1. Ma’muriy amaliyot xizmatining maqsadi va asosiy vazifalari.
Ma’muriy amaliyot xizmatining faoliyati O’zbekiston Respublikasi DSQ va tegishli bo’limning joriy hamda istiqbol rejalari asosida tashkil etilib quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi: -Davlat soliq xizmati organlarida qonun doirasida ma’muriy ishlarni yuritish, ularni hisobga olish va hisobotlarni yuritishni tashkil qilish; -soliq sohasidagi xuquqbuzarlikni oldini olish, bartaraf etish xamda sodir etilayotgan qonunbuzilish hollari bilan kurashish ishlarni davlat soliq idoralarida tashkil etish va ularning samaradorligini oshirish; -aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksi talablariga qat’iy rioya etilgan holda ma’muriy huquqbuzarlik ishlarini yuritishda qonun ustivorligi prinsipiga amal qilishni ta’minlash; -O’zbekitson Respublikasi Bosh prokraturasi huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti va uning joylardagi tuzilmalari bilan o’zaro hamkorlik qilish va ularga jinoyat alomatlari mavjud bo’lgan materiallarni tegishliligi bo’yicha belgilangan tartibda jo’natilishini ta’minlash; -quyi soliq idoralarida soliq sohasida huquqbuzarlikni aniqlash va oldini olish, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo’yicha qonunda belgilangan chora-tadbirlarni qo’llashni tashkil etish va ularning faoliyati ustidan nazorat olib borish.
2. Ma’muriy amaliyotning tashkiliy asoslari.
Ma’muriy amaliyot tartib qoidalari O’zbekiston Respublikasi «Davlat soliq xizmati to’g’risida»gi Qonuniga, O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 8 yanvardagi «Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to’g’risida». PQ-1257-sonli Qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 21 maydagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish to’g’risida”. PQ-98 sonli Qarorlari va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan va O’zbekiston Respublikasi DSQ Raisi tomonidan tasdiqlangan Nizom bilan amalga kiritilgan. Mazkur Nizom «Ma’muriy amaliyotni tashkil etish va nazorat qilish bo’limi»ning vazifalari, funksiyalari va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi. Bu bo’lim bevosita Davlat soliq qo’mitasi raisining o’rinbosariga bo’yso’nadi hamda u tomonidan tasdiqlangan rejalar, berilgan topshiriq va ko’rsatmalar asosida faoliyat ko’rsatadi. Bo’lim O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy majlis qarorlariga, O’zbeksiton Respublikasi Prezidentining Farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Davlat soliq qo’mitasining xay’at qarorlariga, qo’mita raisining buyrug’i va ko’rsatmalariga hamda nizomga amal qilgan xolda faoliyat ko’rsatadi.