ulash yoki uzish ishlarini bajarib, zanjirdan katta tok o‘tishini boshqaradi.
Yordamchi kontakt birikmalari esa boshqa apparatlarni ketma-ket ulash yoki uzish
uchun, hamda zanjirning ulangani yoki uzilgani haqida signal berish uchun xizmat
qiladi. Ta’sir turiga ko‘ra, kontakt birikmalari biriktiruvchi va ajratuvchi turlarga
bo‘linadi.
Elektr apparatining normal holati deb, uning yuritmasiga boshqaruvchi ta’sir
bo‘lmagan (g‘altakda kuchlanish mavjud bo‘lmaganda) holatga aytiladi. Shu
munosabat bilan biriktiruvchi kontaktlarni normal holda ochiq (ya’ni apparatda
tok bo‘lmaganda kontakt ochiq bo‘ladi), ajratuvchi kontaktlarni esa normal holda
yopiq (ya’ni apparatda tok bo‘lmaganda kontakt yopiq bo‘ladi) deyiladi.
Birikadigan yuzalarining shakliga ko‘ra, kontakt birikmalarining nuqtali,
yuzali, chiziqli turlari mavjud (5.1.-rasm). Nuqtali kontakt birikmalarida birikish
bitta nuqtada yoki kichik radiusli yuza bo‘yicha amalga oshadi. Bunday turdagi
kontaktlar katta bo‘lmagan toklarda, masalan, relening blokirovka kontakti sifatida
qo‘llanadi. Yuzali kontakt birikmalarida birikish ma’lum tekislik bo‘yicha amalga
oshadi. Kichik bosilishlarda yuzali kontakt kam sonli birikuvchi turtib chiqqan
joylarni hosil qiladi, demak, yuzali kontakt birikmalari katta qarshilikga ega
bo‘ladi.
Chiziqli kontakt birikmalarida birikish to‘g‘ri chiziq bo‘yicha yoki tor yuza
bo‘yicha amalga oshadi, masalan, ikkita tsilindrik yuzaning birikishi. Chiziqli
kontakt kichik bosilishlarda nisbatan kichik qarshilikga ega bo‘ladi. Chiziqli
kontaktlar zamonaviy elektr apparatlarida keng qo‘llanadi.
5.1-rasm. Kontakt yuzalarining shakli bo‘yicha:
1-
nuqtali kontakt birikma; 2 –
yuzali kontakt birikma; 3-
chiziqli kontakt birikma
Tuzilishiga ko‘ra kontakt birikmalarining ponali, ko‘prikli, osma, barmoqli
va shtirli bo‘lishi mumkin (5.2.-rasm). Ponali va shtirli kontakt birikmalari odatda
119
qo‘lda boshqariladigan apparatlarda qo‘llanadi (rubilniklar, ajratgichlar). Kontakt
birikmalarining boshqa turlari lokomotivlarning turli elektr apparatlarida keng
qo‘llaniladi.
Qo‘zg‘almas kontakt birikmalariga shunday birikmalar kiradiki, ular ish
jarayonida bir-biridan ajralmaydi (kabel uchlarining shina birikmalari).
Qo‘zg‘aluvchan kontakt birikmalariga ish jarayonida bir-biridan ajraladigan elektr
apparatlarning kontaktlari kiradi. Mis va alyuminiy kontaktlarining yuza qismida
oksidlanish natijasida qarshilik ortadi. Qo‘zg‘almas kontakt birikmalari
oksidlanmasligi uchun ularning yuzalari qalay bilan qoplanadi.
5.2-rasm. Kontakt birikmalarining tuzilishi:
1- ponali kontakt birikma; 2 – ko‘prikli kontakt birikma; 3- osma kontakt
birikma; 4- barmoqli kontakt birikma; 5- shtirli kontakt birikma
Do'stlaringiz bilan baham: