o’zgarmas va o‘zgaruvchan turlari keng qo‘llanilmoqda. Elektr uzatmaning uzoq
muddatli ish tartibida, foydali ish koeffitsienti 84-86% tashkiletadi.
Lokomotivlarning quvvati oshib borishi natijasida o‘zgaruvchan-o’zgarmas tokda
ishlovchi uzatma keng tarqalmoqda.
Hozirgi kunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidagi UzTE16M,
2TE10M, 3TE10M, ChME3, TEM2 kabi teplovozlarda o’zgarmas tokda ishlovchi
elektr uzatmalar qo‘llaniladi.
O’zgarmas tokda quvvat uzatmasi dizel (D) validan harakatga keltiriladigan
tortuv generatoridan (TG), lokomotivlarning g‘ildirak juftligini harakatga
keltiruvchi tortuv elektr dvigatellaridan (TED), tortuv generatorini qo‘zg‘atish
tizimidan iborat (GQT) va bir qator yordamchi mashina va apparatlardan tashkil
topgan(1.1-rasm, a).
1.1-rasm. Elektr uzatmaning tuzilishi sxemasi: a) O’zgarmas tokdagi elektr uzatma;
b) o‘zgaruvchan-o’zgarmas tokdagi elektr uzatma; v) o‘zgaruvchan-o‘zgaruvchan tokdagi elektr
uzatma. D-dizel; G-o’zgarmas tok
tortuv generatori; SG-sinxrongenerator; TQ-to‘g‘irlash
qurilmasi; TChO’-tok chastotasini o’zgartirgichi (invertor); GQT- generatorning qo‘zg‘atish
tizimi; 1-3 –
tortuv elektr dvigatellari; A -
asinxron tortuv dvigatel
Elektr uzatma poezdning harakatlanish shartlariga avtomatik moslashish
8
imkonini beradi. Tortuv elektr dvigateli tomonidan hosil qilinadigan tortish kuchi
harakatga qarshilik kuchi oshganda va tezlik kamayganda oshib boradi, hamda
harakatga qarshilik kuchi kamayganda va tezlik oshganda kamayib boradi. Elektr
uzatmaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, lokomotivning
tortish kuchi aylantirish
momentiga va dizel quvvatiga bog‘liq emas. Ya’ni dizelning kichik quvvatida
katta tortish kuchi va aksincha dizelning katta quvvatida kichik tortish kuchiga ega.
Elektr uzatmali lokomotivning tortish kuchi elektr mashinalarning isishi
bilan chegaralanadi, ya’ni qisqa muddat davomida elektr mashinalarda katta
miqdordagi o’ta yuklanish hosil bo‘lishi mumkin (generatorlarda – 1,5 marta,
elektr dvigatellarda – 2marta). O’ta yuklanishdan poezd joyidan qo‘zg‘alishida va
kichik uzunlikdagi tik ko‘tarilishlarda foydalaniladi. Dizelning quvvati
o’zgarmasligini ta’minlash uchun, tortish kuchi avtomat tarzda tezlikka teskari
mutanosib o‘zgarishi kerak, ya’ni tortish kuchi 2 marta oshsa u holda lokomotiv
harakatlanish tezligi 2 marta kamayishi kerak.
Lokomotivlarning dizel-generator qurilmasi va tortuv elektr dvigatellari
tuzilishi jihatdan o‘zaro bog‘liq emas, bu esa energiyani harakatlanuvchi
g‘ildirakka uzatishning eng sodda tizimini qo‘llash imkonini beradi. Elektr
uzatmaning yana bir afzalligi bu uning bir boshqaruv pultidan birnechta
seksiyalarni birgalikda ishlashini boshqarish imkonini beradi. Elektr uzatmali
lokomotivlar g‘ildirak juftligi katta foydali ish koeffitsientiga ega (28-30%). Elektr
uzatma lokomotivni joyidan ravon qo‘zg‘alishini ta’minlaydi, boshqaruv tizimi
sodda va katta ishonchlilik darajasiga ega.
Elektr uzatmaning asosiy kamchiliklari bu uning katta og‘irligi, tan narxi
qimmatligi va boshqa uzatmalarga nisbatan rangli metallar sarfi ko‘pligidir.
O’zgarmas tok elektr uzatmalarida lokomotivlarning dizelini ishga tushirish
uchun tortuv generatoridan foydalaniladi. Buning uchun generatorning asosiy
qutblariga mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amidan tashqari, ishga tushirish chulg‘amlari
ham joylashtiriladi. Bu chulg‘amlar dizelni ishga tushirish jarayonida
akkumulyator batareyasidan man’balanadi. Dizel ishga tushish jarayonida tortuv
9
elektr dvigatellar qo‘llaniladi (1.1-rasm, v). Asinxron tortuv elektr dvigatellari o‘zi
bilan bir xil ko‘rsatkichga ega bo‘lgan o’zgarmas tok elektr dvigatelidan gabariti
o‘lchami kichik, 1,2-1,4 marta engil, 2-3 marta arzon, tortish kuchi va tok kuchi
bo‘yicha cheklanish mavjud emas, kollektor-cho‘tka apparati qo‘llanilmaganligi
sababli foydalanish jarayonida ishonchlilik darajasi yuqori bo‘ladi. Asinxron elektr
dvigatel rotor iaylanishlar sonini tartibga solish uchun, dvigatelga uzatiladigan tok
kuchining chastotasini o‘zgartirish bilan yoki qutblar juftligini o‘zgartirish yo‘li
bilan erishish mumkin (pog‘onama-pog‘ona o‘zgartirish). Tortuv sinxron
generatorining o‘zgaruvchan kuchlanishini to‘g‘irlash qurilmasiga uzatib beriladi.
To‘g‘irlangan kuchlanish esa o‘zgaruvchan tok chastotasini o‘zgartirgichi tiristorli
invertorga uzatiladi. Invertorda kuchlanish o‘zgaruvchan chastotaga ega
o‘zgaruvchan tokga aylantiriladi. Bunday turdagi uzatmaTE25A teplovozi va
elektrovozlarda keng qo‘llanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: