285
muvofiq:
Bosh inshoot tugunlari va suvdan foydalanish uchastkalar o’rtasidagi aloqani
o’rnatish uchun dispetcherlik aloqasi tashkillashtiriladi, har 1000
gektar
sug’oriladigan maydonni 1-2 telefon nuqtasi, hamda 5-6 km telefon aloqa simi
tortilishi kerak.
Suv sarfini taqsimlash va sug’orish jarayonini to’g’ri tashkillashtirish uchun
har 1000 gektar sug’oriladigan maydon uchun xo’jaliklararo tarmoqlarda 6-8 ta
xo’jalik ichki tarmoqda esa 10-15 ta suv o’lchagich nuqtalari tashkil etilishi
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Sug’oriladigan maydondagi yer-suv muvozanatini
nazorat qilish uchun
zovur-kollektor tarmoqlarida ham suv o’lchash inshootlari quriladi. Sug’oriladigan
maydonlardagi sizot suvlarini sathini nazorat qilish uchun sizot suvining sathi 10
metrdan chuqur bo’lmagan maydonlarda asosiy va yordamchi nazorat quduqlari
o’rnatiladi. Bunda stvorlar, oralig’i 5-6 kilometr, quduqlar oralig’i 1,0 - 1,5
kilometr etib joylashtiriladi. Bu kuzatish quduqlaridan tashqari xo’jaliklarda
sug’orish tarmoqlaridan siziladigan suvlar sathini va sug’orish natijasida sug’orish
dalalarida sizot suvlar sathini o’zgarishlarini nazorat qilish uchun har 100-150
gektar maydonga 1 ta kuzatuv qudug’i ham joylashtiriladi.
Har 1000 gektar sug’oriladigan maydon uchun o’rta hisobda 50-60
ta gidrotexnik
inshootlar qurilishi to’g’ri keladi.
Sug’orish tizimini uzluksiz ishlashini ta’minlash va ishlovchi xodimlar va
ishchilar uchun, ombor, garaj va ustaxonalar kerak bo’ladi. Ularga 1 gektar
sug’oriladigan maydon hisobiga istiqomat binolari uchun 0,1 - 0,12 m
2
, ustaxona
ombor va garajlar uchun 0,08 - 0,1 m
2
yer maydonlari ajratiladi.
Bir ishchiga 8,0 m
2
xizmat joyi va 10 – 12 m
2
yashash joyi bo’lishligi me’yor
hisoblanadi. 1000 kishiga mo’ljallangan kichik poselkada 150 o’rinli klub, 20
kishilik tibbiy punkt 3 - 5 o’rinlik mexmonxona, issiq va sovuq suvli, gaz va elektr
energiyasi bilan ta’minlangan, hamda telefon aloqasi bo’lgan poselka maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Masalan 30 ming gektar sug’orish maydoniga ega bo’lgan
tizim uchun 100 - 200 ishchi va 500 aholiga mo’ljallangan posyolkalar qurilgan:
286
Gidromeliorativ tizim o’zining mustaqil elektr tarmog’i va tranasos
stantsiyasi formatoriga ega bo’lishi shart va
bu tarmoq tizimdagi barcha
inshootlar, suv tarqatish tugunlarini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. Elektr
quvvatidan sug’orish tizimlarini tozalashda, ta’mirlashda, avtomatlashtirish va
yoritishda foydalaniladi;
Gidromeliorativ tizim o’zida bir ishchi kuchi bilan ta’mirlanganda, o’zining
ishlab
chiqarish bazasiga, ta’mirlash punktlariga, ba’zida o’z avtokorxonasiga,
ko’chma mexanizatsiyalashgan qolonnasiga ham ega bo’ladi;
gidromeliorativ tizimda sug’orish, sizot va zovur suvlarini minerallashganlik
darajasini
aniqlash, tuproqlarning suv fizik xossalarini tekshirish, sho’rlanish turi va
darajasini aniqlash, yerni meliorativ xolatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash
maqsadida laboratoriya tashkil qilinadi;
sug’orish tarmoqlari bo’ylab piket, kilometr belgilari reperlar va boshqa ko’rsatuv
belgilari qo’yiladi.
Sug’orish va zah qochirish kanallari bo’ylab quriladigan aloqa yo’llarini eni
kamida 4,5 m bo’lishi ulardan ariq va zovurlarni undagi inshootlarni nazorat
qilishda va ta’mirlashda foydalanishadi.
Sug’orish kanallari bo’ylab va alohida himoya maydonlarida daraxtlar
eqiladi. Bu daraxtlar eqiladigan maydon tizim xizmat ko’rsatayotgan
umumiy
maydonning 4-5% tashkil etishi kerak. Meliorativ xolati yomon sug’orish
tizimlarida esa bu maydon 7-8% ni tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasi xududida suv resurslarining taqchilligi sababli
hozirgi vaqtda gidromeliorativ tizimlarga bo’lgan talabni oshishi mavjud
tizimlardan samarali foydalanishga alohida ahamiyat bermoqda.
Bu o’rinda sug’oriladigan maydonlarni kapital va joriy tekislash, zamonaviy
sug’orish texnikasini joriy qilishga katta e’tibor berilmoqda. Sug’oriladigan
maydonlardagi yo’llar va ulardagi inshootlar qishloq xo’jaligi mahsulotlarini
yetishtirishda muxum ahamiyatga egadir.
Sug’orish jarayonida
ish unumini oshirish, sug’orish sifatini yaxshilash
maqsadida qo’llaniladigan zamonaviy bosimsiz va bosimli sug’orish texnikalarini
287
qo’llash, sug’orish tizimlarini zamonaviy texnik jihozlar bilan jihozlanishini talab
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: