Iqtisodiyoti


 Qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

3. Qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari. 
Qishloq hududlarida mavjud bo‘lgan mehnat resurslaridan to‘liq va 
samarali foydalanish, ularning mehnatlari unumdorligini yuksaltirish 
hamda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan himoyalash eng dolzarb vazifa 
hisoblanadi. Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etilsh uchun quyidagilarga 
e’tibor berish lozim: 
-
qishloq hududlarida mavjud bo‘lgan mehnat resurslarining 
umumiy sonini va istiqbolda uning o‘zgarish darajasi monitoringini 
o‘tkazib borish; 
-
qishloq hududlaridagi barcha tadbirkorlik shakllarida qisqa va uzoq 
muddatga mutaxassislik turlari bo‘yicha mehnat resursiga bo‘lgan 
talabni aniqlash; 
-
qisqa va uzoq muddatga bo‘sh bo‘lgan ish joylarini ishlovchilar
bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni asoslangan holda ishlab 


158 
chiqish (kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish, ularni qayta 
tayyorlash); 
-
ish bilan ta’minlanmaganlarning umumiy sonini aniqlash, ularni 
ijtimoiy himoyalash bo‘yicha me’yoriy tadbirlarni ishlab chiqish, ularni 
amalga oshirish va boshqalar. 
Ta’kidlangan tadbirlarning samarali hal etilishi mehnat qilish 
qobiliyatiga ega bo‘lganlar bilan ish beruvchi subyektlar hamda ijtimoiy 
himoyalashni amalga oshiruvchi tashkilotlar o‘rtasida munosabatlar 
amalga oshirilishini taqozo etadi. Bu masalalarni hal etishda bandlikka 
ko‘maklashish markazlari muhim ahamiyatga ega.
Erkin bozor munosabatlari sharoitida o‘z mehnat qilish qobiliyatini 
taklif etayotgan fuqaro mehnat bozorini o‘rganib chiqadi. U yerda 
mavjud bo‘lgan talablarni o‘rganib, o‘zining intellektual va jismoniy 
qobiliyatlarini taklif etadi. Ish beruvchilar esa mehnat bozoridan o‘zlari 
uchun eng ma’qul bo‘lgan taklifni tanlab olishga harakat qiladilar. Ular 
bir-biriga mos kelganda shartnomalar tuzilib, xodim ishga yollanadi. 
O‘zbekiston Respublikasida ham shunday tartib joriy etilgan bo‘lib, bu 
vazifani qishloq hududlarida bandlikka ko‘maklashish markazlari 
amalga oshirmoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozorining nazariy asoslari 
shotlandiyalik iqtisodchi A.Smit, ingliz iqtisodchisi D.Rikardo, Nobel 
mukofoti laureati, amerikalik iqtisodchi Paul A.Samuelson va boshqa 
olimlar tomonidan yetarli darajada asoslangan. Yaratilgan nazariyani 
hayotga tatbiq etish yo‘llari ham hal etilgan. Bozor iqtisodiyoti 
sharoitida mehnat shu bozorda erkin sotilishi lozim. Shundagina u 
qiymatga ega bo‘ladi, ya’ni tovar shaklida ayirboshlanadi. Mehnat 
bozori erkin raqobat asosida amalga oshirilishi zarur. Bu bozorda 
mehnat munosabatlari iqtisodiy, ijtimoiy qonunlar, talab va taklif
qonunlari talablari asosida amalga oshirilishi lozim. Mehnat bozorida 
inson o‘zini emas, balki mehnat qilish (jismoniy, aqliy) qobiliyatini 
taklif etadi. Iste’molchi, ya’ni ish beruvchi shu qobiliyatni sotib oladi. 
Demak, oldi-sotdi jarayonidagi iqtisodiy munosabat predmeti insonning 
mehnat qilish qobiliyati hisoblanadi. Insonning mehnat qilish 
qobiliyatiga to‘lanayotgan ish haqi shu mehnatning qiymati, ya’ni 
bahosi ekanligidan dalolat beradi.
Qishloq hududlaridagi mehnat bozorini samarali shakllantirishda
quyidagi holatlarni e’tiborga olish zarur: 

respublika aholisining yarmi qishloq hududlarida yashayotganligi; 


159 

qishloq hududlarida aholi sonining o‘sish sur’ati shaharlardagiga 
nisbatan yuqori ekanligi, bu hol kelajakda mehnat resurslarining yuqori 
sur’atlarda o‘sishiga ta’sir etishi; 

qishloq 
hududlarida 
sanoat 
korxonalari 
talab 
darajasida 
rivojlanmaganligini va barcha resurslarni e’tiborga olgan holda 
joylashmaganligi; 

hozirgi davrda qishloq hududlarida ish bilan ta’minlanmagan 
iqtisodiy faol mehnat resurslarining shaharlarga ish qidirib 
ketayotganligi; 

qishloq hududlarida xususiy mulkchilikka asoslangan ishlab 
chiqarish, xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik shakllari 
talab darajasida rivojlanmaganligini, shuningdek, madaniy, maishiy, 
kommunal va boshqa xizmatlarni amalga oshiruvchi infratuzilma 
subyektlari ko‘lamining torligi.
Mehnat bozorlari yuqorida ta’kidlangan barcha xususiyatlarni 
e’tiborga olgan holda erkin shakllanishi uchun quyidagilarga e’tibor 
berilishi lozim: 

qishloq 
hududlaridagi 
(jumladan, 
qishloq 
xo‘jalik 
korxonalaridagi) mehnat resurslarining umumiy miqdorini, tarkibini 
aniqlash; 

mehnat resurslarining taklifini va hududdagi barcha tadbirkorlik 
subyektlarining ularga bo‘lgan talabini tarkibi bo‘yicha aniqlash; 

erkin mehnat bozorini shakllantirish hamda ularning samarali 
faoliyat ko‘rsatishini ta’minlovchi ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarni 
ishga solish; 

qishloqda mehnat resurslarining maqsadga muvofiq bandligini 
ta’minlashga hissa qo‘shish; 

mehnat bilan band bo‘lmagan fuqarolar sonini aniqlash, ularning 
malakasini oshirish, qayta tayyorlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan 
himoyalash; 

erkin mehnat bozori amalga oshirilishini ta’minlovchi turli 
yarmarkalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish, ularning samarali 
o‘tkazilishiga erishish; 

mehnat bozorining rivojlanishini ta’minlovchi barcha resurslarni 
topib, samarali sarflash kabi vazifalarni bozor talablari darajasida 
amalga oshirish lozim. 
Qishloqlarda mehnat bozorini oqilona tashkil etib, samarali
boshqarish uchun hududlarning xususiyatlarini e’tiborga olish lozim. 


160 
Respublikamizning mehnat resurslari soni ko‘p bo‘lgan hududlari, 
avvalo, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent, Samarqand 
viloyatlari uchun mazkur bozorni tartibga solishning ancha samarali 
quyidagi ikkita usuli mavjud:
a) ishchi kuchiga talabni oshirish usuli; 
b) ishchi kuchlariga taklifni kamaytirish usuli. 
Fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va intensiv texnologiyalarni 
ishlab chiqarishga joriy etish hisobiga ish o‘rinlarining bir qismi 
qisqarishi kuzatiladi. 
Ishchi kuchiga bo‘lgan talabni oshirishni rag‘batlantirish usullarini 
tadqiq etish mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga 
hamda mazkur hududlar uchun samarali tarmoqlarni rivojlantirishga 
qaratilgan. 
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va xarid
qilish hamda agroservis xizmati ko‘rsatish va shaxsiy mehnat faoliyati 
bo‘yicha ish joylarini yaratish, ishlab chiqarish kuchlari va bandlikning 
noan’anaviy shakllarini rivojlantirish, agrar sektordagi ishdan vaqtincha 
bo‘shatilayotgan shaxslar uchun mavjud korxonalarni kengaytirish va 
qayta tashkil etish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish lozim. 
Ishchi kuchlariga talabni oshirishni agrosanoat majmuining 
mehnat resurslarini qayta taqsimlashdan manfaatdor tarmoqlarida ish 
joylarini yaratish va yangi, zamonaviy kasblarni egallashga sarmoyalarni 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilish orqali tartibga solish mumkin. Investitsiya 
va kreditlarni agrosanoat majmui korxonalarini, ayniqsa, qayta ishlash 
korxonalarini qurish, texnik jihatdan qayta qurollantirish va 
rekonstruksiyalashga, shaxsiy mehnat faoliyatini rivojlantirish yo‘li 
bilan xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirishga, shuningdek, ko‘p bolali 
ayollar, mehnatga layoqatli nafaqaxo‘rlar, nogironlar, o‘smirlar va 
hokazolarga mos ish joylarini vujudga keltirishga yo‘naltirish maqsadga 
muvofiqdir. Shu tariqa ortiqcha mehnat resurslarini yuqorida aytib 
o‘tilgan tarmoqlarga va ayrim maxsus ish joylariga jalb etish, ayni 
paytda ishchi kuchlarining kasbiy malaka tarkibiga bevosita ta’sir 
o‘tkazish mumkin. 
Ishchi kuchlari taklifini kamaytirishga ish vaqti va mavjud ish 
joylarini ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lganlar o‘rtasida qayta 
taqsimlash orqali samarali ta’sir etish mumkin. Ayollarga bola 
parvarishi uchun to‘lanadagin nafaqalar va beriladigan ta’til muddatini 
ko‘paytirish, mehnat stajini hisoblashda ularga imtiyoz berish; 


161 
pensionerlar, nogironlarni parvarishlaydigan shaxslarning nafaqalarini 
oshirish mehnat bozoriga ishchi kuchlarining oqib kelishini kamaytirish 
chora-tadbirlari hisoblanadi. 
Ish bilan bandlar orasida ish vaqti va ish joylari ishchi kuchlariga 
bo‘lgan taklifni kamaytirish maqsadlarida qayta taqsimlanadi. Aholi 
bandligining 
xususiy 
va 
vaqtinchalik 
shakllariga 
o‘tishini 
rag‘batlantirishga ularga ham ish bilan to‘la band shaxslarga 
mo‘ljallangan ijtimoiy muhofaza turlarini, ta’tillar va boshqa ijtimoiy 
kafolatlarning miqdorlarini o‘rnatish, kafolatlangan eng kam miqdordagi 
ish haqi bilan ta’minlash, har yili beriladigan ta’tillarni o‘z vaqtida 
berish, ish kuni va ish haftasi davomiyligini qisqartirish orqali erishish 
mumkin. 
Mamlakatimizning 
mehnat 
resurslari 
yetishmaydigan 
mintaqalarida (Jizzax, Sirdaryo, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi) ishchi kuchlariga taklifini ko‘paytirish mehnat bozorini 
tartibga solishning maqsadga muvofiq usulidir. Respublika qishloq 
xo‘jaligidagi mavjud bo‘lgan mehnat resurslaridan yil davomida to‘liq 
va samarali foydalanish lozim.
Qishloq hududlarida, jumladan, qishloq xo‘jaligi korxonalarida 
mavjud bo‘lgan mehnat resurslarining real miqdorini aniqlash lozim. 
Shu bilan birga, aholi sonining mutlaq o‘sishini e’tiborga olgan holda 
mehnat resurslarining ko‘payish jarayonini aniqlash kerak. Mehnat
qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan aholining harakatini ham hisobga olish 
zarur. Shundan so‘ng qishloq xo‘jaligida mavjud bo‘lgan ish joylarining 
hozirgi hamda istiqboldagi sonini real aniqlashga alohida e’tibor berish 
kerak. Shularga asoslangan holda mehnat balansi ishlab chiqilishi zarur. 
Yuqoridagilarga asoslanib, mehnat resurslarining ish bilan 
ta’minlanganlik darajasi, shu orqali qishloq hududlarida mavjud bo‘lgan 
mehnat resurslarining ish bilan ta’minlanganlik darajasi aniqlanadi. 
Uning darajasi birga yaqin bo‘lishi lozim, aks holda mehnat resurslarini 
ish bilan ta’minlash chora-tadbirlari asoslangan holda ishlab chiqilishi 
kerak. Buning uchun qishloq xo‘jalik korxonalarida yangi ish joylarini 
tashkil etish imkoniyatlarini rejalashtiriladi. Mehnat resurslaridan 
foydalanishni rivojlantirish maqsadida ularni takror ishlab chiqarish 
jarayonlarini, ya’ni malakalarini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash 
tadbirlarini ham belgilab olib, amalga oshirilishiga e’tibor berish zarur. 
Korxonalarda mehnat unumdorligi darajasini yuksaltirishga 
alohida e’tibor berish lozim. Bu masalaning hal etilishida eng ta’sirchan 


162 
omil moddiy manfaatdorlik hisoblanadi. Darhaqiqat, bozor iqtisodiyoti 
sharoitida kim yaxshi, sifatli ishlasa ko‘p haq oladi. Shunday ekan, 
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida samarali mehnat qilayotgan ishchi-
xizmatchi o‘z mehnatiga yarasha ko‘proq haq olishi lozim. Shu bilan 
birga mehnatkashlarni ma’naviy rag‘batlantirishni amalga oshirishni 
ta’minlash kerak. Eng avvalo, mehnatlari natijalarini e’tiborga olgan 
holda mukofotlash va taqdirlash lozim. Unvonlar ham ma’lum darajada 
fuqarolarning mablag‘lar bilan ta’minlanishiga olib keladi. Jumladan, 
respublikada 
xizmat 
ko‘rsatgan 
iqtisodchi, 
agronom, 
irrigator 
unvonlarini olganlarning asosiy ish haqlariga eng kam oylik ish haqining 
60 foizi miqdorida ustama beriladi. Eng asosiysi, ma’naviy 
rag‘batlantirish insonlarning kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va 
ularning mehnatga munosabatini yaxshilaydi, yaxshiroq mehnat qilishga 
undaydi. 
Qishloq xo‘jaligidagi mehnat jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, 
avtomatlashtirish, elektrlashtirish natijasida sarflanayotgan mehnatning 
unumdorligi oshishini ta’minlash mumkin. Buning uchun xo‘jaliklar 
ixtiyoridagi barcha mashinalar, traktorlarning ishga yaroqliligini oshirish 
hamda ulardan yil davomida to‘liq foydalanishga erishish tadbirlarini 
shakllantirish lozim. Eng avvalo, ularni malakali kadrlar, ta’mirlash 
ustaxonalari bilan ta’minlash kerak. Xo‘jaliklarning ishlab chiqarish 
resurslari bilan ta’minlanganligini ham talab darajasiga yetkazish zarur. 
Buning uchun esa moliyaviy resurslar bilan ta’minlash choralarini 
aniqlab, ularning bajarilishini ta’minlash kerak.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning mavsumiyligi tufayli 
yilning ma’lum davrida tarmoqdagi mehnat resurslarining bir qismi 
bo‘sh turib qoladi, bu esa mehnat resurslaridan foydalanish 
samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu holatning oldini olish 
uchun qishloq xo‘jalik korxonalarida xodimlarni mehnat resursiga talab 
kam bo‘ladigan qish oylarida ham ish bilan band qilish choralarini 
ko‘rish 
lozim. 
Bunda 
dehqonchilikka 
ixtisoslashgan 
fermer 
xo‘jaliklarida chorvachilikni ham yo‘lga qo‘yish, issiqxonalar tashkil 
etish, turli sexlar, ustaxonalar faoliyatini tashkil etish va boshqa 
tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.


163 
Demak, qishloq xo‘jaligida mehnat resurslaridan yil davomida 
to‘liq va samarali foydalanish hamda ularning mehnatlari unumdorligini 
oshirish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash 
maqsadga muvofiqdir:
-
qishloq joylarda tadbirkorlik shakllarini rivojlantirish; 
-
tarmoqning rivojlanishini e’tiborga olgan holda qo‘shimcha ish 
joylarini tashkil etish; 
-
qishloq xo‘jaligiga yangi texnikalarni, samarali texnologiyalarni 
izchillik bilan tatbiq etish; 
-
tarmoqning ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirish va moddiy-
texnika ta’minotini yuksaltirish; 
-
qishloqda yashash va ishlash uchun barcha sharoitlarni yaratish; 
-
mehnatni tashkil etishning samarali turlarini tashkil etish va 
rivojlantirish; 
-
kadrlarni tayyorlash, malakalarini oshirish, ularni moddiy va 
ma’naviy rag‘batlantirishni takomillashtirish va boshqalar. 
Bu kabi chora-tadbirlarning qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga 
joriy etilishi tarmoqdagi mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilab, 
mehnat unumdorligi oshishiga ijobiy ta’sir etadi.

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish