Iqtisodiyoti



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


145 
6-BOB: QISHLOQ XO‘JALIGIDA MEHNAT RESURSLARI VA 
ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI 
1. Mehnat resurslarining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati va o‘ziga xos 
xususiyatlari. 
2. Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini 
tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi. 
3. Qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari. 

Tayanch so‘zlar: 
aholi soni,
 
mehnat resursi, iqtisodiy faol aholi, 
urbanizatsiya darajasi, ish bilan bandlik, mehnat unumdorligi.
1. Mehnat resurslarining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati va o‘ziga 
xos xususiyatlari. 
Mamlakatimizning qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan barcha 
talablarini qondirishda mehnat resurslarining ahamiyati katta. Qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun moddiy, 
mehnat va moliyaviy resurslari mavjud bo‘lishi shart. Ushbu resurslar 
ichida mehnat faol resurs bo‘lib, qolgan ikkita resursni bir-biri bilan 
bog‘laydi va uning darajasi ishlab chiqarish jarayonining natijalariga 
ta’sir ko‘rsatadi.
Mehnat - bu insonning ongli, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatidir. 
Ishlab chiqarish jarayoni inson mehnati, mehnat predmetlari va 
vositalari, tabiiy sharoitlarning samarali uyg‘unlashishini talab etadi. 
Inson shu ishlab chiqarish vositalarini ma’lum hududda, davrda ishga 
solib, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshiradi. Jumladan, ekinlar 
ekiladigan yerlarni shudgorlash, ekishga tayyorlash, ekish, suv berish, 
ishlov berish, hosilni terib olish va boshqalar. Ishlab chiqarish 
jarayonining samarasi, avvalo, mehnat resursining bilimiga, malakasiga, 
mehnatga munosabatiga, qolaversa, fan-texnika taraqqiyotiga, ishlab 
chiqarish vositalarining sifatiga, holatiga va nihoyat, tabiiy sharoitga 
bog‘liq. Demak, inson o‘z faoliyatini ularning barchasini oqilona, 
uddaburonlik bilan samarali ishga solishga qaratishi kerak. Shunday 
mehnat iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Uning tabiati ishlab chiqarish 
munosabatlari bilan belgilanadi. Demak, talabni qondira olish 
qobiliyatiga ega bo‘lgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, 
xizmatlarni bajarish insonning ongli faoliyati, ya’ni mehnatiga bevosita 
bog‘liqdir. 


146 
Qishloq joylarda istiqomat qilayotgan aholining turmush 
farovonligi mazkur tarmoqda amalga oshirilayotgan islohotlarning 
iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligiga bevosita bog‘liq. Qishloq xo‘jaligi 
tarmog‘i qanchalik rivojlansa, qishloq joylarda istiqomat qiluvchi 
aholining bandligini ta’minlash, ularning daromadlarini oshirish 
imkoniyatlari shunchalik ortadi.
Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslari tarkibiga mehnat qobiliyatiga 
ega bo‘lgan 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, 16 yoshdan 55 
yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar hamda o‘z xohishiga ko‘ra mehnat 
faoliyati bilan shug‘ullanayotgan o‘smirlar va nafaqaxo‘rlar kiradi. 
Qishloq xo‘jaligida o‘smirlar asosan mavsumiy ishlarga jalb etilishi 
mumkin.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizda 
2019-yilda mehnatga layoqatli yoshdagi doimiy aholi soni 19837,2 ming 
kishini tashkil etgan bo‘lib, 2018-yilda ushbu ko‘rsatkich 19791,7 ming 
kishini tashkil etgan. 2019-yilda 2018-yilga nisbatan mehnatga layoqatli 
yoshdagi doimiy aholi soni 45,5 ming kishiga yoki 0,2 foizga oshgan. 
Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslarining tarmoq xususiyatlaridan 
kelib chiqqan holda quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari mavjud:
- mehnat va uning samarasi tabiiy sharoit bilan bog‘liq; 
- mehnat resursidan foydalanishga qishloq xo‘jalik ishlab 
chiqarishining mavsumiyligi katta ta’sir ko‘rsatadi; 
- qishloq xo‘jaligidagi mehnat jarayoni tirik organizmlar bilan uzviy 
bog‘langan; 
- qishloq xo‘jaligida mehnat jarayonining mexanizatsiyalashganlik va
avtomatlashganlik darajasi past; 
- tarmoqda mehnat jarayoni tor doirada ixtisoslashmagan; 
- qishloq xo‘jaligida mehnat sharoitlari boshqa tarmoqlardagiga 
nisbatan past darajada bo‘lib, quyosh radiatsiyasi, chang va boshqa 
omillar mehnat resurslarini o‘ziga yuqori darajada jalb etmaydi; 
- qishloq joylarida mehnat resurslari sonining o‘sish sur’ati nisbatan 
yuqori va hokazo. 
Ta’kidlangan xususiyatlar tarmoqda sarflanadigan mehnatning 
miqdoriga, sifatiga va samarasiga bevosita ta’sir etadi. Tabiiy sharoitlar, 
ya’ni iqlim va yerning holati mehnat resursining samaradorligiga 
bevosita ta’sir qiladi. Qish oylarida mehnat resursiga bo‘lgan talab 
keskin kamayib, bahorda va hosilni yig‘ib olishda esa unga bo‘lgan talab 
ortadi. Shu davrda mavsumiy ishchilarni shartnoma asosida jalb qilish 
talab etiladi. Dehqonchilik va chorvachilikda mehnat qilayotgan 


147 
xodimlar o‘simliklarning hamda chorva mollarining xususiyatlarini 
bilishlari lozim. Tarmoqning yangi, unumli texnikalar bilan talab 
darajasida ta’minlanmaganligi ayrim ish jarayonlarini (sug‘orish, 
yagonalash, hosilni yig‘ib olish, chorva hayvonlarini oziqlantirish
sog‘ish va boshqalar) to‘liq mexanizatsiyalashtirish imkonini bermaydi, 
natijada jonli mehnat xarajatlari yuqori bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligida 
mehnat jarayonini amalga oshirishda uning samarali bo‘lishini 
ta’minlash uchun barcha xususiyatlarni e’tiborga olish maqsadga
muvofiqdir.
2020-yil 1-yanvar holatiga respublikamizning doimiy aholisi soni 
33905,8 ming kishini tashkil etgan bo‘lib, 2019-yil 1-yanvar holatiga 
nisbatan 650,3 ming kishiga yoki 1,9 foizga oshgan.
2020-yil 1-yanvar holatiga hududlar bo‘yicha shahar va qishloq aholisi 
soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar 6.1-jadvalda keltirlgan. 
6.1-jadval 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish