2.2. Tortuv elektr dvigatellari (TED)
2.2.1.Tortuv elektr dvigatellarni ishlash sharoiti, texnik tavsifаsi.i.
Tortuv elektr dvigatellarining vazifаsi.asi.
Tortuv elektr dvigateli (TED)
elektr energiyani g’ildirak juftligini aylantirish uchun talab etiladigan mexanik
energiyaga aylantirish uchun hizmat qiladi. Hozirgi vaqtda “O'zbekiston temir
yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati lokomotiv parkining asosiy qismini elektr uzatmali
teplovozlar tashkil qiladi.
Teplovozlar harakatlanishi uchun energiya manbai bo’lib dizel-generator
qurilmasi xizmat qiladi (2.16-rasm). Dizel D kimyoviy energiyani tirsakli valining
aylanishi orqali mexanik energiyaga aylantiradi, mexanik energiya tortuv
generatori TG ga ajralmas qilib ulangan mufti orqali uzatilib, TG da elektr
energiyasiga aylantiriladi. Generatordan elektr energiyasi harakatlanuvchi g’ildirak
juftliklari (G’J) bilan tortuv tishli uzatma orqali kinematik ulangan tortuv elektr
dvigatellari TED ga o’tkazgichlar orqali kelib, TED da qayta mexanik energiyaga
aylantiriladi va tishli uzatma orqali G’J larni aylantiradilar.
35
2.16-rasm. Teplovozda energiyani uzatish sxemasi
Avtonom bo’lmagan lokomotivlar, ya’ni elektrovozlarda, elektr energiya
tortuv dvigatellarini ta’minlash uchun elektrostantsiyalarda ishlab chiqarilib,
elektr uzatish liniyalari bo’ylab tortuv podstantsiyalari va kontakt tarmog’i orqali
TED lariga uzatiladi. Elektr stantsiyasi, ya’ni deyarli cheklanmagan energiya
manbaiga ulanganligi tufayli elektrovoz faqat TED quvvati bilan cheklangan
ortiqcha quvvatga erishishi mumkin bo’lib, shu sababli elektrovoz quvvati og’irligi
bir xil teplovozga nisbatan deyarli ikki barobar yuqori bo’ladi.
Teplovoz, elektrovoz va elektrpoezdlarda ketma-ket qo‘zg‘atish tizimiga ega
bo‘lgan tortuv elektr dvigatellari qo‘llaniladi. Odatda yuk tashish
lokomotivlarining tortuv elektr dvigateli o‘qga tayanuvchi osilmali (ED-118A,
ED-118B, ED-125B, ED-120A) bo‘ladi, yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan
lokomotivlarning tortuv elektr dvigateli esa ramaga tayanuvchi osilmali (ED-
108A, ED-121A, ED-126A) bo‘ladi. Yuk teplovozlari va elektrovozlarida TED
tayanch-o’qli ilishda, bir tarafdan motor-o’q podshipniklari orqali g’ildirak juftligi
o’qiga, ikkinchi tarafdan – prujinalar komplekti orqali aravacha ramasiga tayanadi.
Barcha lokomotivlarda g’ildirak juftligi TED dan g’ildirak-motor blokining tishli
reduktori orqali yuritiladi. (2.17-rasm).
36
2.17-rasm. Lokomotivning TED tayanch-o’qli usulda osilgan g’ildirak-motor bloki sxemasi
Tortuv elektr dvigatellarning o'rnatilish joyidan kelib chiqigan holda gabarit
o'lchamlari qattiq chegaralangan. TED pastki qismidan rels boshchasi bilan
chegaralangan bo'lsa, ikki yon tomonidan gabarit o'lchamlari g’ildiraklar bilan
chegaralangan, ustki qismidan esa aravacha ramasi va teplovoz ramasi bilan
chegaralangan.
Tortuv elektr dvigatellar aylanishlar chastotasini keng diapazonda
o'zgarishini ta'minlashi, katta aylanishlar momentini etkazib berishi lozim. Shu
bilan birga, bevosita g’ildirak juftligiga osish moslamasi bilan o'rnatilganligi
sababli ko'p takrorlanadigan zarbli tebranishlarga ta'sirida bo'ladi.
Atrof muhitning keng ko'lamda o'zgarishi, harorat -50 dan +40
0
C gacha
bo'lganda chidamli bo'lishi bilan birga, tortuv elektr dvigatellarining ishlash
sharoitini o'ziga hos tomonlaridan yana biri shuki, bu dvigatellarga undagi
sovutuvchi havoning chiqish tirqishlaridan qor, chang va qum kirishi mumkin.
Asosiy o'zgarmas tokda ishlovchi teplovozlarida keng foydalaniladigan ED -
118 A (B) o'zgarmas tok tortuv elektr dvigatellarini ko'rib chiqamiz. Bu turdagi
tortuv elektr dvigatellar “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati
lokomotiv parkining UzTE16M, TE10M, TEM2 teplovozlarida foydalaniladi.
37
Bu tortuv elektr dvigatellarining asosiy vazifasi generatordan kelayotgan
elektr energiyani mexanik energiyaga aylantirib, teplovoz g’ildirak juftligini tortish
reduktori orqali harakatga keltirish. Tortuv elektr dvigatellarining texnik
ko‘rsatkichlari 2.2-jadvalda keltirilgan.
2.2-jadval. ED -118A (B) tortuv elektr dvigatellarining texnik ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkich nomlanishi
ED-118A
ED-118B
Elektr dvigatelning quvvati, kVt
305
305
Uzoq davom etuvchi jarayon kuchlanishi, V
463
463
Maksimal kuchlanish, V
700
700
Uzoq davom etuvchi jarayon tok kuchi, A
720
720
Maksimal kuchlanishdagi tok kuchi, A
476
476
Qisqa vaqt davomidagi maksimal tok kuchi,A
1100
1100
Uoq davom etuvchi jarayon aylanishlar soni, ayl/daq
585
585
To‘liq quvvatdan foydalanish jarayonidagi
aylanishlar soni, ayl/daq
1790
1790
Ruxsat etigan maksimal aylanishlar soni, ayl/daq
2290
2290
Uzatish soni
4,41
4,41
Uzoq davom etuvchi jarayon F.I.K.
0,915
0,915
Qo‘zg‘atishni susaytirish darajasi, I pog‘ona
0,6
0,6
Qo‘zg‘atishni susaytirish darajasi, II pog‘ona
0,36
0,36
Dvigatel og‘irligi, kg
3100
3250
Asosiy qutblar soni
4
4
Qutbdagi o‘ramlar soni
19
19
O‘tkazgichning kesim yuzi, mm
8х25
8х25
Izolyatsiyani issiqlikga bardoshlilik sinfi
F
F
Qo‘shimcha qutblar soni
4
4
Qutbdagi o‘ramlar soni
17
17
O‘tkazgichning kesim yuzi, mm
6х30
6х30
Izolyatsiyani issiqlikga bardoshlilik sinifi
F
F
Yakor o‘zagi diametri, mm
493
493
Pazlar soni
54
54
G‘altaklar soni
54
54
G‘altakdagi seksiyalar soni
4
4
Seksiyadagi sterjenlar soni
3
3
Pazlar bo‘yicha qadam
1-14
1-14
Kollektor bo‘yicha qadam
1-2
1-2
O‘tkazgichning kesim yuzi, mm
1,7х6,3
1,7х6,3
Izolyatsiyani issiqlikga bardoshlilik sinfi
F
F
Kollektor diametri, mm
400
400
Plastinalar soni
216
216
Cho‘tka ushlagichlar soni
4
4
Cho‘tkaushlagichdagi cho‘tkalar soni
3
3
Cho‘tkaning markasi
EG-61
EG-61
Cho‘tkaning o‘lchamlari, mm
2(12,5х40х65)
2(12,5х40х65)
Cho‘tkaga bosish kuchi, N
41-47
41-47
Sovutish tizimi
majburiy
Majburiy
38
Dvigatelni osilma turi
o‘qga tayanuvchi osilmali
Motor-o‘q podshipnigining moylash turi
polster
Majburiy
(tsirkulyatsion)
Kollektor tomonidagi rolikli podshipnik turi
80-92417К1М
80-92417К1М
Yuritma tomonidagi rolikli podshipnik turi
80-32330К2М
80-32330К2М
Do'stlaringiz bilan baham: |