Iqtisodiyoti



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

Ih
Vfk
=
Bunda:
Ih
– mehnat resurslarining bir yilda haqiqatda ishlagan 
vaqti, kishi-kuni, kishi-soat; 
Im
– mehnat resurslarining qonunda belgilangan me’yor 
bo‘yicha ishlashi lozim bo‘lgan vaqti, kishi-kuni, kishi-soat. 
Bu koeffitsiyentning miqdori birga yaqin bo‘lishi kerak. Agar 
uning darajasi qanchalik past bo‘lsa, bu mehnat resurslari foydali 
mehnat jarayonida kam qatnashganligidan dalolat beradi. 
f) mehnatning mavsumiylik koeffitsiyenti. Ushbu ko‘rsatkichni 
aniqlash uchun ma’lum davr (bir yil, bir oy) mobaynida eng ko‘p 
sarflangan kunlik mehnat sarfi shu davrdagi eng kam sarflangan kunlik 
mehnat sarfiga taqsimlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi: 
Imin
Imax
=
Mmk
Bunda:
Imax
– ma’lum davrdagi eng ko‘p sarflangan kunlik 
mehnat sarfi, kishi-kuni, kishi-soat; 
Imin
– ma’lum davrdagi eng kam sarflangan kunlik mehnat 
sarfi, kishi-kuni, kishi-soat;. 
Ushbu koeffitsiyentning miqdori 1-1,2 ga teng bo‘lgani maqsadga 
muvofiqdir. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida uning 
miqdori belgilangan me’yordan yuqoriroq bo‘lmoqda. Bu mehnat 
resurslarining 
ishlab 
chiqarish 
jarayonida 
bir 
me’yorda 
qatnashmayotganligidan dalolat beradi. Bu holni yumshatish zarur
buning uchun kam mehnat sarflanadigan oylarda ishlab chiqarishning 
boshqa sohalarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Bu masalani har 
bir korxona o‘zining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda hal 
etishi mumkin. 


155 
g) mehnat unumdorligi darajasi. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash 
uchun haqiqatda sarflangan jami mehnat sarfi miqdorini shu davrda 
ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga yoki qiymatiga taqsimlash zarur: 
YM
MS
Mu
=
Bunda: 
MS
– ma’lum davrda sarflangan mehnat, kishi-kuni, kishi-
soat; 
YM
– ushbu davr mobaynida yetishtirilgan mahsulot miqdori 
yoki qiymati. 
Bu ko‘rsatkich yetishtirilgan bir birlik (sentner, tonna, so‘m) 
mahsulot uchun qancha mehnat sarflanganligini ifodalaydi. Ushbu 
ko‘rsatkich mehnat sig‘imi ham deyiladi va mehnatni tejash iqtisodiy 
qonunining talabidir. 
Amaliyotda esa mehnat unumdorligi haqiqatda ishlab chiqarilgan 
mahsulotning, bajarilgan ishning miqdori yoki qiymatini unga 
sarflangan ish vaqtiga taqsimlash orqali aniqlanadi: 
MS
YM
Mu
=
Mazkur ko‘rsatkich sarflangan bir birlik (kishi-kuni, kishi-soat) 
mehnat sarfi evaziga qancha mahsulot yetishtirilganligining, xizmatlar 
bajarilganligining darajasini ifodalaydi. Bu ikki usul bir-birini inkor 
etmaydi, balki to‘ldiradi. Mahsulot birligiga sarflangan mehnat miqdori 
kamaysa yoki sarflangan bir birlik mehnat sarfi evaziga yetishtirilgan 
mahsulot birligi ko‘paysa, mehnat unumdorligi oshganligidan dalolat 
beradi.
Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi qishloq xo‘jaligida ayrim 
mahsulot turlari bo‘yicha hamda xo‘jalik miqyosida natural hamda 
qiymat ko‘rinishida aniqlanadi. Uning darajasini qiymat ko‘rinishida bir 
necha yillar davomida aniqlashda qiyosiy baholardan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. Shunda qishloq xo‘jalik mahsulotlari baholari 
o‘zgarishining mehnat unumdorligi o‘zgarishiga ta’siri bartaraf etiladi. 
Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar yordamida qishloq xo‘jalik ishlab 
chiqarishida 
qatnashayotgan 
mehnat 
resurslaridan 
qanday 
foydalanilayotganlik hamda sarflanayotgan mehnatning unumdorlik 
darajasi aniqlanib, chuqur tahlil etiladi.
Shunga asoslangan holda kelajakda mehnat resurslaridan 
foydalanishni yaxshilash va sarflanishi zarur bo‘lgan mehnatning 
unumdorligini oshirish uchun qanday tadbirlarni ishlab chiqish kerakligi 
belgilanadi. 


156 
h) qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida band bo‘lgan mehnat resurslarining 
salmog‘i. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun tarmoqda band bo‘lgan 
mehnat resurslari soni mamlakat miqyosida band bo‘lgan mehnat 
resurslari soniga taqsimlanadi va natija 100 ga ko‘paytiriladi. Uni 
aniqlashda quyidagi formuladan foydalanish mumkin: 
100
x
MMRus
TBMR
TMRs
=
Bunda: 
TBMR 
– tarmoqda band bo‘lgan mehnat resurslarining umumiy 
soni;
MMRus
– mamlakat miqyosida mehnat resurslarining umumiy 
soni.
Ushbu ko‘rsatkichlar yordamida qishloq xo‘jalik tarmog‘ida band 
bo‘lgan mehnat resurslarining mamlakat mehnat resurslari umumiy 
sonidagi salmog‘i aniqlanib, tahlil qilinishi mumkin. Mazkur ko‘rsatkich 
tarmoqdagi mehnat resurslarining mehnat unumdorligiga baho berishda 
ham foydalanilishi mumkin. Masalan, 2020-yil 1-yanvar holatiga 
mamlakatimiz aholisining 49,5 foizi qishloq joylarda istiqomat qiladi va 
2019-yilda iqtisodiyotda band bo‘lganlar jami soni tarkibida qishloq 
xo‘jaligining ulushi 26,2 foizni tashkil etgan. Niderlandiyada esa 
aholining 8,7 foizi qishloq joylarda istiqomat qiladi va iqtisodiyot 
tarmoqlarida band bo‘lganlarning atigi 2,3 foizi qishloq xo‘jaligi 
tarmog‘i hissasiga to‘g‘ri keladi. Niderlandiya qishloq xo‘jalik 
mahsulotlari eksporti bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egallaydi. Bu 
Niderlandiyada qishloq xo‘jaligi tarmog‘i intensiv rivojlanganligidan, 
qishloq 
xo‘jaligi 
tarmog‘i 
moddiy-texnika 
bazasining 
mustahkamlanganligi, 
zamonaviy 
texnika 
va 
texnologiyalar, 
innovatsiyalardan foydalanilishi natijasida mehnat unumdorligining 
yuqori bo‘lishiga erishilganligidan dalolat beradi. Ushbu ko‘rsatkich 
bo‘yicha AQSh, Isroil, Germaniya va boshqa shu kabi qishloq xo‘jaligi 
intensiv rivojlangan mamlakatlarda ham yuqori natijalarga erishilgan. 
Intensiv texnologiyalar qo‘llanilishi natijasida qishloq xo‘jaligi 
tarmog‘idan bo‘shayotgan mehnat resurslarini ish bilan ta’minlash 
uchun qishloq joylarda tadbirkorlikning boshqa shakllarini, sanoat va 
xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirish lozim.
Mehnat resurslarining ish bilan ta’minlanmagan qismi ishsizlar 
hisoblanadi. Qonuniy jihatdan ishsiz hisoblanishi uchun ular o‘zlari 
istiqomat qiladigan hududdagi bandlikka ko‘maklashish markazlariga 
murojaat etishi zarur. Bandlikka ko‘maklashish markazi murojaat etgan 
ishsizlarni belgilangan tartibda ro‘yxatga olib, ularga mutaxassisligi 


157 
bo‘yicha ish topib bera olmasa, ularga ishsiz maqomini beradi. Ishsiz 
maqomini olgan fuqaro esa ijtimoiy jihatdan himoyalanishi uchun unga 
belgilangan miqdordagi mablag‘ ma’lum davr mobaynida berib boriladi. 
Bandlikka 
ko‘maklashish 
markazlari 
ish 
bilan 
ta’minlanmaganlarga tumandagi imkoniyatlarni e’tiborga olgan holda 
malakasini oshirish yoki kasblarini o‘zgartirish bo‘yicha tadbirlarni 
amalga oshiradi. Shular natijasida ularning ish bilan ta’minlanishi 
yaxshilanadi. Bu esa mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsiyenti 
yuksalishini ta’minlaydi. 
Qishloq hududlarida ishlab chiqarish kuchlarining rivojlantirilishi 
tarmoqdagi mehnat resurslarining ma’lum bir qismini sanoat va boshqa 
tarmoqlarga o‘tishiga ta’sir etmoqda. Shu orqali qishloq joylardagi 
mehnat resurslarining ish bilan ta’minlanganlik darajasi oshirilmoqda.
Tarmoqda mavjud bo‘lgan mehnat resurslarini ishlab chiqarishga 
jalb etish, ularning mehnatlari unumdorligini yuksaltirishda moddiy 
hamda ma’naviy rag‘batlantirishning, ya’ni ularning mehnatlariga 
yarasha haq to‘lash, yaxshi ishlaganlarni esa rag‘batlantirishning 
ahamiyati ulkan. Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida mamlakatimiz 
miqyosida mehnatga to‘lanadigan ish haqining eng kam miqdori 
belgilanadi. Uning yuqori darajasi esa xo‘jaliklarning iqtisodiy 
imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda hamda ishchi-xizmatchilarning 
qobiliyatlariga, imkoniyatlariga va tashabbuskorligiga qarab belgilanadi.

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish