikasi mamlakatlarining 20%i, Afrikaning 60%i va Osiyo mamlakatlarining 10%i energiya ehtiyoji o’tin yoqish hisobiga qondirilmoqda. Shuning oqibatida faqat rivojlanayotgan mamlakatlarning o’zida yiliga 2 mlrd.. m3 o’rmon yog’ochi o’tinga aylanmoqda.
Yaqin chorak asr mobaynida okean suvlarining ifloslanishi 1,5-3 martaga ko’payishi kutilmoqda. Dunyo okeani suvlariga qo’shilayotgan neft miqdori yiliga taxminan 10 mln. tonnani tashkil etmoqda. Uning yarmiga yaqinini (44%) daryolar keltirayotgan bo’lsa, qolgan katta salmog’i dengiz floti zimmasiga to’g’ri kelmoqda. Dengiz ostidan neft qazib olish oqibatida yiliga 100-200 ming tonna neft quduqlardan chiqib okean suvlarini ifloslamoqda. Hozirda dunyo dengiz transporti orqali 3 ming nomdagi turli kimyoviy moddalar tashilmoqda. Ularning aksariyat qismi o’ta zaharli birikmalar bo’lib, turli yillar bilan okean suvlariga qo’shilmoqda.
Okean suvlarining ifloslanishidan faqat baliqlarning o’zidan Yaponiya yiliga 100 mln.. AQSH dollari miqdorida iqtisodiy zarar ko’rayotgan bo’lsa, AQSHda okean suvlari ifloslanishining barcha yo’qotishlari 10 mlrd.. dollardan ortganligi ma’lum.
«Ishqorli» yomg’irlar hozirda AQSH, Kanada, g’arbiy Yevropa, ayniqsa, Skandinaviya mamlakatlariga xos bo’lib, kattagina ekologik - iqtisodiy talofatlar keltirmoqda. Ushbu mamlakatlardagi ko’plab daryo va ko’llarda «ishqorli» yomg’irlar yog’ishi tufayli baliq va boshqa jonivorlar butunlay qirilib ketdi. AqQSHning Androdiak tog’idagi (Nyu-York shtati) 214 ta ko’llarning yarmidan ortiqrog’ida baliqlar deyarli yo’qoldi. Bu yomg’irning xatarli oqibatlari Norvegiyaning 10%dan ortiq hududini ishg’ol etdi, mamlakatdagi 200 mingdan ortiq ko’l faqat «ishqorli» yomg’ir tufayli tahlika ostida qoldi.
Balxash, Issiqko’l kabilar uchun ham taalluqlidir. Yana ko’plab yirik daryo havzalaridagi murakkab vaziyatlarni ham hududiy geoekologik muammolar toifasiga kiritish mumkin. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun tezkor choralar ko’rilishini davr ko’rsatmoqda. Chunki, yuqoridagi dengiz, ko’l, daryo sohillarida aholi ancha zich joylashgan, dunyoga mashhur sog’lomlashtirish maskanlariga boyligi bilan ajralib turishi ko’pchilikka ayon. Shuning uchun ular o’z holicha musaffo holda saqlanishi lozim.



Download 175,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish