Iqtisodiyoti


 Mamlakatimizda chorvachilik tarmoqlarining hozirgi rivojlanish



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

2. Mamlakatimizda chorvachilik tarmoqlarining hozirgi rivojlanish 
holati. 
2019-yilda mamlakatimiz bo‘yicha 104378,3 mlrd. so‘mlik 
chorvachilik mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, 2018-yilga nisbatan 
101,6 foizni tashkil etgan. Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining 
tarkibida chorvachilik tarmog‘ining ulushi 2019-yilda 46,5 foizni tashkil 
etgan bo‘lib, 2018-yilda bu ko‘rsatkich 45,6 foiz edi (21.1-jadval). 
21.1-jadval 
Chorvachilik tarmog‘ining asosiy ko‘rsatkichlari 
 
2016 
2017 
2018 
2019 
Qishloq, o‘rmon va baliq 
xo‘jaligi mahsuloti hajmi, 
mlrd. so‘m 
119726,7 
154369,4 
195095,6 
224265,9 
Shu jumladan: 
chorvachilikda 
53844,1 
64895,9 
89019,2 
104378,3 
Qishloq, o‘rmon va baliq 
xo‘jaligi o‘sish sur’ati, 
o‘tgan yilga nisbatan foizda 
106,1 
101,2 
100,3 
103,1 
Shu jumladan: 
chorvachilikda 
107,0 
104,1 
105,7 
101,6 
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
Mustaqilllikning ilk yillaridan mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida 
davlat mulkini xususiylashtirish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga 
alohida e’tibor berildi. Shu maqsadda 1995-yil 24-martda O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
“Chorvachilikda 
xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-
quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 96-sonli qarori qabul qilingan 
edi. Ushbu qarorda 1995-yil oxirigacha chorvachilik mahsulotlari 
yetishtirishga 
ixtisoslashtirilmagan 
xo‘jaliklardagi 
chorvachilik 
fermalarini xususiylashtirish belgilab berilgan. Unga ko‘ra chorva 
mollari, binolar va asbob-anjomlarni kim oshdi savdosi asosida sotish 
nazarda tutilgan edi. Ushbu qarorda xususiylashtirilgan fermalarga 


485 
chorva ozuqasi yetishtirish uchun, har bir xo‘jalikning aniq tabiiy-
iqtisodiy hududlaini va yer resurslarini hisobga olgan holda, shartli har 
bosh mol hisobiga sug‘oriladigan yerlardan Andijon, Farg‘ona, 
Namangan, Toshkent, Xorazm va Samarqand viloyatlarida 0,3 
gektardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida va boshqa viloyatlarda 0,45 
gektardan, lalmi yerlarda esa 2 gektardan yer ajratish nazarda tutilgan 
bo‘lib, qarorning 1-ilovasiga ko‘ra respublikamiz bo‘yicha jami 144,4 
ming gektar yer ajratilishi ko‘rsatilgan edi. Bundan tashqari, 
chorvachilik fermalarini xususiylashtirishda yangi mulkdorlarning ulush 
qo‘shib qatnashishlari asosida mavjud kommunikatsiyalar, ozuqa 
sexlari, transport vositalari va qishloq xo‘jaligi texnikasi negizida 
shirkatlar tashkil etilishi nazarda tutilgan edi. Yuqoridagi qaror asosida 
mamlakatimizda 
mavjud 
ko‘plab 
chorvachilik 
fermalari 
xususiylashtirildi, lekin ularning faoliyati ko‘zlangan natijalarni 
bermadi. Bunga asosiy sabablardan biri – chorvachilik fermasini 
xususiylashtirib olgan tadbirkorlarning o‘z faoliyatini samarali davom 
ettirib ketishlari uchun zarur bo‘lgan investitsiyalarni amalga oshira 
olmaganliklari hamda chorva mollarini mustahkam ozuqa bazasi bilan 
ta’minlash uchun yetrali miqdorda sug‘oriladigan yer maydonlari ajratib 
berishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligidir. Ushbu xususiylashtirilgan 
fermalar keyinchalik o‘z faoliyatini to‘xtatdi va ulardagi chorva mollari 
sotilib, aholi qo‘liga, ya’ni dehqon xo‘jaliklari ixtiyoriga o‘tgan. 
Shuning natijasida dehqon xo‘jaliklari chorva mollari bosh soni va 
chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda yuqori salmoqni egallab 
kelmoqda.
Chorva mollari va parrandalar bosh sonining xo‘jalik toifalari 
bo‘yicha tarkibi 21.2-jadvalda keltirilgan. 
21.2-jadval 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish