14.2.O’zbekiston Respublikasi hamda rivojlangan horijiy davlatlarda
zamonaviy gidromeliorativ tizimlarining turlari
Mamlakatimizda 4,3 million gektar sug’oriladigan maydon mavjud bo’lib, bu
maydonlarga o’z vaqtida va kerakli miqdordagi sug’orish suvini yetkazib berish
uchun kanal, zovur, gidrouzel, gidrotexnika inshootlari, suv omborlari, doimiy
nasos stantsiyalari qurilgan. Suv xo’jaligida umumiy suv sarfi sekundiga 2500 m
3
dan ortiq bo’lgan 75 yirik kanal, umumiy hajmi 18,6 mlrd.m
3
bo’lgan 53ta suv va
25ta sel omborlari, 32,4 ming km xo’jaliklararo kanallar (uning 9,4 ming.km beton
qoplamali) 174,5 ming km ichki sug’orish tarmoqlari ( 133,6 ming km – tuproq
o’zanli ochiq ariqlar, 12,1 ming km – beton qoplamali ariqlar, 25,0 ming km –
temir-beton novli, 3,7 ming km – yopiq quvurli tarmoqlar ), 31,0 ming km
xo’jaliklararo, 106,3 ming km xo’jalik ichki zovur tarmoqlari (shundan 67,1 ming
km – ochiq 39,2 ming km yopiq) bor.
Respublika xo’jaliklarida 12,8 mingtaga yaqin nasos agregatlari mavjud
bo’lib, ular yordamida 1050 ming gektar ekin maydoni sug’oriladi. Nasos
266
agregatlarining 5,800 taga yaqini elektrlashtirilgan qolganlari dizel nasoslaridan
iborat.
Xo’jaliklar hisobida 2.0 mingga yaqin sug’orish quduqlari ishlatiladi. Respublika
4800 dan ziyod tik zovur quduqlari 24,6 mingdan ortiq kuzatuv quduqlari
mavjuddir.
Mavjud 4,3 million gektar sug’oriladigan maydondan 144 ming gektari
kuchsiz, 668 ming gektari o’rta, 168 ming gektari kuchli sho’rlangan hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan tizimlardan foydalanish uchun meliorativ texnika
vositalari (ekskovator, skreyper, buldozer, greyder, avtokran, ariq olgichlar) va
irrigatsiya-melioratsiya
xizmati
kadrlari
(injener-gidrotexnik,
texnik
mexanizatorlar) faoliyat yuritadilar.
. XIX asr boshlarida dunyo bo’yicha taxminan 8 mln. ga yer sug’orilgan bo’lsa,
XX asr boshlarida 40 mln. ga, asr o’rtalariga kelib esa 100 mln. ga yerda sug’orib
dehqonchilik qilindi. O’tgan asr oxirlarida uning ko’lami 220 mln. gektardan ortib
ketdi, ya’ni bu umumiy haydalma yer maydonining 16%ni tashkil qildi.
Sug’oriladigan dehqonchilikning rivojlanishi texnika taraqqiyoti bilan bevosita
bog’liq bo’ldi. yevropada 1985 yilga kelib sug’oriladigan yerlar (sobiq Ittifoqdan
tashqari) 16,1 mln. gektarni, Osiyoda – 138,3, Afrikada – 10,6, Shimoliy
Amerikada – 25,4, Janubiy Amerikada – 8,1, Avstraliya va Okeaniyada – 1,9
hamda sobiq Ittifoqda 19,95 mln. gektarni tashkil etdi. MDH davlatlari bo’yicha
sug’oriladigan dehqonchilik Rossiya Federatsiyasi va O’zbekiston Respublikasida
keng rivoj topdi.
O’zbekistondagi sug’oriladigan dehqonchilik ko’lami MDH davlatlari bo’yicha
sug’oriladigan yer zaxirasining 20 va Markaziy Osiyo davlatlari zaxirasining 50
%dan ortig’ini tashkil etadi. Respublikada sug’oriladigan yer maydoni 1965 yildan
shu kungacha 1,5 mln. gektardan ortiq ko’paydi va 4,276 mln. gektarga yetkazildi.
Mavjud suv resurslaridan to’liq foydalanilgan sharoitda sug’oriladigan yerlar
ko’lami 4,8 mln. gektarga yetkazilishi mumkin.
O’zbekiston respublikasida sug’oriladigan maydonlar ko’lami 2000 yil jami
4,244 ming ga. ni tashkil etgan bo’lib, uning 1227,8 ming gektarini (28,9%) kam
267
sho’rlangan, 714,6 ming gektarini (16,8%) o’rtacha va 200,8 ming gektarini (4,7%)
kuchli sho’rlangan tuproqlar tashkil etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |