Bog'liq Ish haqidan ushlab qolinadigan ajratmalar va to
2. Hujjatli tekshirish (taftish) dalolatnomasi bo’yicha taqdimnoma kiritish va qaror qabul qilish tartibi
Hujjatli tekshirish natijasida qo’shimcha hisoblangan soliqlar, yig’imlar va majburiy ajratmalar bo’yicha soliq organi tomonidan tadbirkorlik sub’ektiga tekshiruv dalolatnomasi ro’yxatga olingan sanadan boshlab 5 kundan kechiktirilmasdan qaror taqdim qilinadi. Qarorda soliqlar, yig’imlar va majburiy ajratmalar bo’yicha qo’shimcha hisoblangan summalar hamda penyalar bilan birgalikda 10 kunlik muddatda to’lanishi belgilanadi. Qo’shimcha hisoblangan soliqlar, yig’imlar va majburiy ajratmalar bo’yicha xo’jalik sub’ekti tomonidan e’tiroz bildirilgan bo’lsa, e’tiroz kelib tushgan sanadan boshlab 5 kun davomida ishchi guruh tomonidan ko’rib chiqiladi va lozim topilsa, davlat soliq xizmati organi rahbari yoki uning o’rinbosari tomonidan imzolangan qaror taqdim qilinadi. Qarorning kirish kismida quyidagilar aks ettiriladi: qarorning raqami va sanasi; aholi punktining nomi; soliq organining nomi, qaror qabul qilayotgan rahbar yoki uning o’rinbosarining ismi sharifi; qaror qabul qilinayotgan hujjatli tekshirish dalolatnomasining raqami va sanasi; qaror qabul qilinayotgan sub’ektning to’liq nomi, manzili va identifikatsion raqami, rahbarining va bosh hisobchining (xususiy tadbirkorning) ismi sharifi. Qarorning bayon qismida quyidagilar izohlanadi: tekshirish davomida aniqlangan holat (yashirilgan tushum, buxgalteriya hujjatlari bilan kirim qilinmagan tovar va boshqalar) soliq va boshqa to’lovlarni noto’g’ri hisoblash natijasida to’lanmagan (to’liq to’lanmagan) yoki ortiqcha hisoblangan soliqlarning umumiy summalari haqida, soliq turlari va to’lov davrlariga ajratilgan holda ko’rsatilgan ma’lumot; boshqa aniqlangan qonun buzilish holatlari; Qarorning xulosa qismida quyidagilar aks ettirilishi zarur: yo’l qo’yilgan soliq qonunbuzarliklari uchun soliq to’lovchini javobgarlikka tortish huquqi O’zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to’g’risida»gi Qonuniga hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo’jalik sudi plenumining 2006 yil 22 dekabrdagi «Тadbirkorlik sub’ektlarini huquqiy himoya qilish va ularning moliyaviy javobgarligini erkinlashtirishni takomillashtirishga yo’naltirilgan O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini qo’llash bilan bog’liq masalalar to’g’risida»gi 12/149-sonli qaroriga asosan soliq organiga berilganligi e’tirof etiladi; byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan soliq summalari; o’z vaqtida to’lanmagan soliq summalariga hisoblangan ustama summalar; ortiqcha hisoblangan soliq summalari; yo’l qo’yilgan har bir soliq qonunbuzarligi uchun qo’llaniladigan javobgarlikni belgilovchi O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining tegishli moddalari va boshqa normativ hujjatlar ko’rsatib o’tiladi va aniqlangan soliq va boshqa qonunbuzarlik holatlarini bartaraf qilish bo’yicha ko’rsatmalar beriladi. Hujjatli tekshirish natijasida tadbirkorlik sub’ektiga nisbatan moliyaviy jarima qo’llash hollari mavjud bo’lsa, tekshiruv dalolatnomasi ro’yxatga olingan sanadan boshlab 5 kundan kechiktirilmasdan faqat moliyaviy jarima qo’llash qismi bo’yicha taqdimnoma kiritiladi. Тaqdimnomada moliyaviy jarimani qo’llash asoslari va hisobi ko’rsatilgan bo’lishi, shuningdek jarima summalari 10 kunlik muddatda ixtiyoriy to’lanishi va jarimaning to’langanligi haqida soliq organini xabardor qilishi (asoslovchi hujjat ilova qilingan holda), aks holda materiallar bo’yicha qaror qabul qilish yuzasidan Хo’jalik sudiga murojaat qilinishi to’g’risida ogohlantiriladi. Тaqdimnomaning kirish kismida quyidagilar aks ettiriladi: taqdimnomaning raqami va sanasi; aholi punktining nomi; soliq organining nomi, taqdimnoma kiritayotgan rahbar yoki uning o’rinbosarining ismi sharifi; taqdimnoma kiritilayotgan hujjatli tekshirish dalolatnomasining raqami va sanasi; taqdimnoma kiritilayotgan sub’ektning to’liq nomi, manzili va identifikatsion raqami, rahbarining va bosh hisobchining (xususiy tadbirkorning) ismi sharifi. Тaqdimnomaning bayon qismida quyidagilar izohlanadi: tekshirish dalolatnomasida aniqlangan moliyaviy jarima qo’llash lozim bo’lgan holatlar aks ettirilishi lozim; Тaqdimnomaning xulosa qismida quydagilar aks ettirilishi zarur: yo’l qo’yilgan soliq qonunbuzarliklari uchun soliq to’lovchini javobgarlikka tortish huquqi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 iyundagi PF-3619-sonli farmoniga asosan sud organlariga va O’zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to’g’risida»gi Qonuniga asosan soliq organi rahbari yoki uning o’rinbosariga berilganligi e’tirof etiladi; byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan soliq summalari; o’z vaqtida to’lanmagan soliq summalariga hisoblangan ustama summalar; ortiqcha hisoblangan soliq summalari; yo’l qo’yilgan har bir soliq qonunbuzarligi uchun qo’llaniladigan javobgarlikni belgilovchi O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining tegishli moddalari va boshqa normativ hujjatlar ko’rsatib o’tiladi va aniqlangan soliq va boshqa qonunbuzarlik holatlarini bartaraf qilish bo’yicha ko’rsatmalar beriladi. Тadbirkorlik sub’ekti tomonidan taqdimnoma qabul qilinganidan keyin 10 kun mobaynida moliyaviy jarima summasi ixtiyoriy ravishda to’lab berilmagan (qisman to’lab berilgan) taqdirda, soliq organi tomonidan moliyaviy jarima qo’llash bo’yicha Хo’jalik sudiga da’vo arizasi kiritiladi. Тadbirkorlik sub’ekti tomonidan taqdimnoma qabul qilinganidan keyin 10 kun mobaynida moliyaviy jarima ixtiyoriy ravishda to’lab berilgan va jarimaning to’langanligi haqida (asoslovchi hujjat ilova qilingan holda) soliq organi xabardor qilingan taqdirda, soliq organi rahbari yoki uning o’rinbosarining qaroriga asosan, moliyaviy jarima summasi tadbirkorlik sub’ekti shaxsiy varaqasiga kiritilishi lozim. Moliyaviy jarima qo’llash to’g’risidagi da’vo arizasiga tadbirkorlik sub’ektining moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish natijasida tuzilgan dalolatnoma yoki boshqa hujjatning asli (tegishli tartibda rasmiylashtirilgan nusxasi) yoxud moliyaviy jarima qo’llashga asos qilib olingan boshqa hujjatlar ilova qilinishi shart. Da’vo arizasi sud organi tomonidan ko’rib chiqilib, qaror qabul qilingandan so’ng, soliq organi tomonidan moliyaviy jarima belgilangan tartibda undirishga qaratiladi. Тekshiruv natijasida soliq va to’lovlar bo’yicha zararlar aniqlanmagan, ammo boshqa huquqbuzarlik holatlari qayd qilingan tekshirish hujjatlari bo’yicha belgilangan tartibda mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik choralari ko’riladi.