21
ii bob. Ma’luMotlar baZaSiNi boSHQariSH
tiZiMlariNi iSHlab CHiQiSH DaSturiY
MaHSulotlar taHlili
2.1. Ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish dasturiy
vositalarining rivojlanish tarixi
O‘tgan asrning 60-yillarida IBM korporatsiyasi NAA (North
American Aviation, hozirgi kunda Rockwell International) fir-
masi bilan birgalikda ierarxik ma’lumotlar modeliga asoslan-
gan birinchi MBBTni ishlab chiqdilar. IMS eng birinchi MBBT
bo‘lishiga qaramay, hozirgi kunda ko‘pgina eirik meynfreymlarda
ishlatilayotgan ierarxik MBBTning asosi bo‘lib qolmoqda. 1960-
yilning yana bir ko‘rinarli yutug‘i
General Electric firmasi to-
monidan yaratilgan IDS (Integrated Data Store) tizimining paydo
bo‘lishi hisoblanadi. Bu tizimning rivojlantirilishi yangi toifa-
dagi ma’lumot bazasini boshqarish – tarmoqli MBBT yaratish-
ga olib keldi. Tarmoqli MBBT ma’lumotlar orasidagi murakkab
bog‘lanishlarni modellashtirishga mo‘ljallab yaratilgan.
Bunday
tizimlarni yaratish birinchi MB standartlarini ishlab chiqishga
asos bo‘ldi. Bunday standartlarni yaratish uchun 1965-yil CODA-
SYL (Conference on Data Systems Languages) konferensiyasida
ishchi guruh tuzildi.
Ierarxik va tarmoqli ma’lumotlar modeliga asoslangan
MBBTlari – MBBTning birinchi avlodi hisoblanadi.
Lekin bu
modellarga asoslangan ti zimlarning asosiy kamchiliklariga qu-
yidagilar kiradi:
•
oddiy so‘rovlarni yaratishni bajarish uchun ham murakkab
dasturlar yaratish talab etiladi;
•
dasturning ma’lumotlardan mustaqilligi, minimal dara-
jadaligi,
mav judligi;
•
nazariy asoslarning yo‘qligi.
1970-yil IBM firmasi xodimi E.f. Kodd yuqoridagi kamchi-
liklarni bartaraf qilish imkonini beradigan ma’lumotlarni rela-
tsion modeli haqi dagi maqolasini nashr qildi. Shundan so‘ng shu
modelga asoslangan bir qancha MBBT yaratildi.
Shu bilan birga relatsion MBBTda so‘rovlar yaratish uchun
strukturalashtirilgan so‘rovlar tili SQL ishlab chiqildi. Keyincha-
lik bu til (1986-yildan boshlab)
barcha relatsion MBBT uchun
standart tilga aylandi.
22
1980-yilga kelib bir nechta relatsion ma’lumotlar bazasi-
ning boshqa rish tizimlari yaratildi, masalan, DB2 yoki SQL/
DS (IBM korporatsiyasi), Oracle (Oracle korporatsiyasi) va
boshqalar.
Ma’lumotlar bazasi bilan ishlaydigan ilovalarning murak-
kablashib ketayotgani yangi uchinchi
avlod MBBT yaratish ehti-
yojini vujudga keltirdi. Masalan, bu tizimlar obyektga yo‘naltiril-
gan ma‘lumotlar bazasiga asoslangan, obyektga yo‘naltirilgan
MBBT yoki OY MBBT (Object-Oriented DBMS – OODBMS)
va obyektli-relatsion MBBT yoki ОР MBBT (Object-Relational
DBMS – ORDBMS) kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: