Turli tadbirkorlik shakllarida qishloq xo‘jaligi ekinlarining
hosildorlik darajasi, sentner/gektar
2016
2017
2018
2019
Fermer xo‘jaliklari
Don va dukkakli don
43,7
37,9
37,0
43,4
Kartoshka
212,9
178,1
154,9
168,2
Sabzavotlar
258,9
212,0
178,9
200,5
Poliz
197,4
169,8
139,6
134,1
Dehqon xo‘jaliklari
Don va dukkakli don
56,9
54,6
51,9
39,3
Kartoshka
228,7
225,3
238,2
237,9
Sabzavotlar
280,8
272,8
266,3
253,1
Poliz
226,7
233,3
243,3
229,4
Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar
Don va dukkakli don
27,7
27,1
25,9
35,8
Kartoshka
205,0
91,4
118,0
150,8
Sabzavotlar
171,6
206,4
106,0
125,3
Poliz
145,9
67,9
67,5
82,8
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida
agrofirmalarning
ham alohida
o‘rni bor. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz bo‘yicha 200 dan ortiq
agrofirmalar faoliyat yuritmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2016-yil 9-noyabrdagi “Surxondaryo viloyatida dehqon
xo‘jaliklarining
imkoniyatlaridan
samarali
foydalanishga
doir
qo‘shimcha
chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi
382-sonli
qarorida
Surxondaryo viloyatining har bir tumanida Kichik biznes subyektlari,
xususiy tadbirkorlik va fermer xo‘jaliklari eksportini qo‘llab-quvvatlash
jamg‘armasi va “O‘zagroeksport” aksiyadorlik jamiyati ishtirokida
mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi agrofirmalar 2016-yilning 10-
195
dekabrigacha tashkil etilishi nazarda tutilgan edi. Ushbu qarorda
yangidan tashkil etiladigan agrofirmalarning asosiy vazifalari etib
quyidagilar belgilangan edi:
-dehqon xo‘jaliklarining yer va mehnat resurslaridan samarali
foydalanishni ta’minlash maqsadida ular bilan o‘zaro hamkorlikni
tashkil etish, eksport salohiyatini ko‘paytirish va qishloq aholisi
bandligini oshirish;
- ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan meva-sabzavot
mahsulotlari yetishtirishga buyurtmalarni joylashtirish;
- dehqon xo‘jaliklarini urug‘lik fondi, ekish materiallari. mineral
o‘g‘itlar va boshqa moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash;
- meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash,
saralash, kalibrlash, o‘rab-joylash, shuningdek, eksportdan oldin
tayyorlash;
- dehqon xo‘jaliklari bilan birgalikda issiqxonalar va sovutish
kameralari, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi
quvvatlarni tashkil etish;
- “O‘zbekoziqovqatxoding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda
respublika shaharlarida va tashqi sotish bozorlarida meva-sabzavot
mahsulotlarini sotish tizimini tashkil etish.
Mazkur qarorda tashkil etilayotgan agrofirmalarning har biriga ular
tashkil etilgandan keyin bir oy muddatda ularning samarali faoliyat
ko‘rsatishi, shu jumladan aylanma mablag‘lar shakllantirilishi uchun TIF
Milliy banki tomonidan ikki milliard so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda
imtiyozli kredit ajratilishi nazarda tutilgan edi. Shuningdek, import
bo‘yicha asbob-uskunalar, texnologiyalar xarid qilish va qo‘shimcha
xizmatlar uchun haq to‘lashga kreditlar berish uchun hukumatlararo
shartnomalar
va
davlat
dasturlari
doirasida
O‘zbekiston
Respublikasining davlat kafolatlari berilmasdan jalb etilgan xorijiy
kredit liniyalari mablag‘larini yo‘naltirish mo‘ljallangan edi.
Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi
hamda Kichik biznes subyektlari, xususiy tadbirkorlik va fermer
xo‘jaliklari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi birgalikda dehqon
xo‘jaliklarida
2
sotixdan
10
sotixgacha
maydonda
yengil
konstruksiyalardan foydalanib issiqxonalar tashkil etish bo‘yicha
namunaviy biznes-rejani ikki oy muddatda ishlab chiqishi, unda
Surxondaryo viloyatining tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda
eksportga yo‘naltirilgan meva-sabzavot ekinlarini joylashtirishga,
navlarni sifatli tanlashga e’tibor berish, urug‘lik va ekish materiali
196
yetishtirishning prognoz hajmlarini belgilash nazarda tutilishi ko‘rsatib
o‘tilgan edi.
Viloyatda tashkil etilayotgan agrofirmalarga ularning ustav fondi
miqdoridan qat’i nazar, meva-sabzavot va poliz mahsulotlari va uzum
bilan ulgurji savdo qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan
bo‘lib, bu mintaqada qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxi shakllanishiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 10-11-mart kuni xalq
bilan muloqot qilish hamda joylarda amalga oshirilayotgan islohotlar
bilan tanishish maqsadida Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida “Paxta va
to‘qimachilik klasteri” loyihasini tashkil etish fikrini ilgari surdi. Unda
O‘zbekistonda klaster tizimi asosida ishlab chiqarishni tashkil etishning
ilmiy asoslari ko‘rsatib berildi.
Klasterlarni shakllantirishdan maqsad – shahar, tuman va viloyat
ichida joylashgan bir xil soha korxonalarini va ular bilan yagona
texnologik zanjirda bo‘lgan ta’lim, ilmiy, injiniring, konsalting,
standartlashtirish,
sertifikatlashtirish
va
boshqa
xizmatlarni
uyg‘unlashtirish – innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish asosida
raqobatbardosh tovarlar yaratishga yo‘naltirishdan iboratdir. Qishloq
xo‘jaligi tarmoqlarida klaster tizimi yaxshi samara bermoqda. Xususan,
shuning natijasida paxtachilikka yangi texnologiyalar kirib keldi,
moddiy
manfaatdorlik
oshdi.
2020-yil
holatiga
paxta
ekin
maydonlarining 908 ming gektari yoki 88 foizida klasterlar faoliyat
yuritmoqda.
Respublikamizda mustaqillikkacha bo‘lgan davrda qishloq xo‘jalik
tarmog‘ida xorijiy kapital asosida tashkil etilgan korxonalar va xorijiy
investitsiya ishtirokidagi qo‘shma korxonalar mavjud bo‘lmagan.
Mustaqillikka erishilgandan so‘ng erkin bozor munosabatlari barpo
etilishi mulkchilikning shu turini va unga asoslangan tadbirkorlik
shaklini tashkil etish hamda faoliyat yuritishi uchun huquqiy, iqtisodiy
asoslar yaratib berildi. Ularda qo‘shma tadbirkorlik mulkdorlarning
moddiy va pul mablag‘larini birlashtirish yo‘li bilan tashkil etilishi
ta’kidlangan. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida qo‘shma
korxonalarning tashkil etilishi va ularning faoliyat yuritishi talab
darajasida emas. Vaholanki hukumatimiz tomonidan xorijiy investorlar
uchun barcha huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratib berilgan.
Jumladan, chet ellik tadbirkorlarning qonun doirasida erkin faoliyat
yuritish va mulkiga egalik qilish kafolati ta’minlangan. Respublikamizda
ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi chet ellik tadbirkorlarga
197
soliq hamda bojxona to‘lovlariga oid ko‘plab imtiyozlar ham joriy
etilgan. Xorijiy investorlarni mazkur imkoniyat va shart-sharoitlar bilan
tanishtirish orqali ularni mamlakatimiz qishloq xo‘jaligiga kengroq jalb
etishga erishish lozim.
Kelajakda mamlakatimizda chet ellik tadbirkorlarga yanada qulay
investitsion muhitni yaratib, ularni qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga kengroq
jalb etish va ularning sarmoyalari evaziga mazkur tarmoqqa zamonaviy
texnologiyalarni jalb etish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash
hajmini keskin oshirish muhim vazifalardan biridir. Qishloq xo‘jaligik
mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetishtirilayotgan mahsulotlarni qayta
ishlash, ularni iste’mol uchun tayyor bo‘lgan mahsulotlarga aylantirish
uchun turli xildagi qo‘shma korxonalarni tashkil etish mumkin. Bu
jarayon mamlakat qishloq xo‘jaligiga yangi texnikalar, ilg‘or, samarali
texnologiyalar kirib kelishini ta’minlaydigan chet el valyutalari oqimini
ko‘paytiradi.
Natijada
tarmoqning
moddiy-texnika
bazasi
mustahkamlanib, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va maqsadga
muvofiq joylashishi ta’minlanadi. Qishloq xo‘jaligida qo‘shma
korxonalarning tashkil etilishi xalqaro miqyosda mehnat taqsimotini
rivojlantirishga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ular tufayli qo‘shimcha ish
joylari tashkil etilib, aholini ish bilan ta’minlash muammosi hal
qilinishiga ma’lum darajada ulush qo‘shiladi. Bu korxonalarda faoliyat
ko‘rsatayotganlarning moddiy sharoiti yaxshilanishini ta’minlaydi.
Pirovard natijada aholini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlanish darajasi
yuksalib, turmush darajasi oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |