Ishlab chiqarish iqtisodiyoti II



Download 0,58 Mb.
bet9/23
Sana01.06.2022
Hajmi0,58 Mb.
#625380
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
ishlab chiqarish2 Maxkamova

Nazorat savollari

1. Zahiralarning turli tiplariga ta'riflar bering.


2. Korxonaning moddiy resurslar bilan ta'minlan-ganligini tahlil qilishning roli va ahamiyati.
3. Zahiralarni boshqarishning u yoki bu tizimini tanlash qanday omillarga bog'liq bo'ladio‘ Siz zahiralarni boshqarishning qanday tizimlarini bilasizo‘
4. Talabga bog'liq zahiralarni boshqarishni tashkil etishni ta'riflab bering.
II-BOB. SIFATNI BOSHQARISH


1. Umumiy ma'lumotlar

Mahsulot sifati - uning maqsadiga muvofiq uning ma'lum ehtiyojlarni qondirishga yaroqliligini ifodalovchi xususiyatlar majmuasidir. Chiqarilayotgan mahsulotning sifatini yaxshilash - har bir korxona uchun, ayniqsa bizning respublika uchun markazlashgan bozor qurilishining qiyin davrida eng muhim vazifadir. Korxonalarimizning buyumlari jahon namunalarining talablariga mos kelishi, ko‘p ilm sarflanadigan, intellektual mahsulot bozorlariga chiqishi kerak.


Mahsulot sifatining darajasi - korxona barcha ishining eng muhim ko‘rsatkichi. Sifatni oshirish - bozorda o'z mavqeini egallash va tutib turish, raqobat kurashining shakllaridan biridir. Mahsulot sifatining yuqori bo'lishi mahsulotga bo'lgan talabning oshishi, fasat sotish hajmi hisobiga emas, balki narxlarning ham ancha yusori bo'lishi hisobiga foyda summasining ko‘payishiga yordam beradi.
Mahsulot sifati shu mahsulotni ishlab chiqarishda ishlatiladigan fan va texnika yutuqlaridan foydalanish darajasiga, shuningdek ishlab chiqarish madaniyati, halollik hamda konstruktor, texnolog va ishlab chiqarish tashkilotchilari va ishchilarning mahoratiga bog'liq bo'ladi. Mamlakatimiz zamonaviy texnik vositalar va texnologiyalar yaratish sohasida qudratli intellektual va moddiy imkoniyatlarga ega.
Standartlar, texnik shartlar, texnologiyadan og’ishishlar bilan tayyorlangan mahsulot brak hisoblanadi. Ishda brakka yo'l qo'yish katta zarar keltiradi va korxonaning sifat ko‘rsatkichlarini jiddiy pasaytiradi. Brak materiallar, mehnat, energiya, yoqilg’i, instrumentning ortiqcha sarflanishiga olib keladi, mehnat unumdorligini pasaytiradi va mahsulot tannarxini oshiradi, chunki brakdan kelib chisadigan yo'qotishlar tayyor mahsulotning amaldagi tannarxiga qo‘shiladi.
Mahsulot sifati qator ko‘rsatkichlar bilan belgilanib, ulardan eng muhimlari - ishonchlilik, ko‘pga chidamliligi, texnologiyaga asoslanganlik, dizayn, standartlashtirish va unifikatsiya darajasi. Korxonalarimiz chisarayotgan buyumlar ishlatishda ishonchli, ko‘pga chidaydigan bo'lishi, yaxshi tovar ko‘rinishiga ega bo'lishi kerak. Buyumlarning yetarli darajada ishonchli bo'lmasligi natijasida ularni dublyor buyumlar bilan almashtirishga va ko‘p ta'mirlashga to‘hri keladi; yetarli darajada yemirilishga chidamsizligi, xizmat qilish muddatlarining kamligi ishlatilayotgan buyumlarning ko‘p almashtirilishiga olib keladi.
Sifatni boshqarish va nazorat qilish tadbirkor uchun ikki tomondan ahamiyatga ega - tijorat va yuridik. Tijorat nustai nazaridan tadbirkor iste'molchilarning so‘rovlari va kutishlariga javob beradigan tovar yoki xizmatning sifatini ta'minlashga harakat qiladi. Yuridik nustai nazaridan esa sifatsiz tovar uchun savdogar yoki vositachi emas, balki aynan ishlab chiqaruvchi javob berishiga to‘hri keladi.
Mahsuloti iste'molchilarga ziyon yetkazishi mumkin bo'lgan tarmoqlar va ishlab chiqarishlarda sifatni nazorat qilish alohida muammo hisoblanadi. Masalan, avtomobil tormozi yoki dori-darmon ishlab chiqaruvchilari o'z mahsulotlarini sinchkovlik bilan tekshirishlari kerakligi tushunarlidir. Bu yerda davlat yoki mustaqil ekspert tashkilotlari tomonidan tasdislanadigan va nazorat qilinadigan standartlar ancha yusoridir. Mahsulotning o‘rnatilgan standartlarga mos kelmasligi uchun tadbirkor nafaqat jarima to'lashi yoki litsenziyadan mahrum bo'lishi mumkin, balki unga tadbirkorlik faoliyatining mas'uliyatli turlari bilan shug’ullanish ta'qiqlab qo‘yilishi mumkin.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish