Ishlab chiqarish iqtisodiyoti II


Texnologiyalar qanday sotib olinadi



Download 0,58 Mb.
bet17/23
Sana01.06.2022
Hajmi0,58 Mb.
#625380
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
ishlab chiqarish2 Maxkamova

3. Texnologiyalar qanday sotib olinadi

Texnologiyani "bog'liq holda" - yangi mashinalar, materiallar va uskunalar bilan birga sotib olish mumkin. Odatda, ishlab chiqarish vositalarini yetkazib beruvchilar, ya'ni savdo agentlari-vositachilar sotib olingan ishlab chiqarish vositalarini montaj qilish, ishga tushirish, sozlashda yordam ko‘rsatib, texnik xodimlarni ularga xizmat ko‘rsatishga tayyorlab, ehtiyot qismlar bilan ta'minlash va ta'mirlashni ta'minlab, ularga texnik xizmat ko‘rsatishni ham amalga oshiradilar.


Texnologiyani "sof holda" sotib olish, ya'ni ixtiro, ishlanma, takomillashtirish, savdo markalari, modellarni shundaygina sotib olishlari ham mumkin. Agar masalaning texnik yechimi faoliyatning istalgan sohasida muqim farqlarga ega bo‘lsa va ijobiy samara beradigan bo‘lsa ixtiro deb tan olinadi. Yangi qurilmalarni, ish usullarini, moddalarni va ulardan foydalanishning yangi maqsadlarini yaratish ixtiro deb hisoblanadi.
Quyidagilar ixtiro deb tan olinmaydi: ilmiy nazariya va matematik usullar; xo‘jalikni tashkil etish va boshqarish usullari; shartli belgilar va boshqalar, shuningdek jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq tamoyillariga zid bo'lgan yechimlar. Shuni yodda tutish muhimki, barcha ilmiy-texnik tovarlar odatda patentlangan bo'ladi. Bu, bir tomondan, tovarning texnik tavsiflari, uning yangiligi to‘g’risida guvohnoma - patent mavjudligini bildirsa, ikkinchi tomondan esa tovarning texnik tavsifi, yangiligiga qayd etilgan egalik huquqi, ya'ni patent huquqi mavjudligini bildiradi. Patent egasi bu holda ilmiy-texnik tovarni sotish, undan amaliyotda foydalanish uchun alohida huquqqa ega bo'ladi.
Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari (sanoat faoliyati obyektlari) ni yaratish, hususiy muhofaza qilish va foydalanish munosabati bilan yuzaga keladigan munosabatlar O‘zR "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g’risida"gi qonuni bilan tartibga solinadi.
O‘zR Davlat patent idorasi qonunga muvofiq ravishda sanoat mulki ob'yektlarini muhofazalash sohasida yagona davlat siyosatini olib boradi, sanoat mulki obyektlariga arizalarni ko'rib chiqish uchun qabul qiladi, ular bo'yicha davlat ilmiy-texnika ekspertizasini o‘tkazadi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi, muhofaza hujjatlarini beradi, rasmiy byulleten nashr qiladi, qonunning qo‘llanilishi bo'yicha qoidalar va tushuntirishlarni chop etadi va patent idorasi to'g’risidagi nzomga muvofiq ravishda boshqa vazifalarni ham bajaradi. Sanoat mulki obyektiga egalik huquqi uning muallifi (mualliflari) yoki uning (ularning) vorisi (vorislari)ga tegishlidir va patent, dastlabki patent, guvohnoma bilan tasdiqlanadi.
Dastlabki patent va guvohnoma dastlabki ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng, patent esa mohiyati bo'yicha ekspertiza o‘tkazilgandan keyin beriladi.
Ixtiroga berilgan patent ixtironing yangiligi, ixtiro darajasi, uning haqiqatda mavjudligi va patent egasining ixtiroga egalik qilish, tasarruf etish va foydalanish bo'yicha alohida huquqlarini tasdiqlaydi.
Ixtiro uchun beriladigan patent 20 yil, sanoat obyektiga patent esa 10 yil mobaynida amal qiladi. Dastlabki patent va guvohnoma esa 5 yil davomida amal qiladi. Hozirgi zamon sharoitlarida patenning haqiqiy amal qilish muddati ancha kam - u 5-9 yilni tashkil etadi, chunki bu vaqt davomida yangidan-yangi texnik g’oyalar paydo bo'ladi, patentlangan yangiliklar esa eskiradi. Patentni uzoq vaqt davomida saqlash foydali emas, axir uning amal qilish muddati davomida patent egasi progressiv tarzda oshib boruvchi boj to'laydi.
O‘zR Davlat intellektual mulk fondi patent egasining intellektual mulk ob'yektlariga nisbatan huquqlari va majburiyatlarini tartibga soladi.
Patent egasi bo'lmagan har qanday shaxs patent, dastlabki patent yoki guvohnoma bilan himoyalangan sanoat mulki obyektidan faqat patent egasining ruxsati bilan litsenziya shartnomasi asosida foydalanish huquqiga ega. Litsenziya shartnomasi patent idorasida ro‘yxatdan o‘tkazilishi zarur. Patent egasi patent idorasiga istalgan shaxsga sanoat mulki ob'yektidan foydalanish huquqini berish to‘g’risida ariza bilan murojaat qilishi mumkin (ochiq litsenziya). Bu holda patentning amal qilish muddatini saqlab turishga to'lanadigan boj patent idorasida bunday ariza to‘g’risida axborot e'lon qilingan yildan keyingi yildan boshlab 50% ga pasaytiriladi.
Ochiq litsenziya sotib olingandan so‘ng patent egasi bilan to‘lovlar to‘g’risida shartnoma yoki maxsus bo'lmagan litsenziya berish to‘g’risida shartnoma tuzish kerak. Shartnoma shartlari bo'yicha nizolar Xo‘jalik sudi tomonidan ko'rib chiqiladi.
Patent egasi (litsenziar) litsenziya shartnomasi bo'yicha sanoat mulki obyektiga huquqni yoki undan foydalanish huquqini boshqa shaxs (litsenziat)ga beradi, boshqa shaxs esa zimmasiga shartnomada ko'rsatilgan to‘lovlarni litsenziarga to'lash va shartnomda ko'rsatilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish majburiyatini oladi.
Alohida maxsus litsenziyada esa litsenziatga sanoat mulki ob'yektidan foydalanishga alohida huquq beriladi, bunda litsenzilar sanoat mulki obyektining litsenziatga berilmagan qismi bo'yicha undan foydalanishga barcha huquqlarni saqlab qoladi.
Alohida maxsus litsenziyani sotib olish patentlangan obyektdan muayyan hududda va muayyan vaqt mobaynida foydalanishga alohida huquq berilganligini bildiradi, bunda ba'zan litsenziar tomonidan qo‘yilgan boshqa shartlarga ham rioya qilinadi: ishlab chiqariladigan mahsulotni kvotalash (hajmni chegaralash) va mahsulotga belgilanadigan baholarni chegaralash, uni xorijga olib chiqish yoki chismaslik, litsenziarning o'zidan xom ashyo, detallar va bo‘hinlarni sotib olish va boshqalar.
Alohida maxsus bo'lmagan litsenziyada esa litsenziar litsenziatga sanoat mulki ob'yektidan foydalanish huquqini beradi, ixtiro, sanoat na’munasiga patent va foydali modelga guvohnomadan kelib chiqadigan barcha huquqlarni, shu jumladan boshqa shaxslarga litsenziya berish huquqini ham o'zida saqlab qoladi.
Sanoat mulki obyektlaridan foydalanuvchi mualliflar va xo‘jalik subyektlariga qonunchilikka muvofiq ravishda boshqa imtiyozlar ham belgilanadi va beriladi.
Davlat boshqaruv organi korxonaga patent, dastlabki patent yoki guvohnomalari boshqa shaxslarga tegishli bo'lgan sanoat mulki obyektidan foydalanib ishlab chiqariladigan mahsulotga buyurtma berishda ushbu buyurtmani bergan organ litsenziya sotib olishni ta'minlaydi va buning uchun zarur moliyaviy mablag’larni ajratadi.
Litsenziyalarni sotish va sotib olishda uning bahosi bo'yicha masala yuzaga keladi.
Litsenziyaning bahosi odatda litsenziat oladigan iqtisodiy samaraga bog'liq bo'ladi. To‘lovlar davriy ajratmalar shaklida amalga oshiriladi, buni royalti deb atash qabul qilingan. Ajratmalar miqdori foyda, mahsulot qiymati, sotish summasidan 2-10 % darajasida belgilanadi (o‘rtacha 3-5 % atrofida).
Litsenziyaning bahosi oldindan qayd etilgan bo'lishi mumkin; bu paushal to‘lov deb ataladi.
Tadbirkorning vazifasi - korxonaning ixtisoslashuvi, mavjud resurslar, to‘plangan tajaribadan kelib chiqqan holda texnologiyani va uni sotib olish usulini tanlashdan iborat. Korxona uchun noyob bo'lgan, raqobatchilar osongina (tez va arzon) nusxa ko‘chirib olmaydigan, shuningdek tijorat borasida muvaffaqiyat qozonishni ta'minlaydigan texnologiyani tanlash zarur.
Korxona maqsadlari, uning faoliyat sohasi, to‘plangan tajribasiga eng yuqori darajada to‘g’ri keladigan, buning ustiga ushbu korxonani boshqa korxonalardan ajratib turadigan texnologiyani qanday topish mumkin?



Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish