Irrigatsiya va melioratsiya


Irrigatsiya va melioratsiya tizimlaridan foydalanish jarayoni



Download 10,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/197
Sana20.07.2022
Hajmi10,88 Mb.
#830393
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   197
Bog'liq
irrigatfsiya

14.3.Irrigatsiya va melioratsiya tizimlaridan foydalanish jarayoni 
bo’yicha e’lon qilingan qonun, qarorlar va nizomlar mazmuni va mohiyati
O’zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi 
qonuni 29 bob 119 moddadan iborat bo’lib unga 1993 yil 6 may kuni imzo 
cheqilgan. 
Qonunning vazifalari suvga doir munosabatlari tartibga solish, aholi va xalq 
xo’jaligi extiyojlari uchun suvdan oqilona foydalanishdan, suvni bulg’anish, 
ifloslanish va kamayib ketishdan saqlash, suvning zararli ta’sirlarini oldini olish va 
uni bartaraf qilish, suv ob’ektlarining xolatini yaxshilash, shuningdek suvga oid 
munosabatlar soxasida korxonalar, muassasalar tashkilotlar, dehqon xo’jaliklari va 
fukorolarning huquqlarini himoya qilishdan iboratdir (1modda). 
Suv to’g’risidagi qonunlar (2 modda), suvga davlatning egaligi (3modda), 
yagona davlat suv fondi tarkibi (4modda) qonunda belgilangan. 
Qonunda davlat xoqimiyati va boshqaruvi organlarining suvga doir munosabatlarini 
tartibga solish soxalari 5, 6, 7 moddalarda belgilangan. 
Suvdan foydalanish va uni muxofaza qilish soxasida davlat boshqaruvi va 
nazorati vaqolatlari qonunning 8, 9 va 10 moddalarida keltirilgan bo’lib jumladan 
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jalik vazirliklari yer usti suvlari 
bo’yicha o’z vaqolatlari doirasida suvdan foydalanishni tartibga solish soxasidagi 
mahsus davlat organlari hisoblanadi. 
Qonunda shuningdek suvdan foydalanuvchilar, suvdan foydalanish 
ob’ektlari, suvdan foydalanish turlari jumladan suvdan birlamchi va ikkilamchi 
foydalanuvchilar o’rtasidagi munosabatlar ham belgilangan. 
Qonunning 30 moddasida suvdan limit bo’yicha foydalanish barcha suv 
iste’molchilariga nisbatan majburiyligi, hamda suv tarmoqlari ob’ektlarini asrash va 
tiklash, bu soxada xizmat qiluvchi xodimlarni moddiy ta’minlash maqsadida 
foydalanilgan suvga to’liq yoki qisman xak to’lash joriy etilishi ko’rsatilgan. 
Qonunning 32 moddasida suvdan foydalanuvchilarning huquqlari 35 


268 
moddada esa burchlari sanab o’tilgan. 
Suvdan foydalanuvchilaning huquqlaridan: 
-beriladigan suvni miqdori va sifatini tekshirish; 
-shartnoma bo’yicha olinmay qolgan suv uchun tavon tullanishini talab qilishni; 
Burchlaridan esa suvni olishning belgilangan me’yorlariga rioya etishlari, 
xo’jalik va tabiat ob’ektlariga zarar yetkazilishiga yo’l ko’ymasliklari, suv 
resurslaridan foydalanganlik xakini o’z vaqtida to’lashlari shartligini belgilanganligi 
suvga nisbatan munosabatlarni alohidaligidan dalolat beradi. 
Qonunning XIII bobi suv ob’ektlaridan Qishloq xo’jaligi extiyojlari uchun 
foydalanishga bag’ishlangan bo’lib uning 48 moddasi Qishloq xo’jaligida suvdan 
foydalanishni rejalashtirish qoidalari keltirilgan bo’lib suvdan foydalanish umumiy 
tizimi rejalarini, tuman ahamiyatidagi tizimlar bo’yicha – tumanlarning xoqimiyat 
organlari: viloyat, respublika ahamiyatiga ega tizimlar bo’yicha – tegishli ravishda 
viloyat, respublika Qishloq va suv xo’jaligi organlari tasdiklaydilar. 
49 moddaga binoan yerdan foylanish mulkchiligining kaysi shakliga 
asoslanganligidan kat’ nazar, suv fondi yerlaridan sug’oriladigan yerlar doirasidagi 
xo’jaliklararo kanallar va inshootlardan, yer osti suvi chiqargichlari yagona tizimi 
sifatida foydalaniladi va ular davlat mulki hisoblanib, ularni xususiylash mumkin 
emas. 
Qonunni 54 moddasida suvdan foydalanuvchilarning suv olishni ko’paytirish 
yoki kamaytirish maqsadida xo’jaliklararo ahamiyatga ega bo’lgan kanallardagi va 
suv omborlardagi gidrotexnika inshootlarini uzboshimchalik bilan boshqa 
maromga solishlari, shuningdek ularga muvaqqat to’siqlar nasos stantsiyalari va 
boshqa inshootlar qurishlari takiklanishi ko’rsatilgan. 
Kanallar va boshqa gidrotexnika inshootlari ustidan traktorlar, Qishloq xo’jalik 
mashinalari, avtomobil va boshqa tranasos stantsiyasi porti vositalarini xaydab 
o’tish, shuningdek muljallanmagan joylardan chorva mollarini xaydab o’tish va
sug’orish takiklanasi qonunni 55 moddasida keltirilgan. 
Qonunning 78.,79.,80.,81.,82 modallari suv inshootlaridan foydalanishga 
bag’ishlangan bo’lib jumlan 82 moddada gidrouzellar, hamda daryolar,soylar, 


269 
magistral va xo’jaliklaaro kanallar, kollektorlardagi boshqa gidrotexnika 
inshootlari davlat suv ob’ektlari hisoblanib, ana shu inshootlardan foydalanishni 
ularni loyihalash vaqtida ishlab chiqarilgan qoidalarga muvofiq Qishloq va suv 
xo’jaligi organlari amalga oshiradilar. 
Ichki xo’jalik gidromelioratsiya tarmog’idagi gidrotexnika inshootlaridan, shu 
jumladan sug’orish kanallari va kollektor-drenaj tarmoqlaridan foydalanishni, 
ularga egalik qiluvchi suvdan foydalanuvchilar amalga oshiriladi, Qishloq va suv 
xo’jaligi organlari suvdan foydalanuvchi bilan tuzilgan shartnomalarga binoan ichki 
xo’jalik tarmoqlari va ulardagi inshootlarga texnika xizmat ko’rsatishni uz 
zimmalariga olishlari mumkinligi ko’rsatilgan. 
Qonunning XXVI va XXVIII boblari suv to’g’risidagi qonunlarni buzganlik 
uchun javobgarlik va yetkazilgan zararlarni undirish tartiblariga bog’ishlangan
Suvdan cheklangan mikdorda suv resurslari taqchilligi kuchayotgan sharoitda aholi 
va xalq xo’jaligini suv bilan kafolatli ta’minlash va undan tejamli, hamda samarali 
foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3 avgust № 385 sonli 
suvdan cheklangan miqdorda foydalanish to’g’risidagi karori qabul qilinib 
«O’zbekiston Respublikasida suvdan cheklangan miqdorda foydalanish bo’yicha 
vaqtinchalik tartib» qabul qilingan va unga asosan suv xo’jaligi organlari bilan 
suvdan foydalanuvchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar tartibi belgilangan. 
YUqorida keltirilgan qonun va karor va solik to’g’risidagi kodeks asosida «Suv 
ta’minoti va undan foydalanish to’g’risida namunaviy shartnoma» ishlab chiqilib 
«Ta’minlovchi» (Qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi) va «Iste’molchi» (suvdan 
foydalanuvchi) o’rtasidagi munosabatni qonunlashtiradi. 
Suvdan foydalanuvchilar tomonidan «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida» 
gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3 avgustdagi 385-sonli karori 
talablarni buzilganda O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi 
«Uzsuvnazorat» Respublika suv inpektsiyasi tomonidan mahsus shakldagi 
«Dalolatnoma» tuzilib, suvdan foydalanish qonun va qoidala.rini buzganlik uchun 
jarima solish xakida «Tulovnoma» orqali jarima solinadi. 
O’zbekistonda Qishloq xo’jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi bo’lgan 


270 
yer davlat mulki hisoblanadi. Davlat qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanadigan 
korxonalar va xo’jaliklarga, shuningdek fuqarolarga muddatsiz yoki vaqtinchalik 
foydalanish uchun yer ajratib beriladi. Davlat yer fondi yer egaligi yoki yerdan 
foydalanuvchilar xududidagi barcha yerlarni xaydalma yerlar, aholi punktlari 
yerlari, daraxtzorlar, yaylov, pichanzor, o’rmonzor qo’riq yerlar, sanoat, transport 
aloqa, mudofa va boshqa maqsadlarda mo’ljallangan yerlar, zahira yerlar va 
x.k.larning jamini o’z ichiga oladi. 
Respublikaning umumiy yer fondi 44797,7 ming ga barcha Qishloq xo’jaligi 
yerlari 27987 ming ga, shundan sug’orishga yarokli yerlar 5 mln.ga sug’oriladigan 
yerlar maydoni 4,3 mln.ga. Resublika yer fondining asosiy qismi (62% ga
yakini) Qishloq xo’jaligi yer turlari toifalariga mansub, qolgan qismi fukarolar 
yerlari, tomorka ( 1%), o’rmon va tukayzorlar (3,2%) va Qishloq xo’jaligida 
foydalanilmaydigan yerlardan (34,2) iborat sug’oriladigan yerlar jami yer 
resurslarining 9,2 %ni tashkil etishga karamay respublika Qishloq xo’jaligida 
yetishtiriladigan yalpi maxsulotlarning 98,5% shu yerlarda yetishtirildi. 
O’zbekistonda keyingi 90 yil sug’oriladigan yerlar maydoni 2,4 marta 
ko’paydi ( 1914 yilda 1809,5 ming.ga 1989 yilda4,295 ming.ga) keyingi un 
yilliklarda irrigatsiya va melioratsiyaga katta e’tibor berildi. Respublika aholisi
sonining usish sur’atlari sug’oriladigan yerlarni kengaytirish sur’atlaridan usib 
ketish natijasida aholi jon boshiga to’g’ri keladigan sug’oriladigan xaydalma yer 
maydoni yildan yilga kamayib 0,35 ga dan 0,17 ga bordi,Erlardan oqilona 
foydalanish ularni muxofaza qilish, tuproq unumdorligini tiklash tabiiy muxitni 
asrash va yaxshilash,xo’jalik yuritishning hamma shakllarini teng huquqlar asosida 
rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasining yer 
Kodeksi 1998 yil 30 aprel qabul qilingan Kodeks 14 bob 91 moddadan iborat
bo’lib yer fondi tarkibi. yer tuzish tartibi jumladan yer monitoringi, davlat yer 
kadastri yuritish belgilangan. Davlat yer kadastri yerning qiymat bahosini aniqlash 
uchun asos bo’ladi va uning ma’lumotlari yerdan foydalanish va ularni muxofaza 
qilishda, yer uchastkalarini berishda yer uchun tulanadigan xak miqdorini 
belgilashda va x.o tadbiq etiladi. 


271 
yer kodeksining 4 bobi yerga bulga mulkchilik, yuridik va jismoniny 
shaxslarning yer uchastkalariga bo’lgan huquqlari to’g’risida bo’lib 16 moddada 
– yer davlat mulki ekanligi uni oldi – sotdi qilish, ayirboshlash, xadya etmaslik, 
garovga ko’yish mumkin emasligi ko’rsatilgan. 
Yuridik va jismoniy shaxslar yerdan doimiy, muddatli ( vaqtincha) 
foydalanishi, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega 
bo’lishlari mumkin. SHu bilan birga 17 moddaga binoan jismoniy shaxslar yer 
uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqiga egaligi 
ko’rsatilgan. yer uchastkalariga meros qilib qoldirilgan umrbod egalik qilish huquqi 
O’zbekiston Respublikasining fukorolari: 
dehqon xo’jaligi yuritish uchun; 
yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun; 
jamoa bog’dorchiligi va uzumchiligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan 
umrbod egalik qilishga yer uchastkasi olish huquqiga egadirlar. 
Doimiy yoki muddatli (vaqtincha) foydalanish uchun yer uchastkalari: 
O’zbekiston Respublikasining fukorolariga; 
Sanoat, tranasos stantsiyasi port hamda boshqa noqishloq xo’jalik korxonalari
muassasalari va tashkilotlariga; 
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga xalqaro birlashmalar va 
tashkilotlarga; 
Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi 20 moddada ko’rsatilgan bo’lib 
yuqorida har bir xolatlar davlat xujjatlari bilan 
tasdiklanishi ko’rsatilgan. 
O’zbekiston Respublikasida yerdan foydalanganlik uchun xak har yili yer 
soligi shaklida olinishi va uning miqdori yer uchastkasining sifatiga, joylashishiga 
va suv bilan ta’minlanish darajasiga karab belgilanadi. 
Er uchastkalarida ijaraga berilganda yer uchun xak ijara xaki shaklida taraflarning 
kelishuviga muvofiq olinadi. 
Er soligi stavkasining 1 baravaridan kam va 3 baravaridan ko’p bo’lmasligi, yerdan 
Qishloq xo’jaligi uchun foydalanilganda 1 stavka miqdori bo’lishi 20 moddada 


272 
keltirilgan. 5 bob yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijara va yer uchastkasi 
mulkdorining xukun va majburiyatlari 6 bob Qishloq xo’jaligiga muljallangan 
yerlar to’g’risida moddalar keltirilgan. 
Qishloq xo’jaligida foydalanish va sug’orish uchun yarokli bo’lgan, suv 
resurslari shu yerlarni sug’orishni ta’minlay oladigan sug’orish manbai bilan 
bog’langan doimiy yoki muvokkat sug’orish tarmog’iga ega bo’lgan yerlar 
sug’oriladigan yerlar jumlasiga kiradi. 
Qishloq xo’jaligiga muljallangan yerlar: 
Qishloq xo’jaligi kooperativlariga (shirkat xo’jaliklariga); 
tajriba ishlab chiqarish ukuv tajriba va ukuv ishlab-chiqarish xo’jaliklariga; 
O’zbekiston Respublikasi fukorolariga: fermer xo’jaliklari dehqon xo’jaliklari 
yuritish uchun, yakka tartibda bog’dorchilik, polizchilik va chorvachilik yuritish
uchun jamoa bog’dorchiligi, polizchiligi va uzumchiligi uchun; 
Qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanmaydigan korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlarga – yordamchi Qishloq xo’jaligini yuritish uchun beriladi. 
Qishloq xo’jaligi yerlari uzga maqsadlarga, qoida tariqasida keyichalik Qishloq 
xo’jalik maqsadlarida foydalanish uchun yarokli xolga keltirish sharti bilan 
vaqtincha foydalanishga beriladi. 
Fermer xo’jaliklariga zahiradagi yerlar,mahsus respublika fondi yerlari, 
mehnat resurslari yetarli bo’lmagan xo’jaliklardagi va sug’oriladigan chngi 
movzelardagi yerlar beriladi. Ularga zarar kurib ishlayotgan yoki nam rentabelli 
Qishloq xo’jaligi korxonalarining yerlari ham berilishi mumkin. 
Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) har bir a’zosining, boshqa Qishloq 
xo’jaligi va o’rmon xo’jaligi korxonalari, muassasalari, hamda tashkilotlarida (har 
birining xodimining oilasiga) , hamda o’sha tashkilotlarda ishlagan va hamon ishlab 
kelayotgan ukituvchilar shifokorlar va boshqa mutaxassislarning oilariga, dehqon 
xo’jaligi yuritish beriladi. 
Shaharlar va posyolkalarda, shuningdek qishloq aholi punktlarida yashovchi
dehqon xo’jaligi yuritish uchun tomorka yer uchastkalariga ega bo’lmagan 
fuqarolarga korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning iltimosnomasiga binoan 


273 
jamoa bog’dorchiligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik 
qilishga yoki jamoa polizchiligi uchun vaqtincha foydalanishga yer uchastkasi 
tuman xokimi tomonidan beriladi. Bu yerlarda uy joy binolari va boshqa kapital 
inshootlar qurish taqiqlanadi. 
Yer kodeksining 57 moddasiga binoan yordamchi qishloq xo’jaligini 
yuritish 
uchun 
viloyat 
xokimi 
foydalanilmayotgan 
yoki 
samarasiz 
foydalanilayotgan yerlarni, qonun xujjatlarida nazarda tutilgan xollarda esa qishloq 
xo’jaligiga mo’ljallangan boshqa yerlarni ham doimiy egalik qilishga berishi 
mumkin. 
Yer Kodeksi 7 bobi aholi punktlarining yerlari, 8 bob sanoat tranasos 
stantsiyasi port, aloqa, mudofa va boshqa maqsadlarga muljallangan yerlar, 9 bob 
alohida muxofaza etiladigan xududlarning yerlari 10 bob o’rmon fondi, suv fondi 
yerlari va zahira yerlariga bag’ishlangan, suv fondi yerlariga suv xavzalari ( 
daryolar, qo’llar, suv omborlari) va gidrotexnika va boshqa suv xo’jaligi inshootlari 
egallab turgan, shuningdek suv xavzalarining va boshqa suv ob’ektlarining 
qirg’oqlari boylab ajratilgan mintakadagi suv xo’jaligi extiyojlari uchun korxonalar, 
muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda berilgan yerlar kiradi. 
Suv fondi yerlarida suv ob’ektlariga salbiy ta’sir ko’rsatadigan xo’jalik 
faoliyati yuritish va qurilish ishlari olib borish takiklanadi deb ko’rsatilgan. 11 bob 
yerlarni muxofaza qilishga 14 bob esa yer to’g’risidagi qonun xujjatlarni buzganlik 
uchun javobgarlikga tegishli bo’lib quyidagi xolatlarda aybdor shaxslar qonunda 
belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar: 
er uchastkalarini oldi-sotdi qilish, ularni xadya qilish garovga quyish, yer 
uchastkalarini uz boshimchalik bilan ayirboshlash; 
erlardan belgilangan maqsadda foydalanmaslik; 
er uchastkalarini uzboshimchalik bilan egalab olish; 
Qishloq xo’jaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroksiz xolga keltirganlik; 
erdan foydalashning tabiatni muxofaza qilishga oid talablarini bajarmaganlik; 
erlardan xo’jasizlarga foydalanganlik, yerlarning xolatini yaxshilash hamda 
tuproqni suv va shamol erroziyasidan va tuproq xolatining yomonlashuviga olib 
keladigan boshqa jarayonlardan saqlash majburiyatlarini bajarmaganlik va x.k. 


274 

Download 10,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish