Iqtisodiyoti


Qishloq xo‘jaligida mavjud tadbirkorlik shakllari, ularning



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

2. Qishloq xo‘jaligida mavjud tadbirkorlik shakllari, ularning 
tashkil etilishi va rivojlanishi. 
Qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik – foyda olish maqsadida 
tavakkalchilikka asoslangan holda mavjud me’yoriy hujjatlar asosida 
mulkchilik subyektlarining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, 
ularni qayta ishlash va sotish hamda xizmatlar ko‘rsatish sohalarida 
faoliyat ko‘rsatishidir. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida tadbirkorlik faoliyati
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Bu jarayonda 
ular 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasi, 
“O‘zbekiston 
Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi, “Korxonalar to‘g‘risida”gi va 
“Tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlar talablariga rioya etishlari 
zarur. 
Mustaqillikning ilk davridan boshlab amalga oshirilayotgan agrar-
iqtisodiy islohotlarda respublikamiz qishloq xo‘jaligida davlat mulkini 
uning tasarrufidan chiqarishga, uning negizida jamoa va xususiy 
mulkchilikni hamda ularga asoslangan tadbirkorlik shakllarini tashkil 
etishga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Bunda yerga umummilliy boylik 
sifatidagi umumxalq mulkchiligi saqlab qolinmoqda. Boshqa mulklar 
esa 
davlat 
tasarrufidan 
bosqichma-bosqich 
chiqarilib, 
xususiylashtirilmoqda. 1990-yilda davlat mulkchiligiga asoslangan 
xo‘jaliklar, ya’ni davlat xo‘jaliklari 1038 ta edi. Ular O‘zbekistonda XX 
asrning 30-yillarida tashkil etila boshlangan. Respublikaning Qarshi va 
Mirzacho‘l, Surxon-Sherobod, Markaziy Farg‘ona hududlarida yangi 
yerlarni o‘zlashtirish natijasida keng miqyosda davlat xo‘jaliklari tashkil 
etildi. Davlat xo‘jaliklarining tashkil etilishida davlat budjetidan 
ajratilgan mablag‘ evaziga ishlab chiqarishni tashkil etish hamda yuritish 
uchun zarur bo‘lgan barcha ishlab chiqarish vositalarini davlat 
tomonidan o‘rnatilgan baholarda sotib olinar edi. Ulardan foydalangan 
holda faoliyat yuritib, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarini davlat 
tomonidan belgilangan xarid narxlarida davlatga qarashli tayyorlov 
tashkilotlariga sotar edilar va olingan daromad davlat moliya organlari 
tomonidan o‘rnatilgan tartibda taqsimlanar edi. Bunda asosiy e’tibor 
davlat 
manfaatlarini 
rivojlantirishga 
qaratilgan 
bo‘lib, 
davlat 
xo‘jaliklariga iqtisodiy erkinlik berilmagan edi. Shuning uchun ular 


171 
yuqori tashkilotlar tomonidan belgilangan qonun-qoidalarga bo‘ysungan 
holda qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanar edilar. 
Ular asosan paxtachilik, g‘allachilik, chorvachilikka ixtisoslashgan 
bo‘lib, respublikada yetishtirilayotgan mahsulotlarning sezilarli qismini 
ishlab chiqarar edilar. Bu xo‘jaliklarning respublikada yetishtirilgan 
yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotidagi ulushi 1990-yilda 37,5 foizni 
tashkil etgan. Lekin ular iqtisodiy negizi, faoliyat yuritish mazmuni 
bo‘yicha erkin bozor munosabatlari talablariga javob bermas edi. 
Shuning uchun ham davlat mulkchiligiga asoslangan xo‘jaliklar negizida 
tashkiliy, iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishi zarur bo‘ldi. Islohotlar 
jarayonida ularning negizida dastavval jamoa xo‘jaliklari, keyinchalik 
shirkatlar hamda hozirgi vaqtda mustaqil fermer xo‘jaliklari tashkil 
etildi.
Respublika hukumati qishloq xo‘jaligi oldidagi muhim vazifalarni 
e’tiborga olgan holda bir qancha muammolarni o‘z zimmasiga olgan. 
Bunda davlat bosh islohotchi vazifasini bajarmoqda. Hozirgi davrda 
respublikamiz hukumati agrar siyosatning strategik yo‘nalishlarini
belgilab, uni ta’minlash bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish 
choralarini 
ko‘rmoqda. 
Hukumatning asosiy e’tibori qishloq 
xo‘jaligining barcha sohalari yagona fan-texnika siyosatiga asoslangan 
holda rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan. Bu nihoyatda muhim 
masala hisoblanadi. Chunki faqat ilm-fan, yangi, samarali texnika 
hamda ilg‘or texnologiya barcha yutuqlarning asosiy negizidir. Bu 
masalani hal etish maqsadida qishloq xo‘jaligida davlat mulkiga 
asoslangan xo‘jaliklar qisman saqlab qolingan. Ular asosan qishloq 
xo‘jaligida davlat ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining tajriba 
xo‘jaliklari, urug‘chilik va naslchilik xo‘jaliklari ko‘rinishida saqlab 
qolingan. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 100 ga yaqin tajriba 
xo‘jaliklari faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Ular asosan davlat 
budjetidan ajratilayotgan mablag‘lar evaziga qishloq xo‘jaligining 
rivojlanishini ta’minlaydigan ilmiy g‘oyalarni yaratish, sinash asosida 
qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanmoqdalar. Ular 
faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar: 

urug‘chilik, naslchilik va ko‘chatchilikni rivojlantirish, yangi, 
serhosil, tezpishar navlar hamda mahsuldor zotlarni yaratish; 

qishloq xo‘jaligiga fan yutuqlarini joriy etishni tashkillashtirish; 

iqtisodiyotda erkin bozor munosabatlarini yaratish va ularni 
chuqurlashtirish; 


172 

yangi texnika, ilg‘or texnologiyalarni yaratish, agrotexnika 
tadbirlarini takomillashtirish va boshqalar. 
Ilmiy-tadqiqot institutlarida yaratilayotgan ilmiy g‘oyalar va 
yangiliklar eng avvalo tajriba xo‘jaliklarida sinalib, so‘ngra amaliyotga 
tatbiq etish uchun tavsiya qilinadi. Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligida 
ishlab chiqarilayotgan yalpi mahsulotning 1 foizini mazkur tajriba 
xo‘jaliklari bermoqda. Fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy 
etishdagi o‘rnini e’tiborga olgan holda ularni saqlab qolish va 
faoliyatini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida XX asrning 80-yillari oxiri va 
90-yillari boshida 887 ta jamoa xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatib, respublikada 
yetishtirilayotgan yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotining 35 foizini berar 
edi. Ularning iqtisodiy negizini jamoa mulki tashkil etgan. Lekin 
mulkchilikning bu shakli uning haqiqiy mazmuni, mohiyatiga mos emas 
edi, chunki amalda ular davlat tasarrufida edi. Bunday hol bozor 
iqtisodiyoti talablariga to‘g‘ri kelmaydi. Shu bois erkin bozor 
munosabatlariga asoslangan iqtisodiy tizimga o‘tish munosabati bilan 
tarmoqdagi davlat xo‘jaliklari negizida jamoa xo‘jaliklari bosqichma-
bosqich yangicha ko‘rinishda tashkil etila boshlandi.
Bu o‘rinda eslatib o‘tish kerakki, jamoa xo‘jaliklari 1990-
yillargacha qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga ma’lum darajada o‘z 
hissalarini qo‘shganlar. Ular o‘sha yillarda tarmoqda yetishtirilayotgan 
paxtaning 41 foizini, g‘allaning 37 foizini, sutning 36 foizini berar edi. 
Lekin ularning faoliyatlari ham davlat xo‘jaliklari kabi to‘liq davlat 
tomonidan boshqarilardi, ya’ni ularda mahsulotlar yetishtirish jarayoni 
davlat 
mablag‘lari 
hisobidan 
moliyalashtirilib, 
yetishtirilgan 
mahsulotlarni davlat o‘z tashkilotlari yordamida hukumat tomonidan 
belgilangan xarid baholarida sotib olar edi. Olingan daromad esa 
hukumat tomonidan belgilangan tartibda taqsimlanar edi. Bunda 
jamoaning erki, huquqi to‘liq e’tiborga olinmas edi. Demak, u 
xo‘jaliklarda amalga oshirilgan iqtisodiy munosabatlar bozor iqtisodiyoti 
munosabatlari talablariga mos emas edi. Bunday hollarni bartaraf etish 
maqsadida avvalo jamoa mulkchiligiga asoslangan jamoa xo‘jaliklarida 
haqiqiy bozor iqtisodiyoti munosabatlarini barpo etishga alohida e’tibor 
berildi. Bunda respublikada amalga oshirilayotgan yer islohotiga
asoslangan holda mavjud jamoa xo‘jaliklariga davlat mulki hisoblangan 
yer foydalanish uchun ijaraga berildi. Ular yerdan foydalanganlik uchun 
belgilangan muddatda ijara haqi to‘laydigan bo‘lishdi. Ijara haqi 1999-
yildan boshlab yagona yer solig‘i shaklida to‘lanadigan bo‘ldi. Shu bilan 


173 
birga “Mulk to‘g‘risida”gi qonun talabiga muvofiq u xo‘jaliklarda 
haqiqiy jamoa mulkchiligi tashkil etishga e’tibor berildi. Mulkchilikning 
bu shakli jamoa xo‘jaliklari negizida shirkat xo‘jaliklari tashkil etish 
orqali shakllantirildi. Uning huquqiy asoslari yaratildi. Oliy Majlis 
tomonidan 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Qishloq xo‘jalik 
kooperativlari (shirkatlar) to‘g‘risida”gi qonun, uning hayotga tatbiq 
etilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1998-yil 15-iyuldagi 229-sonli qarori qabul qilingan 
edi.
Shirkat xo‘jaligi - qishloq xo‘jalik tovar mahsulotlari ishlab 
chiqarish va xizmatlarni bajarish maqsadida fuqarolarning paychilikka 
asoslangan oilaviy pudrat asosida uyushib, erkin, mustaqil faoliyat 
ko‘rsatadigan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan xo‘jalik yuritish 
subyektidir. Ular o‘tish davrida qishloq xo‘jaligida tadbirkorlikning yirik 
tovar ishlab chiqaruvchi shakli sifatida namoyon bo‘ldi. Ularning 
ixtiyoriga qishloq xo‘jalik yerlarining asosiy qismi uzoq muddatga 
ijaraga foydalanishga berildi. Shirkat xo‘jaliklarining iqtisodiy negizini, 
ya’ni mulkini pay (ulush) asosida tashkil etilgan paychilarning jamoaviy 
mulki tashkil etar edi. Shirkat xo‘jaliklarining barcha mulki (yerlarning 
qiymatini ham qo‘shib) a’zolariga pay shaklida bo‘lib berildi. Shuning 
natijasida shirkat a’zolari mulk egasi bo‘ldilar. Bu hol ularga barcha 
mulkka birgalikda egalik qilish, foydalanish imkoniyatini berdi.
Shirkat xo‘jaliklarini faoliyat ko‘rsatib turgan jamoa xo‘jaliklari 
zaminida qayta tashkil etish nazarda tutilgan edi. Faoliyat ko‘rsatib 
turgan jamoa xo‘jaligini shirkat xo‘jaligiga aylantirish xo‘jalik 
a’zolarining umumiy majlisi qaroriga asosan amalga oshirilgan. Ushbu 
qaror o‘zgartirilayotgan xo‘jalikning kreditorlariga ham yozma ravishda 
yetkazilishi nazarda tutilgan. Shu qarorga asosan shirkat xo‘jaligiga 
aylantirilayotgan xo‘jalik rahbarlari, mutaxassislari va a’zolaridan iborat 
komissiya tuziladi. Tuman hokimining qarori bilan komissiya ishida 
tuman hokimligi, moliya va soliq idoralari, banklar, kasaba uyushmasi 
vakillari ishtirok etadilar. Komissiya zimmasiga nihoyatda muhim 
masalalar yuklatilgan edi. Shu jumladan mazkur komissiya yangi tashkil 
etilayotgan shirkat xo‘jaligining Nizomi loyihasini ham tayyorlagan.
Mamlakatimizda tashkil etilgan shirkat xo‘jaliklari dehqonlarning 
moddiy manfaatdorligini oshirgan bo‘lsada, bozor munosabatlari 
talablariga to‘liq javob bera olmadi. Ayrim holatlarda esa shirkat 
xo‘jaliklarini tashkil etishda tashkiliy tomondan ayrim kamchiliklarga 
yo‘l qo‘yildi. Ya’ni, samarasiz faoliyat yuritayotgan jamoa xo‘jaliklarini 


174 
shirkat xo‘jaliklariga aylantirishda qonunda belgilangan tartibda tashkil 
etish, jamoa xo‘jaliklarida mavjud bo‘lgan kamchilikni bartaraf etish 
maqsadida shirkat a’zolarida mulkdorlik hissini uyg‘otish, ularning 
shirkat xo‘jaligi mulkidagi ulushini tasdiqlovchi pay guvohnomalarini 
rasmiylashtirish va berish kabi holatlarda kamchiliklarga yo‘l qo‘yildi. 
Shuning natijasida qishloq xo‘jaligi kooperativlari, ya’ni shirkat 
xo‘jaliklari ham ko‘zlangan natijani bermadi.
Shu sababli mamlakatimiz hukumati tomonidan qishloq xo‘jaligiga 
samarali, dehqonlarda haqiqiy mulkdorlik hissini uyg‘otadigan, ularning 
iqtisodiy erkinligini ta’minlaydigan xo‘jalik yuritish shakllarini joriy 
etishga e’tibor qaratildi. Avvalo, dehqonning ishlab chiqarishga va 
mulkka egalik hissining ortishi, erkin iqtisodiy faoliyat yuritishi, 
daromad olishi, uni o‘z xohishiga ko‘ra mustaqil taqsimlash hamda 
tasarruf etish imkoniyati yaratildi. Respublika agrar sohasida faoliyat 
yuritayotgan 
fermer 
xo‘jaliklari 
boshqa 
subyektlarga nisbatan 
amaliyotda o‘zining bir qancha ijobiy ustunliklarini ko‘rsatdi va shu 
sababli fermer xo‘jaliklariga istiqbolli xo‘jalik yuritish shakli sifatida 
katta e’tibor qaratildi. 1998-yil 30-aprelda O‘zbekiston Respublikasining 
“Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan bo‘lib, u 36 
moddadan iborat. Ushbu qonunning yangi tahriri 2004-yil 26-avgustda 
qabul qilindi. “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasida 
fermer xo‘jaligiga quyidagicha ta’rif berilgan: fermer хo‘jaligi - ijaraga 
berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq хo‘jaligi tovar 
ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, mustaqil хo‘jalik yurituvchi 
subyektdir.
Fermer xo‘jaligi o‘ziga uzoq muddatga ijaraga berilgan yer 
uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishi 
bilan 
shug‘ullanuvchi 
fermer 
xo‘jaligi 
a’zolarining 
birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega 
mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektdir. Fermer xo‘jaliklari tanlov 
asosida zahira va maxsus respublika fondi hisoblangan hamda mehnat 
resurslari ortiqchaligi sezilmagan yerlarda va hududlarda tashkil etiladi. 
Fermer xo‘jaligini shu xo‘jalikning o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, 
qishloq xo‘jaligida tegishli bilim, malaka va ish tajribasiga, yaxshi 
muomala qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan barkamol a’zolaridan biri 
boshqarishi mumkin. Fermer xo‘jaligining Nizom fondida ko‘rsatilgan 
quyidagi vositalar, mablag‘lar uning mulki hisoblanadi:
- uy-joylar, xo‘jalik inshootlari, qishloq xo‘jalik ekinlari va 
ko‘chatzorlari, ko‘p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva mollari, 


175 
parrandalar, qishloq xo‘jalik texnikasi, asbob-uskuna, transport 
vositalari, pul mablag‘lari, intellektual mulk obyektlari; 
- ishlab chiqarish faoliyati natijasida yetishtirilgan mahsulotlar; 
- ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdan, ish va xizmatlar 
ko‘rsatishdan tushgan pul mablag‘lari, olingan foyda; 
- olingan kredit mablag‘lari; 
- a’zolarining qimmatli qog‘ozlari, ular evaziga olingan dividendlar; 
- yuridik va jismoniy shaxslarning beg‘araz xayriya, homiylik 
mablag‘lari va boshqalar. 
Shu mulklardan samarali foydalanish natijasida xo‘jalikni 
rivojlantirish uning a’zolari shaxsiy mehnatiga bog‘liq. Fermer 
xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatish jarayonida mehnat shartnomasiga 
asoslangan holda ishchi-xizmatchilarni yollashi mumkin.
Fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ajratish tartibi 
Yer Kodeksi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonun va “Yer 
uchastkalarini fermer xo‘jaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi 
to‘g‘risidagi Nizom” asosida amalga oshiriladi.
Yer Kodeksida fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalari ochiq tanlov 
asosida o‘ttiz yildan ellik yilgacha bo‘lgan muddatga zahira yerlari yoki 
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan ajratilishi nazarda tutilgan. 
Fermer xo‘jaliklariga yer ajratish fermer xo‘jaligining ma’lum bir 
faoliyat yo‘nalishiga ixtisoslashganini inobatga olgan holda amalga 
oshiriladi. 
Xususan, 
chorvachilik 
mahsulotlari 
yetishtirishga 
ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi xo‘jalikning biznes rejasida nazarda 
tutilgan kamida 30 shartli bosh chorva mollarini boqish shartlari bilan 
beriladi. Bunda fermer xo‘jaligiga beriladigan yer uchastkalarining eng 
kam o‘lchami har bir shartli bosh chorva moliga hisoblaganda:
- Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm 
viloyatlarida sug‘oriladigan yerlarda – kamida 0,3 gektarni (nasldor 
chorvachilik fermer xo‘jaliklari uchun 0,5 gektarni);
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Jizzax, 
Navoiy, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlaridagi sug‘oriladigan yerlarda 
– kamida 0,45 gektarni (nasldor chorvachilik fermer xo‘jaliklari uchun 
0,6 gektarni); 


176 
- sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlarda – kamida 2 gektarni tashkil 
etadi. 
Dehqonchilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashayotgan fermer 
xo‘jaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami 
quyidagicha belgilangan: 
- paxtachilik va g‘allachilik uchun – kamida 30 gektar; 
- g‘allachilik va sabzavotchilik uchun – kamida 10 gektar; 
- bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlar 
yetishtirish uchun – kamida 1 gektarni hamda ko‘pi bilan 5 gektar. 
Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari ajratish quyidagi 
tartibda amalga oshiriladi: 

tuman hokimi yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq 
xo‘jaligi maqsadidagi yerlardan va (yoki) zahiradagi yerlardan yer 
uchastkalari ajratish to‘g‘risida, shuningdek ushbu yerlarni fermer 
xo‘jaliklariga berish bo‘yicha tanlov o‘tkazish to‘g‘risida qaror abul 
qiladi (e’londa yer uchastkasining o‘lchami, joylashgan joyi, sifati va 
boshqa 
tavsiflari, 
tashkil 
etilayotgan 
fermer 
xo‘jaligining 
mo‘ljallanayotgan ixtisoslashuvi, tanlovning o‘tkazilish vaqti va joyi 
ko‘rsatilishi lozim); 

yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi ariza tashkil etilayotgan 
xo‘jalikning biznes rejasi yoki faoliyat dasturi ilova qilingan holda 
tanlov e’lon qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida tuman hokimiga 
beriladi; 

tuman hokimi arizalarni tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va 
tomorqa yer egalari Kengashiga yuboradi. Kengash ikki kun mobaynida 
arizalarni ko‘rib chiqadi va ularni ko‘rib chiqish natijajari bo‘yicha 
xulosa chiqarib, xulosani arizalar bilan birgalikda yer maydonlarini 
berish (realizatsiya qilish) masalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman 
komissiyasiga yuboradi. Xulosa asosida, komissiya fermer xo‘jaligiga 
yer uchastkalarini berish bo‘yicha tanlov o‘tkazadi; 

yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalarini ko‘rib 
chiqish 
bo‘yicha 
tuman 
komissiyasi 
qarori 
protokol 
bilan 
rasmiylashtiriladi va barcha hujjatlar, shu jumladan tuman fermer, 
dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashining xulosasi bilan 


177 
birgalikda ko‘rib chiqish uchun xalq deputatlari tuman Kengashiga 
yuboriladi; 

xalq deputatlari tuman Kengashi eng yaqindagi sessiyada tuman 
komissiyasi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va 
tegishli qaror qabul qiladi, ushbu qaror tuman hokimiga yuboriladi; 

tuman hokimi xalq deputatlari tuman Kengashining ijobiy qarori 
asosida uch kun mobaynida fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer 
uchastkasi berish to‘g‘risida qaror chiqaradi va uch kun muddatda ushbu 
qarorni tasdiqlash uchun viloyat hokimi boshchilik qiladigan yer 
maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalrini ko‘rib chiqish 
bo‘yicha viloyat komissiyasiga yuboradi; 

viloyat hokimi boshchilik qiladigan viloyat komissiyasi taqdim 
etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va tuman hokimining fermer xo‘jaligi 
yuritish uchun yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlash 
(yoki tasdiqlashni rad etish) haqida qaror qabul qiladi 
Tuman hokimi tomonidan fermer xo‘jaligiga ijaraga yer uchastkasi 
berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingandan keyin tuman yer resurslari 
va davlat kadastri bo‘limi tomonidan besh kun muddatda namunaviy 
shaklga muvofiq yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi 
tayyorlanadi. Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi fermer 
xo‘jaligining boshlig‘i va tuman hokimi tomonidan imzolanadi.
Fermer xo‘jaliklari faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari 7.1-jadvalda 
keltirilgan. 
7.1-jadval 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish