«Ишлаб чиқариш жараёнларини механизациялаш ва автоматлаштириш» фани маърузаларини ўқитиш технологиялари


Reversorla   deb,   tortuv   elektr   dvigatellarining   qo‘zg‘atish



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/148
Sana03.01.2022
Hajmi9,24 Mb.
#316260
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   148
Bog'liq
fayl 1755 20210907

Reversorla   deb,   tortuv   elektr   dvigatellarining   qo‘zg‘atish
chulg‘amlarida   tok   yo‘nalishini   o‘zgartirish   uchun   mo‘ljallangan     elektr
apparatlarga   aytiladi.   Bu   apparatlar   ko‘p   qutbli   elektr   toki   yo‘nalishini
o‘zgartirgich hisoblanadi (5.33. - rasm). Reversorlardan elektr toki o‘tganda
tortuv elektr dvigatellarining yakori aylanish yo‘nalishi ham o‘zgaradi, o‘z
navbatida lokomotiv harakatlanish yo‘nalishi ham o‘zgaradi.
5.33-rasm. Reversorning ishlash sxemasi
Reversorlar   turiga   ko‘ra,   2   tadan   16   tagacha   bir   tomonlama   yoki   ikki
tomonlama   joylashgan   kontakli   mushtcha   elementlariga   ega   bo‘ladi.   PPK-8064
mushtchali elektr toki yo‘nalishini o‘zgartirgichda kontakt guruhi ikki tomonlama
joylashgan 12 ta mushtcha elementi va   korpus yuritmasiga mahkamlangan ikki
yordamchi kontaktlar uzellari joylashtirilgan  (5.34- rasm).
155


5.34- rasm. PPK-8063 elektr toki yo‘nalishini o‘zgartirgichining tashqi ko‘rishini
Reversor kontakt mexanizimining qismlari 5.35-rasmda ko‘rsatilgan. 
5.35-rasm. Reversorning kontakt mexanizmi qurilmasi:
1- qo‘zg‘almas kontaktning kontakt ushlagichi; 2- qo‘zg‘almas kontakt; 3- qo‘zg‘aluvchi
kontakt; 4- richag; 5- qo‘zg‘aluvchi kontaktning kontakt ushlagichi; 6- mushtcha; 7- prujina; 
8- val; 9- rolik
Mushtchali kontakt elementi bitta umumiy tarmoqlanib chiqish joyiga ega
bo‘lgan,   ikkita   qo‘zg‘aluvchi   barmoq   kontaktli   o‘rta   izolyatsiyalangan   kontakt
ushlagichdan, qo‘zg‘almas kontaktli ikki izolyatsiyalangan kontakt ushlagichdan,
156


hamda mushtchali shaybadan tashkil topgan (bir mushtchali shayba yuqori va ostki
elementlarni boshqaradi).
Izolyatsiyalangan   kontakt   ushlagichlar   oltita   metall   ustunga   qotiriladi.
Elektropnevmatik   ventillar   bilan   masofadan   boshqariluvchi   diafragma   turi-dagi
pnevmatik   yuritmani   aylantiruvchi   valga   mushtchali   shaybalar   bilan   qotiriladi.
Elektr   toki   yo‘nalishini   o‘zgartirgichini   ta’mirlash   jarayonida   nol   holatida
kontaktlarni mahkamlash va qo‘l harakati bilan aylantirish uchun qurilmaga ega.
Valni aniq burchakka burilganda mushtcha va kontakt elementi hara-katga
keladi.   Kontakt   elementi   kontakt   ushlagichda   o‘rnatilgan   bo‘lib   o‘q   atrofida
aylanuvchi   richagni   ulaydi.   Kontakt   elementi   izolyatsiyalangan   ustunga
mahkamlanadi va o‘z tarkibida richakka o‘rnatilgan ikki qo‘zg‘a-luvchi kontaktlar
chiqish joyiga ega bo‘ladi. Qo‘zg‘aluvchi va qo‘zg‘almas kontaktlar ulanadi.
Reversorning   yuritmasi   ikki   tomonlama   qilib   tayyorlanadi,   ya’ni   ikki
kameraga   ega   bo‘ladi.   Ularning   diafragmalari   valning   tishli   g‘ildiragi   bilan
ilashuvchi   kirish   reykasi   bilan   bog‘lanadi.   Kameralardan   biriga   siqilgan   havo
kiritilganda,   val   belgilangan   burchakga   buriladi,   hamda   mushtchalar   roliklar
yordamida   richagli  kontakt   elementini  buradi.  Richakka   prujinali   qo‘zg‘aluvchi
kontaktlar mahkamlangan (5.36- rasm).
5.36-rasm. Reversor yuritmasining ish tartibi
Qo‘zg‘almas   kontaktlar   izolyatsiyalangan   ustunlar   va   kronshteynlarga
157


o‘rnatiladi.   Valni   aylanishi   natijasida   reversor   kontaktlarni    qo‘zg‘almas   va
qo‘zg‘aluvchi kontaktlarni ulaydi.
Reversorni   boshqarish   maxsus   mashinist   kontrolleri   dastagi   bilan   amalga
oshiriladi. Reversor tortuv elektr dvigatellarining zanjirida tok bo‘lmagan paytda
ulanib ajratilganligi uchun  yoy so‘ndirish qurilmalariga ega emas. 5.37- rasmda
reversorning katta tok o‘tkazuvchi qismlari tasvirlangan.
5.37-rasm. Reversorning katta tok o‘tkazuvchi qismlari
Teplovozlarda   qo‘llanadigan   reversorlarning   texnik   tavsiflari  5.5-jadvalda
ko‘rsatilgan. 
5.5-j
adval. Reversorlaning texnik tavsiflari
Ko‘rsatkich
Reversor
PPK-8064
PPK -8604
PPK -12602
Katta tok o‘tkazuvchi kontaktlar:
Nominal tok, A
1000
1000
1000
Nominal kuchlanish, V
1000
1000
1000
Bosish kuchi,N
300
300
300
Rastvor, mm
10
10
15
Blokirovka kontaktlari:
Nominal tok, A
10
10
2
Nominal kuchlanish, V
75
110
110

Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish