Irrigatsiya va melioratsiya



Download 10,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/197
Sana20.07.2022
Hajmi10,88 Mb.
#830393
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   197
Bog'liq
irrigatfsiya

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


260 
II-MODUL. GIDROMELIORATIV TIZIMLARDAN FOYDALANISH 
XIV. GIDROMELIORATIV TIZIMLARDAN FOYDALANISH 
MODULINING TARIXI, MAQSAD VA VAZIFALARI. 
14.1. “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” modulining mazmuni, tarixi 
va vazifalari 
“Irrigatsiya va melioratsiya” fani “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” 
modulining mazmuni suv resurslaridan rejali asosda foydalanish, mavjud 
gidromeliorativ tarmoqlarni takomilllashtirish, texnik xolatini yaxshilash, suv 
taqsimoti jarayonlarini avtomatlashtirish, telemexanizatsiyalash va sug’oriladigan 
maydonlarining meliorativ xolatini yaxshilash, qishloq xo’jalik ishlab chiqarish 
jarayonlarida kompleks suv xo’jaligi tadbirlarini amalga oshira borib, 
melioratsiyalangan maydonlar maxsuldorligini muntazam ravishda orttirib borishni 
nazarda tutadi. 
O’zbekistonda sug’orma dehqonchilik meliorativ jihatdan eng qulay bo’lgan 
joylarda, bundan 3 – 3,5 ming yil muqaddam paydo bo’lgan va keyinchalik ishlab 
chiqaruvchi kuchlar taraqqiy etgan sari yerlarning meliorativ xolati yaxshilanib 
borilgan. Ayrim mintaqalarda sug’oriladigan yer maydonlari kangaytirib borilgani 
sari botqoqlanish yoki sho’rlanish vujudga kelishi natijasida melioratsiyaga extiyoj 
tug’ilgan. Meliorativ xolati noqulay yerlarda ishlashga o’tish albatta hech qachon 
ixtiyoriy ravishda ro’y bermaydi, u faqat zaruriyat natijasida bo’lishi mumkin. 
X1X asr o’rtalarida, hozirgi O’zbekiston xududida Buxoro amirligi. Qo’qon va 
Xiva xonliklari, ularga tegishli yarim mustaqil ma’muriy xududlar (mavjud bo’lgan 
bu xududlarda 3,5 millionga yaqin aholi istiqomat qilgan. Aholining 90% qishloq 
xo’jaligi – dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan va sug’oriladigan 
yerlar maydoni 1,6 – 1,8 million gektar bo’lganligi taxmin qilinadi. Demak, o’sha 
davrda jon boshiga o’rtacha 0,45 – 0,5 gektar sug’oriladigan yer to’g’ri kelgan. 
Sug’oriladigan yerlar, jumladan, bog’lar, uzumzorlar va dehqon tomorkalari asta-
sekin o’lik yerlar (suv chiqarib xali o’zlashtirilmagan yerlar) ni o’zlashtirish,
la’lmikor yerlarga suv chiqarish natijasida yuzaga kelgan. 


261 
X1X asr o’rtalarida va undan keyinroq ham dehqonchilikda yetishtirilgan 
ekinlarning ustuvor joylanishi quyidagicha bo’lgan: birinchi o’rinda don ekinlari, 
ikkinchi o’rinda bog’dorchilik va uzumchilik, uchinchi o’rinda sabzavot va poliz, 
to’rtinchi o’rinda chorvaga kerakli bo’lgan beda va boshqa ekinlar, beshinchi 
o’rinda paxta ekini bo’lgan. 
O’sha davrda ham yerga mulk sifatida egalik qilish ekin turini tanlash va 
ekish va shu bilan barcha suvdan foydalanish muammolari xal qilishda asosiy omil 
hisoblangan. Avval boshida barcha o’zlashtirilgan, shu jumladan, sug’oriladigan 
yerlar ham jamoa mulki bo’lib, ularga qabila yoki urug’lar egalik qilganlar. Bora-
bora ana shu jamoa mulklari chegarasida yerga egalikning yangi ko’rinishlari: yerga
shaxsiy mulk sifatida egalik qilishning formalari yuzaga kelgan. 
Markaziy Osiyo xududida yerga egalik qilishning quyidagi ko’rinishlari 
mavjud bo’lgan: 
jamoa mulki - qabila, urug’ yoki biron-bir Qishloq aholisiga tegishli yerlar. 
xususiy mulk - jamoa yerlari yoki «o’lik yerlar» hisobiga shakillangan; 
amlok yerlar - amir, xonlar va xukumdorlarning yaqinlariga tegishli yerlar. 
vaqf yerlar - xususiy yer egalari tomonidan (xukmdorlar, qayta yer egalari va 
bosh.) madrasa va masjidlarga, din va shariat arboblariga bir umrga foydalanishga 
xadya qilingan yerlar. Bu yerlarda dehqonchilikni tashkil qilishni ikki formasi 
qo’llanilgan o’z yeriga ega bo’lgan yerlarda dehqonchilikni o’z kuchlari bilan 
bajarish va yerlarni pudrat (arenda) asosida foydalanish uchun boshqalarga berish. 
Sug’oriladigan dehqonchilik paydo bo’lib rivojlangani sari uning muammolari 
ham paydo bo’lgan. Dalalari yonma-yon bo’lgan va bir suv ichadigan inasos 
stantsiyasi onlar, dehqonlar ertali-kechmi, o’zaro munosabatlar doirasiga
kirganlar. Janjalli masalalar ko’tarilganda ularni qandaydir qoidalar, yo’l-yo’riqlar 
asosida yechishga undagan, aks xolda janjal urish-mushtlashishga va ko’ngilsiz 
oqibatlarga sabab bo’lgan. 
Shunday qoidalardan biri tarixshunos Davletshinning «Suvdan foydalanish 
va yerdan foydalanish soxasida musulmon (shariat) huquqshunosligining 
ko’rsatmalar majmui» asaridir. Muallif qo’l yozmani tuzishda foydali ish 


262 
koeffitsiyentx ilmining yirik namoyanlaridan o’rta asrlarda yashab o’tgan Fatx al-
Qodir, Ibn Abidin. SHayx Ilyos va boshqalarning ko’p jildli asarlariga murojat 
qilgan, yoki Fatxal-Kodir asarlar to’plami shunday qoidalar turkumidandir. Bu 
kitoblar katta hajmda bo’lib va arab tilida chop qilingan. Oddiy aholi ayniqsa, arab 
tili ona tili bo’lmagan davlatlarda bu kitoblardan foydalanish ancha mushkul 
bo’lgan. SHu sababli shariat ko’rsatmalarining eng asosiyatlari – xayotda tez-tez 
uchrab turadigan xolatlar, munosabatlar va xakozolarga bag’ishlanganlari, maxalliy 
aholining turmush tarzida, ulf- odatlarida o’zaro munosabatlarida o’z aksini topgan 
va «Odat» nomi bilan otadan bolaga, avloddan avlodga og’izaki o’tib kelgan va yod 
bo’lib qolgan. 
Suvdan foydalanish soxasida «odat» nomi bilan ko’pchilik biladigan va tan 
oladigan shariat ko’rsatmalari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin. 
A) daryo va ko’llarning suvini ko’pchilikka (jamiyatga) tegishliligini tan olish; 
B) suvning yersiz sotilishini ma’n qilish; 
V) manbada suv kamchil bo’lgan xollarda uni inasos stantsiyasi of bilan 
hammaga barobar (er maydoniga mutanosib) bo’linishi; 
g) suvni ariqlarga bo’lganda ulushlarga (ayni vaqtda manbadan oqib o’tayotgan suv 
miqdoriga mutanosib ravishda) asoslanish yoki galma-gal ravishda ( ariqlarda suv
yetishmaganda) ma’lum vaqt foydalanish; 
d) har bir suvdan foydalanuvchining uz shaxsiy mehnat va kerakli qurilish
ashyolaribilan irrigatsiya ishlarida (qurilish, tozalash so’zsiz qatnashishi, uning 
burchi ekanligini tan olish; 
e) suvdan foydalanishni o’z-o’zini boshqarish printsipida amalga oshirilishi; 
j) nisbatan ko’p suv talab qilganligi uchun sholi eqiladigan maydonlarni 
chegaralash, 
ma’lum ariqlar tizimidan suv ichadigan barcha suvdan 
foydalanuvchilarning roziligi bilangina sholini ekishga ruhsat berish; 
z) uzgalar yerlaridan ariq o’tkazganda bundan keladigan zararlarni yer egalariga 
to’lash majburiyati (sarvitut) va boshqalar. 
To’la bo’lmagan ushbu ko’rsatmalarning o’zidanok (ular ko’pchilik tomonidan 
so’zsiz tan olinib amal qilingan), ko’rinib turibdiki, ota-bobolarimiz mavjud suv 


263 
resurslaridan inasos stantsiyasi of bilan oqilona foydalanishga xizmat qiluvchi 
ko’pchilikning manfaatlariga mos tushadigan xayotiy qoida va tadbirlarni yarata 
bilganlar. 
Daryolardan ariqlar orqali oqizib kelingan suvni suvdan foydalanuvchilar o’rtasida 
adolatli bo’lishda, suv o’lchov asboblari xali nomalum bo’lgan davrlarda «bir 
tegirmon, yoki ikki tegirmon suv», yoki ko’za «suv» yoki «mardi-kurak» atalmish 
printsiplarda o’zaro taqsimlangan. Bu taqsimotni amalga oshirishda o’tgan asrning 
o’rtalarida va undan keyingi davrlarda ham (XX-asrning 20-30 yillarigacha) 
Markaziy Osiyo davlatlarida, jumladan O’zbekiston xududidagi yerlarda «ariq 
oqsoqoli, mirob va to’g’onchilar inasos stantsiyasi tituti faoliyat ko’rsatib kelgan. 
Ariq oqsoqoli, mirob yoki to’g’onchi bir tomondan shu nom bilan 
ataluvchining lavozimi bo’lsa, ikkinchi tomondan, bu uning bilimi va tajribasi 
uchun berilgan unvon ham edi. 
Mirob ma’lum bir ariqdagi suvni xaydab kelish va uni suvdan foydalanuvchilarga 
bo’lib berish, tashkiliy ishlar (ariq kavlash, inshoot qurish, tozalash va ta’mirlash) 
dehqonlarga yaqindan yordam berish, ularni shu ishlarga tashkil qilish ishlari bilan 
shug’ullangan. Mirobning xizmat vazifasi uning mahsus amaliy bilim va 
tajribalardan tashqari shariat-odat qonun-qoidalaridan xabardor, odamlarning 
boshini qovushtirib ishlatish ko’lidan keladigan ish boshi ham bo’lishi kerak 
bo’lgan. 
Ariq oqsoqoli odatda bir nechta Qishloq yerlariga suv beradigan yirik kanal 
(ariq) boshida to’rgan, uning qo’l ostida bir nechta miroblar o’z ariqlarida ish 
boshilik qilganlar. Ariq oqsokollari lavozimiga miroblar ichidan eng obro’li va ish 
bilarmoni tanlab olingan va saylangan «togonchi»lik ya’ni «to’g’on qurish bilan 
mashg’ul bo’lishlik» alohida ahamiyat nasb etgan. Ular qo’l bola moslamalar 
«sepoya», «chorpoya», «qora bo’yra» kabi moslamar yordamidan manbadan suv 
olish ishlarida bevosita rahbarlik qilganlar. 
Irrigatsiya ishlarini bajarishda keng tarqalgan udum – bu ishlarni «mehnat 
majburiyati» yoki «natural majburiyat» (ulushiga tushgan ishni qo’l kuchi va 
mablag’i evaziga bajarish) va xashar usuli bo’lgan. 


264 
Turkiston o’lkasida Chor xukumatining mustamlakachilik siyosati amalga 
oshirilgan davrda ham sug’orish turmoklaridan foydalanish maxaliy odat asosida 
amalga oshirilgan. 
Faqat «Irrigatsiya amaldorlari, uyezd boshliqlari ariq oqsokollari va miroblarni 
huquqlari va vazifalari to’g’risida ko’rsatmalar» ishlab chiqilgan. Ariq oqsokollari 
harbiy gubernator tomonidan tayinlanadigan bo’lgan». Suvdan foydalanish 
soxasida uzoq yillar davomida shakllanib tarkib topgan maxalliy o’z-o’zini 
boshqarish tizimi saqlanib qolgan. 
Chor Rossiyaning Turkiston o’lkasida, sug’oriladigan maydonlarni ko’paytirish 
uchun yo’naltirilgan tadbirlarni ro’yobga chiqarish yo’lidagi harakatlarining o’lka 
tub xalqlari xayotida ijobiy rol o’ynaganligi alohida ahamiyatga egadir.
Gidromeliorativ tizimlar o’z xizmat vazifasiga ko’ra sug’orish, zah qochirish, 
mahsus (sholikorlik, chiqindi suvlarni tashlash va boshqalar) kabi gidromeliorativ 
tizimlarga farqlanadi

Fanning maqsadi esa talabalarga rejalashtirilgan suv sarfi miqdorini sug’orish 
manbaidan bosh gidrotexnik inshoot yordamida mo’ljallangan vaqt davomida olish, 
uni isrof qilmasdan sug’orish tarmoqlari orqali iste’molchilarga yetkazib berish, 
suvdan foydalanish rejalarini tuzish va amalga oshirish, sug’oriladigan yerlarni 
meliorativ holatini nazorat qilish va ularni yaxshilash tadbirlarini ishlab chiqish, 
sug’orish va zah qochirish tarmoqlari o’zanlarini oqiziqlar va begona o’tlardan 
tozalash, suv isrofgarchiligiga qarshi mahsus kompleks chora-tadbirlarni ilmiy 
asoslangan holatda ishlab chiqish va ularni amalga oshirish. 
Maydonlarning sho’rini yuvish, yer yuzalarini joriy kapital tekislash, suv 
iste’molchilarga beriladigan suv sarflarini hisobga olish, suv sarfini o’lchash 
jihozlarini o’rnatish, ulardan foydalanish va takomillashtirish, avtomatizatsiya, 
telemexanizatsiya, kompyuterizatsiya tizimlarini joriy qilish, zamonaviy sug’orish 
taxnikasi va texnologiyalarini ishlab chiqish va uni qayta ishlash ko’nikmalarini 
hosil qilishdir. 


265 
Gidromeliorativ tizimlardan foydalanishda quyidagi yo’nalishlardagi 
vazifalar amalga oshiriladi: 
- suvdan rejali asosda foydalanish; Suv iste’molchilari va suvdan foydalanuvchilar 
uchun suvdan foydalanish rejalari, uyushmalar va irrigatsiya tizimlari 
boshkarmalari uchun suv taksimlash rejalari, irrigatsiya tizimlari xavza 
boshkarmalari uchun yer-suv muvozanati rejalari ishlab chikilishi va belgilangan 
tartibda davlat muassasalari tomonidan tasdiqlanishi 
-tizimni kafolatli va uzoq ishlashi uchun xizmat ko’rsatish va ta’mirlash tadbirlarni 
amalga oshirib, ishonchliligini ta’minlash;
-ilmiy, ilg’or ishlab chiqarish tadqiqotlari asosida gidromeliorativ tizimlarni yangi 
jihozlar bilan qayta ta’mirlash va qayta qurish;
-erlarning meliorativ holati va suvdan rejali asosda maqsadli foydalanishni doimiy 
nazoratga olib, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish tadbirlarini ishlab 
chiqish.

Download 10,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish