Nazorat savollari
1. Texnologiya nima? Ishlab chiqarishda uning roli va ahamiyati.
2. Texnologik strategiyani tanlashga qanday omillar ta'sir etadi?
3. Korxonadagi texnologik strategiya turlarini sanab bering.
3. Innovatsiyalarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bosqichlarini sanab bering va tavsiflang.
IV-BOB. SOTISHNI TASHKIL ETISH
1. Tovar harakatini tashkil etish.
Imkoniyat va xavflarni tahlil qilish
Sotish deyilganda keng ma'noda buyumning ishlab chiqaruvchi firmaning sexi darvozasidan chiqqan vaqtidan boshlab xaridorga yetib borgungacha bo'lgan barcha operatsiyalar tushuniladi. Tor ma'noda esa sotish oxirgi bosqich - sotuvchining xaridor bilan munosabatlarini qamrab oladi, qolgan barcha bosqichlar tovar harakatiga taalluqli bo'ladi.
Tovar harakati - tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste'molchiga yetkazib berish va sotishni boshqarish bo'yicha faoliyat. Tovar harakati elementlarining kompleksi o'z ichiga tovarlarni tashish, saqlash, iste'molchi bilan aloqa qilish kabilarni oladi.
Tovar harakatini tashkil etishdan maqsad - zarur yuklarni zarur joyga va zarur vaqtda eng kam sarf-xarajatlar bilan yetkazib berish.
Tovar harakati tizimi buyurtma olingandan so‘ng tovarni belgilangan muddatlarda yetkazib berishga qaratilgandir. G'arbiy Yevropa standartlari bo'yicha tovarni belgilangan muddatlarda yetkazib berish ehtimoli 91-96% ni tashkil etadi.
Buyurtma bir oz bo‘lsa ham kechroq muddatlarda, lekin so'zsiz bajarilishi kerak, lekin bunda kechikilgan muddatlar uchun jarima to'lashga to‘g’ri keladi.
Tovar harakati xizmatining ish sifati ushbu murakkab tarmoqning barcha oraliq bo‘g’inlari ishiga bog'liq bo'lib, ular soni juda ko‘p bo'lishi mumkin. Tovar harakati xizmati ishining samaradorligini nazorat qilish uchun umumiy xarajatlar shaklidan foydalaniladi:
D = T + F + W + S + R,
Bu yerda: D - Tovar harakati bilan bog'liq xarajatlar summasi;
T - transport xarajatlari;
F - doimiy ombor xarajatlari;
W - o'zgaruvchan ombor xarajatlari;
S - muddatida bajarilmagan buyurtmalar qiymati;
R - buyurtmani bajarmaganlik uchun sanksiyalar (jarimalar) summasi.
Tovar harakati tizimiga ham ichki, ham tashqi muhit elementlari kiradi. Ichki muhit elementlariga quyidagilar kiradi:
- xaridorlarning buyurtmalariga ishlov berish va rasmiylashtirish;
- ehtiyot qismlar sifatida jo‘natiladigan buyumlarni nazorat qilish;
- xaridorlarning buyurtmalari va transport vositalaridan foydalanish nuqtai nazaridan tovarlarning eng maqbul partiyalarini tanlash;
- tashish talablariga muvofiq tovarlarni o‘rab-joylash;
- bojxona hujjatlari va sug’urtalarni rasmiylashtirish;
- yuklarni ortish va harakatini nazorat qilish.
Tashqi muhit elementlariga quyidagilar kiradi:
- tashishni ta'minlab beruvchi firmalar;
- vositachilar va ularning omborlari;
- sotish tarmoqlari (magazinlar).
Tovarning harakati muayyan kanallar - ko'plab firmalar, jismoniy shaxslar orqali amalga oshiriladi, ular mulkchilik huquqini ishlab chiqaruvchidan iste'molchiga berishga ko‘maklashadi.
Bevosita va bilvosita kanallar farqlanadi.
Tovar harakatining bevosita kanallari tovarlarni mustaqil vositachilarni chetlab o'tgan holda bevosita ishlab chiqaruvchidan iste'molchiga yetib borishini ko'zda tutadi.
Tovar harakatining bilvosita kanallari mustaqil vositachilar xizmatidan foydalanish bilan bog'liq, Bunda tovarlar ishlab chiqaruvchidan ularga yetkazib beriladi, ular esa so‘ngra tovarlarni iste'molchiga sotadi. Sotishning murakkab tizimi ko‘p darajali bo‘g’inlardan iborat bo'lib, o'z ichiga ikki va undan ortiq vositachilarni oladi. Taqsimlash darajalari ko‘p sonli bo'lgan kanallar ularni nazorat qilish qiyinchilik tug’dirishi sababli kam uchraydi. Bundan tashqari bu sotish bo'yicha qo'shimcha xarajat ham hisoblanadi, u esa foydani kamaytiradi.
Lekin faqat xarajatlar sotish kanallarini tanlashni belgilab bermaydi. Xarajatlarni har bir taqsimlash kanallaridagi xizmatlardan keladigan qo'shimcha daromadlar hisobiga qoplash mumkin. Ba'zan firma, agar bu tovar harakatini tezlashtirishga yordam bersa va bozor hajmini kengaytirish uchun shart-sharoit yaratsa, mahsulotini sotish uchun ongli ravishda qo'shimcha sarf-xarajatlarga boradi.
Masalan, sabzavot va mevalarni yoppasiga yig’ib-terib olish mavsumida ularni saqlash hamda qayta ishlov berish uchun quvvatlarning yetishmasligi sababli bunday mahsulotlarni yangiligida tezroq sotish, buning uchun hech qanday xarajatlarga qaramasdan imkon qadar barcha kanallardan foydalanish maqsaga muvofiqdir.
Tadbirkor mahsulotni sotishni tashkil qilar ekan, u qaerda, qachon va qanday muammolarga duch kelishi, ularni qanday bartaraf etishi mumkinligini oldindan bilishi zarur. Tovarning ishlab chiqaruvchidan iste'molchiga o‘tishi sotishning aniq shakllariga bog'liq bo'ladi. Quyidagilardan birini tanlash zarur: tovarni ulgurji, mayda partiyalab yoki chakana sotish kerakmi? O‘z sotish tarmog’ini tashkil qilgan yaxshimi yoki mavjud savdogarlarning xizmatlaridan foydalangan ma'sulmi?
Bularning barchasini o'z vaqtida hal qilish zarur.
1) Tarmoq tahlili va rivojlanishini prognozlash:
" bozor hajmi, bozor potensial, bozorning o‘sishi;
" texnologiya;
" xaridorlar bozoridagi o'zgarishlar;
" sotib olish bozorlaridagi o'zgarishlar.
2) Raqobat rivojlanishini tahlil va prognoz qilish:
" mamlakat ichidagi va xorijdagi mavjud raqobatchilar;
" potensial raqobatchilar.
3) Muqit tahlili:
" iqtisodiy taqlil;
" texnologik muqit;
" ekologik muqit;
" siyosiy-huquqiy muhit;
" ijtimoiy-madaniy muhit (qadriyatlarning o'zgarishini ham hisobga olgan holda).
Tovar iste'molchiga yetib borguncha bir nechta bosqichdan o‘tadi: tashish, omborga tushirish, magazinlarda joylashtirish, xaridorga yetkazib berish.
Tovarning ishlab chiqaruvchidan iste'molchiga yetib borguncha harakati bilan bog'liq qo'shimcha xarajatlar savdo xarajatlari yoki muomala xarajatlari ( tovar muomalasi sohasidagi xarajatlar) deb ataladi. Tovarni sotish imkoniyatlarini baholashda ushbu qo'shimcha xarajatlarni, ya'ni tovar harakati, uni saqlash, qadoslash, o‘rash, sotish, talabni o'ganish va reklama bilan bog'liq xarajatdarni hisobga olish zarur.
Muomala xarajatlarining miqdori tovarning iste'molchiga yetib borish jarayonida ishlatilgan moddiy vositalar va xizmatlarga xaq to'lash xarajatlaridan tashkil topadi. Ularga transport, aloqa xizmati xarajatlari, o‘rab-joylash materiallari, yonilg’i, elektr energiya, bino, mashina, uskunalar amortizatsiyasi, muomala sohasi, agar ular korxona mulki yoki uning balansida bo‘lsa, foydalanilgan omborxona binosining ijara to‘lovlari qiymati va boshqalar kiradi. Bundan tashqari muomala xarajatlariga umumiy tovar aylanmasidan ma'lum foizlar miqdorida rejalashtiriladigan tovar yo'qotishlari ham kiritiladi.
Odatda muomala xarajatlari qo'shimcha va sof xarajatlarga bo‘linadi. Qo‘shimcha xarajatlar deyilganda tovarga qo'shimcha ishlov berish, o‘rash, saralash (ya'ni tovarga tegishli tovar shaklini berish, tovarni shu darajaga yetkazish), tashish va saqlash xarajatlari tushuniladi. Xarajatlarning boshqa qismi bevosita tovarlarni sotish bilan bog'liq. U o'z ichiga savdo xodimlari mehnatiga haq to'lash, reklama xarajatlari, iste'molchilar bilan kontraktlar, pul muoamalasi xarajatlarini oladi.
Xarajatlarning bu qismi sof muomala xarajatlarini tashkil etadi.
3. Sotish usullari
Firmaning tijorat borasidagi muvaffaqiyatining sharti tovarning ishlab chiqaruvchidan iste'molchiga o‘tishini tashkil etishdan iborat bo'lib, bu esa uni sotish shakllariga bog'liqdir. Tovarni iste'molchiga yetkazib berish uchun u tashiladi, omborga tushiriladi, chakana savdo do‘konida taxlanadi va nihoyat iste'molchiga yetkazib beriladi. Tovarning ishlab chiqaruvchidan iste'molchiga berilguncha harakati davomidagi qo'shimcha xarajatlar muomala xarajatlari deb ataladi. Ular o'z tarkibiga ko‘ra sotiladigan buyumga tovar shaklini berish, uni tashish va saqlash bilan bog'liq bo'lgan qo'shimcha muomala xarajatlariga va o'z ichiga savdo xodimlari mehnatiga haq to'lash, pul muomalasiga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini oladigan sof xarajatlarga bo‘linadi.
Sotishning ikkita asosiy usuli mavjud - buyurtmaga ishlash (oldindan ma'lum bozor) va erkin bozorga ishlash (noma'lum bozor).
Buyurtmaga ishlash. Sotishning ushbu usulida mahsulot ishlab chiqarilgan mahsulotni yetkazib berish va xizmatlar ko‘rsatish bo'yicha mavjud buyurtmalar porfeli, tuzilgan kontraktlar, pudratlar, oldindan belgilangan kelishuvlarga muvofiq ravishda ishlab chiqsariladi. Bunda tovarlarning texnik tavsiflari, ularni yetkazib berish muddatlari va hajmi, uning bahosi oldindan kelishilgan bo'ladi. Ushbu holda sotish muammosi shartnoma intizomi va o'zaro kelishuvlarga rioya qilishdan iborat bo'ladi: yetkazib beruvchi korxona tovarlarning tegishli turlarini ishlab chiqarishi va o'z vaqtida iste'molchiga yetkazib berishi, buyurtmachi esa olingan tovarlarning haqini ko'rsatilgan muddatlarda to'lashi zarur.
Buyurtmaga ishlashda tovarning harakati juda oddiy sxema bo'yicha amalga oshiriladi:
Tovar
iste'molchisi
Tovar ishlab
chiqaruvchi
Tovarni sotish
Sifat, baqo, muddatlar kelishilgan, sotish kafolatlangan.
Sotishning ushbu shakli mashinasozlik majmuasi, surilish, xizmat ko‘rsatish sohasining ko'plab korxonalari uchun xarakterlidir.
Sherikchilik munosabatlarini davom ettirish uchun shartnoma intizomiga va o'zaro majburiyatlarga rioya qilish zarur.
Erkin bozorga ishlash. Sotishning bu usulida korxona mahsulotni erkin "noma'lum" bozor uchun ishlab chiqaradi, bunda tovarlarning sifati va miqdoriga nisbatan hech qanday tegishli cheklovlar belgilanmaydi. Bu holda tovarlarni sotish vazifasi uni sotish mumkin bo'lgan bozorni aniqlash, sotishning aniq shakllarini tanlash, yo'l qo‘yiladigan baholar darajasini belgilashdan iborat bo'ladi.
Erkin bozor uchun ishlash yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari uchun xosdir.
Tovarlarni sotishning bu usulida firma uchun xavf darajasi oshadi, chunki ular o'zi mustaqil ravishda o'z buyumlarini sotish bozorlarini aniqlaydi, belgilaydi.
Haqiqatda esa har bir korxona o'zi ishlab chiqaradigan mahsulot profili va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ham oldindan beriladigan buyurtmalar, ham erkin bozorni mo‘ljallab ishlaydi.
E
Tovar
iste'molchisi
rkin bozorga ishlashda Tovar ishlab chiqaruvchi ishlab chiqargan mahsulotini o'zi bevosita sotishi mumkin. Bu holda u sotish bo'linmasi, sotish filiali yoki alohida savdo korxonasini tashkil etadi. Savdo korxonasini yoki yangidan tashkil etish, yoki ilgari mavjud bo'lgan mustaqil savdo kompaniyasini sotib olish yoki zarur miqdordagi aksiyalarini (nazorat paketini) sotib olish yo'li bilan uning ustidan moliyaviy nazorat o‘rnatishi mumkin.
Tovarni sotish
Tovar ishlab
chiqaruvchi
o‘z sotish
tarmoqi
Mahsulotni oxirgi iste'molchiga yetkazib berishning bunday shaklidan keng foydalaniladi, masalan, avtomobillar, kosmetika va farmatsevtika tovarlari, maishiy texnika va elektr apparatura.
Savdo vositachiligi turlari
Tovarlarni mustaqil sotish ishlab chiqaruvchi bozorni zarur darajada bilish, iste'molchi bilan beovsita aloqa qilish, bozorning bir qismini amaliy nazorat qilish imkonini beradi. Lekin mustaqil sotish pul mablag’larini, xodimlarni, shuningdek tadbirkorning o'zini ham bevosita tovarlar ishlab chiqarishdan chalg’itadi, bu esa korxona manfaatlariga uncha to‘g’ri kelmasligi mumkin.
Shuning uchun tovar ishlab chiqaruvchi aksariyat hollarda ularni sotishni professionallarga - savdo tadbirkorlariga (savdogarlarga), ya'ni muomala sohasida ish yurituvchi tadbirkorlraga ishonib topshiradi.
Ishlab chiqaruvchi va savdogarlarni tanlash va ularni birga uchrashtirish uchun vositachining aralashuvi zarur, uni broker deb ataydilar.
Savdogar va ishlab chiqaruvchini faqat uchrashtirib qolmay, balki ularning biri nomidan va topshirig’iga ko‘ra bitimlar tuzadigan vositachini agent deb ataydilar. Broker va agentlar o'z xizmatlari uchun muayyan mukofot (odatda bitim summasining 2 dan 6 % gacha) oladilar. Agentlar doimiy asosda, brokerlar esa vaqtincha ishlaydilar.
Savdogar
Tovar ishlab chiqaruvchi
Sotish bo'yicha agent tipining keng tarqalgani diler, u odatda uzoq vaqt mobaynida foydalaniladigan, servis xizmati ko‘rsatishni talab qiladigan tovarlarni sotishga ixtisoslashgan bo'ladi, diler va uning yordamchisi aksariyat hollarda bunday xizmatlarni amalga oshiradi.
Diler bosh agent - ishlab chiqaruvchidan sotib oladigan, so‘ngra esa o'zi xizmat ko‘rsatadigan hududdagi yakka xaridorlarga o'zining sotuvchilari orqali yoki sotish hajmi uncha katta bo'lmaganda o'zi sotadigan tovarning egasi qisoblanadi.
Sotish operatsiyalari
Tovar so'zi tovar faqat xaridor qo‘liga tushgandan keyingina o'zining keng ma'nosiga ega bo'ladi. Tovarni sotish (sotuvchi va xaridorning muomalasi) sotish jarayonini nihoyasiga yetkazadi. Sotishga xaridor va sotuvchi o‘rtasidagi bevosita muomalaning ko'plab omillari o'z ta'sirini o‘tkazadi.
Tovarlarni muvaffasiyatli sotish uchun xodimlar yusqri darajada professional va tovarlarni sotish natijalaridan shaxsan manfaatdor bo'lishi zarur. Shuningdek, ishlab chiqaruvchi firma, vositachilar va sotuvchilarning doimiy aloqasi, xodimlarning malakasini doimiy oshirib borish, moddiy rag’batlantirish ham zarur. Bu maqsadlar uchun standartlar ishlab chiqiladi, ular xodimlar hulqining axloq-odob normalari, xizmat ko‘rsatish jarayonining aniq texnologiyalarini belgilab beradi.
Xizmat ko‘rsatish standartlari bir qator mezonlarni o'z ichiga oladi, ular vositachilar va sotuvchilar ishining sifatini baqolash imkonini beradi:
- sotishning mavjud hajmi;
- "zahira qajmi/sotish" nisbati;
- "hudud/mijozlar soni" nisbati;
- sotishning miqdor va pul jihatidan o‘sish dinamikasi;
- sotish baholarining barqarorligi;
- reklama samaradorligi va tovarlarning sotilishi.
Sotishni rag’batlantirish tovarni iste'molchiga yaqinlashtiradi. Rag’batlantirish subyektlari - vositachilar, sotuvchilar, xaridorlar. Xaridorlarni rag’batlantirish uchun baholarga chegirmalar, kredit, xaridor tovar sifati va uning iste'mol xususiyatlaridan qoniqmagan hollarda pulini qaytarib berishni kafolatlash, bepul tovar namunalarini tarqatish yoki berish, xaridorlar o‘rtasida lotoreyalar tashkil etish, tovarlarni kengaytirilgan tarzda sotish kabilardan foydalaniladi.
Servis sotishni rag’batlantirish tadbirlariga kiradi. Servis - texnik jihatdan murakkab mahsulotni sotish va undan foydalanish hamda uni yuqori samara bilan ishlatishga doimiy tayyorligini ta'minlash bilan bog'liq xizmatlar majmuidir.
Servis siyosati o'z ichiga texnik, sotish oldi va sotishdan keyingi (tovarni sotishga tayyorlash, xaridorni tovardan foydalanishga o‘rgatish va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish) xizmatlarni oladi.
Brokerlar va agentlarni tovar ishlab chiqaruvchining topshirig’i bilan uni sotish bo'yicha muayyan operatsiyalarni amalga oshiradigan savdo vositachilaridan farqlash uchun sof yoki oddiy vositachilar deb atashadi (12-rasm).
Tovar
iste'molchisi
Savdo vositachisi
Tovar ishlab
chiqaruvchi
Tovarni muayyan shartlarda sotishni topshirish
Tovarlarni muayyan
shartlarda sotish
12-rasm
Odatda topshirislar va tovarni sotish shartlariga bog'liq qolda savdo vositachilarining bir nechta turi ajratib ko‘rsatiladi.
Komissionerlar ishlab chiqaruvchining tovarlarini o'z nomidan, lekin ishlab chiqaruvchining topshirig’i bo'yicha va uning hisobidan sotadilar. Komissioner sotilayotgan tovarning egasi hisoblanmaydi. Tovarlarni sotish ishlab chiqaruvchi bilan kelishilgan baholarda, muayyan hududda sotiladi. Sotish bo'yicha topshriq komissionerga muayyan muddatga beriladi. Ishlab chiqaruvchi komissionerga komission mukofot to'laydi va topshirisni bajarish bilan bog'liq xarajatlarni qoplaydi.
Komission operatsiyalarning bir turi konsignatsiya operatsiyalaridir. Konsignator ishlab chiqaruvchining maxsus omborga qo‘yilgan tovarlarini o'z nomidan, lekin ishlab chiqaruvchining topshirig’i va uning hisobidan sotadi. Komissioner majburiyatlariga qo'shimcha tarzda konsignator konsignatsiya omborini tashkil etadi va saslaydi. Omborni saqlash xarajatlarini ishlab chiqaruvchi qoplaydi.
Boshqa barcha hollarda konsignator komissionerga o‘xshaydi - u sotilayotgan tovarning egasi bo'lmaydi, balki uni kelishilgan narxlarda (odatda minimal baho belgilanadi) sotadi, tovarni kelishilgan hududdagina sotadi. Odatda, konsignatsiya muddati, ya'ni omborga qo‘yilgan tovar qancha vaqt mobaynida sotilishi zarurligi to‘g’risida ham kelishib olinadi.
Shartnoma bo'yicha savdogar komissioner va konsignatordan farqli o‘laroq o'z nomidan va hisobidan ish ko‘radi. U tovarlarni ishlab chiqaruvchidan o'ziga mulk qilib oladi, ya'ni ularni sotib oladi (bu bilan u oddiy savdogarga o‘xshaydi). Lekin oddiy savdogar ishlab chiqaruvchidan sotib olgan tovari bilan nimani hohlasa shuni qilishi (masalan, tovarni qulay sotish sharoitlari yuzaga kelguncha saqlab turishi, xorijga olib chiqishi, istagan narxini belgilashi) mumkin bo‘lsa, shartnoma bo'yicha savdogarning harakatlari esa uning tovar ishlab chiqaruvchi bilan tuzgan bitimi bilan sat'iy belgilab qo‘yilgan bo'ladi (shartnomaning o'zi "sotish huquqini berish to'g’risidagi shartnoma" deb ataladi).
Shartnoma bo'yicha savdogar tovarni maxsus kelishilgan hudud chegarasida sotishi mumkin, u majburiy minimal aylanma talablariga rioya qilishi kerak, ya'ni muayyan miqdordagi tovarlarni kelishilgan vaqt mobaynida sotishni ta'minlashi zarur. U, nihoyat, tovarni oshirilgan narxlarda sota olmaydi, aksariyat hollarda sotish bahosini ishlab chiqaruvchining o'zi belgilab beradi.
Shartnoma bo'yicha savdogarni ko‘pincha distribyutor (ingl. distribution - yetkazib berish, tarqatish) deb atashgan.
Rasmiy distribyutor - korxona yoki shaxs bo'ylab, u bilan tovar ishlab chiqaruvchi sotish huquqini berish to‘g’risida shartnoma tuzadi. Eksklyuziv distribyutor - shartnoma bo'yicha savdogar bo'ylab, u ushbu ishlab chiqaruvchining tovarlarini kelishilgan hududda sotish uchun alohida huquqqa ega, ya'ni ushbu hududdagi ishlab chiqaruvchi uning xizmatlariga murojaat qiladigan yagona shartnoma bo'yicha savdogardir. Agar savdogarga alohida emas, balki oddiy huquqlar berilsa, bu ishlab chiqaruvchi boshqa shartnoma bo'yicha savdogarlar orqali ham o'zi mustaqil harakat qila olishi mumkinligini bildiradi.
Yana "shartnoma bo'yicha imtiyozli savdogar" ham mavjud, u ishlab chiqaruvchidan tovarlarni sotishda yordam oladi (mana shu imtiyoz). Bu yordam texnik, tijorat, tashkiliy (masalan, kredit olishda, texnik hujjatlar, litsenziyalarni taqdim qilishda, savdo zalini bezatishda, xodimlarni tanlash va o‘qitishda va boshqalarda) yordam bo'lishi mumkin.
Savdo tadbirkorligi
Tovar ishlab chiqaruvchi, savdo vositachilari xizmatiga murojaat etmasdan, o'zi
bevosita ishlab chiqargan tovarini savdogarga (savdo bo'yicha tadbirkorga) sotishi mumkin. Savdogar ishlab chiqaruvchidan tovarni tavakkal qilib sotib oladi, Tovar uchun muayyan baholarda haq to'laydi va shuning uchun ham tovarlarni endi o'ziga ma'qul keladigan baholarda sotadi. Savdogar tovarni o'zi istagan joyda va kishilarga o'zi hoqhagancha sota oladi.
Tovar ishlab chiqaruvchi o'z tovarini sotadigan savdogar ulgurji yoki chakana savdogar bo'lishi mumkin. Birinchi holda u tovarni chakana savdogarlarga keyinchalik qayta sotish maqsadlarida tovarni yirik partiyalarda sotib oladi, chakana savdogarlar mahsulotni oxirgi iste'molchiga yetkazib beradilar.
Tovar
ishlab
chiqa
ruvchi
Ulgur
ji sav
dogar
Chaka-
na sav
dogar
Tovar
iste'mol
chisi
Tovarni Tovarni Tovarni
sotish sotish sotish
Ikkinchi holda tovarning harakatlanish zanjiri sissaros - chakana savdogar o'z sotish tarmohi orsali tovarni iste'molchiga bevosita sotadi.
Tovar ishlab
chiqaruvchi
Chakana
savdogar
Tovar iste'
molchisi
Tovarni Tovarni
sotish sotish
Ulgurji (chakana) savdogar tovarni yuqorida ko'rsatilganidek faqat bitta emas, balki bir nechta ishlab chiqaruvchidan sotib oladi. Ulgurji savdogar tovarni boshqa bir ulgurji savdogarga, bitta emas, balki bir nechta chakana savdogarga qayta sotishi mumkin.
Hozirgi sharoitlarda eng tipik savdogar savdo uyi (savdo firmasi) bo'ylab, u ulgurji va chakana savdoni birga qo‘shib olib boradi.
Savdo uyi - tashkiliy birlashma bo'ylab, tovar muomalasi sohasida faoliyat olib boradi. Savdo uylari ulgurji va chakana savdo, shuningdek faoliyatning boshqa turlari, masalan, tovarlarni tashish, saqlash, o‘rab-joylash bilan shuhullanadi, yuozorni o'ganish, vositachilik operatsiyalari bilan shug’ullanadi.
Savdo uyi tovarlarni o'z hisobidan sotib oladi va ularni o'z nomidan sotadi, savdo firmalari boshqa kompaniyalar kabi tashkiliy shakllarda tashkil topadi, ularga boshqa firmalarga tarqaladigan barcha qonunlar taalluqli bo'ladi. Aksariyat hollarda savdo korxonalari to‘hrisida maxsus hususiy me'yorlar qabul qilinmaydi.
Nazorat savollari
1. Tadbirkor mahsulotni sotishni tashkil eta turib qanday omillarni tahlil qilishi zarur? Uning imkoniyatlari va xavflarini sanab bering.
2. Sotish qanday ikki ma'noda qo‘llaniladi?
3. Nima tovar harakati deb ataladi va bozor iqtisodiyotida ularning variantlari qanday?
4. Mahsulot sotishning oddiy va murakkab tizimining farqlarini aytib bering?
V-BOB. ULGURJI SAVDO
Ulgurji savdo - ishlab chiqaruvchidan tovarni undan ishlab chiqarish maqsadalirda foydalanadigan iste'molchiga yoki uni qayta sotish maqsadlarida sotib oladigan korxonaga yetkazib berish bo'yicha faoliyat. Shuningdek ulgurji savdoning boshqa ta'rifi ham mavjud bo'lib, u tovarlarni hech qanday cheklovlarsiz erkin sotish va sotib olish demakdir.
Ulgurji savdoda tovar yirik partiyalab sotib olinadi. Odatda, barcha ta'minot-sotish va vositachilik tashkilotlari tovarlarni keyinchalik chakana savdo korxonalariga yoki boshqa ulgurji tashkilotlarga qayta sotish uchun ulgurji sotib oladilar. Ulgurji savdo oxirgi iste'molchi bilan deyarli bog‘lanmagan. Ulgurji savdoda tovar ikki va undan ko‘p marta sotilishi mumkin, chakana savdoda esa u bir marta sotiladi.
Ulgurji savdoning asosiy afzalligi shundaki, u ishlab chiqaruvchilarga o'z tovarlarini joylarda iste'molchi bilan deyarli aloqaga kirishmagan holda sotish imkonini beradi. Keng iste'mol tovarlari, oziq-ovqat mahsulotlari, ehtiyot qismlarning ko‘p qismi ulgurji savdo orqali sotiladi.
1. Ulgurji savdolarni tashkil etish
Asosiy ulgurji savdo korxonalari - tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan tashkil etiladigan ulgurji korxonalar va ulgurji tijorat tashkilotlaridir.
Ishlab chiqaruvchida ulgurji savdo korxonalri bo‘lsa ular o‘rtasidagi operatsiyalar mustaqil vositachilar ishtirokisiz o‘tkaziladi.
Ishlab chiqaruvchilarning ulgurji korxonalari avtomobilsozlik, aniq mashinasozlik sohalari uchun xosdir. Ishlab chiqaruvchilarning ulgurji savdo korxonalari ikki turli bo'ladi: sotish bo‘linmalari va sotish idoralari. Sotish bo‘linmalari (filiallar) faqat tovarlarni sotibgina qolmay, balki ularni saqlaydi ham va buning uchun tegishli shart-sharoitlarga ega bo'ladi. Sotish idoralari, bo‘linmalardan farqli ravishda, mahsulotlarni saqlash bilan shug’ullanmaydi va shuning uchun ham ishlab chiqarish binolarida yoki bozorlar yaqinida joylashadi.
Ulgurji tijorat tashkilotlari - mustaqil savdo korxonalari bo'ylab, mahsulot bilan birga unga egalik huquqini ham sotib oladi. Bu ulgurji savdo bilan shug’ullanuvchilarning eng ko‘p sonli guruhi bo'ylab, operatsiyalarning asosiy ulushini amalga oshiradi. Ulgurji tijorat tashkilotlari orasida to‘liq xizmat ko‘rsatadigan ulgurji savdo tashkilotlari (o'z yetkazib beruvchilari va mijozlariga tovar zahiralarini saqlash, ularni yetkazib berish, sotilgan uskunani o‘rnatish va ta'mirlash, sotuvchilar berish, kreditlar berish, boshqarish, tadqiq etish, rejalashtirish va boshqa sohalarda yordam ko‘rsatish kabi xizmatlarni ko‘rsatadigan), bossollik, tamaki mahsulotlari, dorilar va boshqalarni sotadigan; hamda cheklangan xizmatlarni ko‘rsatadigan ulgurji savdo tashkilotlari (xizmatlar doirasi cheklangan) ajralib turadi. Ular qurilish materiallari, yog’ochga ishlov berish mahsulotlari, maxsus oziq-ovqat mahsulotlarini sotish sohasida keng tarqalgan.
Alohida, ixtisoslashgan korxonalar shug’ullanishi mumkin bo'lgan ulgurji savdoning birmuncha alohida shakllariga e'tiborni qaratamiz.
2. Raqobatli savdolar
Savdolar (raqobatli savdolar) - savdoni tashkil etish turlaridan biri, bunda xaridor oldindan sotib olish shartlari, shuningdek tovar va xizmatlarning tavsifini belgilagan holda sotuvchilar uchun tanlov o‘tkazadi.
Savdoning ushbu shakli umuman olganda oddiy bozor holatini, ya'ni sotuvchilar xaridor uchun kurashadigan muhitni aks ettiradi. Ochiq savdolarda barcha raqobatchi sotuvchilar xaridorning buyurtmasi bilan tanishishlari mumkin. Yopiq savdolarda esa kontarktning shartlari maxfiy tutiladi.
Bu savdolar ulgurji savdoning bir shakli sifatida mashina va uskunalarni yetkazib berish, ob'ektlarni foydalanish uchun tayyor holda qurib berish bo'yicha bitimlarni tuzishda muhim rol' o'ynaydi. Ochiq savdolarda odatda standart yoki universal uskunalarga yoki hajmi uncha katta bo'lmagan pudrat ishlariga buyurtmalar joylashtiriladi. Yopiq savdolarda murakkab, maxsus yoki noyob uskunalar, komplekt korxonalarga buyurtmalar yoki shoshilinch buyurtmalar joylashtiriladi.
Yopiq savdolarda ishtirok etish uchun uncha ko‘p bo'lmagan mashhur va o'zini yaxshi tomondan namoyish qilgan korxonalar taklif etiladi. Ochiq savdolar o‘tkazilishi to'g’risidagi axborot rasmiy matbuot organlarida e'lon qilinadi.
Bunday savdolarning tashkilotchilari maxsus hujjatlarni ishlab chiqadilar, unda savdolarni o‘tkazish shartlari belgilanadi, savdolarning ishtirokchilari
- oferentlarga yo‘riqnomalar bo'ladi, uskunalarning asosiy ta'riflari, tayyorlash va yetkazib berishning tijorat shartlari ko‘rsatiladi. Bu hujjatlar to‘plami savdolar ishtirokchilariga sotiladi.
Savdo ishtirokchilarining takliflari (ofertalar) yozma shaklda (yopiq, muhrlangan, aksariyat hollarda ikki qavatli konvertlarda) qat'iy belgilangan vaqtda savdo tashkilotchilariga yuboriladi.
Belgilangan kun va soatda savdo tashkilotchilari konvertlarni ochadilar va oferentlarni konkurs asosida ajratib olish boshlanadi. Ajratib olish ochiq yoki yopiq bo'lishi mumkin, lekin tanlov har doim yopiq tartibda o‘tkaziladi. Savdolar ochiladigan kunda barcha ofertalar protokolga kiritiladi, u bilan barcha savdo ishtirokchilaribelgilangan vaqtda maxsus joyda tanishishlari mumkin bo'ladi. Tanlash to'g’risidagi qaror savdo shartlari bilan belgilangan vaqtgacha qabul qilinadi. Qolibga tegishli xabarnoma yuboriladi, boshqa oferentlarga odatda xabar berilmaydi.
3. Auksionlar
Agar raqobat savdolarida sotuvchilar raqobat qilsalar, auksionlarda, aksincha, sotib oluvchilar, xaridorlar raqobatlashadilar, chunki bu talab taklifdan ortiq bo'lgandagi sotuvchining bozoridir.
Auksion savdosi - tovarni sotish usuli bo'ylab, bunda sotuvchi eng yuqori foyda olishni istagan holda savdoda ishtirok etayotgan bir nechta yoki ko'plab xaridorlarning raqobatlashuvidan foydalanadi. Bunda auksion sotuvchining o'zi tomonidan o‘tkazilishi shart emas, u odatda o'z tovarini sotishni auksion savdolari bilan shug’ullanuvchi vositachilik firmasiga ishonib
topshiradi. Auksionga ham katta partiyadagi tovarlar, ham ayni o'zigagina xos bo'lgan xususiyatlari bilan o‘xshashlari bo'lmagan alohida buyumlar (shu jumladan Sotbis auksionida bo'lgani kabi, raritetlar) taklif etilishi mumkin. Tovar auksioni - bu maxsus tashkil etilgan, vaqti-vaqti bilan ilgaridan belgilangan vaqt va alohida ajratilgan joyda o‘tkazib turiladigan kim oshdi savdosidir. Auksionlarda o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan buyumlar sotiladi.
Shuning uchun maqsadi bo'yicha bir xil bo'lgan tovarlar partiyasini almashtirib qo'yish mumkin emas, chunki ular turli xususiyatlarga ega bo'lishi, ya'ni sifati, tashqi ko‘rinishi va sorti turlicha bo'lishi mumkin. Xaridor auksion boshlanishidan oldin albatta tovarni ko‘rishi va zarur bo‘lsa degustatsiya qilishi (tatib yoki hidlab ko‘rishi) mumkin. Tovarlarning sifati
bo'yicha na sotuvchilarga va na auksion tashkilotchilariga nisbatan hech qanday e'tirozlar qabul qilinmaydi.
Auksionlarda savdoning asosiy predmetlari: mo‘yna, yuvilmagan jun, choy, tamaki, sabzavotlar, mevalar, otlar, yog’ochning tropik zotlari.
Auksion o‘tkazish bilan asosan komission to‘lovlar olib ishlaydigan maxsus firmalar shug’ullanadi. Auksionni o‘tkazish tartibi o'z ichiga tayyorgarlik, tovarlarni xaridorlar ko'rib chiqishi, bevosita auksion savdolarining o'zi, auksion bitimlarini rasmiylashtirish va amalga oshirishni oladi.
Tovarlar partiyalar ajratiladi, ular lot deb ataladi. Har bir lot muayyan nomerga ega bo'ladi va shu nomer bilan auksion katalogiga kiritiladi. Sifati bo'yicha bir xil bo'lgan lotlar katalogda birin-ketin joylashtiriladi va qator - stringlarni hosil qiladi, ular esa katalogda bir-biridan chiziqlar bilan ajratiladi.
Katalogda, shuningdek, auksion savdo, bitimlarni rasmiylashtirish va haq to'lash shartlari ko‘rsatiladi. Auksion savdo amfiteatrga o‘xshagan maxsus zalda o‘tkaziladi. Auksionchi (auksionni o‘tkazayotgan shaxs) lot nomerini va uning taxminan bozor qiymatiga teng bo'lgan dastlabki bahosini e'lon qiladi. Agar xaridorlardan hech biri qo‘lini ko‘tarib, boshini qimirlatib yoki boshqa harakatlar bilan (soqov auksion) yoki "xa" deb baqirib belgi bermasa, auksion o‘tkazuvchi bahoni pasaytira boshlaydi. Agar kimdir lotni sotib olishga roziligini bildirsa, auksionchi oldindan belgilangan oraliq bilan bahoni oshira boshlaydi.
Agar "Kim ko‘proq?" deb uch marta berilgan savolga uchinchi marta ham bahoni oshirish to‘g’risida taklif bo‘lmasa, auksionchi bolg’acha bilan urib, tovar sotilganligi va eng yuqori bahoni aytgan xaridor tomonidan sotib olinganligi bildiradi.
Birja savdolarida aksariyat hollarda ikkilangan auksion usulidan foydalaniladi - xaridorning oshib borayotgan taklifi sotuvchining pasaytirib borilayotgan taklifi bilan "to‘qnashadi". Xaridor va sotuvchi tomonidan taklif etilayotgan baholar bir-biriga to‘g’ri kelganida bitim tuziladi. Ikkilangan auksion tamoyili banklararo valyuta birjalarida savdolar o‘tkazishda qo‘llaniladi.
"Sirtqi auksionlar", "soronhi auksionlar"ni ham o‘tkazish mumkin, bunda sotuvchi va xaridorlarning takliflari darhol e'lon qilinadi va muhrlangan konvertlarda beriladi. Tovar kim eng yuqori stavkani taklif etgan bo‘lsa o‘shanga sotiladi yoki kim eng past stavkani taklif etsa o‘shandan sotib olinadi. Auksionda sotib olingan buyumlarning haqi darhol to'lanishi zarur. Qarz majburiyatlaridan foydalanish yoki bay puli to'lash kabilarga yo'l qo‘yiladi.
4. Ulgurji yarmarkalar
Ulgurji yarmarkalar sotiladigan tovarlarning keng spektrini va ishlab chiqaruvchilar hamda bo‘lajak iste'molchilar o‘rtasida aloqalar o‘rnatish imkoniyatlarini yaratib beradi. Ulgurji yarmarkalar - ishlab chiqarishning barcha tarmoqlari ishtirok etishi mumkin bo'lgan yirik, davriy bozorlar bo'ylab, odatda, ayni bir joyning o'zida va muayyan muddatlarda hamda aniq vaqtga tashkil etiladi. Ularda asosan ulgurji-vositachilik va ishlab chiqarish korxonalari ishtirok etadi. Bunday ulgurji savdo shaklining mohiyati - yarmarkada ko‘rgazma nusxasi sifatida namoyish etilayotgan tovarlarning na’munalari bo'yicha kelajakda shunday tovarlarni yetkazib berishga kontraktlar tuzishdan iboratdir. Bunda kontrakt bo'yicha yetkazib beriladigan tovarlarning sifati, texnik tavsiflari ko‘rgazmada namoyish etilayotgan tovarlar bilan aynan bir xil bo'lishi ko'zda tutiladi (bozorda ishonch faqat bir marta oqlanmasligi mumkin). Ulgurji yarmarkalarning asosiy maqsadi ishlab chiqaruvchilar bilan ularning tovarlarini iste'mol
qilish yoki keyin qayta sotish maqsadida sotib olishdan manfaatdor bo'lgan iste'molchilar o‘rtasida bevosita aloqalar o‘rnatishni yo'lga qo'yishdan iboratdir.
Ulgurji savdoni amalga oshirishda tovar birjalari muhim rol o'ynaydi. (Birjalarning ishini tashkil etish, birja savdolarining turlari to‘g’risida ilgari bayon etilgan).
Nazorat savollari
1. Ulgurji savdoning o'ziga xosligi nimadan iborat?
2. Ulgurji savdoning tashkil etish turlari qanday?
3. Raqobat savdolari (ochiq yoki yopiq va auksionlarni ta'riflab bering.
4. Ulgurji yarmarkalarning asosiy maqsadi nimadan iborat?
6-BOB. XARAJATLAR HISOBINING
ASOSIY TUShUNChALARI
1. Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining
umumiy summasi tushunchasi
Korxona ishini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkich mahsulot, ish va xizmatlarning tannarxi hisoblanadi. Korxona faoliyatining moliyaviy natijalari, kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish sur'atlari, xo‘jalik yurituvchi subektning moliyaviy holati uning darajasiga bog'liq.
Korxonalarda tannarxni rejalashtirish va hisobga olish xarajatlar elementlari va xarajatlarning kal'kulyatsiya moddalari bo'yicha olib boriladi.
Xarajat elementlari - moddiy xarajatlar:
- xom ashyo va materiallar, xarid qilinadigan butlovchi buyumlar va yarim fabrikatlar, yoqilg’i, elektr energiyasi, isitish va h.k.;
- mehnatga haq to'lash xarajatlari, ijtimoiy ehtiyojlar uchun ajratmalar, asosiy vositalar amortizatsiyasi, boshqa xarajatlar (ijara to‘lovi, majburiy sug’urta to‘lovlari, bank krediti bo'yicha foizlar, mahsulot tannarxiga qo‘shiladigan soliqlar, byudjetdan tashqari fondlarga ajratmalar va h.k.).
Xarajatlarni elementlarga ko‘ra guruhlash ko‘p material, energiya, mehnat, fondlar talab qilishini o'ganish va texnik taraqqiyotning ishlab chiqarish tuzilishiga ta'sirini aniqlash uchun kerak. Agar ish haqi ulushi kamayayotgan, amortizatsiya hissasi esa oshayotgan bo‘lsa, bu korxona texnik darajasining oshayotganligidan, mehnat unumdorligining o‘sayotganligidan dalolat beradi. Agar xarid qilinadigan butlovchi buyumlar, yarimfabrikatlarning ulushi oshadigan bo‘lsa, ish haqining salmog’i qisqaradi, bu kooperatsiya va ixtisoslashish darajasining oshishidan dalolatdir.
Xarajatlarni maqsadi bo'yicha, ya'ni kal'kulyatsiya moddalari bo'yicha guruhlash resurslar qaerga, qanday maqsadlarga va qancha miqdorlarda sarflanganligini ko‘rsatadi. U ko‘p nomenklaturali ishlab chiqarishda buyumlarning alohida turining tannarxini hisoblash, xarajatlarni to‘plash markazlarini aniqlash va ularni chiqartirish zahiralarini qidirish uchun kerak.
Kal'kulyatsiyaning asosiy moddalari:
1) xom ashyo va materiallar;
2) qayta ishlanadigan chiqindilar (chiqarib tashlanadi);
3) xarid qilinadigan buyumlar va yarimfabrikatlar;
4) texnologik maqsadlar uchun yoqilg’i va energiya;
5) ishlab chiqarish ishchilarining asosiy va qo'shimcha ish haqlari;
6) ishlab chiqarish ishchilarini ijtimoiy va tibbiy sug’urtalash uchun ajratmalar;
7) mashinalar va uskunalarni saqlash va ishlatish xarajatlari;
8) umumishlab chiqarish xarajatlari;
9) nuqson (brak)dan yo'qotishlar;
10)boshqa ishlab chiqarish xarajatlari;
11)tijorat xarajatlari.
Ko‘rsatib o‘tilgan guruhlashdan tashqari ishlab chiqarish xarajatlari yana boshqa jihatlar bo'yicha ham tasniflanadi:
1. Ishlab chiqarish jarayonidagi iqtisodiy roli bo'yicha - asosiy va qo'shimcha xarajatlar. Ishlab chiqarishning texnologik jarayoni bilan bevosita bog'liq xarajatlarga asosiy xarajatlar deyiladi. Qo‘shimcha xarajatlar ishlab chiqarishni tashkil qilish, unga xizmat ko‘rsatish va uni boshqarish munosabati bilan shakllanadi (umumishlab chiqarish xarajatlari).
2. Tarkibi (bir turliligi) bo'yicha - bir elementli va kompleks xarajatlar. Bir element (ish haqi, amortizatsiya va boshqa)dan iborat bo'lgan xarajatlar bir elementli xarajatlar deyiladi. Bir necha elementdan iborat xarajatlar, masalan, tarkibiga tegishli personalning ish haqi, binolarning amortizatsiyasi va boshqa bir elementli xarajatlar kiradigan sex va umumzavod xarajatlari kompleks xarajatlar deb ataladi.
3. Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan - o'zgaruvchan va doimiy xarajatlar. O‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish va mahsulot sotish hajmiga bog'liq bo'ladi. Asosan, bular ishlab chiqarish va mahsulot sotish xarajatlaridir (bevosita ish haqi, xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, elektr energiyasi xarajatlari va boshqalar). o‘zgaruvchan xarajatlarning alohida elementlari, o'z navbatida, ularni o'zgarish sur'atlariga qarab, mutanosib, o'sib boruvchi va digressiv o'zgaruvchan xarajatlarga bo‘linadi. Lekin, o‘rta hisobda o'zgaruvchan xarajatlar mahsulot ishlab chiqarish hajmiga mutanosib ravishda o'zgaradi. Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish va mahsulot sotish hajmining dinamikasiga bog'liq bo'lmaydi. Birinchi o‘n bitta moddaning jami mahsulotni ishlab chiqarish qiymatini, barcha o‘n ikkita moddaning jami esa -mahsulotning to‘liq tannarxini belgilaydi. Ularning bir qismi korxonaning ishlab chiqarish quvvati (amortizatsiya, ijara to‘lovi, vaqtbay to‘lovdagi boshqaruv va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ish haqi va umumxo‘jalik xarajatlari) bilan, boshqasi esa - ishlab chiqarish va mahsulot sotishni tashkil qilish va boshqarish (tadqiqot ishlari, reklama, ishchilar malakasini oshirish xarajatlari va boshqalar) bilan bog'liq. O‘zgaruvchan xarajatlardan farqli ravishda, ishlab chiqarishni yo'lga solib bo'lmaganida va mahsulot sotish tushumi kamayganida doimiy xarajatlarni kamaytirish oson emas va bu davrda korxona xuddi o‘shanday miqdorda amortizatsiyani hisoblashi (agar bunda uskunalar sotilayotgan bo‘lmasa), oldin olingan ssudalar bo'yicha foizlarni to'lashi kerak bo'ladi.
4. Yuzaga kelishning davriyligi bo'yicha - joriy va bir martalik xarajatlar. Joriy xarajatlarga tez-tez uchrab turadigan xarajatlar, masalan, xom ashyo va materiallar xarajatlari kiradi. Bir martalik xarajatlarga mahsulotning yangi turlarini chiqarishni o'zlashtirish va unga tayyorlanish xarajatlari, yangi ishlab chiqarishlarni ishga tushirish bilan bog'liq xarajatlar va boshqalar kiradi.
5. Ishlab chiqarish jarayonida ishtiroki bo'yicha - ishlab chiqarish va tijorat xarajatlari. Ishlab chiqarish xarajatlariga tovar mahsulotini tayyorlash bilan bog'liq va uning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladigan barcha xarajatlar kiradi. Tijorat xarajatlari mahsulotni haridorlarga sotish bilan bog'liq.
6. Samaradorligi bo'yicha - unumli va unumsiz xarajatlar. Ishlab chiqarishni oqilona tashkil qilish va texnologiyada belgilangan sifatdagi mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari unumli xarajatlar hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni tashkil qilish va texnologiyadagi nuqsonlar (turib qolishlaridagi yo'qotishlar, mahsulot braki, ish vaqtidan tashqari qilinadigan ishlarga haq to'lash va boshqalar) natijasida kelib chiqadigan xarajatlar unumsiz xarajatlar hisoblanadi.
7. Mahsulot tannarxiga qo‘shilish usuli bo'yicha - to‘g’ri va egri xarajatlar (13-rasm). To‘g’ri xarajatlar ma'lum turdagi mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'ladi (xom ashyo, materiallar, ishlab chiqarish ishchilarining ish haqi va h.k.). Ular u yoki bu kal'kulyatsiya ob'ektiga to‘g’ridan-to‘g’ri tegishli bo'ladi. Egri xarajatlar bir necha turdagi mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'ladi va kal'kulyatsiya ob'ektlari bo'yicha tegishli bazaga (ishchilarning asosiy va qo'shimcha ish haqi yoki barcha to‘g’ri xarajatlar, ishlab chiqarish maydoni va boshqalarga) mutanosib ravishda taqsimlanadi. Umumishlab chiqarish va umumxo‘jalik xarajatlari, asosiy vositalarni saqlash xarajatlari va boshqalar egri xarajatlarga misol bo‘la oladi.
Butun tannarxga nisbatan foizda olingan mahsulotning umumiy tannarxida xarajatlarni alohida turlarining nisbati yoki tannarxning xarajatlarni alohida elementlari bo'yicha tuzilishi xarajatlar tuzilishi deyiladi. Tannarx tuzilishi o'zgarmas hisoblanmaydi. Tannarx tuzilishida o'zgarishlar mehnat unumdorligining o‘sishiga, ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasining takomillashtirilishiga va boshqalarga olib keladi. Mahsulot tannarxining tuzilishini o'ganish ushbu korxona uchun xarajatlarning alohida elementlari ahamiyatini to‘g’ri aniqlashga va shunga muvofiq tannarxni pasaytirish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishga imkon beradi.
13-rasm.
Bozor iqtisodiyotida xarajatlar shuningdek yaqqol va noyaqqol xarajatlarga tasniflanadi. Yaqqol xarajatlarga ishlab chiqarish omillari va oraliq buyumlarini yetkazib beruvchilariga to‘g’ri to‘lovlar shaklini oladigan xarajatlar kiradi. Yaqqol xarajatlarga ishchilar, menejerlar, xizmatchilarning ish haqlari, savdo firmalari uchun kommissiya to‘lovlari, moddiy xizmatlar, transport xarajatlari va boshqalar kiradi.
Noyaqqol xarajatlar - firma egalariga tegishli yoki yuridik shaxs sifatida firmaning mulki bo'lgan resurslardan foydalanishning muqobil xarajatlari. Bunday xarajatlar yassol to‘lovlar uchun majburiy bo'lgan shartnomalarda ko'zda tutilmaydi va buxgalteriya hisobotida aks ettirilmaydi, lekin bu ular amalda bo'lmaydi degani emas. Masalan, firma uning egasiga tegishli binodan foydalanadi va bu uchun hech qanday haq to'lamaydi. Binobarin, noyaqqol xarajatlar bu binoni kimgadir ijaraga berishdan olinishi mumkin bo'lgan pul to‘lovlariga teng bo'ladi.
To‘g’ri xarajatlar+Egri xarajatlar=Jami xarajatlar
2. To‘g’ri xarajatlar
Ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatish sohasi ishchisi uchun to‘g’ri xarajatlar - bu bevosita:
ishlab chisarilayotgan tovarlar yoki ko'rsatilgan xizmatlar;
shu tovarlarni ishlab chiqarish yoki shu xizmatlarni ko‘rsatishga taallusli bo'lgan xarajatlardir.
Chakana va ulgurji savdogarlar uchun to‘g’ri xarajatlar - bu tovarlarni keyinchalik sotish uchun ularni xarid qilishga ketadigan xarajatlardir.
To‘g’ri xarajat bo'lishi uchun xarajatlar oson hisoblanishi va to‘g’ri xarajatlarning umumiy summasida sezilarli ulushga ega bo'lishi uchun ancha katta bo'lishi kerak.
Masalan, "Baxitdan kiyimlar" atel'esida xalat tikiladi. Bu holatda gazlama va tugmachalar ishlab chiqarish uchun to‘g’ri xarajatlardan iborat, chunki:
ular xalatlarning bir qismi bo'ladi;
tikish uchun ketgan vaqtni hisoblash oson;
tikish uchun ketadigan to‘g’ri xarajatlarning umumiy summasida sezilarli ulushga ega bo'lishi uchun gazlama va tugmachalar qiymati ancha kattadir.
"Baxitdan kiyimlar" atel'esida xalatni butun kun davomida ishlaydigan xodimlar tikadi. Bu xodimlarning maoshi ham to‘g’ri xarajatlardan iborat, chunki:
ularning ishi bevosita xalat ishlab chiqarishga tegishli;
ularning tikish uchun ketgan vaqtini hisoblash oson;
xalatni tikish uchun ketadigan to‘hri xarajatlarning umumiy summasida sezilarli ulushga ega bo'lishi uchun ularning maoshi ancha kattadir.
Demak, "Baxit" xalat ishlab chiqarish bo'yicha ikkita tarkibiy sismga haq to'lashi kerak:
materiallar uchun;
mehnat uchun.
Shunday qilib, to‘hri xarajatlarning ikki tipi mavjud:
to‘hri material xarajatlari;
mehnatga haq to'lash uchun to‘hri xarajatlar.
To‘g’ri material xarajatlari - bu korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tarkibiy qismi bo'ladigan materiallar va qismlarni xarid qilishga sarflangan barcha pul resurslari.
Odatda, sanoat mahsulotining tannarxida xom ashyo va materiallar xarajatlari ancha salmog’li bo'ladi. Material xarajatlarning umumiy summasi mahsulot ishlab chiqarish hajmiga, uning tuzilishiga va alohida buyumlar uchun nisbiy xarajatlarning o'zgarishlariga bog'liq bo'lib, ular o'z navbatida mahsulot birligiga sarflangan materiallar miqdori (massasi)ga va materiallar birligining o‘rtacha narxiga bog'liqdir.
To‘g’ri material xarajatlari deb hisoblanishi uchun:
materiallarning jami qiymati oson hisoblanadigan;
materiallar qiymati ancha katta bo'lishi, ya'ni to‘g’ri material xarajatlarning umumiy summasida sezilarli ulushga ega bo'lishi kerak.
Turli korxonalar uchun to‘g’ri material xarajatlarga misollar keltiramiz.
Sartaroshlik salonida mijozlarga xizmat ko‘rsatishda permanent uchun los'on va neytralizator ishlatiladi. Іar bir sarflangan materialning miqdorini hisoblash oson. To‘hri material xarajatlarning umumiy summasida sezilarli ulushga ega bo'lishi uchun har bir materialning siymati ancha yusori.
Shuning uchun sartaroshlik saloniga permanent uchun losyon va neytralizatorga ketadigan xarajatlar to‘g’ri material xarajatlarga kiradi.
Metallga qayta ishlov berish korxonasida metall listlar, ilgaklar va boltlar eshik romlarini tayyorlash uchun tarkibiy qismlar hisoblanadi.
Bitta eshik romini tayyorlash uchun sarflanadigan har bir material miqdorini hisoblab chiqish oson. Shuning uchun metall listlar, ilgaklar va boltlarga ketadigan xarajatlar to‘g’ri material xarajatlarga kiradi.
" Kitob do‘koni hech narsa ishlab chiqarmaydi. U kanselyariya mollari, kitoblar va boshqa tovarlarni qayta sotish uchun sotib oladi. Chakana va ulgurji savdogar uchun keyinchalik qayta sotish uchun mo'ljallangan tovarlarni sotib olish siymati to‘g’ri material xarajatlarni tashkil etadi.
Mehnatga haq to'lashga ketadigan to‘g’ri xarajatlar
Mehnatga haq to'lashga ketadigan to‘g’ri xarajatlar - bu korxona tomonidan ishchi va xodimlarga ish haqi to'lashga, shuningdek bevosita mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishga jalb qilingan shaxslarga mukofot pullariga sarflangan barcha pul resurslari. To‘g’ri mehnat xarajatlari mahsulot tannarxida sezilarli salmog’li ulushga ega va uni darajasining shakllanishiga katta ta'sir ko‘rsatadi. To‘g’ri ish haqining umumiy summasi tovar mahsulotini ishlab chiqarish hajmiga, uning tuzilishiga va alohida buyumlarga ketadigan xarajatlar darajasiga bog'liq bo'lib, ular o'z navbatida ko‘p mehnat sarflanishi va 1 kishi-soat uchun mehnatga haq to'lash
bilan aniqlanadi.
Agar korxona hech nima ishlab chiqarmasa va hech qanday turdagi xizmat ko‘rsatmasa, mehnatga haq to'lashga ketadigan to‘g’ri xarajatlari bo'lmaydi.
Agar tovarni tayyorlashga ketadigan vaqtni aniqlash oson bo‘lsa, to‘g’ri mehnat xarajatlarining qiymati ancha katta va mehnatga haq to'lashga ketadigan to‘g’ri xarajatlarning umumiy summasida sezilarli ulushga ega bo‘lsa, mehnatga haq to'lash to‘g’ri xarajat hisoblanadi.
Turli korxonalar uchun mehnatga haq to'lashga ketadigan to‘g’ri xarajatlarga bir nechta misol keltiramiz.
" Sartaroshlik salonida xodimlarning ishi mijozlarning sochlarini tarab-turmaklashdan iborat. Іar bir soch turmaklashga sarflanadigan vaqtni hisoblab chiqish oson. Mehnatga haq to'lashga ketadigan to‘g’ri xarajatlarning umumiy summasida sezilarli ulushga ega bo'lishi uchun sartaroshxona xodimlari mehnat xarajatlarining qiymati ancha yuqori. Shuning uchun xodimlar ishiga haq to'lash mehnatga haq to'lashga ketadigan to‘g’ri xarajatlarga kiradi.
" Metallga qayta ishlov berish korxonasida ishchilar metalldan turli mahsulot ishlab chiqaradi. Har bir tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqtni hisoblab chiqish oson. Mehnatga haq to'lashga ketadigan to‘g’ri xarajatlarning umumiy summasida sezilarli ulushga ega bo'lishi uchun ishlovchi xodimlarni mehnat xarajatlarining qiymati ancha yuqori. Shuning uchun korxona tomonidan to'langan ishchilarning ish haqi mehnatga haq to'lashga ketadigan to‘g’ri xarajatlarni tashkil etadi.
" Ulgurji va chakana savdogarlari kitob do‘koni kabi bevosita tovar ishlab chiqarish bilan mashg’ul bo'ladigan ishchi kuchini yollamaydi. Demak, ularda hech qanday mehnatga haq to'lashga ketadigan to‘g’ri xarajatlar bo'lmaydi. Chakana va ulgurji savdogar uchun ish haqlari, okladlar va mukofot pullarining barcha summalari mehnatga haq to'lashga ketadigan to‘g’ri xarajatlar hisoblanmaydi.
3. Egri xarajatlar
Ishlab chiqarish uchun nafaqat to‘g’ri xarajatlar xos. Barcha korxonalar ishlab chiqarish binolari va joylarini ijaraga olish, elektr energiyasi va transport, litsenziyalash, texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta'mirlash xarajatlariga duch keladi. Mahsulot tannarxida egri xarajatlar quyidagi kompleks moddalardan iborat: uskunalarni saqlash va ishlatish xarajatlari, umumishlab chiqarish, umumxo‘jalik va tijorat xarajatlari.
Mashina va uskunalarni saqlash va ishlatish xarajatlari quyidagilarni o'z
ichiga oladi:
mashina va texnologik uskunalar amortizatsiyasi, ularni ta'mirlash va ishlatish xarajatlari;
yuklarni zavod ichida tashish xarajatlari;
past baholi va tez eskiruvchi buyumlarning eskirishi va h.k.
Umumishlab chiqarish va umumxo‘jalik xarajatlari quyidagilarni o'z ichiga oladi:
boshqaruv apparati xodimlari ish haqi;
sinovlar, tajribalarga xarajatlar;
bino va inshootlarning joriy ta'miri;
bino va inshootlarni saqlash (amortizatsiya, yoritish, isitish, suv ta'minoti va boshqalar);
xizmat safarlari xarajatlari;
material va mahsulotlarning buzilishi va kamomadi natijasidagi xarajatlar;
ish haqidan solish va ajratmalar;
mehnatni muhofazalash xarajatlari va h.k.
Tijorat xarajatlari quyidagi xarajatlarni o'z ichiga oladi:
mahsulotni xaridorlarga yetkazish bo'yicha xarajatlar (tushirish-ortish ishlari, yetkazib berish);
tara va o‘rab-joylash materiallari xarajatlari;
reklama, sotish bozorlarini o'ganish va h.k.
Egri xarajatlar - korxona ish yuritishi davomida sarflaydigan to‘g’ri xarajatlardan boshqa xarajatlar. Egri xarajatlar, odatda, qandaydir bir muayyan buyum yoki xizmatga bevosita alosador bo'lmaydi. Egri xarajatlar ba'zan qo'shimcha xarajatlar ham deb ataladi.
Egri xarajatlarga bir nechta misol keltiramiz.
Binolar va uskunalar uchun egri xarajatlarga ijara, elektr energiyasi va suv, texnik xizmat ko‘rsatish, joriy ta'mirlash va uskunani tuzatish, sug’urtalash xarajatlari kiradi.
Egri xarajatlar mahsulot ishlab chiqarishda bevosita band bo'lmagan xodimlarga ish haqi to'lashni o'z ichiga oladi (bu yerga ish egasining ish haqi ham qo‘shiladi). Masalan, sotuvchilar, kuryerlar, farroshlar va qo‘riqchilar ish haqlari - bular egri xarajatlar. Chakana va ulgurji savdogarlar uchun barcha okladlar va ish haqlari egri xarajatlarga kiradi. Ular mehnatga haq to'lashga ketadigan egri xarajatlar deyiladi.
Egri xarajatlarga yana bir misol - ofis xarajatlari va kanselyariya mollari, pochta xizmatlari, telefon haqi, kredit uchun foizlar, xodimlarni o‘qitish va h.k.
Ba'zan odatda to‘g’ri xarajatlarga kiradigan xarajatlar egri xarajatlarga ham kiritilishi mumkin. Masalan, xalat tikish uchun "Baxitdan kiyimlar" atel'esi iplardan foydalanadi. Ular quyidagi sabablarga ko‘ra iplarni to‘g’ri xarajatlarga emas, egri xarajatlarga kiritadi:
" bitta himoya xalatini tikishga sarflangan iplar miqdori juda kam bo'ladi va uni hisoblash qiyin;
" to‘g’ri material xarajatlarning umumiy summasida sezilarli ulushga ega bo'lishi uchun bitta himoya xalatini tikishga kam miqdorda sarflangan iplarning qiymati unchalik yuqori emas.
"Baxitdan kiyimlar" atel'esida himoya xalatlari va boshqa kiyimlarning tikilishini kuzatadigan sifat nazoratchisi ishlaydi. Nazoratchining ish haqi egri xarajatlarga kiritiladi, sababi nazoratchi xalatlarni ishlab chiqarishni nazorat qilishga qancha vaqt sarflaganini hisoblash qiyin, chunki u bir vaqtning o'zida boshqa tayyor mahsulotning sifatini ham nazorat qiladi.
Shunday qilib, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatishga ketadigan umumiy xarajatlar quyidagi xarajatlar turlaridan iborat bo'ladi.
To‘g’ri material xarajatlar
Mehnatga haq to'lashga ketadigan to‘g’ri xarajatlar
Egri
xarajatlar
Jami
xarajatlar
+ + +
Tovar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishga ketadigan xarajatlarni to‘g’ri hisoblab chiqish uchun korxonadagi xarajatlarni turli xillarining mohiyatini aniq tushunib olish zarur. Xarajatlarni jiddiy tahlil qilish va:
" qanday xarajatlar to‘g’ri xarajatlarga;
" qandaylari - egri xarajatlarga kirishini aniqlash zarur.
Mahsulot tannarxini pasaytirish zahiralari
Mahsulot tannarxini pasaytirish zahiralarining asosiy manbalari quyidagilardan iborat:
1) korxonaning ishlab chiqarish quvvatlaridan yanada to'laroq foydalanish hisobiga uni ishlab chiqarish hajmini oshirish. Mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishda faqat o'zgaruvchan xarajatlar oshadi, doimiy xarajatlar summasi esa, odatda, o'zgarmaydi, natijada buyumlarning tannarxi pasayadi;
2) mehnat unumdorligi darajasini oshirish, xom ashyo, materiallar, elektr energiya, yoqilg’i, uskunalardan tejab foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlarini, ishlab chiqarish braklarini chiqartirish, ishlab chiqarishning yangi, yanada ilg’or texnika va texnologiyalarini joriy etish, mehnatni tashkil etishni yaxshilash va boshqalar hisobiga uni ishlab chiqarish xarajatlarini chiqartirish.
Nazorat savollari
1. Korxonalarda tannarxni rejalashtirish va hisoblash qanday amalga oshiriladi?
2. Xarajatlarni elementlar bo'yicha guruhlash nima uchun zarur?
3. Xarajatlarni kal'kulyatsiya moddalari bo'yicha guruhlashdan maqsad nima? Kal'kulyatsiya moddalarini sanab bering?
4. Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari qanday belgilari bo'yicha guruhlanadi? (Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining tasniflanishi.)
7-BOB. IShLAB CHIQARISH VA ATROF MUHIT
Bizning kunlarimizda ishlab chiqarish menejerlari o'z vaqtlarining anchagina qismini atrof muhit bilan bog'liq muammolarni hal qilishga sarflaydilar. Kompaniya faoliyatining deyarli har bir sohasida atrof
muhitni ifloslantirish xavfi mavjuddir. Sanoat korxonalari havo va suvni ifloslantirish, qattiq chiqindilarni ko‘mish, ortiqcha shovqin va hokazo kabi bir qator noxush muammolarni yuzaga keltiradilar.
Xizmatlar ko‘rsatish sohasi, hatto xizmat ko‘rsatish korxonalarining faoliyati ifloslantirishga olib kelmasa ham, atrof muhit bilan bog'liq muammolardan sochib qutula olmaydi, ofis binolarida yuzlab odamlar to‘planishining o'zi ham muammolarni yuzaga keltirishi mumkin.
Shuning uchun ham ifloslantirishni nazorat qilish aksariyat hollarda juda qimmatga tushadigan tadbir hisoblanadi, bu muammolarning ko‘plari atrof muhitning holati o‘ta yomonlashishiga olib keladi. Lekin ishlab chiqaruvchi korxonalarning aksariyat qismi atrof muhitni ifloslantirishni, ifloslantirishga qarshi kurash xarajatlarini kamaytirish usullarini izlab topmoqdalar.
Katta sanoat korxonalari o'z ishini tozalash inshootlarini qurmasdan boshlay olmaydilar.
Ekologik krizis xavfi
Inson xo‘jalik faoliyatining miqyoslari tobora oshib borishi, ilmiy-texnika taraqqiyotining jadal rivojlanishi planetamizda ekologik muvozanatning buzilishiga olib keldi.
Moddiy ishlab chiqarish sohasida tabiiy resurslardan foydalanish oshdi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi 40 yil mobaynida insoniyat tarixining bundan oldingi davrida qancha mineral xom ashyodan foydalanilgan bo‘lsa shuncha mineral xom ashyodan foydalanildi. Lekin xom ashyo zahiralari yangidan tiklanmaydi, olimlarimizning hisoblab chiqishiga ko‘ra ular bir necha ming yildan so‘ng tugaydi.
Hatto doimo yangilanib turadigandek tuyuladigan o‘rmon resurslari ham amalda juda tez kamayib bormoqda. Jahon miqyosida o‘rmonlarni kesish uning o‘sishidan 18 marta oshib ketgan. o‘rmon maydonlari yil sayin kamayib bormoqda, tuproqning unumdor qatlami yomonlashib bormoqda. Aniqlanishicha, yer bir santimetr qora tuproqni 300 yil davomida to‘playdi, bir santimetr shunday tuproq esa hozirda 3 yil ichida yo‘q bo'ylab ketmoqda.
Planetamizning - jahon okeani va atmosfera havosining ifloslanishi ham katta xavf tug’dirmoqda. jahon okeani asosan dengiz tubidan neft qazib olishning kengayib borishi hisobiga doimiy ravishda ifloslanmosda. Juda katta neft dog’lari okean uchun halokatlidir. Okeanga million tonnalab fosfor, qo‘rg’oshin, radioaktiv chiqindilar chiqarib tashlanadi. Okean suvining har bir kvadrat metriga hozirgi vaqtda suruslikdan 17 t gacha turli chiqindilar to‘g’ri keladi.
Chuchuk suv tabiatning eng rivojlangan qismi bo'lib qoldi. Osava suvlar, pestitsidlar, o‘g’itlar, dezinfeksiyalash vositalari, simob, margimush, qo‘rhoshin, rux ko'plab miqdorda daryo va ko‘llarga tushmoqda.
Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra Yerning ba'zi rayonlarida kasalliklarning 80% sifatsiz suv iste'mol qilish oqibatida kelib chiqqan.
Shaharlar atrofidan o‘simliklar hidi bilan to‘yingan sof havo yo‘qolib bormoqda, daryolar osava kanallarga aylanib qolmoqda. Konserva banklari uyumlari, shisha siniqlari va boshqa axlat, yo'llarning bo‘yidagi axlattepalar, axlat bosgan hududlar, buzilgan tabiat - uzoq davom etgan industrial dunyo hukmronligining oqibati ana shunday. I.A.Karimovning "O‘zbekiston XXI asr bo‘sag’asida" (1997 yil) kitobining "Xavfsizlik tahdidlari" deb atalgan birinchi bobida respublikaning ekologik muammolari sanab o‘tilgan va ekologik xavfsizlikni kuchaytirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan. I.A.Karimov milliy xavfsizlikning yashirin tahdidlari orasida ekologik xavfsizlik va atrof muhitni muhofazalash muammosiga alohida e'tibor qaratilishi zarurligini ta'kidlab o‘tadi. Prezident I.A.Karimov tomonidan keltirilgan misollar xo‘jalik yurtishning sotsialistik tizimi iqtisodiyotining ekstensiv rivojlanishi, bir qator MDH mamlakatlarining stixiyali tarzda bozor iqtisodiyotiga o‘tishining oqibatlarini ishonchli tarzda ko‘rsatib beradi.
Ekologik muammolar jahonning barcha mintaqa va mamlakatlarida dolzarb, faqat uning keskinlik darajasi turlichadir. Afsuski, ekologik tanazzul O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi.
Mutaxassilarning baholashicha respublikadagi o‘ta murakkab, aytish mumkinki, xavfli vaziyat nimadan iborat?
Birinchidan, yerlarning cheklanganlik va uning sifat tarkibi pastligi xavfi doimiy ravishda ortib bormoqda. Respublikaning o'ziga xosligi shundaki, 447,4 ming kv. metrga teng bo'lgan umumiy yer maydonining faqat 10% ni ekin maydonlari, anchagina qismini esa cho‘l va yarimcho‘l yerlar tashkil etadi. Yer maydonlariga to‘g’ri keladigan demografik yuklanish juda yuqori hisoblanadi. Markaziy Osiyo mamlakatlaridan faqat O’zbekistonda aholi zichligi eng yuqori bo'lib, u 51,4 kishini tashkil etadi.
Tuproqlarning unumdorligiga shamol va suv eroziyasi salbiy ta'sir etadi. Respublikada 2 mln. gektardan ortiq yer maydonlari yoki barcha sug’oriladigan yerlarning deyarli yarmida deflyatsion xavf mavjud.
O‘zbekistonda yerlarning yuqori darajada sho‘rlanganligi katta muammo hisoblanadi. Bu yer maydonlarini yoppasiga o'zlashtirish oqibatida yuzaga keldi, chunki bunda hatto sho‘rlangan va melioratsiyaga yaroqsiz yerlar ham yoppasiga qishloq xo‘jalik aylanmasiga kiritildi.
O‘zbekistonda noorganik mineral o‘g’itlar, gerbitsidlar va pestitsidlarni qo‘llanish darajasi yo'l qo‘yiladigan normalardan o‘nlab marta yuqoridir.
Tuproqlarning turli sanoat va maishiy chiqindilar bilan juda tez sur'atlarda ifloslanishi ham katta xavf tuhdirmoqda.
Foydali qazilmalarni jadal qazib chiqarish natijasida katta hajmdagi ag’darmalar, kul, shlak va boshqa moddalar to‘planmoqda va ular tuproq, yuza yer osti suvlari va atmosfera havosini ifloslantirish manbai bo'lib qolmoqda.
Respublikada hali radioaktiv chiqindilarni sanoat asosida qayta ishlash va utillashtirish muammosi (Qirg’izistondagi Mayllushuv daryosi qirg’oqlari bo‘yidagi uran rudasini qayta ishlash chiqindilari, Navoiy viloyatidagi radioaktiv qum saqlash omborlari) to'la hal qilinmagan.
Yer to'g’risidagi davlat qonunchiligining asoslari yer munosabatlarining hususiy, ekologik va tashkiliy tamoyillarini belgilab beradi. Ular tuproqdan oqilona foydalanish, yer resurslarini muhofazalash, yerda xo‘jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqli rivojlantirish, yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlariga rioya qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.
Ikkinchidan, suv resurslarining yetishmasligi va ifloslanganligi ham katta xavf uyg’otadi. Respublikaning daryolari, kanallari, suv omborlari va yer osti suvlari turli-tuman antropogen ta'sirlarga uchragan. Amudaryo va Sirdaryo daryolari respublikaning asosiy suv arteriyalari hisoblanadi.
Olimlarning baholashicha, Amudaryo daryosi o'zining o‘rtacha oqishida tirik mavjudotlar uchun halokatli bo'lgan dozadagi zaharli ximikatlar va o‘g’itlarni olib o‘tadi, ular daryoga paxta dalalarini yuvish va drenaj suvlari bilan chiqarib tashlangandir.
60-yillardan boshlab yangi yerlarning o'zlashtirilishi, sanoat, chorvachilik majmualarining ekstensiv rivojlantirilishi va boshqa jarayonlar munosabati bilan daryo havzalaridagi suv sifati jadal yomonlasha boshladi, bu esa ekologik, gigienik va santariya-epidemiologik vaziyatning, ayniqsa daryo bo‘ylarida, yomonlashishiga olib keldi.
Suv qonunchiligining vazifalari - aholi, sanoat va qishlos xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suvdan oqilona foydalanishni ta'minlash maqsadida suv munosabatlarini tartibga solish; suvlarni ifloslanish, o‘t bosishi va kamayishdan muhofazalash; suvlarning zararli ta'sirining oldini olish va bartaraf etish; suv ob'ektlarining holatini yaxshilash, shuningdek korxonalar, muassasalar va fuqarolarning suv resurslaridan foydalanish bo'yicha mavjud qoidalarga rioya qilishlarini nazorat qilish.
Suv resurslaridan foydalanadigan barcha sanoat korxonalari ishlab chiqarish texnologiyalari va suv ta'minoti sxemalarini takomillashtirish yo'li bilan suv sarfini kamaytirish va osava suvlarni chiqarib tashlashni to‘xtatish, suvsiz texnologik jarayonlarni rivojlantirish, aylanma suv ta'minotini joriy etish, suv bilan sovitish o‘rniga havo bilan sovitish va osava suvlar chiqishini istisno etadigan boshqa texnik usullarni qo‘llanish bo'yicha chora-tadbirlarni ko‘rishlari shart.
Uchinchidan, Orol dengizining yo‘qolib borish muammosi eng o‘tkir ekologik muammo, aytish mumkinki, milliy falokat bo'lib qoldi. Suvdan o‘ta va nooqilona foydalanish (asosan sug’orish maqsadlarida) Amudaryo va Sirdaryo daryolari havzasi resurslarining tugashiga olib keldi. Orol dengizining qurib borayotgan tubi ko'plab miqdorda tuz to‘planish va tuz-chang bo‘ronlari paydo bo‘lish o‘chog’iga aylandi. Tuproqqa hech bir nazoratsiz mineral o‘g’itlarni solish sug’oriladigan yerlarning zaharlanishi va ularning atrof muhitni zaharlash manbaiga aylanishiga olib keldi. Daryolar suvida zaharli kimyoviy moddalar, og’ir metallar, kanserogen moddalar zararli komponentlari, zararli bakteriyalarning yuqori konsentratsiyada to‘planganligi aniqlandi. Odamlar ichish uchun uncha yaroqli bo'lmagan suvdan foydalanadilar, tez-tez kasal bo'ladilar, oqibatda bolalar va onalar o‘limi ko‘payadi.
Bugungi kunda O‘rta Osiyoning ikki buyuk daryosi Orolga yetib bormayapti. Biz dunyodagi eng yirik yopiq suv havzalaridan birining yo‘q bo'lib borayotganligining guvohi bo'lib turibmiz Bir avlod ko'z o‘ngida butun bir dengizning yo‘q bo'lishi hali insoniyat tarixida kuzatilmagan.
Orol muammosining butun dolzarbligini tushungan Markaziy Osiyo hukumati, mintaqaning mutaxassislari va ilmiy jamoatchiligi, xalqaro tashkilotlar 1995 yil 20 sentyabrda Nukus shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va xalqaro tashkilotlarning Orol dengizi havzasini barqaror rivojlantirish muammolari bo'yicha deklaratsiyasini qabul qildilar. 1997 yilning fevralida Almaata shahrida beshta Markaziy Osiyo davlatlari boshlislarining BMT, Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokidagi uchrashuvida Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi tashkil etildi.
To‘rtinchidan, havo fazosining ifloslanishi respublikada ekologik xavfsizlikka tahdid hisoblanadi. Mutaxassislarning ma'lumotlariga ko‘ra har yili respublikaning atmosfera havosiga 4 mln. tonnaga yaqsin zararli moddalar chiqarib tashlanadi. Bu uglerod, oltingugurt va azot oksidlari, qurum, yonib bitmagan uglerodlar va boshqalardir.
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar bular avtomobillar va transportning boshqa turlari, shuningdek sanoat korxonalari hisoblanadi. Vodorod va uglerod yonilg’i yonish jarayonida atmosferadagi kislorod bilan birlashadi.
Atmosferaga chiqariladigan antropogen kelib chiqishga ega tashlamalarning yarmiga yaqinini tashkil etadigan avtotransport tashlanmalari avtomashina dvigateli va karteri tashlanmalari, mexanik qismlar, pokrishkalar va yo'l qoplamalarining yedirilishidan hosil bo'ladi.
Atmosfera havosi sanoat chisindilari bilan ham ifloslanadi. Metallurgiya, kimyo, sement va sanoatning boshqa tarmoqlari korxonalari atmosferaga juda katta miqdorlarda turli texnologik hamda ishlab chiqarish jarayonlarida ajralib chiqadigan oltingugurt va boshqa zararli gazlarning kulini chiqarib tashlaydi.
Cho‘yan va po‘lat eritish jarayonlarida ham atmosferaga turli gazlar chiqarib tashlana boshladi. Aglomeratsiya fabrikalari havoni oltingugurtli gaz bilan ifloslantiradi. Rangli metallurgiya korxonalarining tashlanmalari zaharli changsimon moddalar, margimush, qo‘rhoshindan iborat va shuning uchun ham juda xavflidir. Neft qazib chiqarish va neftga kimyoviy ishlov berish korxonalarining havoga chiqarib tashlaydigan tashlanmalari tarkibida katta miqdordagi uglevodorod, vodorod sulfid va yomon hidli gazlar mavjud bo'ladi. Sement va surilish materiallari korxonalari ham atmosferani turli chang bilan zararlaydi. Kimyo sanoati korxonalarining asosiy tashlanmalari uglerod oksid, azot dioksidlari, ammiak, vodorod sul'fid va uglerod sulfid, xlorli va ftorli birikmalardan iborat.
Qishloq joylarida havoni ifloslantirish manbalari chorvachilik va parrandachilik fermalari, go‘sht ishlab chiqarish bo'yicha sanoat komplekslari, energetika va issiqlik korxonalari, shuningdek qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan pestitsidlar (omborlar, chigitni dorilash joylari va pestitsidlar bilan ishlov beriladigan dalalarning o'zi, paxta tozalash zavodlari) hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan atmosfera havosini muhofazalash to'g’isidagi qonun atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlashning yo'l qo‘yiladigan eng chegaraviy normativlarini belgilash to'g’risidagi talablarni ko'zda tutadi. Gigienik normativlar - bu korxona rahbarlariga talablar. Ularning bajarilishini davlat sanitariya nazorati organlari kuzatib boradilar.
Qonunchilikda ko'zda tutilgan chiqarib tashlanadigan tashlamalarning yo'l qo‘yiladigan normalarining kiritilishi korxonalarning bu normativlarga rioya qilishi uchun muayyan mas'uliyatini, chang va gazni tutib qoladigan surilmalarning uzluksiz ishlashi, kam chiqindili va chiqindisiz texnologik jarayonlarni tezroq joriy etishdan manfaatdorligini belgilab beradi.
Iqtisodiy normativlarning boshqa guruhi - atrof muhitni ifloslantirganlik uchun to‘lovlar. Bu borada yangi soliq tizimi muhim rahbatlantiruvchi rol' o‘ynashi mumkin. U korxonalar foydasining atrof muhitni muhofazalash ishlariga yo‘naltirilgan qismini soliqlardan ozod etishni ko'zda tutadi. Shunday shartlar ishlab chiqiladiki, bunda atrof muhitni avariyali ifloslantirishda aybdor bo'lgan korxonalarning yetkazilgan zararni to'la qoplashi zarur bo'ladi. Vakolatli jamoat nazorati va tabiatdan foydalanishga taalluqli masalalar bo'yicha to'la oshkoralik ekologik vaziyatni muvaffaqiyatli sog’lomlashtirish uchun muayyan kafolatlarni yaratib beradi.
O‘zbekiston MDH mamlakatlarining Davlatlararo ekologik kengashining to'la huquqli a'zosidir. Hozirgi vaqtda respublikada istiqbolga - 2005 yilgacha mo'ljallangan atrof muhitni muhofazalash va tabiat resurslaridan oqilona foydalanish bo'yicha Davlat dasturi ishlab chiqilgan. Tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni muhofazalash sohasidagi barcha faoliyat uning asosida tashkil etilgan.
Ilmiy-texnika tarassiyoti va ekologik al'ternativa
Ekologik tanazzuldan chiqishning haqiqiy istiqboli - insonning ishlab chiqarish faoliyatini, uning ongini va hayot tarzini o'zgartirishdan iborat. ITT tabiat uchun faqat "ortiqcha yuk" hosil qilmaydi; U yopiq sikl tamoyili bo'yicha qurilgan eng ilg’or resurs tejovchi va chiqindisiz texnologiyalarda salbiy oqibatlarning oldini olish imkonini beradi, ekologik sof ishlab chiqarish uchun imkoniyatlar yaratadi. Shunday qilib, bugungi kunda texnologik sivilizatsiyaning mohiyatini o'zgartirish, uni tabiatni muhofazalaydigan qilish nafaqat dolzarb zaruriyatga aylandi, balki shunday qilish uchun haqiqiy shart-sharoitlar yuzaga keldi.
Bunday rivojlantirishning yo‘nalishlaridan biri - chiqindisiz texnologiyalarni yaratish. Fan yutuqlaridan foydalanib, texnologik jarayonni shunday tashkil etish mumkinki, bunda ishlab chiqarish chiqindilari atrof muhitni ifloslantirmasin, balki ikkilamchi xom ashyo sifatida ishlab chiqarish sikliga qaytarilsin.
Resurslarni tejash - xalq xo‘jaligining tobora oshib borayotgan ehtiyojlarini qondirishning hal qiluvchi manbaidir. Yonilg’i, energiya, xom ashyo va materiallarga ehtiyojning o'sib borishi 75-80% ga ularni iqtisod qilish hisobiga (nobudgarchilik va nooqilona sarflarni bartaraf etish) qondirilishi zarur.
Chiqindisiz texnologiya deganda ishlab chiqarishni "dastlabki xom ashyo resurslari - ishlab chiqarish - iste'mol - ikkilamchi xom ashyo resurslari" sikli xom ashyoning barcha tarkibiy qismlari, energiya turlarining barchasidan osilona foydalangan va ekologik muvozanatni buzmagan holda tashkil etish tamoyili tushuniladi.
Boshqacha aytganda, ishlab chiqarish siklida foydalanilgan barcha dastlabki xom ashyo oxir-oqibatda u yoki bu mahsulotga aylanadigan ishlab chiqarish chiqindisiz ishlab chiqarish hisoblanadi. Chiqindisiz ishlab chiqarish ishlab chiqarish kombinat, tarmoq, mintaqa miqyosida tashkil etilishi mumkin, bu
uzoq davom etadigan va asta-sekinlik bilan yuz beradigan jarayon bo'lib, uning asosini umuman yangi texnologik jarayon va uskunalar tashkil etadi.
Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, issiqlik-energetika, tog’-kon sanoati, koks-kimyo tarmoqlari chiqindilarining 80% dan ishlab chiqarish jarayonida yana foydalanish mumkin ekan, bunda ulardan olinadigan mahsulot o'z sifati bo'yicha ko‘p hollarda dastlabki xom ashyodan tayyorlangan buyumlardan ustun turadi. Masalan, gaz-beton ishlab chiqarishda qo'shimcha sifatida qo‘llaniladigan issiqlik elektr stansiyalarining kuli qurilish panellari va bloklari mustahkamlagini deyarli 2 marta oshiradi.
Novosibirsk olimlari o'ziga xos bo'lgan hoyani - ko'plab korxonalar tashlanmalarining boshqariladigan o'zaro ta'siri asosida chiqindisiz sanoat markazini, boshqacha aytganda oddiy kanalizatsiyaning gazli analogini tashkil etishni taklif etdilar.
Chiqindisiz ishlab chiqarish juda katta miqdorlarda chiqindi to‘planadigan ishlab chiqarishni bu chiqindilarning iste'molchilari bo'lgan ishlab chiqarish,
masalan, surilish materiallari korxonalari bilan kooperatsiyalashni ko'zda tutadi.
Sementning yangi turi - alinitli sement olish uchun uskunalar yaratish sohasida har tamomila yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Juda qo‘pol va katta aylanuvchi pechlar o‘rniga ixcham konveyer texnologiyalari keladi.
Issiqlik elektr stansiyalari uchun atmosferaga chiqarib tashlanadigan tashlanmalarni tozalash masalasining ancha samarali yechimi tutun trubalarini qurishdan iborat bo'lib qolmoqda, bunda zararli gazlar va qattiq zarrachalar ularning yuzaga kelish manbaidan ancha uzoqqa olib ketiladi va tarqalib ketadi.
AESlarga energiya bilan ta'minlash tizimida markaziy o‘rin egallashga imkon beradigan texnologiyalar yo‘q. Hozirgi zamon atom texnologiyalarida yonilg’idan foydalanish KPD ancha past - 2-3%.
Energiyaning ba'zi al'ternativ manbalari (IES, AES va IGES larga nisbatan) ekologik sof hisoblanadi. Quyosh, shamol, suv ko‘tarilishi, geotermal manbalar energiyasidan amaliyotda foydalanish usullarini izlash
davom etmoqda.
Tabiatni tiklashga yordam beradigan tarmoqlar (o‘rmon, suv xo‘jaligi va boshqalar) katta ahamiyatga ega.
Ekologik vaziyat tabiiy muhitga aralashish bilan bog'liq har qanday faoliyat oqibatlarini baholash zaruriyatini talab qiladi. Barcha texnik loyihalarni ekologik ekspertizadan o‘tkazish zarur. Hozirgi zamon fani ayrim odamni, ham umuman insoniyatni hamda atrof muhitni yagona tizim sifatida qaraydi.
Korxonalarda mehnatni ilmiy tashkil etishning mazmuni va vazifalari
Ilmiy-texnika taraqqiyoti (ITT) ning jadallashuvi - mehnat unumdorligi o‘sishini jadallashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish kalitidir. Mehnat unumdorligining oshishiga ishlab chiqarishning texnik
darajasini oshirish, ishlab chiqarishni va alohida xodimlarning mehnatini tashkil etishni yaxshilash, mehnatni oqilona boshqarish, mehnat intizomiga rioya qilish hisobiga erishiladi.
Mehnatni tashkil etishni yaxshilash mehnatni ilmiy tashkil etish (MIT) ni joriy etish bilan ta'minlanadi. MIT (NOT) - bu mehnatni shunday tashkil etishki, u ishchilarga ishlarni imkon qadar kam kuch va vaqt sarflab bajarish imkoniyatini beradi va moddiy hamda mehnat resurslari, har bir ishlovchining ishlab chiqarish malakasi va ijodiy qobiliyatlaridan yanada samarali foydalanishni, og’ir qo‘l mehnati va atrof muhitning ishlovchilar organizmiga noqulay ta'sirini bartaraf etishni ta'minlaydi.
Korxonada MIT ning vazifalari quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |