146
6.4. yer osti suv manbalari
Suv manbalarining ko’rinishiga qarab (buloq, sizot va artezian suv
manbalari), suv yer ustiga turli moslamalar yordamida chiqariladi.
Er osti suv manbalari sug’orish maydoniga yaqin joylashgan bo’lganida juda
arzon va qulay manbalardan biri hisoblanadi. SHuning uchun ham chet davlatlarda
bunday manbadan keng foydalaniladi.
O’zbekiston tabiiy sharoitida yer osti suvlari boshqa foydali qazilmalar
orasida muhim ahamiyatga ega bo’lib, strategik xom ashyo hamdir. Respublikada
yer osti suvlarining yuzdan ziyod istiqbolli konlari o’rganilgan. Suvdan
foydalanish maqsadlari bo’yicha yer osti suvlarining
balansli foydalanishga
mo’ljallangan zaxiralari quyidagicha taqsimlanadi: xo’jalik va ichimlik suvi
ta’minoti uchun - 63% yoki 14193,0 ming m
3
/ kun (sutka) (172,6 m
3
/s); ishlab
chiqarish-texnik suv ta’minoti uchun - 11% yoki 2518,0 m
3
/ kun (29,1 m
3
/s);
yerlarni sug’orish va yaylovlarga suv chiqarish uchun - 26% yoki 6035,0 ming
m
3
/kun (69,8 m
3
/s).
Respublikaning sharqiy tog’li gidrogeologik
qismi - Tyanshan va Pomir-
Olayning eng baland tarmoqlarini o’z ichiga olgan mintaqa yer usti va yer osti
suvlarining shakllanish o’lkasidir. G’arbiy tekislik-platformali gidrogeologik
mintaqa mamlakat hududining katta qismini egallab,
Amudaryo, Qashqadaryo va
Zarafshon daryolarining qumli tekisliklari va toshloq platolari, tekisliklarini o’z
ichiga oladi hamda akkumulyatsiyalash (yig’ish) va yeyish (taqsimlash) vazifasini
bajaradi.
Tog’larda, asosan, sayoz tsirkulyatsiyali, yoriqli va qatlamli (kavakchali)
grunt suvlari rivojlangan. Tog’ oralig’i botiqlarida
argezian havzalarni hosil
qiluvchi bosimli suvli majmualar joylashgan. Ulardagi faol suv almashinuvi
natijasida chuchuk va sho’rlangan suvlar shakllanadi. Bosim ta’sirida bo’lgan yer
osti suvlarining bir turi suv o’tkazmaydigan qatlamlar orasida hosil bo’ladi. Ular
ochilganda suv burg’i quduqlardan favora shaklida otilib chiqadi. Tekislik
147
platformali gidrogeologikzonalarda kam sho’rli, sho’r yer osti suvlari to’planadi.
Bu yerda chuchuk yer osti suvlarining miqdori nihoyatda cheklangan.
Gidrogeologik platformali oblastning (Turon platformasi) artezian havzalarida
istiqbolli kollektorlar sifatida bo’r
va paleogen, ozroq miqdorda neogen (pliotsen)
va to’rtlamchi davrlariing yotqiziqlarini ko’rsatish mumkin.
O’zbekiston Respublikasi bo’yicha chuchuk yer osti suvlarining aniqlangan
(balansli) kelajakda foydalanish mumkin bo’lgan umumiy zaxiralari - 23463,0
ming m
3
/kun (271,6 m
3
/s, 2004). CHuchuk yer osti suvlarining ushbu umumiy
zaxiralarining 3/4 qismi (18991,0 ming m
3
/kun) 3 ta havzada: Farg’ona (8768,0
ming m
3
/kun), Toshkent atrofi (6212,0 ming m
3
/kun) va Zarafshon (4011,0 ming
m
3
/kun) artezian havzalarida joylashgan. Iste’mol xususiyatlariga ega bo’lgan yer
osti suvlari nihoyatda notekis taqsimlangan. CHuchuk suvlar hududning sharqida,
tog’li va tog’ oldi rayonlarda tarqalgan. Respublika
hududining shimoliy va
g’arbiy qismini egallagan cho’l zonasida iste’mol qilishga yaroqli bo’lmagan kam
sho’rlangan va sho’r suvlar mavjud. CHuchuk yer osti suvlarining kelajakda
foydalanishga mo’ljallangan zaxiralari mintaqaning g’arbiy hududlari (Xorazm
viloyati, Qoraqalpog’iston Respublikasi)da butunlay tugagan. Bunday vaziyat bir
tomondan noqulay tabiiy omillar bilan bog’liq bo’lsa, boshqa tomondan
xo’jaliklarning suvdan foydalanishidagi chuqur o’zgarishlar natijasidir.
O’zbekiston hududidagi yer osti suvlarining amaliy jihatdan
yaroqliligi ekologik
toza tabiiy suvni tayyorlash, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, korxonalarning
texnik suv ta’minoti, yerlarni sug’orish va boshqalar bo’yicha farqlanadi.
Er osti suvlaridan foydalanishda, suvning sifati hisobga olinishi shart.
Xozirgi kunda yer osti suvlaridan chet davlatlarda suv manbai sifatida keng
foydalanishadi. Jumladan, AQSH da 40% sug’orish
maydoni yer osti suv
manbasidan sug’orilsa, XXR da 33% , Hindistonda 30%, O’zbekistonda esa,
rasmiy ma’lumotlar bo’yicha 5-6 % ni tashkil etadi. yer osti suv mandalaridan
AQSH 2500 m
3
/s suv sarfi olinsa, bu ko’rsatkich YAponiyada 900 m
3
/s ni, Eronda
148
830 m
3
/s ni, Ukrainada 100 m
3
/s ni, O’zbekistonda esa atigi 50 m
3
/s. ni tashkil
etadi. Quyidagi ..jadvalda yer sharida suvning taqsimoti keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: