«Ишлаб чиқариш жараёнларини механизациялаш ва автоматлаштириш» фани маърузаларини ўқитиш технологиялари


-Bo’lim. О'ZGARMAS TOK TORTUV ELEKTR MASHINALARI



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/148
Sana03.01.2022
Hajmi9,24 Mb.
#316260
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   148
Bog'liq
fayl 1755 20210907

2-Bo’lim. О'ZGARMAS TOK TORTUV ELEKTR MASHINALARI
2.1. О'zgarmas tok generatori
2.1.1. О'zgarmas tok generatorining ishlash tartibi
O’zgarmas tok elektr mashinasining  ishlash  jarayonini  generator tartibida
ko‘rib   chiqamiz.   Ikki  o’zgarmas   magnit   qutblari   orasiga   (N   va   S)   elektr
mashinaning   aylanuvchi   qismi,  yakor   joylashtirilgan.   Generatorning   yakori
mexanik usulda tashqi energiya manbasidan aylanma harakatga keltiriladi (bunday
mexanik energiya manbasi  sifatida lokomotiv dizelini qo‘llash mumkin).
Elektr   generatorning   ishlash   tartibi   elektromagnit   induktsiya   hodisasiga
asoslangan.   Agar   o’zgarmas   magnitning   magnit   maydonida   o‘tkazgich
harakatlanganda magnit oqimini kesib o‘tsa, o‘tkazgichda elektr yurituvchi kuch
hosil bo‘ladi. Bu kuch o‘tkazgich harakatlanmay, magnitlar harakatlanganda ham
hosil bo‘ladi. 
Magnit   maydon   induktsiyasi   o‘tkazgich   uzunligi  va   harakatlanish   tez-ligi
oshganda,   o‘tkazgichni   magnit   maydonida   harakatlanishida     hosil   bo‘-luvchi
EYuK   ham   oshib   boradi.   O‘tkazgich   magnit   kuch   chiziqlari   uzunligi   bo‘yicha
harakatlanganda   EYuK   hosil   bo‘lmaydi,   induktsiyalangan   EYuK   faqatgina
o‘tkazgich magnit maydonini kesib o‘tganda hosil bo‘ladi. Induktsiyalangan EYuK
va tok yo‘nalishini o‘ng qo‘l qoidasiga ko‘ra aniqlanadi (2.1-rasm). 
2.1-rasm. O‘ng qo‘l qoidasiga asosan tok o‘tayotgan o‘tkazgichga ta’sir qiluvchi kuchlar
yo‘nalishini aniqlash
14


Agar o‘ng qo‘l kaftiga magnit kuch chiziqlari kiradigan holatda ushlansa,
katta   barmoq   o‘tkazgich   harakatlanish   yo‘nalishini,   qolgan   barmoqlar
induktsiyalangan   EYuK   va   o‘tkazgichdagi   tok   yo‘nalishini   ko‘rsatib   beradi.
Magnit kuch chiziqlari shimoliy qutbdan janubiy qutb tomon yo‘nalgan bo‘ladi.  
Elektromagnit induktsiya qoidasiga asosan oddiy generatorning ish tartibini
ko‘rib   chiqamiz.   Ramka   shaklidagi   mis   simdan   tayyorlangan   o‘tkazgich   o‘qga
o‘rnatilgan va magnit maydoniga joylashtirilgan. Ramkaning uchlari bir-biridan
izolyatsiya   qilingan   bir   aylananing   ikki   yarim   aylana   shaklidagi   halqalariga
ulangan. Kontakt plastinalari (cho‘tkalar) bu halqa ustida sirpanadi. 
Ramka   aylanish   jarayonida   cho‘tkalar   kollektorda   shunday   joylashishi
kerakki,   birinchi   yarim   aylanadan   ikkinchi   yarim   aylanaga   o‘tish   vaqtida
ramkaning   har   bir   tomonida   induktsiyalanadigan   EYuK   nolga   teng   bo‘ladi.
Ramkada   induktsiyalanadigan   o‘zgaruvchan   EYuK   kollektor   yordamida
to‘g‘irlanadi va tashqi zanjirda yo‘nalishi bo‘yicha O’zgarmas tok hosil bo‘ladi.
Kontakt plastinalariga tashqi zanjir va elektr miqdorini o‘lchash qurilmasi ulangan.
2.2-rasm. O’zgarmas tok elektr mashinasi:  abcd – o‘tkazgichning o‘rami; n – yakorning
aylanalari soni, ayl/min
Yakorda  
abcd
  o‘rami ko‘rinishidagi chulg‘am joylashtirilgan. O‘ram-ning
uchlari   bir-biridan   izolyatsiya   qilingan   ikki   plastinaga   birlashtirilgan   (yarim
halqalar).   Bu   halqalar   kollektorni   tashkil   etadi.   Cho‘tkalarga   gene-ratorning
yuklanishi ulanadi. Lokomotivlarda tortuv generatorining yukla-masi tortuv elektr
15


dvigatellari hisoblanadi. Elektr mashinaning ishlash jarayonida kollektor val bilan
birgalikda aylanma harakat qiladi, cho‘tkalar esa harakatlanmaydi. 
Generator yakori aylanishi jarayonida o‘tkazgichlarning chulg‘ami magnit
maydonida   turli   xil   magnit   induktsiyasi   miqdorida   ketma-ket   joy   egallaydi.
Shuning uchun generator yakori chulg‘amida o‘zgaruvchan EYuK hosil bo‘ladi.
Elektr   yurituvchi   kuchning   o‘zgarish   grafigi   vaqtga   bog‘liq   ravishda,   magnit
induktsiyasini   havo   bo‘shlig‘ida   taqsimlanish   di-agrammasiga   mos   keladi.
Masalan,   havo   bo‘shlig‘idagi   EYuK   magnit   in-duktsiyasi   sinusoida   turidagi
taqsimlanishida yakor chulg‘amidagi tok ham sinusoida ko‘rinishida bo‘ladi. Agar
elektr   mashinada   kollektor   bo‘l-maganida,   generator   tashqi   zanjiridagi   tok
o‘zgaruvchan bo‘lar edi. Kollek-tor va cho‘tkalar yordamida yakor chulg‘amining
o‘zgaruvchan toki pulsatsiya  qiladigan tokga o‘zgartiriladi, ya’ni tok yo‘nalishi
o‘zgarmaydi.
Yakor   180º
 
burchakga   burilganidan   so‘ng,  
abcd  
o‘ramda   tok   yo‘nalishi
teskarisiga o‘zgaradi. Lekin cho‘tkalar qarama-qarshi qutblarga ega, shu sababli
tashqi   zanjirdagi   tok   yo‘nalishi   O’zgarmasdan   qoladi.   Chunki   o‘ramda-gi   tok
o‘zining   yo‘nalishini   o‘zgartirganda   cho‘tkalar   ostidagi   kollektor   plastinalari
o‘zgarishi amalga oshadi. Demak  har doim  
A
  cho‘tkasi ostida shimoliy qutb 
N
ostidagi   o‘tkazgich   bilan   ulangan   plastina   joylashadi.  
V
  cho‘tkasi   ostida   esa
janubiy qutb  

ostidagi o‘tkazgich bilan ulangan plastina joylashadi. Shu sababli
generator tashqi zanjirida tok O’zgarmas yo‘nalishga ega bo‘lib, uning qiymati esa
o‘zgaruvchan   bo‘ladi.  
abcd  
o‘tkazgichining
 
chulg‘ami   qutblar   o‘rtasi   ostida
joylashganda, tok maksimal qiymatga erishadi, geometrik neytralda joylashganda
esa   tok   miqdori   nolga   teng   bo‘ladi.   O’zgarmas   tok   generatorida   kollektor
yordamida   yaqor   chulg‘amidagi   o‘zgaruvchan   tok   zanjirning   tashqi   qismidagi
pulsatsiyalanadigan tokga o‘zgarishi amalga oshadi.
16


2.3-rasm. Bir o‘ram chulg‘amga ega bo‘lgan yakor o‘tkazgichida tok yo‘nalishining  o‘zgarishi
2.4-rasm. Ikki  o‘ram chulg‘amga ega bo‘lgan generator yakor o‘tkazgichida
to‘g‘irlangan tok grafigi
Generator tashqi zanjiridagi tok pulsatsiyasi  miqdorini kamaytirish uchun
yakor chulg‘amini bir necha o‘ramdan tayyorlash zarur. Har bir o‘ram kollektor
plastinalari juftligiga ulanadi. Agar yakor, fazoda   90º
 
burchak ostida siljitilgan
ikkita   o‘ramga   ega   bo‘lsa   tok   pulsatsiyasi   sezilarli   miqdorda   kamayadi.   Yakor
chulg‘amida o‘ramlar soni ko‘p bo‘lganda, tok pulsatsiyasi miqdori yanada kam
bo‘ladi.   Chulg‘amda   16   ta   o‘ram   bo‘lganda   (mos   ravishda   kollektorda   16   ta
plastina bo‘ladi) tok pulsatsiyasi sezilarli bo‘lmaydi va generator tashqi zanjiridagi
tok kuchi nafaqat yo‘nalishi, balki kattaligi bo‘yicha ham O’zgarmas hisoblanadi.
Demak O’zgarmas tok elektr mashinalari ko‘p miqdorda kollektor plastinalari va
17


yakor chulg‘amlariga ega.

Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish