«Ишлаб чиқариш жараёнларини механизациялаш ва автоматлаштириш» фани маърузаларини ўқитиш технологиялари



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/148
Sana03.01.2022
Hajmi9,24 Mb.
#316260
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   148
Bog'liq
fayl 1755 20210907

 Kontakt ulanishning ishi. 
Kontakt birikma ishini tavsiflovchi asosiy 
ko‘rsatkichlar quyidagilar hisoblanadi:

kontakt qarshiligi;

kontakt bosilishi;

kontakt uzilishi (rastvor);

kontakt siyqalanishi (proval).  
120


Kontakt   qarshiligi   o‘tuvchi   kontakt   qarshiligi   va   qoplam   yuzasining
qarshiligi bilan aniqlanadi:
R
k
 = R
o‘t
 + R
q
,
bu yerda,
 
R
o‘t
 - o‘tuvchi kontakt qarshiligi; 
R
q
 - qoplam yuzasining qarshiligi.
Kontakt qarshiligi bosilish kuchiga, materialiga, haroratga,  tutash yuzalarga
ishlov   berish   sifatiga   va   kontakt   shakliga   bog‘liq.   Kontakt   materiali   kichik
solishtirma qarshilikga ega bo‘lishi, eyilishga chidamliligi yuqori bo‘lishi, yuqori
erish haroratiga ega bo‘lishi va oksidlanishga qarshi turish qobilyati yuqori bo‘lishi
kerak. 
Odatda barcha kontaktlar misdan tayyorlanadi, mis oksidlanish xususiyatiga
ega, lekin shu bilan birga misning mustahkamligi va eyilishga chidamliligi yuqori.
Bu katta kontakt bosilishiga imkon beradi va o‘z navbatida kontakt izining yuzasi
oshishiga,   natijada   o‘tuvchi   qarshilikning   kamayishiga   olib   keladi.   Bu   holatda
kontakt   yuzalari   qalay   bilan   qoplanadi.   Qalay   yumshoq   va   engil
deformatsiyalanadigan material bo‘lgani uchun o‘tuvchi qarshilikning kamayishiga
olib keladi. 
Kontaktlar   yuzasidagi   oksid   qatlami   kontakt   materiali   havo   tarkibidagi
kislorod bilan oksidlanishi natijasida yuzaga keladi, oksidlanish jadalligi birinchi
navbatda   kontakt   materialiga   bog‘liq.   Odatda,   oksid   qatlamining   solishtirma
qarshiligi   kontakt   materialining   solishtirma   qarshiligidan   yuqori.   Bu   esa
kontaktlardan tok o‘tayotganda kontakt elementlarining qizishiga olib keladi va
buning   natijasida   kontaktlarning   erishi,   ulardagi   yuza   shaklining   o‘zgarishi,
o‘tuvchi qarshilikning ko‘payishiga olib keladi. Mis kontaktlarda oksid qatlamini
kamaytirish uchun ularga ko‘pincha yumshoq qalay qotishmasi – poluda suriladi.
Poluda   kontaktning   qarshiligini,   kontaktning   o‘tuvchi   qarshiligini   kamaytiradi.
Kumush   va   uning   asosidagi   qotishmalar,   oksid   qatlami   hosil   bo‘lishiga   qarshi
yuqori   chidamlikka   ega,   shu   sababli   kichik   toklarni   o‘tkazuvchi   apparatlarning
kontaktlari   ko‘pincha   kumushdan   tayyorlanadi.   Katta   tok   o‘tkazuvchi
121


apparatlarning   kontakt   yuzalari   qalay   o‘rniga   kumush   qatlami   bilan   qoplanadi.
Qo‘zg‘aluvchan kontaktli birikmalarda qoplangan qatlam ish jarayonida edirilib
ketadi, shu sababli ulani oksidlanishdan himoyalash uchun yupqa texnik vazelin
surtiladi.
5.3-rasm. Nuqtali kontakt birikmada kontakt izi
Kontaktlarning bir-biriga tegish joyida prujinaning bikrligi yordamida hosil
qilingan   kuch   (to‘liq   ulangan   kontaktorlarda)   oxirgi   bosish   kuchi   deb   ataladi.
Kontaktlarning   dastlabki   birikish   joyida   prujinaning   bikrligi   yordamida   hosil
qilingan kuch boshlang‘ich bosish kuchi deb ataladi. Oxirgi va boshlang‘ich bosish
kuchlari   muhim   foydalanish   ko‘rsatkichlari   hisoblanadi,   chunki   kontaktlarning
qizishi ko‘p jihatdan ohirgi bosish kuchiga, kichraytirilgan dastlabki bosish kuchi
esa kontaktlarning erishiga va bir-biriga yopishib (payvandlanib) qolishiga  olib
keladi. Agar dastlabki bosish kuchi katta bo‘lsa, kontaktor yaxshi ishlamaydi va
yakor oraliq holatda qotib qolishiga olib keladi.
Qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas kontaktlar ochiq turgan holatida, kontakt
yuzalari orasidagi eng qisqa masofa kontaktlar uzilishi (rastvor) deyiladi (5.4. -
rasm).   Uning   qiymati   S   elektr   apparatlarning   texnikaga   oid   ma’lumotlarida
keltiriladi.   
122


5.4-rasm. Kontaktlar uzilishi (rastvor)
Kontaktlar   uzilishi   kontaktlar   orasida   zarur   havo   yoki   vakuum
izolyatsiyasini hosil qiladi. Kontaktlar uzilishining qiymati katta bo‘lsa, normal
bosish   kuchi   va   kontaktlar   sirtini   ishqalanishini     ta’minlamaydi,   kontaktlar
uzilishining kichik qiymati esa kontaktlar orasida elektr yoyi hosil bo‘lishiga olib
keladi. 
5.5-rasm. Kontaktlar uzilishi
Kontaktlar   ulanish   jarayonida   ularning   bir-biriga   nisbatan   sirpanishi   va
sirg‘anish yuzaga keladi  (5.5 - rasm). Sirapanish yuzadagi oksidlangan qatlamga
zarar etkazadi (5.5. - rasm kontaktlar 1 nuqtadan 3 nuqta tomon xarakatlanganda),
sirg‘anish esa kontaktlar ishchi nuqtasini ulanish va uzilish joyidan uzoqlashtiradi.
Bu kontaktlarning birikish nuqtasidan chetki ishchi holatigacha bo‘lgan yeyilishni
kamaytiradi va kontaktlarning jipslashishi deyiladi. 
Jipslashish jarayonida bir vaqtning o‘zida ikkita masala echiladi:
1)
 oksid qatlamiga zarar etkaziladi va kontakt yuzalari silliqlanadi;
2)
 kontaktlarning chetki holatiga mos keladigan ishchi yuzalari, ulanish
jarayonida ularning dastlabki tegish nuqtasidan siljib ketadi.  
Bunda   kontaktlar   bir-biriga   tekkandan   so‘ng   to‘liq   ulanish   holatigacha
123


qo‘zg‘aluvchai   kontakt   qo‘zg‘almas   kontakt   yuzasi   bo‘yicha   sirpanadi,   kontakt
dastagi esa ma’lum masofaga siljiydi va kontakt ushlagichidan suriladi.
Qo‘zg‘aluvchan   kontakt   tizimini   yaxshi   jipslashishini   ta’minlash   uchun
shunday   loyihalashtirish   kerakki,   kontaktlar   bir-biriga   tegishi   boshlangandan
so‘ng, kontaktlar harakatlanishi davom etishini ta’minlash zarur. Kontaktlar bir-
biriga   tekkandan   to‘liq   ulanish   amalga   oshguniga   qadar   qo‘zg‘aluvchi   kontakt
qo‘zg‘almas   kontakt   yuzasida   sirg‘anadi   va   sirpanadi.   Kontakt   richagi   (yakor)
ma’lum masofaga siljiydi va kontakt ushlagichdan uzoqlashadi. Agar to‘liq ishga
tushgan   apparatdan   qo‘zg‘almas   kontaktni   olib   qo‘yilsa,   u   holda   qo‘zg‘aluvchi
kontakt richag va kontakt ushlagich bir-biriga tekkunicha harakatlanadi. Bu masofa
proval deyiladi- Sp (5.6. - rasm).
5.6-rasm. Kontaktlar provali
Jipslashishdan tashqari, proval kontaktorni eyilgan kontaktlar bilan ruxsat
etilgan chegarada ishlashini ta’minlaydi. 

Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish