153
a) mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi. Ushbu
ko‘rsatkichni aniqlash uchun xo‘jalikda mavjud bo‘lgan
mehnat
resurslari soni qishloq xo‘jalik yerlari miqdoriga bo‘linadi. Uni aniqlash
uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
QXY
MRus
MRtd
=
Bunda:
MRus
– mehnat resurslari umumiy soni, kishi;
QXY
– qishloq xo‘jalik yerlari, ga.
Ushbu ko‘rsatkich qishloq xo‘jalik korxonasi ixtisoslashuvidan
kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan me’yorlar darajasiga imkon qadar
yaqin bo‘lishi kerak.
b) mavjud mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsiyenti. Ushbu
ko‘rsatkichni aniqlash uchun mehnat resurslarining o‘rtacha yillik soni
mehnat resurslarining umumiy soniga bo‘linadi.
U quyidagi formula
yordamida aniqlanadi:
MRus
ys
MRo
MRfk
'
=
Bunda:
MRo‘ys
– mehnat resurslarining o‘rtacha yillik soni, kishi;
MRus
– mehnat resurslarining umumiy soni, kishi.
Bu ko‘rsatkichning darajasi birga yaqin bo‘lgani maqsadga
muvofiqdir. Shunda mavjud mehnat resurslaridan foydalanish darajasi
yuqori bo‘lganligidan dalolat beradi.
d) mehnat resurslarining xo‘jalik faoliyatida qatnashishi. Ushbu
ko‘rsatkich xo‘jalik faoliyatida jami
sarflangan vaqtni mehnat
resurslarining umumiy soniga taqsimlash orqali aniqlanadi, bunda
quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
MRus
MRsv
MRxfq
=
Bunda:
MRsv
– mehnat resurslarining jami sarflagan vaqti, kishi-
kuni, kishi-soat.
Bu ko‘rsatkichning mutlaq miqdori
aniqlanayotgan davrdagi
(oyda, yilda) bir kishining ish vaqti fondidan yuqori bo‘lmaydi. Mehnat
resurslarining har bir guruhi uchun amaldagi qonunlarda yillik yoki
oylik ish vaqti fondi belgilanadi. Uning miqdorini bir yildagi kalendar
kunlar miqdoridan barcha turdagi bayram (agar u qonun bo‘yicha dam
olish kuni hisoblansa), dam olish hamda ta’til kunlarini ayirish orqali
aniqlanadi. Respublikamizda bir xodimning yillik o‘rtacha
ish vaqti
fondi 285 kun miqdorida belgilangan. Bu iqtisodiy faol mehnat
resurslarining yillik ish vaqti fondi hisoblanadi. O‘smirlar uchun bu fond
154
ularni ijtimoiy jihatdan himoya qilgan holda belgilangan. Xuddi shunday
imtiyozlar inson salomatligi uchun zararli ishlarni bajaruvchilar uchun
ham o‘rnatilgan. Mehnat resurslarining xo‘jalik faoliyatida qatnashishi
ko‘rsatkichi imkon qadar ushbu me’yorga yaqin bo‘lishi kerak.
e) belgilangan ish vaqti fondidan foydalanish koeffitsiyenti. U bir
ishchi yoki xizmatchining ishlab chiqarishda haqiqatda
ishlagan vaqtini
(kishi-kuni, kishi-soat) qonunda belgilangan miqdorda ishlashi lozim
bo‘lgan vaqtga taqsimlash natijasida aniqlanadi. Bunda quyidagi
formuladan foydalanish mumkin:
Im
Do'stlaringiz bilan baham: