Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida bandlar soni, ming kishi
2016
2017
2018
2019
O‘zbekiston Respublikasi
3646,7
3671,3
3537,2
3544,6
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
190,9
191,5
192,5
195,0
Andijon
348,4
349,1
339,5
341,0
Buxoro
246,0
254,8
252,1
245,2
Jizzax
195,3
195,7
190,5
194,5
Qashqadaryo
336,8
342,3
300,9
302,0
Navoiy
94,0
95,8
91,9
85,0
Namangan
255,5
256,5
259,5
263,3
Samarqand
427,7
428,9
403,6
405,5
Surxondaryo
363,2
363,5
357,2
358,8
Sirdaryo
169,2
169,5
156,2
156,0
Toshkent
335,1
338,4
322,9
322,2
Farg‘ona
416,0
416,3
406,1
408,8
Xorazm
258,3
258,6
255,7
258,9
Toshkent shahri
10,3
10,4
8,6
8,4
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2019-yilda
qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi tarmog‘ida band bo‘lganlar soni
3544,6 ming kishini tashkil etgan bo‘lib, 2016-yilga nisbatan 102,1 ming
kishiga kamaygan.
151
Qishloq xo‘jaligida band bo‘lganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar 6.5-
jadvalda keltirilgan.
6.5-jadval
Qishloq xo‘jaligida band bo‘lganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
2016
2017
2018
2019
Iqtisodiyotda band bo‘lganlar
soni, ming kishi
13298,4
13520,3
13273,1
13541,1
Shu jumladan: qishloq, o‘rmon
va baliq xo‘jaligida
3646,7
3671,3
3537,2
3544,6
Qishloq, o‘rmon va baliq
xo‘jaligining ulushi, foizda
27,4
27,2
26,6
26,2
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi tarmog‘ida band bo‘lganlarning
iqtisodiyotda band bo‘lganlar jami soni tarkibidagi ulushi keyingi
yillarda pasaymoqda. Ushbu ko‘rsatkich 1995-yilda 40,9 foizni tashkil
etgan bo‘lsa, 2001-yilda 36,1 foizni, 2016-yilda 27,4 foizni, 2017-yilda
27,2 foizni, 2018-yilda 26,6 foizni va 2019-yilga kelib 26,2 foizni
tashkil etgan. Tarmoqda band bo‘lgan mehnat resurslari miqdori va
salmog‘ining pasayishi respublikada amalga oshirilayotgan agrar-
iqtisodiy siyosatning ma’lum darajadagi ijobiy natijasidir. Qishloq
joylardagi vujudga kelgan ortiqcha mehnat resurslarini ish bilan
ta’minlash maqsadida sanoat, xizmat ko‘rsatish, savdo va boshqa shu
kabi tarmoqlarni qishloq joylarda rivojlantirish zarur. Shu maqsadda
aholi zich joylashgan tumanlarda yirik sanoat korxonalari qurilib, ishga
tushirilmoqda va ular qishloq aholisining ish bilan ta’minlanishiga katta
hissa qo‘shib kelmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatimizdagi barcha
tumanlarda klasterlar tarkibida sanoat korxonalari faoliyatini yo‘lga
qo‘yish va rivojlantirishga e’tibor berilmoqda. Shu kabi sanoat
korxonalarining ishga tushirilishi natijasida qishloqlarda yashayotgan
mehnat resurslarining sezilarli qismi ish bilan ta’minlanmoqda. Bundan
tashqari, qishloq hududlarida xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish
ham qishloq aholisining bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb
etmoqda.
Yuqoridagi ijobiy natijalarga asoslangan holda mamlakatimizning
qishloq hududlarida sanoat korxonalari va boshqa turdagi tadbirkorlik
152
shakllarini barpo etish va rivojlantirish ishlari izchillik bilan amalga
oshirilmoqda. Bu jarayon qishloq hududlarida ishlab chiqarish kuchlari
oqilona joylashishini ta’minlashga ham ijobiy hissa qo‘shadi. Natijada
mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsiyentining oshishi ham
ta’minlanmoqda.
Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha qishloq xo‘jaligi intensiv rivojlangan
davlatlardan biri bo‘lgan Niderlandiyadagi holatni ko‘radigan bo‘lsak,
aholisining 8,7 foizi qishloq joylarda istiqomat qiladi va iqtisodiyot
tarmoqlarida band bo‘lganlarning atigi 2,3 foizi qishloq xo‘jaligi
tarmog‘i hissasiga to‘g‘ri keladi.
Mamlakatimiz hukumati tomonidan bandlik Dasturi qabul qilingan
bo‘lib, qishloq joylardagi mehnat resurslarini ish bilan ta’minlashga juda
katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 23-martdagi “Shaxsiy yordamchi, dehqon va
fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni rag‘batlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-308-sonli qarori hamda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-apreldagi “2006-
2010-yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida
chorva mollari, birinchi navbatda qoramollar sonini ko‘paytirishni
rag‘batlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
67-sonli qarori asosida kam ta’minlangan oilalarga qoramol sotib olish
uchun tijorat banklarining kredit liniyalari orqali ish bilan ta’minlashga
ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan imtiyozli kreditlar
berilmoqda va shu orqali ularning ish bilan bandligiga erishilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |