Topshirdi: 921-20 guruh talabasi Sultonov



Download 29,49 Kb.
Sana09.06.2022
Hajmi29,49 Kb.
#646630
Bog'liq
sultonov.sh biznes1docx


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JIZZAX FILIALI
“AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI
“ IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“BIZNES REJALASHTIRISH” FANIDAN
JORIY NAZORAT ISHI 1
MAVZU: Firma va tarmoqning uzoq muddatli davrdagi
muvozanati

Topshirdi: 921-20 guruh talabasi Sultonov .Sh


Qabul qildi Rashidov.A

Jizzax 2021

Reja


  1. Biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning xorijiy mamlakatlar tajribasi.

  2. Biznes va tadbirkorlikda innovatsion faoliyat.

  3. O‘zbekiston Rekspublikasida biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari

1 Biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning davlat va nodavlat shakllari. Bugungi kunda kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Jamg‘arma tomonidan kafillik va kompensatsiya shaklida moliyaviy yordamlar berib kelinmoqda. Birgina o‘tgan yil davomida 20 258 ta kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining tijorat banklaridan olingan 33,208 mlrd. so‘mlik kreditlari bo‘yicha Jamg‘arma tomonidan 6,993 mlrd. so‘m miqdoridagi moliyaviy majburiyatlar olingan.O‘z navbatida, tahlillar natijasi shuni ko‘rsatadiki, 2020-yilda:tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha 5356 ta kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga Jamg‘armaning 4,172 mlrd. so‘m miqdordagi kafillik majburiyatlari olingan, natijada Jamg‘armaning kafilligidan foydalanuvchi kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari soni 2019-yilga nisbatan 4,2 barobarga oshgan; tijorat banklari kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun Jamg‘armaning kompensatsiya berish shaklida moliyaviy yordamidan foydalangan kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari soni esa 14 902 ta yetgan va Jamg‘arma 2,821 mlrd. so‘m miqdorda foiz xarajatlari qoplash yuzasidan majburiyatlar olgan, natijada 2019-yilga nisbatan kompensatsiya oluvchilar soni 4,4 barobar hamda to‘lab beriladigan foiz xarajatlari miqdori 3,3 barobarga oshgan.Bundan tashqari koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yildagi PF-5969, PF-5978, PF-5986, PF-5996-sonli farmonlariga muvofiq Jamg‘arma tomonidan 6 mingga yaqin kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining kreditlari bo‘yicha moliyaviy yordam ko‘rsatildi


O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarning bosh maqsadi ochiq tashqi siyosatli, barqaror ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolar jamiyatini qurish hisoblanadi. Respublikada bozor qayta o‘zgartirishlari qat’iy va izchil amalga oshirilmoqda.Davlatga tegishli turar joy to‘liq xususiylashtirildi, natijada salkam 1,1 mln kvartira aniq egalari qo‘liga tegdi. Kichik xususiylashtirish tugallandi. Savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari, uncha katta bo‘lmagan korxonalar amalda to‘liq xususiy mulk qo‘liga o‘tdi. Agrofirmalar, dehqon xo‘jaliklari va nodavlat mulk shaklidagi xo‘jalik birlashmalarining boshqa turlarini tashkil etish hisobiga qishloq xo‘jaligini davlat tasarrufidan chiqarish keng ko‘lamda olib borilmoqda. Xususiy tadbirkorlik subyektlari soni salkam 300 mingtani tashkil etadi, shu jumladan ulardan 220 mingdan ortig‘i yakka tartibdagi mehnat faoliyati patentlari bilan ishlamoqda. Qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish va rivojlantirish davom etmoqda. Respublika fond birjasi orqali 157,7 mln so‘mlik 342,1 ming aksiya sotildi. Ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining umumiy soni 3569 tani tashkil etdi. Bank va kredit-pul tizimi takomillashtirilmoqda. Xalqaro banklar va sug‘urta kompaniyalari respublikada o‘z faoliyatini kuchaytirmoqda. Mazkur Davlat dasturi bozor qayta o‘zgartirishlari jarayonlarini jadallashtirish maqsadida chora-tadbirlar majmuini nazarda tutadi va respublikada, ayniqsa qishloqda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy maqsadlari, vazifalari, yo‘nalishlarini belgilaydi.

2 . Iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish, ishlab chiqarishda eng ilg’or va so’nggi avlod texnologiyalarini joriy etish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida innovatsiyalarning rivojlanishiga e’tiborni yanada kuchaytirish va bunda innovatsiyalar sohasida xorijda yaratilayotgan yangiliklar va tajribalarni o’rganish, yangiliklarni joriy etishda barcha imkoniyat va salohiyatmizni ishga solish muhim ahamiyat kasb etadi.O’zbekiston Respublikasida kichik biznes subyektlari faoliyati erkinliklari va qulay ishbilarmonlik muhitining mavjud ekanligi hamda yuqori iqtisodiy manfaatdorlikka erishish imkoniyatlari tadbirkorlarning o’z faoliyatini tashkil etish, kengaytirish va o’zgartirishlarda innovatsion loyihalarni joriy etishga bo’lgan intilishlarini kuchaytirmoqda. Bu esa mamlakatimizda innovatsiyaning mazmun-mohiyatini yanada chuqur va puxta o’rganishga olib kelmoqda.


Innovatsiya nazariyasining rivojlanishiga asos solgan olim avstriyalik iqtisodchi Y.A. Shumpeter hisoblanadi.Y.A. Shumpeter ilgari surgan g’oyaga ko’ra, joriy etilgan har qanday yangi texnik qaror, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi bozorlarning tarkib topishi, xomashyolar manbai innovatsiya hisoblanadi.Y.A. Shumpeter tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya uning “Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” nomli kitobida atroflicha yoritgan. Ushbu konsepsiya dinamik xaraktrga ega bo’lib, doimiy tebranish xususiyatiga egadir. Shu bois ushbu tebranish ilgarilab boradigan rivojlanishni ta’minlaydi. Uning ta’kidlashicha, konyunktura tebranish manbai va tadbirkorning innovatsion faolligi hisoblanadi.
“Innovatsiya” atamasi lotincha “innovato” so’zidan olingan bo’lib, yangilash va yaxshilash degan ma’noni bildiradi. Umumiy mazmunda mazkur atama Ko’pchilik odamlar tomonidan ushbu atama, asosan, ayni paytda va muayyan vaqtda yangi deb qabul qilingan madaniyatning moddiy yoki nomoddiy qadr-qiymati sifatida tushuniladi. “Innovatsiya” atamasining texnik-texnologik yangiliklarni joriy etish sohasida qo’llanilishida keyinchalik kirib kelishi kuzatiladi.“Innovatsiya” atamasining bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarida juda keng qo’llanilishi uning mazmunini har tomonlama o’rganishga bo’lgan talabni kuchaytirmoqda. Shu sababli mazkur atamaning iqtisodiy mazmun-mohiyatini ochib bergan ba’zi iqtisodchi-olimlarning qarashlarini o’rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Rus iqtisodchi olimi Balabanov I.T. fikriga ko’ra: “Innovatsiya – kapitalni yangi texnika yoki texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil qilish, mehnat, xizmat ko’rsatish va boshqaruvning yangi shakllariga, jumladan, yangicha nazorat va hisob shakllari, rejakashtirish va tahlil usullariga kiritishdan olingan, moddiy tus olgan natijadir” Shuningdek, Valdaysev S.V. o’zining ilmiy ishlarida innovatsiyalarni quyidagicha ta’riflaydi: “Innovatsiya – bozorga mavjud taklif bilan ta’minlanmagan ehtiyojlarni qondiradigan mahsulot olib chiqishga qodir bo’lgan, maxsus ishlab chiqilgan texnologiyaga asoslangan yangi mahsulot liniyasini o’zlashtirish” Rus olimlaridan V.V.Glushenko, I.I.Glushenkolarning mazkur tushunchaga quyidagicha ta’rif berganlar: “innovatsiya – tovarlar, xizmatlar va texnologiyalarning firma darajasidagi tashkiliy shakllarining yangi turlarini ishlab chiqish, tayyorlash va tarqatishga yo’naltirilgani jodiy va investitsion faoliyat natijasi” Shuningdek, mashur iqtisodchi olimlardan biri P.Druker ham innovatsiyaning iqtisodiy mazmun-mohiyati va ahamiyatini asoslab berishga harakat qiladi va tadbirkorlar uning yordamida yangi xizmatlar yoki biznes turini amalga oshirish kabi o’zgarishlardan foydalanadigan o’ziga xos bir alohida vositasi sifatida ta’riflaydi P. Drukerning innovatsiyaga bergan ta’rifi Y. Shumpeterning klassik ta’rifi mohiyatini to’ldirib, bir vaqtning o’zida samarali rivojlanishning sharti sifatida tashkiliy-iqtisodiy omilning ahamiyatini hamda yangi tovarlarni amaliyotda qo’llash zarurligini ta’kidlaydi.Fatxutdinov R.A. esa innovatsiya sohasida olib borgan tadqiqotlari natijasida “innovatsiya – obyektni boshqarishni o’zgartirish va iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, ilmiy-texnikaviy va boshqa turdagi samarani olish maqsadida yangilikni joriy etishning yakuniy natijasi”, deb ta’kidlaydi1 Innovatsiya atamasining mazmun-mohiyati va uning iqtisodiyotda tutgan o’rni hamda innovatsiyalarning o’ziga xos xususiyatlarini ochib berishda O’zbekistonlik iqtisodchi-olimlar izlanishlar olib borganlar va bugungi zamonning talabidan kelib chiqqan holda ta’rif berganlar. Xususan, R.I. Gimush va F.M. Matmurodovlar tomonidan innovatsiya deganda “yangilik va yangilik kiritish degan ma’noni bildiradi. Bu yangilik zamirida yangi tartibni, yangi odatni, yangi uslubni, kashfiyotni tushunish lozim”, deya ta’rif berilgan Jahon banki tomonidan mazkur atamaga quyidagicha ta’rif berilgan: “innovatsiya – texnologiyalarni anglatadi yoki ushbu jamiyatda nimadir yangi narsani amaliyotda qo’llanilishini anglatadi” Innovatsiya atamasiga berilgan bunday ta’riflarni ko’plab keltirish mumkin, albatta. Olib borilgan tadqiqotlar asosida biz ham innovatsiyaga quyidagi ta’rifni ishlab chiqdik va ushbu ta’rif innovatsiya kategoriyasining to’liq mazmun-mohiyatini ochib beradi, deb o’ylaymiz: innovatsiya – har qanday faoliyat turida yuqori samaradorlikka erishish mezoni bo’la oladigan ilm-fan yutuqlari, ixtiro va kashfiyotlar hamda yangiliklarnini amaliy jihatdan qo’llashdir. Innovatsiyalarni joriy etish bilan foyda va qo’shimcha daromadga erishish mumkin bo’ladi

3 . Kichik biznesning mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shadigan hissasini oshirilishini, kichik sanoat zonalarining yaratilishi, investitsion muhit va raqobat muhitini yaxshilanishi, kichik biznes bilan davlat-xususiy sherikchiligi doirasida davlat xaridlari hajmini kengaytirilishi, yirik va kichik korxonalar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlanishi, innovatsiya jarayonlariga tadbirkorlik sub'yektlarini jalb qilish orqali ko‘rishimiz mumkin.


2017-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 53,3 foizni yoki 119301 mlrd so‘mni tashkil etdi. (Yaponiyada - 55%, Germaniyada - 54%, AQSH da - 52%, Qozog‘istonda - 25,6%, Rossiyada - 20%). Mamlakatda band aholining 78,3 foizi kichik biznesda faoliyat yuritmoqda, vaholanki 2000 yilda ushbu ko‘rsatkich 49,7 foizni tashkil etgan.
Kichik biznesning sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi ulushi 2000-yilda 12,9% ni tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilda ushbu ko‘rsatkich 39,6% ni tashkil etdi, qishloq xo‘jaligida - 99% ni, qurilish sohasida - 65,1% ni, chakana savdo aylanmasida - 88,4% ni tashkil etdi. Kichik biznesning mamlakat umumiy eksportidagi ulushi 27% ni, importda - 50% ni, investitsiyada esa - 32% ni tashkil etdi.Amaldagi qonunchilikka binoan, yillik o‘rtacha xodimlar soni qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida - 50 kishigacha, sanoatda faoliyat turiga qarab - 100 dan 270 kishigacha; savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida - 25 dan 50 kishigacha ishchilarga ega bo‘lgan sub'yektlar kichik korxonalar tasnifiga kiradi.Respublikmizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi sharoitlar yaratilgan:
1. Kichik biznes sub'yektlarining ro‘yxatdan o‘tish vaqti 30 daqiqani tashkil etadi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun faqat bir dona, yuridik shaxs sifatida kichik korxonani ro‘yxatga olishda esa - ikki dona hujjat talab etiladi.

2. Deyarli barcha tarmoqdagi kichik korxonalar kichik biznesni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishning muhim omili hisoblanadigan yagona soliq to‘lovi stavkasi, realizatsiya qilingan tovarlar va xizmatlar hajmining 5% ni tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda kichik biznes sub'yektlari uchun yagona ijtimoiy to‘lovning amaldagi stavkasi 15% ni tashkil etadi.


3. Yangi tashkil etilgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalarga besh yil davomida ular ro‘yxatdan o‘tgan kunidagi soliq va majburiy to‘lovlar stavkasini qo‘llash huquqi beriladi. 2018-yildan boshlab 1 gektardan ko‘proq yer maydoniga ega bo‘lgan kichik korxonalar yagona er solig‘i to‘lashi belgilab qo‘yildi.
4. Kichik biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash quyidagi yo‘llar orqali amalga oshirilmoqda: banklar tomonidan imtiyozli stavkalar bo‘yicha kreditlar berish; tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining tadbirkorlik faoliyatiga berilgan kredit mablag‘larining 50% miqdoridagi kafillik va tijorat banklari kreditlari bo‘yicha hisoblangan foiz xarajatlarini qoplash*.
5. Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga mas'ul institut tomonilan biznes manfaatlari himoyalangan. O‘zbekistonda kichik biznes sub'yektlari faoliyatini rejadan tashqari tekshirish bekor qilindi, shuningdek birinchi marta sodir etilgan moliyaviy-xo‘jalik huquqbuzarlik uchun tadbirkorlik sub'yektlari ma'muriy jarimalarning barcha turlaridan ozod etilgan**.
6. Respublikaning barcha hududlarida tadbirkorlik sub'yektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi “yagona darcha” tamoili ostida faoliyat ko‘rsatadigan markazlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi markazlar tashkil qilingan. Tadbirkorlik faoliyatini endi boshlovchi sub'yektlar uchun o‘zlarining biznes rejalarini tuzish, huquqiy va amaliy ko‘mak berish, shuningdek faoliyatlari uchun zarur ma'lumotlarni olishlari uchun “biznes-inkubatorlar tashkil etilgan.

7. Respublika bo‘yicha tadbirkorlarga biznes yuritish bo‘yicha o‘quv kurslari, xususiylashtirilgan ob'yektlar bazasida loyihalar amalga oshirish, 5 yil muddatga nol stavkada ijara asosida yer maydonlari ajratish orqali yosh tadbirkorlar uchun klasterlar tashkil etildi.



2018-yil 1-aprel holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes sub'yektlari soni (dehqon va fermer xo‘jaliklaridan tashqari) 238,5 mingtani (2001 yilda 99,4 mingta) tashkil qildi. Jumladan ularning 8,2 foizini kichik korxonalar va qolgan 91,8 foizini esa mikrofirmalar tashkil etmoqda. Ushbu ko‘rsatkichni tarmoqlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak 9,1 foiz kichik biznes sub'yektlari qishloq xo‘jaligida, 20,9 foiz sanoatda, 11 foiz qurilishda, 34 foiz savdo va umumiy ovqatlanishda, 5,2 foiz yuk tashish va 19,7 foiz boshqa sohalarda faoliyat yuritayotganini ko‘rishimiz mumkin.Hududlarda kichik biznes sub'yektlarining sanoatdagi ulushini ko‘radigan bo‘lsak, Toshkent shahrida 71,3 foiz, Namangan viloyatida 68,4 foiz, Jizzax viloyatida 61,3 foiz va Samarqand viloyatida 55,5 foizni tashkil etgan. Xuddi shu ko‘rsatkich Toshkent viloyatida 29,6 foiz, Qashqadaryo viloyatida 23,1 foiz, Navoiy viloyatida 18,8 foiz va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 18 foizni tashkil etgan. Shu bilan bir qatorda kichik biznes salohiyatini to‘liq amalga oshirishiga to‘sqinlik qiladigan muammolarni ta'kidlab o‘tishimiz lozim.
1. Kichik biznesda bandlarning 62 foizidan ko‘prog‘i yakka tartibdagi tadbirkorlikda band bo‘lsa, atigi 16 foizi kichik korxona va mikrofirmalarga to‘g‘ri kelmoqda. Kichik korxonalarning bandlikdagi past darajalari Navoiy (11,3 %), Qashqadaryo (12,4 %) va Toshkent viloyatiga (13,2%) to‘g‘ri kelmoqda. Kichik biznesda bandlarning 34,2 foizi qishloq xo‘jaligida, 12,7 foizi - sanoatda, 11,6 foizi qurilishda, savdoda 13,4 foizi va 28,1 foizi xizmatlar sohasida band. Yuqoridagi bandlarning tarmoqlar kesimidagi tahlilidan ko‘rinib turibdiki, boshqa tarmoqlarga nisbatan yaratilayotgan ish o‘rinlari samaradorligi yuqori bo‘lgan sanoat tarmog‘ida kichik biznesning nisbatan past darajadagi o‘rnini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu ko‘rsatkichni hozirgi o‘sish darajasining saqlanib qolishi kelgusida aholining ish haqi va tadbirkorlik faoliyatidan oladigan real daromadlarining oshishi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu holat davlatning aholiga ajratadigan ijtimoiy kafolatlarini cheklashiga olib kelishi mumkin. 3. Kichik bisnes sub'yektlari sonining savdodagi ulushi yuqori darajada saqlanib qolmoqda (jami kichik biznes sub'yektlarining 26,7%i yoki 63,7 mingta sub'yekt). Chakana savdo tovar aylanmasida esa, 20,2%ni kichik bisnes va mikrofirmalarning ulushi tashkil etgan bo‘lsa, yakka tartibdagi tadbirkorlarning ulushi 69,4% ni tashkil etganini ko‘rishimiz mumkin, bu bank sektoriga pul tushumiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi va kichik biznes sub'yektlarining soliq solinadigan bazasida nomuvofiqliklarni keltirib chiqaradi. 4. Hududlar kesimida kichik biznes sub'yektlari sonini qaraydigan bo‘lsak eng ko‘p sub'yekt Toshkent shahrida (22,6%), Toshkent (9,6%), Farg‘ona (8,8%) va Andijon (8,7%) viloyatlari o‘z faoliyatlarini yuritishmoqda. Bu to‘rt hududda kichik biznes sub'yektlarining umumiy sonining 50%i atrofida o‘z faoliyatini amalga oshirmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki, Sirdaryo (3,2%), Navoiy (3,3%) va Jizzax (4,2%) kabi respublikamizning boshqa viloyatlarida kichik biznes sub'yektlarining mavjud potensialidan yetarli darajada foydalanilmayotganidan darak bermoqda.Mamlakatimizda kichik biznesning rivojlanishida qurilish va pardozlash materiallari, asbob - uskunalar, mashinasozlik ehtiyot qismlari va uskunalari, elektrotexnika, kimyo, farmatsevtika mahsulotlari, iste'mol tovarlarining ko‘plab turlarini ishlab chiqarish va boshqalar yuqori potensial ega sohalar hisoblanadi.
Download 29,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish