«Ишлаб чиқариш жараёнларини механизациялаш ва автоматлаштириш» фани маърузаларини ўқитиш технологиялари


 O’zgarmas tok mashinalarida yakor reaksiyasi



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/148
Sana03.01.2022
Hajmi9,24 Mb.
#316260
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   148
Bog'liq
fayl 1755 20210907

2.1.2. O’zgarmas tok mashinalarida yakor reaksiyasi
O’zgarmas   tok   elektr   mashinasida   asosiy   magnit   maydoni   qo‘zg‘atish
chulg‘amining magnitlovchi kuchi  
F
0
  tomonidan hosil qilinadi. Bu holda elektr
mashinaning magnit maydoni magnit qutblari o‘qiga nisbatan simmetrik bo‘ladi,
havo   oralig‘ida   magnit   induktsiyasining   tarqalish   egri   chizig‘i   trapetsiodal   egri
chiziqqa yaqin bo‘ladi. Bunda yakor chulg‘amining toki
 la=0
.
2.5- rasm. Yakor reaksiyasi.
Elektr   mashinaga   yuklanish   ulansa,   yakor   chulg‘amidan  
la
  tok   o‘ta
boshlaydi.   Bu   tok   yakorning   magnitlovchi   kuchi  
F
a  
ni   hosil   qiladi.   Agar
qo‘zg‘atish chulg‘amining toki
  Ik=0,  
ya’ni bu chulg‘amning magnitlovchi kuchi
qoladi. Yakor chulg‘amining magnitlovchi kuchi geometrik neytral chiziq bo‘yicha
yo‘nalgan. Yakor aylansa ham magnitlovchi kuchning fazoviy yo‘nalishi doimo bir
xilda qoladi, chunki uning yo‘nalishi faqat cho‘tkalar vaziyatiga  bog‘liq bo‘ladi.
Cho‘tkalar geometrik neytralda o‘rnatilganda yakor chulg‘amining magnitlovchi
kuchi  
F
a  
  hosil qiladigan  
Fa
  magnit oqimi ko‘ndalarng o‘q bo‘yicha yo‘nalgan
oqim (
Faq
) bo‘ladi. Yakor chulg‘amining magnitlovchi kuchi cho‘tkalar chizig‘ida
18


maksimal qiymatga erishadi; qutblar o‘qi chizig‘ida esa nolga teng bo‘ladi. Havo
oralig‘ida   magnit   induktsiyasining   tarqalishi   faqat   qutb   chetidagina   yakorning
magnitlovchi kuchi bilan bir xil bo‘ladi.
Yakor chulg‘ami magnitlovchi kuchining qiymatiga (
Fa
) qutblar oralig‘i τ
ga to‘g‘ri keladigan yakor chulg‘ami o‘ramlari soni hamda bu o‘ramdagi tok (
i
a
)
qiymati bilan aniqlanadi: 


A
a
i
D
N
F



bu   yerda  
D
N

-  chulg‘amning   yakor   aylanasi   uzunlik   birligiga   to‘g‘ri
keladigan simlarning soni; 
a
I
i
a
a
2

- yakor chulg‘ami parallel shoxobchasi toki.
Shunday qilib, yuklama ulangan O’zgarmas tok elektr mashinasida ikkita
magnitlovchi   kuch,   ya’ni   qo‘zg‘atish   chulg‘amining   magnitlovchi   kuchi  
F
0    
va
yakor chulg‘amining magnitlovchi kuchi  
Fa  
hosil bo‘lar ekan. Elektr mashinada
bu magnitlovchi kuchlar qo‘shilib umumiy magnitlovchi kuch Fa ni va bu esa
yig‘indi magnit oqimini hosil qiladi. 
Yakor magnitlovchi kuchining elektr mashinaning asosiy magnit oqimiga
ta’siri yakor reaksiyasi deyiladi. Yakor rekatsiyasi elektr mashina asosiy magnit
maydonining qutblar o‘qiga nisbatan tekis tarqalishini va uning simmetrikligini
buzadi,   natijada   qutb   bir   chetida   kuchliroq,   ikkinchi   chetida   esa   kuchsizroq
maydon hosil bo‘ladi.
Elektr mashina  elektr dvigatel tartibida ishlaganda  yig‘indi maydon kuch
chiziqlarining ko‘rinishi shunga o‘xshash bo‘ladi, lekin bunday yakor soat strelkasi
harakatiga teskari yo‘nalishda aylanishi lozim. Elektr mashinaning magnit tizimi
to‘yinmagan bo‘lsa, yakor reaksiyasi umumiy magnit oqimining tekis tarqalishini
buzadi,   ammo   uning   qiymatini   o‘zgartirmaydi.   Qutb   chetidagi   asosiy   magnit
maydonining va yakorning magnitlovchi kuchlari bir tomonga yo‘nalgan qismida
yakor pazi tishlari qatlamida magnit maydoni kuchayadi. Qutb ikkinchi chetida va
yakor pazi tishlari qatlamida magnit oqimlarining yo‘nalishi har xil bo‘lganligi
19


uchun magnit maydoni kuchsizlanadi. 
Yakor   reaksiyasi   natijasida   yig‘indi   magnit   oqimi   go‘yo   qutblar   o‘qiga
nisbatan ma’lum burchakka buriladi, ya’ni geometrik neytral chiziq α burchakka
buriladi. Umumiy maydon o‘qi fizik neytral chiziq deyiladi. Elektr mashinaning
yuklamasi qancha katta bo‘lsa, umumiy magnit maydoni shuncha ko‘proq buziladi;
fizik   neytral   shuncha   kattaroq   burchakka   buriladi.   Elektr   mashina   generator
tartibida ishlaganida fizik neytral yakorning aylanishiga teskari tomonga buriladi. 
Umumiy   magnit   maydonining   buzilishi   mashina   ishiga   yomon   ta’sir
ko‘rsatadi.   Yakor   reaksiyasi   natijasida   fizik   neytralning   geometrik   neytralga
nisbatan ma’lum burchakka burilishi cho‘tka kontaktlari ishini qiyinlashtiradi va
kollektordan   uchqun   chiqishiga   sabab   bo‘ladi.   Umumiy   magnit   maydonining
buzilishi havo oralig‘ida magnit induktsiyasining tarqalish qonuniyatini o‘zgartirib
yuboradi. Demak, havo oralig‘ida magnit induktsiyasining tarqalishi nosimmetrik
bo‘ladi. Magnit induktsiyasi qutb maydon kuchaygan chetida ancha katta bo‘ladi. 
Yakor reaksiyasining cho‘tka kontaktiga yomon ta’siri mashinaning asosiy
magnit   qutblari   orasiga   qo‘shimcha   magnit   qutblari   o‘rnatish   bilan   yo‘qotiladi.
Qo‘shimcha   magnit   qutblarining   magnitlovchi   kuchi   geomet-rik   neytralda
(kommutatsiya   zonasida)   yakor   magnitlovchi   kuchining   ko‘n-dalang   tashkil
etuvchisining   ta’sirini   yo‘qotadi.   O’zgarmas   tok   mashinalarida   havo   oralig‘ida
magnit induktsiyasining notekis tarqalishini, ularda maxsus kompensatsiyalovchi
chulg‘am o‘rnatish yo‘li bilan kamaytiriladi. 
Bu chulg‘am magnit pazlariga o‘rnatiladi va yakor chulg‘ami bilan ketma-
ket ulanadi. Kompensatsiyalovchi chulg‘amning magnitlovchi kuchi 
Fk 
ga teskari
yo‘naladi.   Kompensatsiyalovchi   chulg‘am   hamma   asosiy   magnit   qutblarida
barobar   tarqalib   o‘rnatiladi.   Bu   chulg‘amning   yakor   chulg‘ami   bilan   ketma-ket
ulanishi,   turli   yuklamada   yakor   chulg‘ami   magnitlovchi   kuchining   ta’sirini
avtomatik   usulda   yo‘qotishni   ta’minlaydi.   Kompensatsiyalovchi   chulg‘amli
O’zgarmas   tok   mashinasi   ancha   samarali   ishlaydi.   Bunday   mashinada   magnit
maydoni salt ishlashdan to‘la yuklama bilan ishlashga qadar deyarli o‘zgarmaydi.
20


Lekin   bunda   elektr   mashinaning   konstruktsiyasi   murakkablashadi   va   tannarxi
oshadi. Shuning uchun kompensatsiyalovchi chulg‘am yuklamasi doim o‘zgarib
turadigan katta quvvatli mashinalarda qo‘llaniladi. 
Yakor   reaksiyasi   ta’sirida   elektr   mashina   magnit   maydoning   kamayishi
qo‘zg‘atish chulg‘amining magnitlovchi kuchini oshirish yo‘li bilan ham tuzatish
mumkin.   Buning   uchun   salt   ishlashda   qo‘zg‘atish   chulg‘amining   magnitlovchi
kuchini   o‘rnatilgan   g‘altak   o‘ramlar   sonini   o‘zgartirish   yo‘li   bilan   15...30%   ga
oshirish kifoya qiladi.

Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish