4. Texnologiyani baholash va tanlash
Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning yangi tizimini joriy etish darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
- tipovoy texnologik jarayonlarni qo‘llanish darajasi;
- avtomat uskunalarni qo‘llanish salmog’i;
- agregat uskunalar, sonli dasturiy boshqariladigan stanoklar, avtomat potok liniyalar qo‘llanilishi;
- ilg’or ishlov berish usullari qo‘llanilishining salmog’i.
Kam operatsiyali, chiqindisiz, resurslarni tejaydigan texnologik jarayonlar ayniqsa samaralidir.
Korxonaning texnik rivojlanish darajasini aniqlash muhim bo'lib, u quyidagi bir qator ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
- ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi:
Um.P. = ( Vmex + Vavt ) * 100 / V,
Bu yerda Vmex va Vavt - tegishlicha mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan uchastkalarda ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi;
V - umumiy mahsulot qajmi;
- ishchilarning mexanizatsiyalashgan mehnat bilan qamrab olinganlik darajasi:
Sm = Chm * 100 / Chobsh,
Bu yerda Chm - ishni mexanizatsiyalashgan usulda bajaradigan ishchilar soni;
Chobsh - ishchilarning umumiy soni;
- fond bilan surollanganlik:
F =q Fs / Chs,
Bu yerda Fs - asosiy ishlab chiqarish fondi (AICHF) ning o‘rtacha yillik qiymati,
Chs - ishchilar soni eng ko‘p bo'lgan smenadagi ishchilar soni;
- mehnatning elektr bilan qurollanganligi:
Et = Ep / CH,
Bu yerda Ep - iste'mol qilinadigan elektr energiya miqdori,
CH - ishning kishi-soatdagi miqdori.
Qiyoslashning raqobatlashuvchi texnologiyalarni baholash imkonini beradigan, iste'molchi nuqtai nazaridan bir xil, lekin tadbirkor (ishlab chiqaruvchi) nuqtai nazaridan farqlanuvchi iqtisodiy samara beradigan bir nechta usullari mavjuddir.
Texnologiyani mavjud bo'lgan afzalliklar va chegaralanishlarni hisobga olgan holda to‘g’ri va oqilona baholash tijorat muvaffaqiyatini ta'minlaydigan Mahsulot ishlab chiqarishning o‘sha eng "to‘g’ri" usulini tanlash imkoniyatini beradi.
Mahsulot tayyorlashning taklif etilayotgan usullari belgilangan aniqlikni ta'minlaydi va texnik shartlarni qoniqtiradi. Lekin ular ishlatish xarajatlarining darajasi, ya'ni tayyorlash tannarxi bilan bir-biridan keskin farq qilishi mumkin.
Shuning uchun ham belgilangan texnik parametrlar - to‘g’ri shakl, aniqlik, sifat va hokazolarni olish imkoniyatini hisobga olish yetarli emas. Texnologik jarayonning variantlarini tanlashda uning texnik jihatdan ilg’orligi va iqtisodiy samaradorlik darajasini aniqlash zarur.
Texnologik jarayonlarning iqtisodiy samaradorligini baholashning obyektiv me’zoni ham jonli, ham moddiylashgan mehnatni tejash hisoblanadi. Ilq’or texnologik jarayonlarni joriy etish materiallarni iqtisod qilish, mahsulot sifatini oshirish, mehnat unumdorligini ko‘tarish, ishchilarning mehnatini yengillashtirish va xavfsizligini ta'minlash, mahsulot tannarxini pasaytirishni ta'minlashi zarur.
Eng oddiy usul - xarajatlarni qiyoslash usuli, unga muvofiq aynan bitta mahsulotni turli texnologiyalar bo'yicha ishlab chiqarish xarajatlari qiyoslanadi.
Odatda kamroq ishlab chiqarish xarajatlarini talab qiladigan texnologiyalar afzal ko‘rilishi tushunarlidir.
Agar mahsulotning iste'mol standartlari belgilanmagan, ya'ni mahsulot an'anaviy, ko‘p foydalaniladigan, ommaviy bo‘lmasa, yoki iste'molchi so‘ralayotgan tovarning sifatiga katta ahamiyat beradigan (u sifati ancha yuqori tovar uchun ko‘proq to'lashga tayyor) bo‘lsa, ishlab chiqarilayotgan tovarning tavsiflari ancha yuqori bo'lishini ta'minlaydigan texnologiyani tanlash zarur. Xarajatlar bu holda ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Xarajatlarni qiyoslash usuli u yoki bu texnologiya talab qiladigan ishlab chiqarish shart-sharoitlari va omillaridan barcha tadbirkorlar bemalol bir xilda foydalana oladilar deb faraz qilishga asoslangan bo'ladi.
Texnologik jarayonlar variantlarining tejamkorligi unga ishlov berishning tanlangan usuli ta'sir etadigan solishtirma xarajatlarni qiyoslash yo'li bilan aniqlanadi. Ishlov berish usuliga bog'liq holdagi xarajatlarni texnologik tannarx deb atash qabul qilingan. Ularga quyidagilar kiradi: asosiy materiallar va sotib olingan yarimfabrikatlar qiymati; ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar bilan birgalikdagi ishchilarning ish haqi; texnologik yoqilg’i, uskunalar amortizatsiya va ishlatish xarajatlari, jihozlarni ishlatish, yordamchi materiallarga xarajatlar.
Har bir taqqoslangan variant bo'yicha alohida xarajatlar hisoblab chiqilgandan so‘ng natijalar jadvalga kiritiladi va ancha arzon tushadigan variant tanlanadi.
Lekin aksariyat hollarda ishlab chiqarish vositalari korxona uchun turli ahamiyatga ega bo'ladi: ba'zilari unda keragidan ortiqcha bo'lishi mumkin (masalan, malakasi yuqori bo'lmagan xodimlar), ba'zilari esa yetishmasligi (masalan, pul mablag’lari, xom ashyo yoki butlovchi buyumlarning qandaydir turlari) mumkin. Bunday hollarda texnologiyalarni qanday tanlash mumkin? Korxonaning dastlabki cheklovlari va afzalliklarini aniqlash va baholash, ularni texnologiyalarni baholash va tanlashda hisobga olish mumkinmi? Tanlangan texnologiya yordamida kamchiliklarning ta'sirini kamaytirish va afzalliklarni kuchaytirish, imkon bo'lganda esa kuchsiz tomonlarni ham kuchli tomonga aylantirish mumkinmi? Bu savollarga texnologiyalarni ranjirlash usuli javob beradi, u korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilishni ko'zda tutadi.
Bunday bilimlar texnologiyalarni tanlashda "afzalliklar tizimini" tasavvur etishga yordam beradi.
Aytaylik, muayyan ishlab chiqarish jarayoni uchun texnologiya sotib olish qo'shimcha uskunalar sotib olishni, korxona xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni talab qiladi. Yangi texnologiya ma'lum darajada ishlab chiqarish omillari (xom ashyo, materiallar)ning sarflanishini ko'zda tutadi.
Korxona yuqori malakali xodimlar-universallarga ega, ular har qanday texnologiyani o'zlashtira oladilar, ularga ishlab chiqarishning yangi usullarini egallash uchun ko‘p vaqt va xarajat talab etilmaydi. Korxona texnologiyaning o'zini sotib olish va o'zlashtirish xarajatlarini qoplash uchun muayyan pul mablag’lariga ega. Korxona faqat uskunalarni sotib olish uchun uzoq muddatli mablag’larni safarbar etishda birmuncha qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin, chunki moliyalashtirishning tashqi manbalari cheklanganligi sharoitida u faqat o'zining mablag’lari (ehtiyot va amortizatsiya fondi mablag’lari)ga ishonishi va ulardan foydalanishi mumkin.
Dastlabki shart-sharoitlarning ushbu bayonini sonlar bilan ifodalangan afzalliklar tizimida aks ettiramiz.
1 qadam. Yangi texnologiyani joriy etishning har bir shart-sharoitiga muayyan rang (qiymat) beriladi, bu uning korxona afzalliklari tizimidagi o‘rnini aks ettiradi, bunda eng yuqori rang eng maqbul parametrga (bizning holda - kadrlarni qayta tayyorlash xarajatlariga), eng kam rang - eng kam darajada maqbul parametrga (uskuna sotib olish xarajatlariga) beriladi:
Uskunalarga xarajatlar - 0,2
Joriy xarajatlar - 0,3
Yangi kasbga o‘rgatish xarajatlari - 0,5
2 qadam. Aytaylik, tadbirkorga tanlash uchun bir xil ishlab chiqarish samarasini ta'minlaydigan, lekin turli xarajatlarni talab qiladigan uchta - A, B, V texnologiyalar taqdim etilgan. Masalan, A texnologiyadan foydalanish o‘rnatilgan uskunalarda jiddiy o'zgarishlarni talab etadi, lekin yangi kasbga o‘rgatish bo'yicha deyarli hech qanday xarajat talab qilmaydi; V texnologiya uskunalarni kamroq o'zgartirishni talab etadi, lekin qimmatroq va kadrlarni qayta tayyorlashni talab etadi, bu esa qo'shimcha xarajatlar bilan bog'liq; B texnologiya barcha parametrlar bo'yicha "o‘rtacha" ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
Texnologiyaning har bir parametriga ma'lum sonli qiymatlar beramiz, aytaylik, 1 dan 3 gacha, bunda 1 qadamdagi kabi tamoyilni saqlab qolamiz, ya'ni har bir texnologiyaning eng yaxshi ko‘rsatkichiga eng yuqori qiymatni beramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |