Iqtisodiyoti



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

 
 
3. 
Qishloq 
xo‘jaligida 
mulkiy 
munosabatlarni 
yanada 
takomillashtirish yo‘llari. 
Mustaqillikning ilk davridan boshlab mamlakatimiz hukumati 
tomonidan 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
iqtisodiyotining 
asosiy 
tarmoqlaridan biri bo‘lgan agrar sohani rivojlantirish bo‘yicha izchil 
islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Qishloq xo‘jaligida turli 
mulkchilikka asoslangan erkin tovar ishlab chiqaruvchi subyektlar 
shakllandi. Dehqonlarning mulkka egalik hissining ortishini, erkin 
iqtisodiy faoliyat yuritishini, daromadlarini o‘z xohishiga ko‘ra mustaqil 
taqsimlash hamda tasarruf etish imkoniyatini beradigan xo‘jalik yuritish 
shakllarini mazkur tarmoqqa joriy etishga alohida e‘tibor qaratildi. 
Mamlakatimizda 
davlat 
rahbarligida 
qishloq 
xo‘jaligini 
moliyalashtirish, kreditlash hamda soliqlar tizimlari ishlab chiqilib, ular 


198 
hayotga bosqichma-bosqich tatbiq qilinmoqda. Davlat tomonidan fan, 
texnika va ilg‘or, samarali texnologiyalar tizimlarini tarmoqqa joriy 
etish hamda qishloq aholisini ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilishga alohida 
e’tibor qaratilmoqda.
Qishloq xo‘jaligida mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab
davlatning bevosita rahbarligida agrar islohotlarning negizi hisoblangan 
yer va mulk islohotlari, mazmunan yangi fermer va dehqon xo‘jaliklari 
tashkil etildi va bu jarayon takomillashtirib borilmoqda.
Davlat qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lgan tarmoqlarni ham 
(xizmat ko‘rsatuvchi, qayta ishlovchi, sotuvchi) isloh qilishga alohida 
e’tibor bermoqda. Natijada bu tarmoqlardagi davlat korxonalari davlat 
aksiyadorlik korxonalariga, tashkilotlariga aylantirildi. Masalan, paxta 
zavodlari, un, non, yog‘-moy, go‘sht kombinatlari, konserva zavodlari 
hissadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Natijada shu tarmoqlarda bozor 
munosabatlarini erkin amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan turli 
shakldagi mustaqil korxonalar, birlashmalar, uyushmalar tashkil etildi. 
Ularning serqirra faoliyatlarini samarali boshqarishni ta’minlash 
qobiliyatiga ega bo‘lgan tarmoq tashkilotlari ham davlatning bevosita 
rahbarligida tashkil etilib, takomillashtirilmoqda. Hozirgi kunga kelib 
esa 
ushbu 
korxonalarni 
xususiylashtirish 
jarayonlari 
amalga 
oshirilmoqda. 
Shu 
bilan 
birgalikda 
“O‘zpaxtasanoat” 
uyushmasi, 
“O‘zdonmahsulot” hissadorlik kompaniyasi, Kadastr agentligi, 
“O‘zagrokimyohimoya” hissadorlik jamiyati, “O‘zagromashservis” 
uyushmasi, “O‘zagrosug‘urta” davlat aksiyadorlik kompaniyasi, 
“O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” hissadorlik kompaniyasi, O‘zbekiston
fermerlar Kengashi va boshqalar tashkil etildi. Islohotlar faqat
tarmoqlarda yangi vazirliklar, konsernlar, kompaniyalar tashkil 
etishgagina emas, balki qishloq xo‘jaligi va u bilan bog‘liq bo‘lgan 
xo‘jaliklar va tarmoqlarning boshqaruv tizimini bozor iqtisodi 
talablariga moslashtirishga qaratilmoqda. Davlat rahbarligida amalga 
oshirilayotgan islohotlar tarmoqqa ichki hamda chet el investitsiyalarini 
jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratmoqda. Bular pirovard natijada 
qishloq xo‘jaligining yanada rivojlanishini, samaradorligi oshishini 
ta’minlaydi. 
Respublikamiz qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan islohotlardan 
yana biri bu – tarmoqda yer va suv resurslaridan unumli foydalanish 
mexanizmlari ishlab chiqildi va hayotga tatbiq etildi. Chunonchi, yer va 


199 
suv resurslaridan foydalanishni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar 
qabul qilindi. Ularda respublikamizda yer va suvga egalik qilish, ulardan 
maqsadga 
muvofiq hamda 
samarali 
foydalanish
borasidagi 
munosabatlar tizimi va ularni amalga oshirish tartibi ko‘rsatilgan. Yer va 
suv resurslariga egalik qilishning huquqiy asosi O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida “Yer, yer osti boyliklari, 
suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar 
umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat 
muhofazasidadir” - deb belgilab qo‘yilgan.
Respublikamiz jami yer maydoniga umummilliy boylik sifatida 
egalik qilish huquqi O‘zbekiston Oliy Majlisi zimmasiga yuklatilgan. 
Oliy Majlis o‘z vakolatidagi yer munosabatlarining ayrim masalalarini 
xalq deputatlari qishloq, shahar, tuman hamda viloyat kengashlari va 
ularning ijroiya qo‘mitalari zimmasiga yuklagan. Ular yuqorida 
keltirilgan me’yoriy hujjatlar talablaridan kelib chiqqan holda yerlarni 
ulardan oqilona, samarali foydalanish maqsadida foydalanuvchilarga 
ma’lum muddatga haq to‘lash evaziga foydalanish uchun bermoqdalar. 
Demak, ular yer islohotini amalga oshirishga mas’uldirlar. Chunki ular 
yerlarni samarali foydalanish uchun haqiqiy egasiga berish bilan bog‘liq 
bo‘lgan masalalarni hal etadilar. 
Shu bilan birgalikda respublika fuqarolariga shaxsiy yordamchi 
xo‘jaliklarini yuritish hamda yakka tartibdagi uy-joy qurilishi va uni 
obodonlashtirish uchun meros qilib qoldirish sharti va umrbod egalik 
qilish huquqi bilan belgilangan miqdorda yer berilmoqda. Demak, shu 
qoidaga muvofiq yerni avloddan-avlodga meros qilib qoldirish 
ta’minlangan, ya’ni shu yerlarga egalik qilish hamda ulardan 
foydalanish huquqi fuqarolarga umrbod berilgan. Bu respublikamiz yer 
islohotidagi eng muhim yutuq hisoblanadi. Lekin fuqarolar qonunlarda 
ko‘rsatilgan shartlarni buzsalar, ularning yerga merosxo‘r sifatida egalik 
qilish huquqi yuqoridagi tashkilotlar tomonidan bekor etilishi ham 
ko‘rsatilgan. Islohot natijasida respublika qishloq hududlarida 
yashayotgan fuqarolarga umrbod foydalanish uchun 1990-2002-yillar 
davomida 600 ming gektarga yaqin qishloq xo‘jalik yerlari berildi. Bu 
maydon Andijon viloyatining qishloq xo‘jalik yerlariga nisbatan 2,2 


200 
marta, Farg‘ona viloyatinikiga nisbatan 1,8 barobar ko‘pdir. Yerlarni 
berish natijasida 3,2 mln. dan ortiq oilaning yer bilan ta’minlanganlik 
darajasi hozirgi davrda qondirilgan. Hozirgi vaqtga kelib mamlakat 
aholisi ixtiyorida 625,8 ming gektar tomorqa yerlari bor edi. Aholi 
o‘zlariga berilgan yerga qonun doirasida egalik qilish hamda undan 
samarali foydalanish natijasida yurtdoshlarimizni qishloq xo‘jalik 
mahsulotlari bilan ta’minlashga ulkan hissa qo‘shmoqda.
Aholiga yer maydonlarining berilishi ularning uy-joyga bo‘lgan 
talabini qondirish, mahsulotlar yetishtirish orqali o‘z daromadlarini 
ko‘paytirish va eng asosiysi, ularning ish bilan bandligini ta’minlashga, 
turmush farovonligini oshirishga juda katta hissa qo‘shdi.
Bozor iqtisodiga o‘tish sharoitida mulkchilikning turli shakllari va 
erkin mulk munosabatlari mavjud bo‘lishi, bunda xususiy mulkchilikni 
rivojlantirishga alohida e’tibor berilishi lozimligini inobatga olib, 
hukumatimiz tomonidan ularning huquqiy asoslari yaratildi: “Mulk 
to‘g‘risida”, “Ijara to‘g‘risida”, “Davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonunlar va ko‘pgina qarorlar, farmonlar 
qabul qilindi. Shularga asoslangan holda tarmoqda bosqichma-bosqich 
mulkchilikning turli shakllari tashkil etildi. Masalan, Vazirlar 
Mahkamasining qaroriga muvofiq 1992-yilda 224 ta davlat xo‘jaligi 
iqtisodiy ahvoli nochor bo‘lganligi uchun jamoa xo‘jaliklariga, ularning 
mulki esa jamoa mulkiga aylantirildi. Qishloq xo‘jaligida mulkni davlat 
tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish jarayoniga alohida e’tibor 
qaratildi. Xususiy mulkchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor berildi. 
Chunki haqiqiy mulk egasiga aylangan qishloq ahli undan oqilona 
hamda samarali foydalanishi tabiiy. 
Bu o‘rinda ta’kidlash kerakki, yangi yerlarni kompleks o‘zlashtirish, 
foydalanilayotgan yerlarning unumdorligini oshirish maqsadida amalga 
oshirilayotgan irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari, yirik irrigatsiya-
melioratsiya inshootlarini qurish, ta’mirlash va ulardan foydalanishda 
davlatning ko‘magi zarur. Qishloq hududlarida ekologik muhitni 
sog‘lomlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarga, qishloq xo‘jaligidagi 
urug‘chilik, seleksiya, naslchilik, veterinariya sohalarida ham davlatning 
ko‘magi muhim ahamiyatga ega. Ushbu sohalar davlat tomonidan 


201 
tartibga solib borilmasa, ko‘pgina muammolarni yuzaga keltirishi 
mumkin.
Mamlakatimiz 
agrar 
sohasida 
amalga 
oshirilgan 
mulkiy 
islohotlarning o‘ziga xos jihatlari quyidagilar: 
- mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning 
bosqichma-bosqich amalga oshirilganligi; 
- xususiylashtirishning to‘lovli tavsifga ega ekanligi; 
- xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar tadbirkorlikni qo‘llab-
quvvatlash, xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirish uchun 
sarflanganligi; 
- xususiylashtirishning aniq maqsadga yo‘naltirilganligi; 
- xususiylashtirish jarayonida aholining ijtimoiy himoyalanganligi. 
Tarmoqda mulkiy islohotlarni amalga oshirish natijasida qishloq 
xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishning tarkibi ham tubdan o‘zgardi. 
Hozirgi vaqtda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining 
99 foizi nodavlat sektor hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Qishloq xo‘jaligida 
turlicha mulk shakllari, turli-tuman xo‘jalik yuritish shaklidagi 
tadbirkorlik rivojlanmoqda. Bu esa tarmoqda raqobat muhitining 
shakllanishiga olib keladi. 
Agrar sohada mulkiy islohotlarni amalga oshirish natijasida 
mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida quyidagi o‘zgarishlar amalga 
oshirildi: 
- qishloq xo‘jalik obyektlari davlat tasarrufidan chiqarildi va 
xususiylashtirildi; 
- qishloq xo‘jaligida ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllantirildi; 
- tarmoqda haqiqiy mulkdorlar sinfi shakllantirildi va bu jarayon 
izchil davom ettirilmoqda; 
- qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish, ularni qayta ishlash 
va sotish jarayonlarida raqobat muhiti shakllantirildi va u qo‘llab-
quvvatlanmoqda. 
Qishloq xo‘jaligida mulkiy islohotlarni amalga oshirishdan 
ko‘zlangan pirovard maqsad – tarmoqda faoliyat yuritayotgan 
tadbirkorlarda haqiqiy mulkdorlik hissini uyg‘otish hamda ularning o‘z 
faoliyatlari natijalaridan moddiy va ma’naviy manfaatdorligini 


202 
ta’minlashdir. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida mulkdorlarning yangi 
sinfi – fermerlar paydo bo‘ldi va ularning qishloq xo‘jalik mahsulotlari 
ishlab chiqarishdagi o‘rni tobora mustahkamlanib bormoqda. 
Mamlakatimiz agrar sohasidagi mulkiy munosabatlarni yanada 
takomillashtirish uchun quyidagilarga e’tibor berish lozim: 
- qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi mulkiy munosabatlarni tartibga 
solib turuvchi me’yoriy hujjatlarni takomillashtirib borish; 
- qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarni 
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirib borish va 
bunda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasidan unumli 
foydalanish; 
- qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning 
biznes 
ko‘nikmalarini 
va 
huquqiy 
bilimlarini 
rivojlantirishga 
ko‘maklashish; 
- qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish va ularni qayta 
ishlash jarayoniga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va shu asosda 
tarmoqda 
xorijiy 
sarmoyadorlar 
ishtirokidagi 
mulk 
shaklini 
rivojlantirish. Shu asosida tarmoqqa zamonaviy texnologiyalar kirib 
kelishiga erishish mumkin. 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish