Ishlab chiqarish iqtisodiyoti II


MSBKT quyidagi funksiyalarni bajaradi



Download 0,58 Mb.
bet12/23
Sana01.06.2022
Hajmi0,58 Mb.
#625380
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
ishlab chiqarish2 Maxkamova

MSBKT quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1) ehtiyojlar, texnik daraja va mahsulot sifatini prognozlash;
2) sifatni oshirishni rejalashtirish (mahsulot sifatini oshirish sohasida korxonaning ishlash ko‘rsatkichlarini belgilash);
3) mahsulotni attestatsiya qilish;
4) mahsulotni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga qo'yish (nazorat hujjatlarini, tajriba namunalarini yaratish va ishlab chiqarishni o'zlashtirish);
5) ishlab chiqarishni texnologik jihatdan tayyorlash;
6) ishlab chiqarishni moddiy-texnik jihatdan ta'minlash;
7) metrologik ta'minlash (mahsulot sifati o'zgarishining yagonaligi, aniqligi va ishonchliligi va ishlab chiqarish vositalari sifati);
8) kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish va o‘qitish;
9) mahsulot sifatining barqaror darajasini ta'minlash (ishlab chiqarishni bir maromda saqlash va ushlab turish, qo‘yilgan texnologik rejimlar va mehnat jarayonlariga rioya qilish);
10) saqlash, tashish, ishlatish va ta'mirlash ishlarini tashkil etish;
11) mahsulot sifatini rag’batlantirib borish (moddiy va ma'naviy jihatdan);
12) o‘rnatilgan talablarga javob bermaydigan mahsulot va jarayonlarni aniqlash uchun nazorat olib borish;
13) korxonada standartlarga, texnik shartlarga rioya silinishini, o‘lchov vositalarining holatini nazorat qilib borish.


2. Sifatni nazorat qilish usullari

Mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida sifatni qachon nazorat qilish zaruro‘ Buning javobi judda oddiy - ishlab chiqarish jarayonining oxirida emas, balki barcha bos-qichlarida va har doim. Har bir ishlab chiqarish bosqichi o'zining nazoratini, uning o'ziga xos tashkil etilishini talab etadi.


Birinchidan, yetkazib berilayotgan xom ashyo va materiallar, sotib olinayotgan uskunalar sifatini, korxonaga tushayotgan axborot va boshqalarni nazorat qilib borish zarur. Ikkinchidan, ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish zarur. U uskunaning to‘g’riligi va texnologik qaytimini nazorat qilishni o'z ichiga oladi.
Ishchilar yaxshi o‘qitilgan va mavjud uskuna bilan ishlashga tayyor bo'lishi kerak.
Ular, shak-shubhasiz, ishlab chiqarish va texnologik intizomga rioya qilishi kerak. Nihoyat, tayyor mahsulot korxonadan chiqarilish oldidan tekshirilishi kerak. Korxonada nazorat tizimi quyidagilarni o'z ichiga oladi:
1. O‘tkazish vaqtiga qarab nazorat turlari. Nazorat doimiy yoki davriy bo'lishi mumkin. Masalan, mahsulot sifatiga ta'sir eta oladigan chetlanishlarni o'z vaqtida aniqlash va tegishli tuzatuvchi choralarni ko‘rish uchun vaqti-vaqti bilan texnologik jarayonni tekshirish maqsadga muvofiq.
2. O‘tkazish joyiga qarab nazorat turlari. Statsionar nazorat - nazoratchining ish joyida amalga oshiriladigan detallar, yig’ma birliklar, buyumlarning nazorati bo'ylab, bunda nazorat ob'yektlari operatsiyalar tugaganidan keyin nazoratchining ish joyiga yo‘naltiriladi. Tezkor nazorat - texnologik jarayon bajarilishining sifatini ishchining ish joyining o'zida davriy kuzatish. Bu holatda nazoratchi ma'lum vaqt oraliqlari o'tganidan keyin ishchining yoniga keladi va tanlangan detallarni tekshiradi, shu bilan brak paydo bo'lishining oldini oladi.
3. Nazorat usullari - vizual, geometrik, laboratoriya tahlili, sinash. Vizual nazorat (tashqi ko‘rinishi) tashqi nuqqsonlarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Bunday nazorat oddiy ko'z bilan yoki lupa, oyna va shu kabilar bilan o‘tkazilishi mumkin. Geometrik nazorat - geometrik shakllar va o‘lchamlarning aniqligini tekshirish, Bunda turli xil o‘lchov asboblari va shablonlardan foydalaniladi.
Laboratoriya tahlili materiallar, yarimtayyor mahsulot, detallarning mexanik, fizik va boshqa xususiyatlarini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Sinash material yoki buyumning qo‘yilgan talablarga mos kelishini aniqlash uchun yoki maxsus stendlarda, yoki boshqa yo'l bilan o‘tkaziladi; sinash nazorat qilinayotgan obyektni buzib yoki buzmasdan o‘tkazilishi mumkin.
4. Nazorat qilinadigan obyektlarni miqdor jihatidan samrab olish. Yoppasiga va tanlama nazorat farqlanadi. Yoppasiga nazorat qilishda detallar (buyumlar)ning barcha partiyalari, tanlama nazoratda - partiyalarning bir sismi tekshiriladi va buning asosida butun partiyaning sifati to‘hrisida xulosaga kelinadi. Qanday tanlab olish (nazorat qilish uchun samrab oladigan foiz) texnologik jarayonni ishlab chiqish bilan bir vaqtda nazorat texnologiyasini ishlab chiqish davrida o‘rnatiladi.
Nazoratning statistik usullari samarali hisoblanadi, chunki ular brakning oldini olish imkonini beradi hamda nazorat bo'yicha ishlar hajmini kamaytiradi, bu esa nazoratchilar sonini chiqartirishga imkon beradi. Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish rivojlanib borgani sayin statistik nazorat ham keng qo‘llanib kelinmoqda.
Texnik Nazorat apparatining ishida brak (nusson)ning oldini olish bo'yicha tadbirlarni ishlab chiqish va o‘tkazish katta ahamiyatga ega:
- barcha dastlabki materiallar, yarimfabrikatlar va butlovchi buyumlarni ularni ishlab chiqarishga qo'yishdan oldin tekshirish;
- stanok sozlangandan so‘ng har bir birinchi detalni jiddiy tekshirish;
- issiqlik bilan ishlov berishdan oldin material markasini tekshirish;
- ishlab chiqarish vositalari - uskunalar, texnologik va nazorat-o‘lchov jihozlari sifatini muntazam ravishda nazorat qilish.
Nazorat vositalari. Mahsulot sifatini tekshirish uchun turli xil texnik vositalar: so‘l, mexanik va avtomatik vositalardan foydalaniladi. Universal so‘l vositalari (shablonlar, shtangen-sirkullar va boshqalar) asosan bir martalik ishlab chiqarishda ishlatiladi. Maxsus so‘l vositalari (skobalar, probkalar, varasli shablonlar va boshqalar) seriyalab va ommaviy ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Texnika rivojlanib borgani sayin so‘l vositalari mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan vositalar bilan almashtirib boriladi.
Nazorat va sinovlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo'yicha amalga oshiriladi: nazorat-o‘lchov avtomatlari, faol Nazorat vositalari, avtomatik manipulyatorlar va buyumlarning ichiga o‘rnatiladigan nazorat vositalarini joriy etish;
AT bazasida avtomatlashtirilgan o‘lchov-axborot va boshqaruv tizimlarini so‘llash;
tarkibida sinalayotgan buyum ishlayotgan tizimni kompyuter yordamida modellashtirish;
tez qarakatlanuvchan kommunikatsiya raz'yomlari va o‘rnatish moslamalarini so‘llanish.
Standartlashtirish - sifatni boshqarishning asosi. Korxona standartlari korxonaning mahsulot sifatini oshirishga saratilgan barcha ishlarini tartibga soladi, ijrochilarning tayyorlayotgan mahsulotlarining sifati uchun mas'uliyati darajasini belgilaydi. Korxonaning sifatni boshqarish bo'yicha barcha standartlari asosiy, umumiy va maxsus standartlarga bo‘linadi.
O‘zR "Standartlashtirish to‘grisida"gi Sonuniga muvofiq standartlashtirishning asosiy massadlari quyidagilardan iborat:
- hayot, sog’liq va aholi mulki, atrof-muhit, resurslarni tejash uchun mahsulot, jarayonlar, ishlar, xizmatlarning xavfsizligi masalalarida iste'molchilar va davlatning manfaatlarini himoya qilish;
- fan va texnika rivojlanish darajasiga mos ravishda mahsulot sifati va rasobatbardoshliligini oshirish;
- mahsulotning mosligini ta'minlash va q.k.
O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo'yicha ishlarni olib borishning umumiy, tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga soluvchi davlat standartlashtirish tizimi amal qiladi.
Mahsulot sifatini attestatsiya qilish korxonada chiqarilayotgan mahsulot sifatining darajasiga baho berish imkonini beradi. Amaldagi attestatsiya tizimi mahsulotga ikkita: oliy va birinchi sifat kategoriyasini berishni ko'zda tutadi.
Oliy sifat kategoriyasi sifati mamlakatimiz yoki xorijning eng yuksak yutuqlarga mos keladigan yoki undan ustun teradigan, tashqi bozorda raqobatbardosh va jahon na’munalari talablarini qondiradigan mahsulotga beriladi.
Birinchi sifat kategoriyasi sifati amaldagi standartlarning talablariga javob beradigan mahsulotga beriladi.
Tanlama nazorat ma'lum tavakkalchilikni ko'zda tutadi, chunki partiya to'g’risidagi saror namuna asosida sabul qilinadi. "Yaxshi" partiya xatolikka yo'l qo‘yilib, braka chiqarilishi mumkin (bunday holatda ishlab chiqaruvchining tavakkalchiligi to‘g’risida gapirishga to‘g’ri keladi). Yoki aksincha, "yomon" partiya qabul qilinishi mumkin (iste'molchi tavakkalchiligi). Nazorat na’munalarini tanlash hajmini oshirish orqali tavakkalchilikni kamaytirish mumkin, lekin bu xarajatlarning oshishiga olib kelishi muqarrar. Amaliyotda ishlab chiqaruvchi ham, iste'molchiga ham (tavakkalchilik nuqtai nazaridan ham, muqarrar xarajatlar nuqtai nazaridan ham) maqbul keladigan aniq ishlab chiqilgan tanlama nazorat uslubiyatlari mavjud. Nazorat shakllari:
a) maqsadiga qarab ogohlantiruvchi (oldini oluvchi) va keyingi nazorat farqlanadi. Ogohlantiruvchi nazorat - bu materiallar, uskuna so’zlangan yoki qayta so’zlanganidan keyin tayyorlangan birinchi detallarni nazorat qilish, shuningdek brakning oldini olish maqsadida uskuna va jihozlarni tekshirish.
Keyingi nazorat - nuqsonlarni aniqlash va mahsulot sifatining darajasini belgilash maqsadida qayta ishlovdan o'tgan ishlab chiqarish obyektlarining partiyasini nazorat qilish;
b) o‘tkazish vaqtiga qarab kiruvchi, oraliq va so‘nggi nazorat farqlanadi. Kiruvchi nazorat - bu ishlab chiqarishga berishdan oldin materiallar, yarimtayyor mahsulotlar, detallarni tekshirish. Oraliq nazorat - ishlab chiqarish jarayonining qandaydir qismi bajarilganidan keyin nazorat qilish. So‘nggi nazorat - to‘liq tayyorlangan va keyingi sexga yoki iste'molchiga yo‘naltiriladigan detallar, buyumlarni nazorat qilish.
Tanlama nazoratning turlaridan biri - bu matematik statistikaning ehtimollar nazariyasiga tayanadigan statistik nazoratdir. Statistik nazorat o‘lchamlar, og’irlik, konuslilik, qattiqlik va boshqa parametrlarni tekshirishda ishlatiladi. Statistik nazoratning o'ziga xos jihati shundan iboratki, unda probalar (tanlamalar) texnik jarayonning bajarilishida vaqti-vaqti bilan olinadi. Tanlab olishning foizi, ya'ni probadagi detallar soni oldindan aniqlanadi. Masalan, 5%li tanlab olish 100 donadan iborat partiyadan ixtiyoriy beshtasi nazorat uchun tanlab olinishini anglatadi. Nazoratning davriyligi, ya'ni probalar olinadigan vaqt oraliqlari ham belgilanadi. Nazoratning bunday usuli barqaror texnologik jarayon sharoitlarida, ya'ni ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarish maydonchalarida, avtomatlarda bitta mahsulotning o'zi uzoq vaqt davomida chiqarilsa ishlatilishi mumkin.
Statistik nazoratni joriy qilish qayta ishlanadigan buyumlarning barqaror o‘lchamlarini olish uchun uskuna va jihozlarni birlamchi so’zlashni talab etadi.
Texnik nazorat - korxonalarda maxsus xizmatlar (TNB - texnik nazorat bo‘limi) tomonidan amalga oshiriladigan KS UKPning funksiyalaridan biridir.
Korxonaning TNB quyidagi bo‘linmalarni o'z ichiga oladi:
- brakni hisobga olish va tahlil qilish byurosi;
- iste'molchilargi xizmat ko‘rsatish byurosi;
- zavodga kelib tushayotgan materiallar va boshqa moddiy boyliklarni texnik qabul qilish byurosi va boshqalar.
TNBning asosiy vazifalari sifatsiz mahsulot chiqarilishining oldini olish, ishlab chiqarish intizomini mustahkamlash va chiqarilayotgan mahsulotning sifati uchun ishlab chiqarishning barcha bo‘g’inlari mas'uliyatini oshirish.
TNB ishining asosiy mazmuni:
- chiquvchi materiallar, instrumentlar va boshqa boyliklarni tekshirish;
- mahsulotni tayyorlashning barcha bosqichlarida nazorat qilish;
- texnik intizomga rioya qilinishini nazorat qilish;
- yangi va zamonaviylashtirilgan buyumlarni sinashda qatnashish, brakni tahlil qilishni o‘tkazish, mahsulotni attestatsiya qilish;
- nazoratning ilg’or shakl va usullarini ishlab chiqish va joriy etish.
Shunday qilib, sifat nazorati, birinchi qarashda, tadbirkor - korxona raqbarining funksiyasi hisob-lanmaydi, bu ko‘proq ishlab chiqarishning texnik-texnologik tomonini yaxshi biladigan, ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog'liq bo'lgan ancha quyi pog’onadagi mas'ul ishchilarning vazifasidir. Quyi pog’ona ishchilariga ishongan holda, tadbirkor sifat-ning umumiy nazoratini amalga oshirishi, barcha nazorat turlarining birligini hamda mahsulotning so‘nggi sifatiga ta'sir etadigan korxonaning barcha bo‘linmalari o'zaro hamjihatlikda ishlashini ta'minlashi kerak. Korxonada butun sifat nazoratining tizimini tashkil qilish korxona rahbarining bo‘ynida qoladi.
Korxonada sifatni qanday nazorat qilish kerak? Mumkin bo'lgan variantlardan biri - maxsus xizmatni tashkil qilish. Odatda Amerika va Yevropa kompaniyalari bunday yo'ldan boradilar. Yapon kompaniyalari esa sifat nazoratini ishlab chiqarish xodimlari - ishchilardan tortib ularni bevosita rahbarlarining o'ziga yuklashni afzal ko‘radilar. Barcha ishlab chiqarish xodimlari tegishli tayyorgarlikni o‘taydilar. Lekin buning o'zi kifoya qilmaydi: ular ishlab chiqarishning o'zida amal qiladigan alohida tashkilot - "Sifat to‘garaklari"ga qo‘shiladilar.



Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish