istisodiy vazifalar - samarali foydalanish, ya'ni tirik va moddiylashgan mehnatni tejash;
psixofiziologik vazifalar - kishilarning salomatligi va ish qobiliyati saqlanib qoladigan eng qulay mehnat sharoitlarini yaratish;
ijtimoiy vazifalar - ishlovchilarning madaniy-texnik saviyasi uzluksiz o'sib borishi, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish.
Korxonada mehnat ilmiy tashkil etish (MIT) quyidagi yo‘nalishlarda ishlar olib borishni ko'zda tutadi:
- mehnat ixtisoslashtirish va kooperatsiyalashning oqilona turlarini ishlab chiqish va joriy etish (kasblarni qo‘shib olib borish, brigada shakli va hokazo);
- ish joylarini tashkil etish va xizmat ko‘rsatishni yaxshilash;
- mehnatning oqilona usullari va uslublaridan foydalanish (ishchining ishlarni kam kuch va vaqt sarflab bajarishi);
- kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish;
- mehnat sharoitlarini yaxshilash, mehnat va dam olishning oqilona tartibini joriy etish;
- mehnatni normalashtirish va rag’batlantirish.
Ishlarning eng oqsilona intensivligini topish zarur - har bir operatsiyani bajarishning eng foydali sur'atlarini, mehnat va dam olish rejimi, hafta rejimini belgilash zarur. Mehnatning normal intensivligi - bu ishda kasbiy kasalliklar, shikastlanishlar va charchashni istisno etadigan ish tezligi demakdir.
Mehnat sharoitlari xodimning kayfiyati, uning jismoniy holatiga ta'sir etadi. Shuning uchun ishlab chiqarish shovqini va vibratsiyani kamaytirish, yoritish va ventilyatsiyani yaxshilash, to‘g’ri temperatura rejimini o‘rnatish - mehnatni tashkil etishning muhim jihatlaridir.
Normalash ham mehnat unumdorligiga ta'sir etadi, shuning uchun u ham asoslangan va ilg’or, xodimlarni ham moddiy, ham ma'naviy rag’batlantiradigan bo'lishi zarur.
Mehnat unumdorligini oshirish uchun mehnat madaniyatini ko‘tarish, maishiy sharoitlarni yaxshilash, ishlab chiqarishning xodim organizmiga zararli ta'sirlarini bartaraf etish zarur. Butun ishlab chiqarish vaziyati mehnatga chorlashi, barcha uskuna va asboblar texnik estetika va ergonomika talablariga muvofiq konstruksiya qilingan bo'lishi kerak.
Texnik estetika - texnikada badiiy tamoyillar, ishlab chiqarishdagi ish qulayliklari to'g’risidagi fan. Texnik estetika bo'yicha mutaxassislar ishlab chiqarish inter'erlarining turli buyumlari, uskunalar va boshqa elementlarining ranglari bo'yicha tavsiyanomalar ishlab chiqadilar, obodonlashtirish va ko‘kalamzor-lashtirish, musiqiy eshittirishlar, chiroyli va qulay ish korjomalari yaratish bilan shug’ullanadilar.
Texnik estetika oqsilona va texnologik konstruksiyalar, maqsbul va qsulay ishlab chiqarish muhitini yaratish imkonini beradi. Agar texnikaning konstruksiyasi insonga moslashtirilgan, ya'ni uning ergonomik talablarini hisobga oladigan bo‘lsa, u qulay hisoblanadi.
Ergonomika - insonning texnika bilan o'zaro aloqadagi mehnat faoliyati to'g’risidagi fan. Ergonomik talablar orasida quyidagi gigienik, antropolitrik, fiziologik, psixofiziologik, psixologik talablarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Demak, texnik estetika va ergonomikaning vazifasi mashinalarni takomillashtirish bilan bir qatorda mashinalarning shakli, rangini ham takomillashtirish, ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ishda eng yuqori qulaylik va xavfsizlikni taminlashdan ham iboratdir.
Bularning barchasi kayfiyatni ko‘taradi, charchoqni kamaytiradi va bu bilan ish qobiliyati oshishiga yordam beradi.
Mehnat unumdorligini oshirish bo'yicha yangi texnologiyalarni joriy etishda
inson omilining roli
Rivojlangan mamlakatlarning hozirgi zamon menejmenti tashkilotning inson resurslari, inson shaxsini, insonning ahamiyatini qo‘llab-suvvatlashni eng yuksak qadriyatlar sifatida tan oladi.
Inson omili - eng muhim asos bo'lib, u kishilar to‘g’risida g’amxo‘rlik, ularning kelajakka ishonchi, barcha darajalardagi ishtiyoqi bilan yaratiladi.
Ijobiy xislatli va ishtiyoqli odamlarning ishi ham sermahsul bo'ladi, ular ko'plab yangi narsalar yaratishga ishtiyosmand bo'ladilar va bundan o'zlari ham quvonadilar. Mehnat unumdorligiga bevosita ta'sir etadigan quyidagi omillarni qayd etib o‘tamiz:
- eng yaxshi mutaxassislarni tanlash zarurularga nisbatan halol va haqqniy munosabatda bo‘lish, doimiy ish bilan ta'minlash, ularga o'z malakalarini oshirish uchun imkon berish;
- ularning ishi mazmunli va yoqimli bo'lishi uchun harakat qilish;
- jamoa shartnomasi va komanda bo'lib ishlash amaliyotini qo‘llanish;
- menejerlarni tashqaridan taklif etish emas, balki rahbarlarni pastdan yuqoriga ko‘tarish usulidan foydalanish;
- korxonadagi norasmiy munosabatlarni rag’batlantirish, barchaga nomi bilan murojaat qilish, ofislarga bemalol kirishni ta'minlash;
- barcha xodimlarning kompaniya (korxona) foydasida ishtirok etishi va aksiyalarni sotib olishda yordam ko‘rsatish zarur.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, yaxshi sifat uncha ko‘p sarf-xarajat talab etmaydi. Turli tekshirishlar, nosozliklarni aniqlash, qayta ishlash va nazorat qilishga ko‘p vaqt sarflash kerak emas. Mehnat sifatini har tomonlama yaxshilashga diqqat-e'tiborni qaratib mehnat unumdorligini ancha oshirish mumkin.
Odatda, bir xildagi takrorlanuvchi harakatlarni talab etadigan operatsiyalar natijasida eng ko‘p xatoliklar yuzaga keladi, bunday operatsiyalarni avtomatlashtirish zarur. Lekin bu ishchilar ishsiz qoladi degani emas. Aksincha, zerikarli va qiyin ishlarni avtomatlar zimmasiga yuklatish natijasida ish sifati yaxshilanadi. Loyihalash ishlarida avtomatlashtirish mahsulot sifatini yaxshilaydi va muhandislarni bir xil va tez charchatadigan mehnatdan ozod etadi. Shuningdek ishlab chiqarishdagi ishchilarni ish unumini oshirish va sifatini yaxshilash maqsadida yangi g’oyalar berganlari
uchun rag’batlantirib borish ham zarur.
Mehnat unumdorligini uning sifatini oshirish hisobiga ko‘taradigan kompaniya (korxona) tijorat sohasida muvaffaqiyatga erishishi va katta kelajakka ega bo'lishi mumkin.
Nazorat savollari
1. Prezident I.A.Karimov qaysi kitobida O‘zbekistonning ekologik muammolarini sanab va ta'riflab bergan? Nima uchun ekologik krizis va uning oqibatlarini bartaraf etish hozirgi zamonning global muammolari qatoriga kiritiladi?
2. O‘zbekistondagi ekologik vaziyatning xavfliligi nimalardan iborat?
3. Atrof muhitni muhofazalashni ta'minlashda qonun hujjatlarining roli va ahamiyatini tushuntirib bering.
4. Prezident I.A.Karimov tomonidan bayon etilgan ekologik xavfsizlikni kuchaytirishning asosiy yo‘nalishlarini sanab bering.
ILOVALAR
MUNDARIJA
1-BOB. ZAHIRALARNI BOSHQARISH 3
1. Zahiralarni boshqarishni tashkil etish 5
2. Ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirish 14
3. Ishlab chiqarish grafiklari va ular bilan ishlash 17
2-BOB. SIFATNI BOSHQARISH 30
1. Umumiy ma'lumotlar 30
2. Sifatni nazorat qilish usullari 36
3. Sifat to‘garaklari 42
3-BOB. TEXNOLOGIYaLARNI BOSHQARISH 46
1. Korxonaning texnologik strategiyasi 46
2. Texnologiyani yaratish 48
3. Texnologiyalar qanday sotib olinadi 52
4. Texnologiyani baholash va tanlash 56
5. Yangiliklarni boshqarish 62
4-BOB. SOTIShNI TAShKIL ETISh 69
1. Tovar harakatini tashkil etish. Imkoniyat va xavflarni tahlil qilish 69
2. Xarajat turlarining tassimlanishi 73
3. Sotish usullari 76
5-BOB. ULGURJI SAVDO 84
1. Ulgurji savdolarni tashkil etish 84
2. Rasobatli savdolar 85
3. Auksionlar 87
4. Ulgurji yarmarkalar 89
6-BOB. XARAJATLAR HISOBINING ASOSIY TUShUNChALARI 91
1. Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy summasi tushunchasi 91
2. To‘hri xarajatlar 97
3. Egri xarajatlar 101
7-BOB. IShLAB CHIQARISH VA ATROF MUHIT 105
ILOVALAR 120
Ishlab chiqarish iqtisodiyoti - II
Toshkent "Fan va texnologiya" 2005
Muharrir G. X. Nazmutdinova
Texnik muharrir A. Moydinov
Korrektor K. Avezbaev
Rassom Sh. Adilov
Bosishga ruxsat etildi 23.08.05. Formati 60x841G`16.
Bosma tabaq 7,0. Adadi 1000. Buyurtma №116.
"Fan va texnologiya" nashriyoti, 700003,
Toshkent sh., Olmazor, 171. Shartnoma №24-05.
"Fan va texnologiyalar markazi" bosmaxonasida bosildi.
Toshkent sh., Olmazor, 171.
Do'stlaringiz bilan baham: |