O‘ZBEKISTON
RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GAIPNAZAROV TAHIRITDIN SIDIKOVICH
IRGASHEVA
DURDONA YAKUBDJANOVNA
Ma’luMotlar oMbori
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
tomonidan kasb-hunar kollejlarining 32521900 – Axborot tizimlari
va texnologiyalari yo‘nalishi o‘quvchilari uchun
o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan
O‘ZBEKISTON fAYLASUfLARI MILLIY JAMIYATI NASHRIYOTI
TOSHKENT – 2017
uo‘K: 004.65(075)
КbК: 32.973 202
G-11
Gaipnazarov, tahiritdin Sidikovich
G-11
Ma’lumotlar ombori:
kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv
qo‘llanma/ T.S. Gaipnazarov, D.Y. Irgasheva; O‘zbekiston
Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. — Toshkent: «O‘zbekiston fayla-
suflari milliy jamiyati»
nashriyoti, 2017. — 224 bet.
uo‘K: 004.65(075)
КbК: 32.973 202
O‘quv qo‘llanmada ma’lumotlar
bazasining nazariy asoslari, Microsoft
Access ma’lumotlar bazasining boshqarish tizimlarida relatsion ma’lumotlar
bazasini yaratish, ma’lumotlar bazasining SQL so‘rov tillari,
Web texnologi-
yalar va ma’lumotlar bazasi kabi masalalar bayon qilingan. Ushbu qo‘llanma
kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun Ma’lumotlar ombori fanidan o‘quv
qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi.
Таqrizchilar:
ТАТU, «Ахborot texnologiyalari» kafedrasi mudiri,
t.f.d., prof. H.N. Zaynidinov,
TKTI, «Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv» kafedrasi
dotsenti, t.f.n. U.T. Akramxodjayev.
ISBN 978-9943-391-56-7
© «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2013.
© «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2014.
© «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2016.
© «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2017.
3
Kirish
Moddiy ishlab chiqarishda yoki aholiga xizmat ko‘rsatish so-
hasidagi (xizmat ko‘rsatayotgan) ixtiyoriy firmaning iqtisodiy faoli
-
yatining asosiy maqsadi foyda olishga qaratilgan. Bunday maqsadga
erishish ko‘p qirrali masala bo‘lib, u firmadagi barcha xodimlarning
ijod qilish qobiliyatiga bog‘liq. Qo‘yilgan masalani yеchish uchun
ishlab chiqarish jarayonining har bir qatnashuvchisi rahbardan tortib
to oddiy xodimgacha o‘zini ishlab chiqarish sohasidagi o‘rnida op-
timal (to‘g‘ri, eng yaxshi) qarorlar qabul qila olishi muhim o‘rin
tutadi. Ixtiyoriy mutaxassisning asosiy masalasi (vazifasi) dastlabki
holatdan (vaziyatdan) boshlab imkoniyati
boricha optimal qaror
-
lar qabul qilishdan iborat. Bu masalani (vazifani) samarali bajarish
uchun ma’lumotlar bazasi asosida yaratiladigan kompyutеr axborot
tizimlarini ishlatish lozim.
Ma’lumotlar bazasini yaratish nazariyasi fani yosh sohalardan
hisoblanadi. Lеkin shunga qaramay bugungi kunda ma’lumotlar
bazasi axborotlarni qayta ishlashning avtomatlashtirilgan tizimlari
yo‘nalishlari, jumladan sun’iy intеllеkt tizimlari, ekspеrt tizimlari,
konstruktorlik va tеxnologik loyihalashning avtomatlashtirilgan ti
zimlari va boshqalarning asosi bo‘lib hisoblanadi.
Darslik 3 qismdan iborat:
– Birinchi qism (I–III boblar), ma’lumotlar bazasini tashkil qi
lish va loyihalashning nazariy asoslariga bag‘ishlangan.
– Ikkinchi qism (IV–VII boblar), Microsoft firmasining ama
liydasturiy vositasi ACCESS, Visual Basic for Application, SQL
tеxnologiyalari yordamida ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish
tеxnologiyasiga bag‘ishlangan.
– Uchinchi qism (VIII bob), ma’lumotlar bazasi va intеrnеt tеx
nologiyalariga bag‘ishlangan.