Iqtisodiyoti


Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular: 
1. O‘simlikchilik tarmog‘ining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘rni va 
ahamiyati. 
2. Mamlakatimizda o‘simlikchilik tarmoqlarining hozirgi rivojlanish 
holati. 
3. Mamlakatimizda o‘simlikchilik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 
amalga oshirilayotgan islohotlar. 
4. 
O‘simlikchilik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish va 
samaradorligini oshirish yo‘llari. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


482 
21-BOB: CHORVACHILIK TARMOQLARI IQTISODIYOTI 
1. Chorvachilik tarmoqlari va ularning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi 
ahamiyati.
2. Mamlakatimizda chorvachilik tarmoqlarining hozirgi rivojlanish 
holati. 
3. Chorvachilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish imkoniyatlari va 
samaradorligini oshirish yo‘llari.
Tayanch so‘zlar:
chorvachilik, qoramolchilik, qo‘ychilik va echkichilik, 
yilqichilik, parrandachilik, quyonchilik, chorva ozuqasi.
1. 
Chorvachilik 
tarmoqlari 
va 
ularning 
mamlakatimiz 
iqtisodiyotidagi ahamiyati.

Chorvachilik – mamlakatimiz qishloq xo‘jaligining muhim tarkibiy 


qismidir. Chunki bu tarmoqda inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan 
turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiriladi. Go‘sht, sut va tuxum 
aholining asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lib, ularsiz oziq 
moddalariga bo‘lgan talabni qondirib bo‘lmaydi. Chorvachilik 
tarmog‘ining aholini oqsil va uglevodlarga boy sifatli oziq-ovqat 
mahsulotlari bilan ta’minlashda o‘rni beqiyosdir. Chorvachilik 
sanoatning ko‘pgina yo‘nalishlari uchun xomashyo yetkazib beradi. 
Sanoat tarmoqlarining rivojlanishi chorvachilik tarmoqlari tomonidan 
yetkazib beriladigan xomashyolarga ham bog‘liqdir. Chorvachilik 
tarmog‘i dehqonchilikni mahalliy o‘git bilan ham ta’minlaydi. Bu esa 
tuproq unumdorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Chorvachilik yirik tarmoq bo‘lib, o‘z navbatida hayvonlar turlari va 
yetishtiriladigan mahsulotlar xususiyatidan kelib chiqqan holda quyidagi 
kichik tarmoqlarga bo‘linadi: 
- qoramolchilik; 
- qo‘ychilik va echkichilik; 
- parrandachilik; 
- yilqichilik; 


483 
- mo‘ynachilik; 
- cho‘chqachilik; 
- baliqchilik; 
- asalarichilik va boshqalar. 
Aholini zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda 
chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash va sotish tizimlarini 
rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Aholi soni ko‘payishi va sanoat 
korxonalari quvvatlarining oshishi chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan 
talabning 
o‘sishiga 
olib 
kelmoqda. 
Aholining 
chorvachilik 
mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish uchun bir qancha tashkiliy, 
iqtisodiy, ijtimoiy tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, chorvachilik 
mahsulotlarini qayta ishlash tizimini rivojlantirish kerak. Chorvachilik 
tarmog‘ini jadal rivojlantirish, zamonaviy va innovatsion uslublarni joriy 
etish, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini 
kengaytirish, shuningdek, aholini mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan 
sifatli va arzon chorvachilik mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash 
hamda chorvachilikka ixtisoslashgan korxonalarni davlat tomonidan 
qo‘llab-quvvatlashni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega.
Chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarning zamonaviy 
talablarga javob beradigan moddiy-texnika bazasini bosqichma-bosqich 
rivojlantirishga alohida 
e'tibor berish 
lozim. 
Hozirgi 
vaqtda 
mamlakatimizda chorvachilik mahsulotlari asosan dehqon xo‘jaliklarida 
yetishtirilmoqda. Bu esa chorvachilik mahsulotlari yetishtirish 
jarayonini mexanizatsiyalashtirish, naslchilik ishlarini ilmiy asoslangan 
holda tashkil etish, ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlarini qayta 
ishlashni tashkil etish imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi. Bu masalani hal 
etish uchun chorvachilik sohasiga ixtisoslashgan klasterlarni tashkil 
etish, fermer xo‘jaliklarida ham chorvachilikni rivojlantirishga, bu 
jarayonga xorijiy investitsiyalarni jalb etishga e’tibor berish zarur. 
Mamlakatimiz hukumati tomonidan chorvachilikni rivojlantirishga 
qaratilgan yirik dasturlar ishlab chiqilib, ularni amaliyotga tatbiq etish 
bo‘yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Masalan, shaxsiy 
yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini 
ko‘paytirishni rag‘batlantirish dasturini amalga oshirish yuzasidan 
bajarilayotgan chora-tadbirlar bugungi kunda sezilarli natijalar 
bermoqda.


484 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish