5.3.4. MK1 o’zgarmas tok kontaktori. Hozirgi kunda TKPM seriyasidagi kontaktorlar o‘rniga unifikatsiyalashgan
MK seriyasidagi kontaktorlar qo‘llanilmoqda.
5.20-rasm. MK1 elektromagnit kontaktorining tashqi ko‘rinishi
(yoy so‘ndirish kamerasi echib olingan)
MK seriyasidagi kontaktorlarning barcha konstruktiv elementlari tutqichda
yig‘ilgan. Yakor prujinalar bilan bosiluvchi prizmalarda aylanadi. Asosiy kontakt
tizimi qo‘zg‘almas kontakt tutqichli kontakt kolodkasi, yoy so‘ndirish g‘altagi, yoy
so‘ndirish kameradagi kontakt ko‘prikchalari bo‘lgan traversalardan tashkil
topgan. Kolodkada yoy so‘ndiruvchi kamerasini ushlab turish uchun mo‘ljallangan
prujina osti kalodkalari o‘rnatilgan.Yordamchi kontakt tizimi, kontaktli
kolodkalardan ularga mahkamlangan qo‘zg‘almas kontaktorlar tutqichlari bilan
qo‘zg‘aluvchi kontaktli ko‘prikchalari bo‘lgan traversadan tashkil topgan. Magnitli
tizim ikki g‘altakdan iborat (5.21. – rasm).
142