Ey so‘ndirish qurilmalari tuzilishi, ishlash sharoiti.
Katta tokli elektr
zanjirlarni uzishda elektr qurilmalarda elektr yoyi hosil bo‘ladi, chunki kontaktlar
ajralishi tufayli avval bosish kuchi keskin kamayadi va kontaktlarning birikish
yuzasi qizib ketadi. Natijada issiq katoddan (manfiy kontakt) qo‘zg‘aluvchi va
126
atrof-muhitni ionlashtiruvchi elektronlar oqimi hosil bo‘ladi. Shu sababli zanjir
birdaniga uzilmaydi, bir muncha vaqt tok ionlashtiruvchi muhit orqali o‘tadi (5.7.
- rasm). Yoy harorati yuqori haroratgacha ko‘tarilib, o‘rtacha 5000 ºS atrofida
bo‘ladi. Yoy har qanday o‘tkazgich kabi ma’lum qarshilikka ega bo‘lib, u yoyning
uzunligi, kesimi, sovitish sharoiti va muhitga bog‘liq.
Manfiy kontaktdan musbat kontaktga metalning olib o‘tilishi kontakt yuza
shaklining o‘zgarishiga, kontakt izining kichrayishiga, ularning keyingi birikishiga,
qizishiga olib keladi. Shu bilan birga elektr yoyining ta’siri natijasida kontakt
yuzalaridagi oksid qatlami buziladi (kontaktlarning o‘z-o‘zini tozalash effekti).
Shu sababli, kontaktlarning ochilib yopilishida hosil bo‘ladigan unchalik katta
bo‘lmagan uchqunlashish kontakt birikmaning qoniqarli ishlash shartlaridan
biridir.
5.7-rasm. Kontaktlar ajralishida yoy hosil bo‘lish jarayoni
Buning uchun kontaktlardan o‘tayotgan tokning zichligi ma’lum qiymatdan
ortib ketmasligi kerak, bunga kontaktlarning o‘lchamini kommutatsiya
qilinayotgan tok miqdoriga mos ravishda tanlab olish bilan erishiladi. Ammo juda
katta quvvatli yoy kontaktlarning ochilishida ularning tez yoyilishiga va kontakt
elementlarining normal ishlashining buzilishiga olib keladi. Shuning uchun amalda
127
barcha apparatlarda elektr yoyining kontakt yuzalariga ta’sirini kamaytirish
choralari ko‘riladi.
Bunday choralarga quyidagilar kiradi:
kontakt siyqalash;
yoyni so‘ndirish;
qo‘shimcha kontaktlarni qo‘llash.
So‘nggi chora muhim bo‘lib, kontaktlar uzilishi jarayonida ulashga teskari
ketma-ketlikda o‘z holatlarini o‘zgartiradi. Natijada ular bir-biriga chetki urinish
nuqtasida elektr yoyi to‘satdan hosil bo‘ladi. Yoy yonishi jarayonida material
o‘tishi sodir bo‘ladi va bu joyda kontakt yuzasining shakli o‘zgaradi. Shu vaqtning
o‘zida ishchi nuqtada kontakt yuzalari shikastlanmaydi.
Harakat tarkibining barcha apparatlari kontaktlari uchun siyqalash jarayoni
majburiy hisoblanadi. Lekin yuqori aniqlikdagi zanjirlarni kommutatsiya qilishda,
kontaktlar uzilishida hosil bo‘luvchi quvvat katta bo‘lib, uzoq vaqt yonish
natijasida u kontakt yuzalarini qizishi va erishiga olib kelishi mumkin. Shuning
uchun apparatlar tarkibida, yuqori aniqlikdagi zanjirlarni kommutatsiya qilish
imkonini beradigan, yoy so‘ndiruvchi maxsus qurilmalar mavjud.
Elektr yoyi har qanday o‘tkazgich kabi ma’lum qarshilikka ega bo‘lib, u
yoyning uzunligi, kesimi, sovitish sharoiti va muhitga bog‘liq. Yoyni qisqa vaqt
oralig‘ida so‘ndirish uchun uning uzunligini ma’lum bir keskin qiymatgacha
uzaytirish kerak, shundan so‘ng yoy katta qarshilik hisobiga o‘z-o‘zidan so‘nadi.
Bunga esa kontaktlar orasidagi masofani uzilish jarayonida keskin darajagacha
darhol oshirish bilan erishish mumkin. Lekin, birinchidan uzilgan holatdagi
kontaktlar orasidagi masofani oshirish elektr qurilmaning o‘lchamlarini oshishiga
olib keladi, ikkinchidan uzilish jarayonining boshida kontaktlarning harakat
tezligini oshirishni talab etadi.
Harakat tarkibidagi ko‘plab zanjirlar induktiv qarshilikga ega. Induktiv
qarshilikli zanjirlarni kommutatsiya jarayoni, kuchlanish g‘altaklari o‘ramlaridagi
E.Yu.K o‘z induksiyasi oshishiga va natijada yoy quvvati, hamda kontaklardagi
128
kuchlanish oshishiga olib keladi. Shuning uchun magnitli puflash yordamida uning
harakatlanish traektoriyasini o‘zgartirib yoy uzunligi oshiriladi. Magnit puflash
usulida yoyni so‘ndirish magnit maydoni va tokli o‘tkazgich o‘zaro ta’sir qonuniga
asoslangan. Bu yerda elektr yoyi tokli o‘tkazgich, kontaktlar orasidagi bo‘shliq esa
magnit maydonini ifodalaydi. Magnit maydoni maxsus yoy so‘ndiruvchi g‘altak
yordamida hosil qilinadi.
Yoy so‘ndiruvchi g‘altak kam sondagi mis shina (qizimaydigan, yo‘g‘on
elektr sim)lar o‘ramidan tayyorlanadi (1 dan 5 gacha). Yoy so‘ndiruchi g‘altak
kontaktlar bilan ketma-ket ulanadi. Yoy so‘ndiruvchi g‘altak kontaktlar yonida
shunday joylashadiki, kontaktlar orasidagi bo‘shliqda yoy so‘ndiruvchi g‘altak
yordamida hosil qilinayotgan magnit maydoni tok yo‘nalishiga perpendikulyar
yo‘nalgan (5.8. - rasm).
5.8-rasm. Yoy so‘ndirish uchun magnit puflash tartibi
Chap qo‘l qoidasiga ko‘ra, tokli o‘tkazgichga (elektr yoyiga) bu holatda
yuqoriga yo‘naltirilgan kuch ta’sir etadi. Bu kuch ta’sirida yoy birinchidan,
kontaktlar ishchi yuzasidan ularning yuqori nuqtalariga siljiydi, ikkinchidan esa
yuqoriga egiladi. Bu esa yoy qarshiligi va uzunligi oshishiga olib keladi va yoy tez
orada so‘nadi. Yoy so‘ndirish g‘altagidan tashqari, kontaktorlarning yoy so‘ndirish
129
qurilmalari maxsus yoy so‘ndiruvchi shoxlarni o‘z ichiga oladi. Bu shoxlar
kontaktlar bilan elektr bog‘lanishga ega bo‘lib yonmaydigan materialdan
tayyorlangan to‘siqli yoy so‘ndirish kamerasidan iborat (5.9. - rasm).
Yoy kontaktlarning chetiga siljiydi, so‘ngra yoy so‘ndiruvchi shoxsimon
qismga o‘tadi. Shoxsimon qismdan harakatlanib, yoy uzilgungacha cho‘ziladi. Bu
jarayonga yoy so‘ndirish kamerasining to‘siqlari imkon yaratadi.
5.9-rasm. Kontaktorning elektromagnit yoy so‘ndirish qurilmasi:
1- yoy so‘ndirish g‘altagi; 2- kontaktorning musbat shinasi; 3-qo‘zg‘almas kontakt; 4-
qo‘zg‘aluvchi kontakt; 5,6- yoy so‘ndiruvchi shoxsimon qism; 7- yoy so‘ndiruvchi kamera; 8-
yoy so‘ndiruvchi kameraning to‘siqlari
To‘siqlar yoyni tez orada so‘nishini ta’minlash uchun avval sovitib, so‘ngra
alohida qismlarga ajratib yuboradi. Bundan tashqari yoy so‘ndirish kamerasi elektr
yoyini yaqin orada joylashgan metall qismlarga o‘tib ketishi oldini oladi. Yoy
130
so‘ndiruvchi kameralar yuqori issiqlikga bardoshli va yaxshi izolyatsiya
xususiyatiga ega bo‘lgan azbotsementdan tayyorlanadi.
Bunday usulda yoyni so‘ndirish kamchiligi kommutatsiya toki miqdori
kamayganda magnit puflash samaradorligi pasayishiga olib keladi. Bundan
tashqari, bir muddat davomida kontaktlarda yoy hosil bo‘ladi, bu esa
kommutatsiya jarayonida, induktivligi yuqori bo‘lgan zanjirlarni qizishiga olib
keladi. Agar yoy so‘ndirish qurilmasi maxsus yoy so‘ndirish kontaktlari bilan
jihozlansa, apparatning asosiy kontaktlarini xizmat muddatini oshirish mumkin
(5.10.- rasm).
5.10-rasm. Yoy so‘ndirish qurilmasi:
1- qo‘zg‘almas asosiy kontakt; 2- qo‘zg‘aluvchi asosiy kontakt; 3-qo‘zg‘almas yoy
so‘ndiruvchi kontakt; 4- qo‘zg‘aluvchi yoy so‘ndiradigan kontakt; 5- yoy so‘ndirish g‘altagi; 6-
asosiy kontaktning qo‘zg‘aluvchi tutqichi; 7- jipslashuvchi prujina
Kontaktor ulanish jarayonida uning qo‘zg‘aluvchi tizimi yuqoriga
harakatlanadi, natijada avval yoy so‘ndiruvchi kontaktlar ulanadi va yoy
so‘ndiruvchi g‘altakni ulaydi. So‘ngra asosiy kontaktlar ulanadi. Qo‘zg‘aluvchi
asosiy kontaktning tutqichi soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha sharnir atrofida
aylanib, asosiy kontaktlarning jipslashishini ta’minlaydi va yoy so‘ndiruvchi
kontaktlarni uzadi. Bu holda yoy so‘ndiruvchi g‘altak uziladi (agar yoy
so‘ndiruvchi kontaktlarda yoki qo‘zg‘aluvchi tizim yuritmasida nosozlik mavjud
131
bo‘lsa, g‘altakdan uzoq vaqt davomida tok o‘tishiga olib keladi va kontakt
yonishiga olib keladi.
Kontaktorning uzilishi uning qo‘zg‘aluvchi tizimini tushishiga olib keladi,
bu holda yoy so‘ndiruvchi kontaklar ulanib, ulangan asosiy kontaktlarga parallel
zanjir hosil qiladi. Tok ulangan yoy so‘ndiruvchi kontaktlar va yoy so‘ndiruvchi
g‘altakdan o‘tib, ulangan asosiy kontaktlardagi kuchlanish miqdori bilan
aniqlanadi, shuning uchun uning qiymati katta bo‘lmaydi. Kontaktorning
qo‘zg‘aluvchi tizimi pastga harakatlanishi davomida asosiy kontaktlar uziladi, bu
holda ular orasida yoy hosil bo‘lmaydi. Chunki asosiy kontaktlar orasidagi havo
bo‘shlig‘i yoy so‘ndiruvchi kontaktlar bilan shuntlangan bo‘lib, ular orqali asosiy
kontaktlarga tok o‘ta boshlaydi. Kontaktorning uzilish jarayonining so‘nggi
bosqichida yoy so‘ndiruvchi kontaktlar uziladi.
Magnit maydoni ta’sirida g‘altak yoy so‘ndiruvchi kamera tomon suriladi va
ular orasida yoy hosil bo‘ladi. Demak, kontakt birikmasining asosiy kontaktlariga
elektr yoyi ta’sirini oldini olish, hamda xizmat muddatini oshirish uchun asosiy
kontaktlarda kuchlanish bo‘lmaganda ulanadi va uziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |